Authors

  • Saida Tursunova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.80094

Keywords:

Abdulla Qodiriy o‘zbek romanchiligi “O‘tkan kunlar” “Mehrobdan chayon” tarixiy roman jadidchilik ma’rifatparvarlik milliy uyg‘onish.

Abstract

Mazkur maqolada Abdulla Qodiriyning o‘zbek adabiyotidagi beqiyos o‘rni, xususan, uning romanchilik janriga qo‘shgan ulkan hissasi qo’shgan. Muallif “O‘tkan kunlar” va “Mehrobdan chayon” romanlari orqali o‘zbek nasrida yangi bosqich boshlab bergan adibning tarixiy voqealarni badiiy talqin qilishdagi yondashuvi, ijtimoiy va ma’naviy masalalarni qamrab olish uslubi haqida atroflicha to‘xtaladi. Maqolada Qodiriyning obraz yaratish mahorati, milliy uyg‘onish g‘oyalari, xalqparvarlik pozitsiyasi, shuningdek, uning fojiaviy taqdiri haqida ham fikr yuritiladi. Maqola natijasida yozuvchining o‘zbek romanchiligining asoschisi sifatidagi mavqei va ijodiy merosining bugungi adabiy jarayondagi ahamiyati ochib beriladi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

989

ABDULLA QODIRIY-O’ZBEK ROMANCHILIGI ASOSCHISI

Tursunova Saida Djamalidinovna

Toshkent viloyati Toshkent tumani MMTB qarashli 6-umumiy o'rta ta'lim maktabi

oliy toifali ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15237682

Annotatsiya.

Mazkur maqolada Abdulla Qodiriyning o‘zbek adabiyotidagi beqiyos o‘rni,

xususan, uning romanchilik janriga qo‘shgan ulkan hissasi qo’shgan. Muallif “O‘tkan kunlar”

va “Mehrobdan chayon” romanlari orqali o‘zbek nasrida yangi bosqich boshlab bergan

adibning tarixiy voqealarni badiiy talqin qilishdagi yondashuvi, ijtimoiy va ma’naviy

masalalarni qamrab olish uslubi haqida atroflicha to‘xtaladi. Maqolada Qodiriyning obraz

yaratish mahorati, milliy uyg‘onish g‘oyalari, xalqparvarlik pozitsiyasi, shuningdek, uning

fojiaviy taqdiri haqida ham fikr yuritiladi. Maqola natijasida yozuvchining o‘zbek

romanchiligining asoschisi sifatidagi mavqei va ijodiy merosining bugungi adabiy jarayondagi

ahamiyati ochib beriladi.

Kalit so’zlar:

Abdulla Qodiriy, o‘zbek romanchiligi, “O‘tkan kunlar”, “Mehrobdan

chayon”, tarixiy roman, jadidchilik, ma’rifatparvarlik, milliy uyg‘onish.

ABDULLA QODIRIY - FOUNDER OF UZBEKI NOVELISM

.

Abstract.

This article discusses the incomparable place of Abdulla Qodiriy in Uzbek

literature, in particular, his great contribution to the genre of the novel. The author dwells in

detail on the approach to the artistic interpretation of historical events, the way of covering

social and spiritual issues of the writer, who opened a new stage in Uzbek prose with the novels,

“O‘tkan kunlar” and “Mehrobdan chayon”. The article also discusses Qodiriy's skill in creating

images, ideas of national revival, nationalist position, as well as his tragic fate. As a result of the

article, the writer's position as the founder of Uzbek novelism and the significance of his creative

heritage in today's literary process are revealed.

Keywords:

Abdulla Qodiriy, Uzbek novelism, “O‘tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon”,

historical novel, Jadidism, Enlightenment, national revival.

АБДУЛЛА КАДИРИ – ОСНОВАТЕЛЬ УЗБЕКСКОГО РОАНИЗМА

Аннотация.

В статье рассматривается несравненная роль Абдуллы Кадыри в

узбекской литературе, в частности, его большой вклад в жанр романа. Автор подробно

рассматривает подход к художественной интерпретации исторических событий и

освещение социальных и духовных проблем писателя, положившего начало новому этапу в


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

990

узбекской прозе через романы «Минувшие дни» и «Мехробдан шаён». В статье

рассматриваются имиджмейкерское мастерство Кадыри, идеи национального

возрождения, его популистская позиция, а также его трагическая судьба. В статье

раскрывается положение писателя как основоположника узбекской прозаики и значение

его творческого наследия в современном литературном процессе.

Ключевые слова:

Абдулла Кадыри, узбекский роман, «Минувшие дни», «Скорпион из

алтаря», исторический роман, джадидизм, Просвещение, национальное возрождение.

Kirish

O‘zbek adabiyotining shakllanishi va taraqqiyotida muhim bosqichlardan biri – bu nasr

janrining, ayniqsa, romanchilikning vujudga kelishidir. Bu yo‘nalishda ilk poydevorni yaratgan,

o‘zbek romanchiligining asoschisi sifatida tan olingan buyuk adib – Abdulla Qodiriy

hisoblanadi.

U o‘zining betakror ijodi, tarixiy voqealarga asoslangan badiiy asarlari orqali o‘zbek

nasrini yangi bosqichga olib chiqqan, uni xalq hayoti, ruhiyati va ijtimoiy muammolari bilan

boyitgan ijodkordir. Abdulla Qodiriy XX asr boshlarida yashab ijod qilgan bo‘lsa-da, uning

qalamiga mansub asarlar bugungi kungacha o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. U milliy

adabiyotimizga birinchi marta roman janrini olib kirgan, xalqning og‘ir taqdirini, erkinlik va

ma’rifat sari intilishlarini yuksak badiiylik bilan aks ettirgan. Ayniqsa, "O‘tkan kunlar" romani

o‘zbek adabiyotining durdonasi bo‘lib, unda nafaqat tarixiy voqealar, balki insoniy kechinmalar,

muhabbat, vatanparvarlik, milliy g‘urur kabi yuksak tuyg‘ular mahorat bilan tasvirlangan.

Qodiriy o‘z ijodi bilan o‘zbek xalqining o‘tmishiga nazar soladi, uning dardu hasratlarini,

orzu-umidlarini badiiy tahlil qiladi. Shu boisdan ham u yaratgan obrazlar, voqealar zamonaviy

o‘quvchi qalbiga ham yaqin va tushunarli. Adib o‘z davrining ijtimoiy, siyosiy muammolarini

chuqur anglagan holda, ularni badiiy asarlar orqali xalq ongiga singdirishga harakat qilgan.

Uning asarlari faqat adabiy emas, balki tarixiy, falsafiy va tarbiyaviy jihatdan ham katta

ahamiyatga ega.

Shunday qilib, Abdulla Qodiriy nafaqat birinchi o‘zbek romanchisi, balki o‘zbek adabiy

tafakkurida yangi ufqlar ochgan ulkan ijodkordir. Uning merosi nafaqat o‘z davri, balki bugungi

avlodlar uchun ham ibrat maktabi bo‘lib xizmat qiladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

991

Adabiyotlar tahlili va metod

XX asr yangi o‘zbek adabiyotining ulkan namoyondasi, o‘zbek romanchiligining

asoschisi, 20- yillardagi muhim ijtimoiy-madaniy jarayonlarning faol ishtirokchisi, publitsist,

hajv ustasi, tilshunos va tarjimon Abdulla Qodiriy 1894-yil 10-aprel kuni Toshkent shahrining

Eskijo‘va mahallasida, bog‘bon oilasida dunyoga kelgan. Yozuvchi o‘zi haqida shunday eslaydi:

«Har holda bemavridroq bo’lsa kerak, kambag’al, bog’bonlik bilan kun kechirguchi bir oilada

tug’ilg’onman», deydi u o’z tarjimai holida, - Yoshim to’qqiz-o’nlarga borg’ondan so’ng meni

maktabga yubordilar. Maktabda ikkiuch yil chamasi eski usulda o’qib, keyingi vaqtlarda

oilamizning nihoyatda qashshoq kun kechirgani vajhidan o’n ikki yoshimda meni bir boyga

xizmatchilikka berdilar. Xo’jayinim o’zi savdogar kishi bo’lib, o’rischa yozuv-chizuv

biladurg’on odamga muhtoj edi. Shu ta’ma bo’lsa kerak, meni o’ris maktabga yubordi.

Shu miyonalardan bozor vositasi bilan tatarlardan chiqadirg’on gazetalarni o’qib,

dunyoda gazeta degan gap borlig’iga imon keltirdim. 1913 yilda o’zbekcha «Sadoi Turkiston»,

«Samarqand», «Oina» gazetalari chiqa boshlag’och, menda shularga gap yozib yurish fikri

uyg’ondi. 1913 yilda chiqqan «Padarkush» ta’sirida «Baxtsiz kuyov» degan teatr kitobini yozib

yuborg’animni o’zim ham payqamay qoldim (1915 yilda). Yana shu yilda teatrlarda chiqib

turg’on hikoyalarga taqlidan «Juvonboz» otliq hikoyachani yozib noshir topilmag’onidan, o’zim

nashr qilib yubordim. Nikolay taxtdan yiqilg’ondan keyin oddiy xalq militsiyasiga ko’ngilli

bo’lib yozildim. 1918 yil boshlarida eski shahar oziq komiteti boylar qo’lidan olinib,

komitetning raislig’iga o’rtoq Sultonxo’ja Qosimxo’jaev tayin qiling’on edi va men mazkur

komitetning o’zbekcha sarkotibligiga kirdim. «Mushtum» jurnalining muannisi va tahririya

a’zosi bo’lib, to 1924 yilgacha mehnatkashlar manfaatiga xolis ishlab keldim. Shu o’tgan yetti

yil orasida Sho’rolar hukumati va firqadan bir og’iz tanbeh olmadim. Xulosa — boshqalarning

xizmati daftar bilan sobit bo’lsa, menim xizmatlarim matbuot bilan ravshandir.

Ishchi-dehqonlar yozg’on asarlarimni suyunib o’qiydilar va meni yozuvchilar qatoriga

kirgazdilar va meni hamon o’qirlar va unutmaslar.» Bo’lg’usi adibning ilk ijodi 1913—1914

yillarda boshlangan bo’lib, dastlab u shoir sifatida qalam tebratdi. Uning «Ahvolimiz»,

«Millatimga», «To’y» (1914-1915) kabi she’rlari «Oina» jurnalida bosilib chiqqan edi. U o’z

millatini ma’rifatga chaqiradi, ma’rifatparvar shoir va adib sifatida maydonga chiqadi. «Baxtsiz

kuyov» (1915) nomli fojeasi, «Juvonboz» (1915), «Uloqda» (1916) kabi hikoyalarida ham o’z

xalqini savodli, bilimli, madaniyatli va ozod ko’rish istagi sezilib turadi. 1924 yili Abdulla

Qodiriy Moskvaga borib, Jurnalistlar institutida tahsil oldi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

992

Moskvadan qaytib «Mushtum» jurnalida shtatsiz muxbir bo’lib ishlay boshladi. Uning

«Toshpo’lat tajang nima deydi?» va «Kalvak mahzumning xotira daftaridan» turkumidagi satirik

hikoyalari ana shu jurnalda ilk bor bosilib bordi. Abdulla Qodiriy 1917-1918 yillardan boshlab

«O’tgan kunlar» romani uchun material yig’ishga kirishdi. 1922 yilda birinchi o’zbek

romanining dastlabki boblari «Inqilob» jurnalida chop etila boshlandi. 1925-1926 yillarda

«O’tgan kunlar» uch bo’lim holida kitob» bo’lib nashr etildi. 1928 yil yozuvchining ikkinchi

tarixiy romani «Mehrobdan chayon» nashrdan chiqdi. 1934 yilga kelib Abdulla Qodiriy qishloq

xo’jaligi mavzuiga bag’ishlangan «Obid ketmon» qissasini yaratdi. Undan tashqari u Gogolning

«Uylanish», Chexovning «Olchazor» va boshqa g’arb yozuvchilarining satirik hikoyalarini

o’zbek tiliga tarjima qildi. Abdulla Qodiriy 1934 yilda bo’lib o’tgan Moskvadagi Butunittifoq

Yozuvchilarining birinchi qurultoyida qatnashadi. U «Amir Umarxonning kanizi», «Namoz

o’g’ri», «Dahshat» kabi romanlar yaratish orzusida bo’lgani ham ma’lum. Ammo bevaqt o’lim

orzulari ro’yobga chiqishiga imkon bermadi.

Abdulla Qodiriy 1937 yilning 31 dekabrida qamoqqa olindi. «Menga qo’yilgan ayblarni

boshdan oyoq rad etaman. Haqiqat yo’lida hech qanday jazodan, qiynoqdan qo’rqmayman. Agar

otmoqchi bo’lsalar, ko’kragimni kerib turaman.» Abdulla Qodiriy 1938 yil 4 oktyabrda

Toshkentda otildi. Abdulla Qodiriy o‘z davrining ilg‘or bir ziyolisi sifatida Vatan va millat taqdiri

xususida qayg‘urdi. Zamon taloto‘plari adib qalbini iztirobga soldi. “O‘tkan kunlar” romani

orqali xalqning milliy ongini uyg‘otmoqchi, “tariximizning eng kir, qora kunlari”- yurtni

mustamlaka balosiga yo‘liqtirgan keyingi noahil “xon zamonlari”dan so‘z ochib, bu ayanchli

haqiqatdan xalqqa saboq bermoqchi bo‘ldi Abdulla Qodiriy qalamiga mansub O‘tkan kunlar,

baʼzi manbalarda Oʻtgan kunlar roman – oʻzbek adabiyotidagi birinchi roman hisoblanadi. Adib

romanni yozishda arab yozuvchisi Jurji Zaydon asarlaridan ilhomlangan. Roman 1920-yillar

boshida yozilgan boʻlib, 1922-yil ilk bor „Inqilob“ jurnalida chop etilgan va 1926-yilda alohida

kitob holida chiqarilgan. Adibning badiiy soʻzida betakror joziba mujassam boʻlgani bois

“Oʻtkan kunlar”ni necha bor oʻqisa ham, odam toʻymaydi, qayta mutolaaga ehtiyoj sezaveradi.

Roman oʻquvchini zeriktirmaydi.

Qayta oʻqish jarayonida asarning yangidan-yangi qirralari ochiladi. Bir oʻqilganda

eʼtiborsiz oʻtilgan epizodlarga boshqa safar diqqat qaratiladi. Bu hol, tabiiyki, adibning obraz

yaratish mahoratiga, inson qalbini chuqur anglashiga daxldordir. Zero, koʻrkam adabiyotdek

sanʼat dunyosida badiiy soʻz — poetik nutq muhim sanaladi: soʻz vositasida manzara, ruhiyat va

obraz chiziladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

993

“O‘tgan kunlar” romanidagi obrazlarning har biri o‘zicha bir olamki, ular hech qachon

bir-birini takrorlamaydi. Ularning hammasi ham yuksak darajada mahorat bilan yaratilgandir.

Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar” asari - o‘zbek romanchiligining birinchi

cho‘qqisidir. Abdulla Qodiriy asarlarida milliy ruh va folklor an’analari uyg‘unlashib,

ijodkorning o‘ziga xos, betakror uslubini namoyon qiladi. Umumun olganda, Abdulla

Qodiriyning nafaqat “O‘tkan kunlar”, “Mehrobdan chayon” romanlariyu, “ Obid ketmon”

qissasi, balki “Ahvolimiz”, “To‘y”, “Millatimga”, “Fikr aylagil” kabi she’rlarida, “Juvonboz”,

“Uloqda”, “Jinlar bazmi” kabi hikoyalarida, “Baxtsiz kuyov” dramalarida ham milliy ruh

hukmronlik qiladi.

Abdulla Qodiriy tarixga chuqur hurmat bilan qaragan yozuvchi edi. U "O‘tkan kunlar" va

"Mehrobdan chayon" kabi asarlarini yaratishda o‘sha davr hayotini, urf-odatlarini, siyosiy

tuzumini aniq va to‘g‘ri tasvirlash uchun tarixiy manbalarni, xalq og‘zaki ijodini va yozma

hujjatlarni puxta o‘rganadi. Ayniqsa, XIX asr Buxoro, Qo‘qon va Xiva xonliklari davridagi

ijtimoiy hayotni chuqur o‘rgangan.

Qodiriy asarlarida tarixni idealashtirmaydi, balki uni real hayotiylikda aks ettiradi. U

tarixni o‘rganish orqali o‘zbek xalqining o‘zligini anglash, milliy ruhni tiklash, mustaqil

tafakkurni shakllantirishni maqsad qilgan. Bu yondashuv o‘zbek adabiyotida tarixiy romanning

rivojlanishiga zamin yaratdi.

1925-yilda ilk bor to‘liq nashr etilgan “O‘tkan kunlar” romani o‘zbek adabiyotining

chinakam romanchilik sari tashlangan katta qadami bo‘ldi. Romanning syujeti muhabbat,

fidoiylik, ma’rifatparvarlik kabi mavzular atrofida qurilgan bo‘lsa-da, asarda xalqning ijtimoiy

hayoti, urf-odatlari, diniy tushunchalari, ayollar masalasi kabi dolzarb muammolar ham keng

yoritilgan. Asarning markaziy qahramoni – Otabek obrazi orqali yozuvchi ma’rifatli,

adolatparvar, yangicha fikr yuritadigan avlod timsolini yaratadi. Otabek o‘z davrining ijtimoiy

hayotiga zid fikrda yashasa ham, o‘z prinsiplariga sodiq qoladi. Kumush obrazi esa o‘z davrining

ayol timsoli sifatida o‘ziga xos kuchli xarakterga ega, sabr-toqatli, sadoqatli, milliy madaniyatga

hurmat bilan qaraydigan qahramon sifatida gavdalanadi.

Bu roman 1929-yilda yozilgan bo‘lib, ko‘proq diniy mutaassiblik, jaholat va

adolatsizlikka qarshi yozilgan asar sifatida qadrlanadi. Unda Qodiriy islom dini niqobi ostida

xalqni ezayotgan, o‘z manfaatlarini xalqdan ustun qo‘ygan ruhoniylar, nohaq qozilar obrazini

tanqidiy ruhda tasvirlaydi. Asar bosh qahramoni Saidahmadning fojiali taqdiri orqali yozuvchi

jamiyatdagi illatlarni ochib beradi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

994

“Mehrobdan chayon” o‘zbek adabiyotida fosh etuvchi roman sifatida katta o‘ringa ega.

Unda fojia orqali haqiqatga eltuvchi yo‘l ko‘rsatiladi. Qodiriy bu asari bilan nafaqat

muayyan davr muammolarini ochib beradi, balki umuminsoniy qadriyatlar, adolat, halollik,

poklik kabi tushunchalarni ilgari suradi.

Qodiriyning butun ijodiy faoliyati milliy uyg‘onish ruhida kechgan. U jadidlar harakati

bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan adib sifatida xalqni uyg‘otishga, ilm-fanga, ma’rifatga da’vat

etgan. Uning asarlarida qadriyat, til, din, millat, ona yurt tushunchalari o‘ta muhim o‘rin tutadi.

U xalqni yuksalishga da’vat etar ekan, bu yo‘ldagi asosiy kuch sifatida o‘qish, o‘rganish,

tafakkur qilishni targ‘ib qilgan. Qodiriy “qalam” qudratiga ishongan adib edi. U badiiy so‘z

orqali insonni tarbiyalash, jamiyatni isloh qilish mumkinligiga chuqur ishonardi. Uning bu

qarashlari hozirgi kunda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan.

Qodiriy ijodi va shaxsiyati mustabid tuzum vakillarini bezovta qilgan edi. U xalq dardi

bilan yashagan, haqiqatni aytishdan cho‘chimagan. Afsuski, bu jasorat uni fojiali taqdir sari

yetakladi. 1937-yilda tuhmat asosida hibsga olinib, 1938-yilda qatag‘on qurboni bo‘ldi. Unga

"xalq dushmani" tamg‘asi bosildi, asarlari taqiqlanib, nomi qora ro‘yxatlarga kiritildi. Biroq

adabiyot haqiqatni unutmaydi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, Abdulla Qodiriyning nomi

tiklandi, asarlari yana chop etila boshladi, adibga nisbatan katta hurmat tiklandi. Bugungi kunda

Qodiriy hayoti va ijodi haqida ilmiy ishlar, monografiyalar yozilmoqda, yodgorliklar o‘rnatilgan.

Xulosa

Abdulla Qodiriy – o‘zbek adabiyotining eng yorqin siymolaridan biri bo‘lib, u o‘zining

noyob ijodi orqali o‘zbek romanchiligiga poydevor qo‘ygan, xalqimizning tarixiy xotirasini

badiiy so‘z vositasida jonlantirgan ulug‘ adibdir. U yaratgan romanlar – “O‘tkan kunlar” va

“Mehrobdan chayon” – nafaqat o‘zbek nasrining ilk namunasi, balki xalqning ruhiy olami, orzu-

intilishlari va fojialarini aks ettiruvchi bebaho adabiy merosdir. Qodiriy badiiy so‘z orqali xalq

qalbini uyg‘otishga, tarixni teran anglashga, erkin fikrlashga undadi. U milliy o‘zlik, ijtimoiy

tenglik, ma’naviy uyg‘onish g‘oyalarini asarlari orqali targ‘ib qildi. Tarixga, xalq og‘ushiga,

hayot haqiqatlariga sadoqat bilan yondashgan adib, bugungi avlod uchun ham ibrat namunasi

bo‘lib qolmoqda. Bugun Abdulla Qodiriy nafaqat romanchilik asoschisi, balki millatparvar,

haqiqatgo‘y, xalqparast ijodkor sifatida qadrlanadi. Uning asarlarini o‘rganish, tahlil qilish va

yosh avlodga yetkazish bizning muqaddas burchimizdir. Zero, xalqining dardini yozgan, tarixini

ko‘rsatgan, ruhini kuylagan adiblar hech qachon unut bo‘lmaydi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

995

REFERENCES

1.

Qodiriy, A. (2012).

O‘tkan kunlar

. Toshkent: “G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at

nashriyoti”.

2.

Qodiriy, A. (2012).

Mehrobdan chayon

. Toshkent: “G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va

san’at nashriyoti”.

3.

Yo‘ldoshev, S. (2005).

Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi

. Toshkent: O‘zbekiston Milliy

ensiklopediyasi nashriyoti.

4.

Qosimov, B. (2004).

O‘zbek romanchiligi tarixidan

. Toshkent: Fan.

5.

G‘aniyeva, H. (1994).

XX asr o‘zbek adabiyoti

. Toshkent: O‘qituvchi.

6.

Karimov, I. (1996).

Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q

. Toshkent: O‘zbekiston.

7.

Haydarova, S. (2018). “Abdulla Qodiriyning romanchilik san’atidagi o‘rni va

yondashuvi”. //

O‘zbek tili va adabiyoti

jurnali, №2.

References

Qodiriy, A. (2012). O‘tkan kunlar. Toshkent: “G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti”.

Qodiriy, A. (2012). Mehrobdan chayon. Toshkent: “G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti”.

Yo‘ldoshev, S. (2005). Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi. Toshkent: O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi nashriyoti.

Qosimov, B. (2004). O‘zbek romanchiligi tarixidan. Toshkent: Fan.

G‘aniyeva, H. (1994). XX asr o‘zbek adabiyoti. Toshkent: O‘qituvchi.

Karimov, I. (1996). Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. Toshkent: O‘zbekiston.

Haydarova, S. (2018). “Abdulla Qodiriyning romanchilik san’atidagi o‘rni va yondashuvi”. // O‘zbek tili va adabiyoti jurnali, №2.