Authors

  • Abdulaziz Xudoyberdiyev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.80158

Keywords:

Yosh voleybolchilar kuch chidamlilik maxsus sport kostyumlari maxsus rivojlantiruvchi mashqlar simulyatorlar.

Abstract

O‘sib kelayotgan yosh qizlarni tarbiyalash va o‘smirlarning yuksak ma’naviy va jismoniy sifatlarini shakllanishida eng muhim vositalardan bo‘lgan voleybol o‘yini orqali harakat faoliyatini yanada yaxshilash.

background image

1262

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

BOSHLANG‘ICH TAYYORGARLIK BOSQICHIDA VOLEYBOLCHILARNI

TANLASH VA SARALASH YO‘LLARI

Xudoyberdiyev Abdulaziz Baxriddinovich

Oriental universiteti jismoniy tarbiya fakulteti magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15251031

Annotatsiya.

O‘sib kelayotgan yosh qizlarni tarbiyalash va o‘smirlarning yuksak

ma’naviy va jismoniy sifatlarini shakllanishida eng muhim vositalardan bo‘lgan voleybol o‘yini

orqali harakat faoliyatini yanada yaxshilash.

Kalit so‘zlar:

Yosh voleybolchilar, kuch, chidamlilik, maxsus sport kostyumlari, maxsus

rivojlantiruvchi mashqlar, simulyatorlar.

ПУТИ ОТБОРА И ОТБОРА ВОЛЕЙБОЛИСТОВ НА НАЧАЛЬНОМ ЭТАПЕ

ПОДГОТОВКИ

Аннотация.

Дальнейшее

совершенствование

двигательной

активности

посредством игры в волейбол, которая является одним из важнейших инструментов

воспитания девушек и формирования высоких моральных и физических качеств

подростков.

Ключевые слова:

Юные волейболисты, сила, выносливость, специальные

спортивные костюмы, специальные развивающие упражнения, тренажеры.

SELECTION AND QUALIFICATION OF VOLLEYBALL PLAYERS AT THE INITIAL

PREPARATORY STAGE

Abstract

.

Further improvement of motor activity through the game of voleyball, which is

one of the most important tools for educating girls and developing high moral and physical

qualities of adolescents.

Key words:

Young voleyball players, strength, endurance, special sports suits, special

developmental exercises, training equipment.

Dolzarbligi.

Mamlakatimizda sport turlari ichida voleybol sport turini rivojlantirish

masalalariga har doim davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilib kelingan. Voleybolni

rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan va hayotga tatbiq etilgan qator qaror va farmonlar sport

turini taraqqiy etishga zamin yaratib keldi. Natijada, terma jamoamiz hamda klublarimizning bir

muncha saviyasini ortishiga va xalqaro miqyosdagi maqomini oshirishga erishildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2019 yil 4 dekabr kunidagi

“O‘zbekistonda voleybolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari

to‘g‘risida”gi PF-5887-sonli Farmonini e’lon qilinishi va uni hayotga faol targ‘ib etish zamirida,

yaqin yillar ichida o‘zbek voleybolini yanada yangi rivojlanish bosqichiga olib chiqish kabi


background image

1263

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

asosiy vazifalardan birini hal etish nazarda tutilgan (1). Bunga erishish esa, “O‘zbekistonda

voleybolni 2030 yilgacha rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish konsepsiyasi” asosida

amalga oshirilishi nazarda tutilgan.

Konsepsiya doirasida bir qator vazifalarni hal etish bilan birga, voleybolchilarni

musobaqa faoliyati jarayonining samaradorligini keskin yaxshilash masalasi borasidagi vazifalar

ham alohida o‘z o‘rniga ega. Voleybolchilarning musobaqa faoliyati jarayoni xususiyatlari,

doimiy tarzdagi vaziyatlarni o‘zgarishi, organizmga ta’sir etadigan yuklamalarning turli

ko‘rinishlarda bo‘lishi, ish bajarishni dam olish bilan doimiy almashinib borishi bilan

tavsiflanadi.

Bunda voleybolchi tomonidan amalga oshirilishi kerak bo‘ladigan texnik-taktik

harakatlar ham turli ko‘rinishlarda va turli nisbatlarda amalga oshirilib boriladi. Bitta o‘yinda

kuzatilgan texnik-taktik harakat parametrlarini aks ettiradigan ko‘rsatkichlar, misol uchun,

ularning hajmi yoki samaradorlik ko‘rsatkichlari, ikkinchi uchrashuvda boshqacha ko‘rinishni

hosil qilishi mumkin. Bir uchrashuvning ko‘rsatkichlari ikkinchi uchrashuvning ko‘rsatkichlariga

ko‘p hollarda to‘g‘ri kelmaydi. Bu holat voleybolni yana bir bor boshqa sport turlaridan tubdan

farq qilishi, nostandart vaziyatlarga boy sport turi ekanligini izohlaydi. O‘z navbatida, bu omillar

voleybolchining jismoniy va funksional imkoniyatiga nisbatan talablar yuqori ekanligini bildirib,

bu holat, ayniqsa, bugungi kunda tobora katta ahamiyat kasb etib borayotganligini ta’kidlash

o‘rinli.

Mahalliy olimlarimizning ta’kidlashicha, zamonaviy voleybolning xususiyatlaridan kelib

chiqib, o‘quv-mashg‘ulotlarning tuzilmasini o‘zgartirish hamda voleybolchilar tayyorgarligiga

nisbatan talablarni oshirish lozimligi ko‘rsatib o‘tiladi (3).

Tanlov deb muayyan soha yoki faoliyatda yuksak natijalarga erisha olish imkoniyatlari

mavjud kishilarni saralab olish jarayoniga aytiladi.

“Sport tanlovi” - bu muayyan sport turi bo‘yicha muntazam o‘tkaziladigan o‘quv

mashg‘ulotlari, shu jumladan musobaqalar bilan bog‘liq bo‘lgan aynan shu shu jarayonlarda

yukori natijalarga erisha oladigan istiqbolli bolalarni izlab topishga imkon yaratadigan ko‘p

yillik pedagogik jarayonidir. Tanlovni maqsadga mos tashkil qilish, bolalardagi nasliy va xayot

davomida o‘zlashtirgan harakat qobiliyatchlari, ruhiy xislatlari hamda funksional imkoniyatlarni

ob’ektiv baholash, voleybolga bo‘lgan iste’dod va bo‘lajak mahorat belgilarini aniq bashoratlash

uchun turli me’yoriy test (mashqlar) majmuasidan foydalanish odat tusiga kirgan.

Sport tanlovi ko‘p yillik sport tayyorgarligi bilan uzviy bog‘lik bo‘lib, sport malakalarini

o‘zlashtirishning dastlabki bosqichigacha boshlab eng yuqori bosqichida, ya’ni milliy terma

jamoalari faoliyatida ham amalga oshiriladi. “Tanlov” tushunchasi o‘z ichiga “munosiblik”,

ya’ni insonni bir sohaga (ma’lum faoliyatga) iste’dodi bo‘yicha yarashi yoki yaramasligi


background image

1264

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

masalasini kiritadi. Bu degan so‘z inson nafakat o‘z imkoniyatlari (qaddi-qomati, jismoniy

sifatlari, ruhiy xususiyatlari va h.) bilan muayyan faoliyatga (kasbga, ishga, sportga va h.) mos

kelishi kerak, balki aynan shu faoliyat mazkur inson mijoziga munosib bo‘lishi maqsadga

muvofiqdir (emotsiya, aktivatsiya, motivatsiya masalalari). “Tanlov” atamasi o‘z tarkibiga yana

sportga oid “chamalov” tushunchasini kiritadi.

Sport tanlovi – ko‘p yillik pedagogik jarayondir. Ko‘p yillik sport tayyorgarligi tizimi o‘z

moxiyati va maqsadiga binoan ko‘p yillik sport tanlovini o‘z ichiga oladi va mazkur jarayonni 4

bosqichda amalga oshirishi taqozo etadi:

Chamalash – bog‘chalarda, maktablarda va sport maktablarining boshlang‘ich

guruhlarida amalga oshirilishi mumkin. To‘g‘ri chamalash murabbiyning iste’dodiga, uning

bilimi va tajribasiga bog‘liq. Bolaning nasliga, turmush tarzi ko‘rsatkichlariga qarab chamalash

ham e’tiborli ahamiyatga ega.

Tadqiqot maqsadi.

Yosh voleybolchilarni belgilangan tartibli bosqichda tanlab olish va

iqtidorlilarni to‘g‘ri jalb qilish va kelajakdagi musobaqalarga bolalarni tayyorlash va

uyushqoqligini oshirish.

Tadqiqot vazifalari:

Yosh voleybolchilarni tanlashda dastlabki tanlov bosqichi,

musobaqalarga tanlash, terma jamoalarga tanlashda yoshlarning qiziqishi va qobilyatidan

foydalangan holda to‘g‘ri tanlovni amalga oshirish;

Tatqiqot usullari

ilmiy uslubiy adabiyotlar taxlili, pedagogik kuzatuv, kabi usullardan

foydalanilgan.

Tatqiqotning tashkil qilinishi

.

Ko‘p yillik sport tayyorgarligi tizimi o‘z moxiyati va maqsadiga binoan ko‘p yillik sport

tanlovini o‘z ichiga oladi va mazkur jarayonni 4 bosqichda amalga oshirishi taqozo etadi:

I. Dastlabki tanlov – (7-14 y);

II. Sportchilarni o‘yin ixtisosligiga (funksiyasiga) saralovchi maxsus tanlov (15-17 y);

III. Yuqori jamoalarga tanlov (18-20 y);

IV. Terma jamoalarga tanlov.

Ko‘p yillik sport tayyorgarligi tizimida tanlov jarayonini tashkiliy tartibi quyidagi blok-

andozada berilgan.

Bolalarni dastlabki tanlovga tayyorlash maktab Sharoitida jismoniy tarbiya o‘qituvchisi

tomonidan amalga oshiriladi, o‘quvchilar dastur asosida va baholovchi mashqlar, harakatli xalq

o‘yinlari yordamida saralanishi mumkin. Mazkur saralovchi vositalar aynan voleybol o‘yinining

mohiyatiga nihoyatda yaqin bo‘lishi maqsadga muvofiq. Bunday vositalar tavsiya qilingan

adabiyotlarda keng yoritilgan.


background image

1265

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Dastlabki tanlovga tayyorlash jarayonida o‘quvchilar muntazam tibbiy kurikdan o‘tib

turishlari shart. Bu tadbir qanchalik sifatli va samarali amalga oshirilsa, shunchalik sport

maktablarida uyushtiriladigan tanlovni sifat darajasi yukori bo‘ladi.

Dastlabki tanlov.

Dastlabki

tanlov odatda 3 bosqichda amalga oshiriladi (14-andoza)

I-bosqich.

Targ‘ibot-tashviqot ishlarini uyushtirib, o‘quvchi bolalarni qiziqtirish, jalb

qilish (suhbat, ma’ruzalar o‘tkazish, voleybol musobaqalari haqida filmlar namoyish qilish).

Ko‘rgazmali musobaqalar uyushtirish, taniqli sportchilar ishtirokida suhbatlar o‘tkazish.

DAVRLAR

Boshlang‘ich tanlov

Ko‘p yilga mo‘ljallangan tanlov

Jamoani tuzish tanlovi

Pog‘onalar

Sport

iqtisosligiga

yondosh

tirish

Boshlan

g‘ich

tayyorgarlik

guruhiga

tanlov

Sport

ixtisosligiga

tanlov

Sport

takomillashuvi

guruxiga

tanlov

Sport ustalari

jamoasiga

tanlov

Terma

jamoalarga

tanlov

BOSQICHLAR

1-bosqich

Tayyorgarlik

tadbirlari

Tayrgarlikni

baholash

Tayrgarlikni

baho

lash

O‘yin

samarasini

baholash

O‘yinchi

larni tanlash

Nomzod

larni tanlash

2-bosqich

Naslga qarab

chamalash

Qobilyatni baho

lash

O‘yin

ixtisosligiga

munosiblik

Takomilla-

Shuv darajasini

baholash

Asosiy o‘yinchi

larni

birlashtirish

O‘yinchilarni

birlashtirish

3-bosqich

Sport turiga

karab chamalash

Spotr turiga

munosib

ligi xaqida

xulosa

Imkoniya

tiga qarab

chamalash

O‘yin

yo‘nalishini

baholash

Ma’lum uyinga

o‘yinchi

larni saralash

Ma’lum

uyinga

o‘yinchilarni

saralash

II-bosqich.

Baholovchi mashqlar, harakatli va xalq o‘yinlari yordamida dastlabki tanlov -

qabul o‘tkazish (qaddi-qomat ko‘rsatkichlari, jismoniy sifatlarning rivojlanganligini apparatlar

yordamida aniqlash va hokazo). Jismoniy rivojlanish va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha

belgilangan me’yoriy ko‘rsatgichlar 4 jadvalda aks ettirilgan.

III-bosqich.

Boshlang‘ich tayyorgarlik I yillik o‘rgatish bosqichida bolalarni maxsus

sifatlari, texnik-taktik malakalari, qobiliyatlari va imkoniyatlarini baholash. Ularni nasliy xislatlarini

o‘rganish. Texnik va taktik tayyorgarlik bo‘yicha tanlov o‘tkazish.

Voleybol bilan shug‘ullanishga munosibligi.

Sport maktablariga qabul qilish mutaxassis-murabbiy

uchun o‘ta mas’uliyatli tadbirdir.


background image

1266

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Bu tadbirni amalda hamma ko‘rsatkichlarni bir-biriga taqqoslay bilish, voleybol o‘yinining

mohiyatiga yaqin

ko‘rsatkichga ega bo‘lgan bolalarni farqlay olish,

sport turiga zarur qobiliyatlarni

ajrata bilish katta ahamiyatga egadir. Shu bilan bir qatorda tanlov natijalariga ko‘ra qabul qilish

haqida uzil-kesil xulosaga kelish o‘rinsiz, mavjud ko‘rsatkichlarni e’tiborga olgan holda saralovni

davom ettirish darkor.

Uzluksiz tanlov (saralov) va o‘yin funksiyalarini (ixtisoslarini) belgilash.

Yuqori

malakali voleybolchilarni tayyorlashda mazkur bosqich tadbirlari hal qiluvchi ahamiyatga loyiq.

Albatta uzluksiz tanlov-saralov hamda bolalarni muayyan o‘yyn ixtisosliklariga

munosibliklarini aniqlash ko‘p yillik sport tayyorgarligini barcha bosqichlarida amalga oshirib

boriladi. Bu masala, ayniqsa, o‘quv trenirovka va takomillashtiruv guruhlarida alohida ahamiyat

kasb etadi. Bolalarni dastlabki tanlovga tayyorlash maktab Sharoitida jismoniy tarbiya

o‘qituvchisi tomonidan amalga oshiriladi, o‘quvchilar dastur asosida va baholovchi mashqlar,

harakatli xalq o‘yinlari yordamida saralanishi mumkin. Mazkur saralovchi vositalar aynan

voleybol o‘yinining mohiyatiga nihoyatda yaqin bo‘lishi maqsadga muvofiq. Bunday vositalar

tavsiya qilingan adabiyotlarda keng yoritilgan.

Xulosa.

Xulosa qilib aytganda

ilmiy-uslubiy adabiyotlarni oʻrganish hamda

amaliyotda voleybolchilarning tayyorgarligi jarayonini kuzatish natijasida olib borilayotgan

mashgʻulotlarda aynan musobaqa faoliyatiga xos boʻlgan taktik harakatlarini rivojlantirishga

yetarli darajada e’tibor berilmasligi hamda tayyorgarlik davrining bosqichlarida mana shunday

harakatlarga oid metodik jihatdan yondoshuvning yetishmasligi yosh sportchilarda hujum va

himoyadagi taktik harakatlarni rivojlantirishni samarali tashkil etish imkonini bermay

kelayotganligi ma’lum boʻldi.

Voleybolchilarni belgilangan tartibli bosqichda tanlab olish va iqtidorlilarni to‘g‘ri jalb

qilish va yo‘naltirish kelajakdagi musobaqalarga bolalarni tayyorlash va uyushqoqligini

oshirish. Bosqichlardan yaxshi natijalarga erishgan bolalarni qo‘llab quvvatlasak, nafaqat

umum ta’lim maktablariga oliy ta’lim universitetlariga ham kerakli kadr yetishtirib beramiz.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi. Qonuni// Oliy ta’lim.

2.

Me’yoriy hujjatlar to‘plami. — T.: Sharq, 1997.

3.

O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi

4.

to‘g‘risida”gi Qonuni. // Oliy ta’lim. Me’yoriy hujjatlar to‘plami. -T.: Sharq, 1997 y

5.

«Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi Qonun. // O‘zbekiston Respublikasi

6.

Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida/ O‘zbekiston Respublikasi

Qonuni. “Xalq so‘zi” gazetasi, 2015 yil 5 sentabr, №174, 1-4 b.


background image

1267

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

7.

Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan

8.

birga quramiz. - Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2017, 48 b.

9.

Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini

10.

birgalikda barpo etamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish

tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqi.

- Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2016, 56 b.

11.

A.A. Pulatov., A.A.Umarov. “Sport va harakatli o‘yinlar (Voleybol)” T: 2020y.

12.

B.M.Miradilov, B.Z.Karimov, M.A.Umbetova “Sport pedagogik mahoratini oshirish

(Voleybol)” T;-2018 y

13.

Belyaev A.V., Savin M.V., Voleybol. // Uchebnik dlya studentov vuzov FK. M.: TVT,

2009. – 360s.

14.

Ayrapetyans L.R., Pulatov A.A. Voleybol nazariyasi va uslubiyati. // Oliy o‘quv yurtlari

uchun darslik. T.: 2011. - 278 b.

15.

Ayrapetyans L.R., Pulatov A.A., Isroilov Sh.X. Voleybol. // Oliy o‘quv yurtlari umumiy

kurs talabalari uchun o‘quv qo‘llanma. T.: 2009. – 77 b.

16.

Pulatov A.A. Voleybolning rasmiy qoidalari. O‘zDJTI nashriyot-matbaa bo‘limi. T.:

2002. - 53 b.

17.

Pulatov A.A. Voleybol. //JTI I kurs talabalariga mo‘ljallangan ma’ruzalar to‘plami. T.:

2004. - 71 b.

18.

Mamadaliyev S., Yallaqayev Z. O ‘ZBEKISTONDA SPORT EKSTRIMAL

TURIZMINI RIVOJLANTIRISH VA O ‘ZGARUVCHAN TURISTLARNI DOIMIY

TURISTLARGA AYLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI //Modern Science and

Research. – 2024. – Т. 3. – №. 12. – С. 835-839.

19.

Abduraxmonovich M. S., Yusupovich Y. Z. O ‘ZBEKISTONDA SPORT EKSTRIMAL

TURIZMINI RIVOJLANTIRISH VA O ‘ZGARUVCHAN TURISTLARNI DOIMIY

TURISTLARGA AYLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI //International scientific

journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH. – 2024. – Т. 3.

20.

Mamadaliyev S., Yallaqayev Z. O‘ZBEKISTON SHAROITIDA TURLI AXOLI

QATLAMLARIDA

SPORT-SOG‘LOMLASHTIRISH

TURIZMI

MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISHDAGI O ‘ZIGA XOS YONDOSHUVLAR

//Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 12. – С. 1253-1262.

References

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi. Qonuni// Oliy ta’lim.

Me’yoriy hujjatlar to‘plami. — T.: Sharq, 1997.

O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi

to‘g‘risida”gi Qonuni. // Oliy ta’lim. Me’yoriy hujjatlar to‘plami. -T.: Sharq, 1997 y

«Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi Qonun. // O‘zbekiston Respublikasi

Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida/ O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. “Xalq so‘zi” gazetasi, 2015 yil 5 sentabr, №174, 1-4 b.

Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan

birga quramiz. - Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2017, 48 b.

Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini

birgalikda barpo etamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqi. - Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2016, 56 b.

A.A. Pulatov., A.A.Umarov. “Sport va harakatli o‘yinlar (Voleybol)” T: 2020y.

B.M.Miradilov, B.Z.Karimov, M.A.Umbetova “Sport pedagogik mahoratini oshirish (Voleybol)” T;-2018 y

Belyaev A.V., Savin M.V., Voleybol. // Uchebnik dlya studentov vuzov FK. M.: TVT, 2009. – 360s.

Ayrapetyans L.R., Pulatov A.A. Voleybol nazariyasi va uslubiyati. // Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. T.: 2011. - 278 b.

Ayrapetyans L.R., Pulatov A.A., Isroilov Sh.X. Voleybol. // Oliy o‘quv yurtlari umumiy kurs talabalari uchun o‘quv qo‘llanma. T.: 2009. – 77 b.

Pulatov A.A. Voleybolning rasmiy qoidalari. O‘zDJTI nashriyot-matbaa bo‘limi. T.: 2002. - 53 b.

Pulatov A.A. Voleybol. //JTI I kurs talabalariga mo‘ljallangan ma’ruzalar to‘plami. T.: 2004. - 71 b.

Mamadaliyev S., Yallaqayev Z. O ‘ZBEKISTONDA SPORT EKSTRIMAL TURIZMINI RIVOJLANTIRISH VA O ‘ZGARUVCHAN TURISTLARNI DOIMIY TURISTLARGA AYLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 12. – С. 835-839.

Abduraxmonovich M. S., Yusupovich Y. Z. O ‘ZBEKISTONDA SPORT EKSTRIMAL TURIZMINI RIVOJLANTIRISH VA O ‘ZGARUVCHAN TURISTLARNI DOIMIY TURISTLARGA AYLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI //International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH. – 2024. – Т. 3.

Mamadaliyev S., Yallaqayev Z. O‘ZBEKISTON SHAROITIDA TURLI AXOLI QATLAMLARIDA SPORT-SOG‘LOMLASHTIRISH TURIZMI MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISHDAGI O ‘ZIGA XOS YONDOSHUVLAR //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 12. – С. 1253-1262.