Authors

  • Mohidil Kamolova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.80165

Keywords:

pedagogik texnika maktabagcha ta’lim zanovaiy tarbiyachi kompetensiyasi va pedagogik mahorati shaxsiy qobiliyat kreativ yondashuv.

Abstract

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarida pedagogik kompetentlik oshirishda pedagogik texnikaning ahamiyati va zarurrati haqida mushohada yuritilgan.

background image

1301

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TARBIYACHILARIDA PEDAGOGIK

KOMPETENTLIK OSHIRISHDA PEDAGOGIK TEXNIKANING AHAMIYATI

Kamolova Mohidil Komil qizi

Buxoro davlat pedagogika instituti

Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi magistri.

kamolovamohidil425@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15251095

Annotatsiya.

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilarida pedagogik

kompetentlik oshirishda pedagogik texnikaning ahamiyati va zarurrati haqida mushohada

yuritilgan.

Kalit so‘zlar:

pedagogik texnika, maktabagcha ta’lim, zanovaiy tarbiyachi,

kompetensiyasi va pedagogik mahorati, shaxsiy qobiliyat, kreativ yondashuv.

ЗНАЧЕНИЕ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ В ПОВЫШЕНИИ

ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ ВОСПИТАТЕЛЕЙ ДОШКОЛЬНОГО

ОБРАЗОВАНИЯ

Аннoтация.

В статье рассматривается важность и необходимость

педагогических технологий в повышении педагогической компетентности воспитателей

дошкольных учреждений.

Ключевые слова:

педагогические технологии, дошкольное образование, креативный

педагог, компетентность и педагогическое мастерство, личностные способности,

творческий подход.

THE IMPORTANCE OF PEDAGOGICAL TECHNIQUES IN IMPROVING

PEDAGOGICAL COMPETENCE IN PRESCHOOL EDUCATIONAL TEACHERS

Abstract.

This article examines the importance and necessity of pedagogical techniques

in improving pedagogical competence of preschool educators.

Keywords:

pedagogical techniques, preschool education, professional educator,

competence and pedagogical skills, personal abilities, creative approach.

Maktabgacha ta’lim sifati – ertangi kunimizni hal qiladigan masala. Shavkat

Mirziyoyev

Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni maktabda o‘qishga maqsadli va tizimli

tayyorlash, bolalarning shaxsiy qobiliyatlari va iste’dodlarini rivojlantirish, bolalarni milliy,

umuminsoniy va madaniy qadriyatlar bilan tanishtirish, bolani intellektual rivojlantirish,

bolalarda yuqori ma’naviy va odob axloq asoslarini shakllantirish, bolalarning jismoniy va ruhiy

sog‘ligini mustahkamlash kabi maqsadlar ko‘zga tutiladi.


background image

1302

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisining kasbiy mahorati va kompetentligi

o‘qitishdan maqsad:

–maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisining kompetensiyasi va pedagogik mahorati

bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish;

– zamonaviy tarbiyachi imiji va uning faoliyatiga kreativ yondashuv to‘g‘risida bilim va

ko‘nikmalarini rivojlantirish;

– maktabgacha ta’lim muassasalarida mashg‘ulotlarni innovatsion texnologiyalar asosida

samarali tashkil etish yo‘llarini o‘rgatish;

– rivojlangan mamlakatlardagi ta’lim tizimi bo‘yicha bilimlarini rivojlantirish.

Kompetentlik - deganda ko‘pincha shaxsning faoliyat yuritishga umumiy qobiliyati va

uning kasbiy tayyorgarligida namoyon bo‘luvchi bilim va tajribalarga asoslangan integrallashgan

sifatlar nazarda tutiladi. Demak, kompetensiya va kompetentlik tushunchalari bilim, malaka va

ko‘nikma tushunchalaridan kengroq, chunki ular shaxsning yo‘naltirilganligi, muammolarni his

qila olishi, sinchkovlikni namoyon qila olishi, egiluvchan fikrlashga ega bo‘lishi kabi sifatlarni

o‘z ichiga oladi.

Tarbiyachi-pedagogning kompetentligi komponentlari

Bilimlilik, tashkilotchilik,

izlanuvchanlik, adolatlilik,

kommunikativlilik, yuksak

ma’naviyatlilik, nazoratni o‘z

vaqtida o‘rnatish, o‘z

hissiyotlarini jilovlay olish,

pedagogik deontologiya

(kasbiy odob-axloq),

mehnatni ilmiy asosda tashkil

etish, istiqbolli, innovatsion

fikrlash, androgogik

ma’lumot, vatanparvarlik,

prinsipiallik, yetakchilik

qobiliyati, sadoqatlilik,

kasbiy refleksiya

pedagogik mahoratlilik,

fidoyilik, rahbarlik,

jarayonlarni loyihalashtirish,

ijodkorlik, pedagogik,

texnologiyadan xabardorlik,

pedagogik kvalimertiyani

bilish, g‘oyaviy-siyosiy

yetuklik, talabchanlik,

dunyoqarashning kengligi,

mehnatga ijodiy munosabat,

g‘oyalilik, bir so‘zlilik,

yangiliklarni tez qabul qilish

o‘ziga ishonch uyg‘ota olish,

tashabbuskorlik, kreativlik,

yuqori imij, aktyorlik,

notiqlik mahorati,

innovatsion qaror qabul

qilishda boshqaruvchanlik,

variativlilik, qonun doirasida

ishlash, mantiqiy fikrlash,

jamoani ergashtira olish, sabr-

toqatlilik, nufuzli va ishonchli

natijani oldindan ko‘rish,

mas’uliyatlilik, qat’iyatlilik

Tarbiyachi-pedagogning kasbiy kompetentlikka ega bo‘lishida o‘zini tahlil qila olishi

ham ahamiyatli sanaladi. O‘zini o‘zi tahlil qilish pedagog tomonidan kasbiy faoliyatda tashkil

etayotgan o‘z amaliy harakatlari mohiyatining o‘rganilishidir.


background image

1303

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

O‘zini o‘zi tahlil qilish orqali pedagog o‘zini o‘zi obyektiv baholash imkoniyatiga ega

bo‘ladi. Pedagoglarning kasbiy kompetentlik sifatlariga ega bo‘lishida ularning o‘z-o‘zini

baholash malakalariga egaligi ham muhimdir.

Pedagogik texnika – pedagogning nafaqat ta’lim-tarbiya jarayonida, balki butun kasbiy

faoliyatida zarur bo‘lgan umumiy pedagogik bilim va malakalari majmuidir. Pedagogik

texnikaning muhim jihatlari–bu avvalo pedagogning mahoratini belgilovchi kasbiy ko‘nikmalari

hisoblanadi, ya’ni uning savodli va ifodali so‘zlay olishi, o‘z fikr-mulohazasini va bilimini

tushunarli tilda ta’sirchan bayon qilishi, his-tuyg‘usini jilovlay olishi, o‘zining shaxsiy

xususiyatlariga xos mimik va pantomimik qobiliyatlarga ega bo‘lishi, aniq imo-ishora, ma’noli

qarash, rag‘batlantiruvchi yoki istehzoli tabassum, so‘zning cheksiz qudrati orqali bolalar ongiga

va tafakkuriga ta’sir o‘tkazishi, hozirjavoblik, psixologik bilimlarga ega bo‘lishi kabilardir.

Pedagogning pedagogik texnikasi qanday ko‘nikma va malakalardan iborat ekanligi,

pedagogik texnika vositasida pedagog ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiyaviy faoliyatni

zamonaviy talablar asosida qanday tashkil qilishi, ta’lim oluvchilarga tarbiyaviy ta’sir

ko‘rsatishida qanday ahamiyatga ega ekanligi kabi muammolar hozirgi kungacha dunyo

olimlarining diqqatini o‘ziga jalb etib kelmoqda. Hozirgi kunda pedagogik texnika tushunchasi

ikkita guruhga bo‘lib o‘rganiladi. Birinchi guruh komponentlari pedagogning shaxsiy-axloqiy

fazilatlari va xulqi bilan bog‘liq bo‘lib, ta’lim-tarbiya jarayonida o‘z-o‘zini boshqarish

malakalarida ( refleksiya) namoyon bo‘ladi:

• ta’lim-tarbiya jarayonida o‘z xatti-harakatlarini

boshqarishi (mimika, pantomimika);

• ta’lim-tarbiya jarayonida o‘z hissiyotini va kayfiyatini jilovlay olishi va turli nojo‘ya

ta’sirlarga berilmaslik;

• mukammal ijtimoiy pertseptiv qobiliyatlarga

(diqqat, kuzatuvchanlik, xayol) egaligi;

• nutq texnikasini (nafas olish, ovozni boshqarish,

nutq tempi) bilishi va o‘z o‘rnida qo‘llay olishi. Pedagogik texnikaning ikkinchi guruh

komponentlari pedagogning shaxs va jamoaga ta’sir ko‘rsatish malakalari bilan bog‘liq bo‘lib,

bu guruh ta’lim-tarbiya jarayonining texnologik tomonini qamrab oladi:

• pedagogning didaktik, tashkilotchilik, konstruktiv, kommunikativ qobiliyatlari;

• ma’lum bir reja asosida o‘z oldiga qo‘yilgan talablarning bajarilishini nazorat qilishi;

• ta’lim muassasasida va pedagogik jamoada ta’lim-tarbiya bilan bog‘liq bo‘lgan ijodiy

faoliyatni tashkil eta olishi;

• bolalar bilan pedagogik muloqot jarayonini bir muvozanatda saqlab, boshqara olishi.


background image

1304

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Pedagogning tarbiyalanuvchi obyektlar oldida o‘z harakatlarini boshqarishida aktyorlik

san’atiga xos bo‘lgan xususiyatlari, ya’ni mimik va pantomimik qobiliyatlari muhim rol

o‘ynaydi.

Aktyor bir obrazni ma’lum bir muddatda tayyorlab, bir yoki bir necha marotaba bir xil

ko‘rinishda sahnada namoyish etsa, pedagog butun o‘quv yili davomida, har bir darsda yangi

mavzuni o‘tilgan mavzular bilan bog‘lab, zamonaviy innovatsion usullar vositasida bolalar

ongiga yetkazish uchun chuqur tayyorgarlik ko‘radi, guruh jamoasidagi o‘ziga xos pedagogik va

psixologik muhitni, har bir ta’lim oluvchining shaxsiy xususiyatlarini e’tiborga olib, pedagogik

faoliyat ko‘rsatishga majburdir. Bunday ulkan mas’uliyatni yuqori saviyada bajarish uchun

pedagogdan yuksak pedagogik-texnik tayyorgarlikka ega bo‘lish talab etiladi.

Tarbiyachining pedagogik mahorati - pedagogik jarayonda tarkib topadi. Pedagogik

jarayon esa kasbiy va shaxsiy tayyorgarlikni yo‘lga qo‘yib, bo‘lajak mutaxassisni mehnatga,

hayotga tayyorlash uchun davlat, jamiyat, millat va kelajak avlod oldida javob beradigan

mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiladi. Shuning uchun, pedagog shaxsiy va kasbiy fazilatlar

egasi bo‘lishi lozim. Pedagogning shaxsiy fazilatlari sirasiga iymon-e’tiqodi, dunyoqarashi,

ijtimoiy ehtiyoj va faolligi, odob-axloqi, fuqarolik burchlarini his qilishi, ma’naviyati,

dilkashligi, talabchanligi, qat’iyligi va maqsadga intilishi, insonparvarligi, huquqiy bilimdonligi

kabilar kiradi.

Bular tarbiyachilarda kasbiy xususiyatlarni o‘zida tarbiyalab borishga ko‘maklashadi.

Tarbiyachining professiogrammasi xususiyatlari va pedagoglarga qo‘yiladigan ijtimoiy–

iqtisodiy, siyosiy-madaniy talablardan kelib chiqib pedagogika nazariyasi pedagogik mahoratni

quyidagi asosiy komponent (tarkibiy qism)lardan iborat bo‘lishi lozimligini ifodalaydi.

Bularning barchasi xususiy mohiyat-mazmun kasb etsada, ular yaxlit holda tarbiyachi

(pedagog)ning kasbiy malakalarining mazmunini ifodalaydi.

Tarbiyachi ijodkorligining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u ijodiy fikrni o‘z

shaxsi orkali amalga oshiradi. Pedagogikada ijodkorning shaxsi bilan ijodkorlik ko‘roli bir –

biriga mos keladi, bunda tarbiyachining o‘z – o‘zini namoyon qilishi juda muxim rol uynaydi.

Tarbiyachi bolaga pedagogik ta‘sir etish tarbiyaviy ta‘sir rejasini ishlab chikadi va bu

rejani o‘zi amalga oshiradi.

Zero, pedagogik texnika – o‘qitish, ta’sir ko‘rsatish, ta’lim-tarbiya oluvchilarga o‘z his-

tuyg‘ulari, bilimlari, axloqiy fazilatlarini o‘rgatish texnologiyasini ifodalasa, pedagogik

muomala–kasbiy

faolligining

bir

ko‘rinishi

bo‘lib,

ta’lim-tarbiyada shu jarayon

ishtirokchilarining o‘zaro ta’sir va hamkorligini aks ettiradi.


background image

1305

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

REFERENCES

1.

Хасанова, Г. (2021). Олий таълим муассасалари педагогларининг Креатив

қобилиятларини ривожлантиришнинг мазмуни.

Academic research in educational

sciences

,

2

(1), 778-782.

2.

Хасанова, Г. К. (2020). Classification of Educational Activities and Assessment

Classifications: Improvement of Pedagogical Problems.

International Journal of Advanced

Science and Technology

,

29

(11s), 1958-1961.

3.

Хасанова, Г. К. (2019). Педагогические особенности формирования творческой

активности учащихся в начальном образовании.

Научный журнал

, (6 (40)), 86-87.

4.

Хасанова, Г. К. (2019). Педагогические особенности формирования творческой

активности учащихся в начальном образовании.

Научный журнал

, (6 (40)), 86-87.

5.

Qosimovna, H. G. (2021). The concept of the development of the giftedness of Preschool

Children of Creative Self-Realization.

Middle European Scientific Bulletin

,

10

(1).

6.

Хасанова, Г. К. (2021). Педагогические основы развития социальной деятельности

студентов вузов.

Вестник науки и образования

, (17-3 (120)), 68-71.

7.

Хасанова, Г. Х., & Рахматова, Г. Ш. (2019). Некоторые вопросы обеспечения

взаимосвязи методов и средств обучения в развитии образовательного

процесса.

Academy

, (10 (49)), 41-43.

8.

Хасанова, Г. К. (2019). Цель использования электронных образовательных ресурсов в

системе обучения и образования.

Научный журнал

, (6 (40)), 84-85.

9.

Safarova, R., & Khasanova, G. (2024). RETRACTED: Organizing an environment for

cooperation of students in the educational process (for ensuring the development of the

new Uzbekistan society). In

E3S Web of Conferences

(Vol. 538, p. 05044). EDP Sciences.

10.

Хасанова, Г. К. (2021). Дилфуза Шавкатовна Мирзаева ПОДВИЖНАЯ

ТВОРЧЕСКАЯ ИГРА КАК ОДИН ИЗ МЕТОДОВ АРТПЕДАГОГИКИ.

Scientific

progress

,

7

.

11.

Умуров, З. Л., & Хасанова, Г. К. (2022). ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ РАЗВИТИЯ

СОЦИАЛЬНОЙ АКТИВНОСТИ У СТУДЕНТОВ ВЫСШИХ УЧЕБНЫХ

ЗАВЕДЕНИЙ.

Вестник науки и образования

, (2-2 (122)), 43-45.

12.

Хасанова, Г. К., & Махмудова, Х. У. К. (2020). Критерии, аспекты и уровни

применения педагогических технологий.

Academy

, (5 (56)), 29-31.

13.

Qosimovna, H. G. (2023). Boshlang'ich Sinflarda Raqamli O'yinlarga Asoslangan Ta'limni

Tashkil Etishning Ahamiyatli Tomonlari.

Miasto Przyszłości

,

42

, 334-336.

14.

Хасанова, Г. К., & Мирзаева, Д. Ш. (2021). ПОДВИЖНАЯ ТВОРЧЕСКАЯ ИГРА

КАК ОДИН ИЗ МЕТОДОВ АРТ-ПЕДАГОГИКИ.

Scientific progress

,

2

(7), 1067-1071.


background image

1306

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

15.

Хасанова, Г. К. (2019). Проблемы И Перспективы Становления Информационной

Грамотности Детей Дошкольного Возраста В Узбекистане.

ББК 71.0 И74

Редакционная коллегия Ответственный редактор

, 50.

16.

Хасанова, Г. К., & Мирзаева, Д. Ш. (2019). Условия успешного воспитания и

обучения детей. In

Наука и инновации-современные концепции

(pp. 86-90).

17.

Хасанова, Г. К. (2017). Интеграция предметов в современной школе как

педагогическое явление.

Педагогическое образование и наука

, (2), 127-129.

18.

Hasanova, G. Q. (2024). MAKTABGACHA YOSHIDAGI BOLALAR O ‘YININING

PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI.

Inter education & global study

, (7), 220-227.

19.

Kosimovna,

X.

G.

(2023).

PEDAGOGICAL

STRATEGY

AND

TALENT

DEVELOPMENT

TACTICS

EDUCATIONAL

SPACE

FOR

SCHOOL

CHILDREN.

Frontline Social Sciences and History Journal

,

3

(11), 20-25.

20.

Hasanova,

G.

(2023).

BO’LAJAK

O‘QITUVCHILARNING

KASBIY

KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHDA INTERAKTIV O’QITISH TIZIMINING

O’RNI.

Science and innovation

,

2

(Special Issue 9), 441-445.

21.

Хаитова, Н. И., Хасанова, Г. К., & Мухаммедова, М. Ш. (2016). ТВОРЧЕСКАЯ

ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ УЧАЩИХСЯ КАК СРЕДСТВО РАЗВИТИЯ КРЕАТИВНОГО

МЫШЛЕНИЯ.

Научная дискуссия: вопросы педагогики и психологии

, (3-1), 148-153.

22.

Умуров, З. Л., & Хасанова, Г. К. ВЕСТНИК НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ.

ВЕСТНИК

НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ Учредители: Олимп

, 43-45.

References

Хасанова, Г. (2021). Олий таълим муассасалари педагогларининг Креатив қобилиятларини ривожлантиришнинг мазмуни. Academic research in educational sciences, 2(1), 778-782.

Хасанова, Г. К. (2020). Classification of Educational Activities and Assessment Classifications: Improvement of Pedagogical Problems. International Journal of Advanced Science and Technology, 29(11s), 1958-1961.

Хасанова, Г. К. (2019). Педагогические особенности формирования творческой активности учащихся в начальном образовании. Научный журнал, (6 (40)), 86-87.

Хасанова, Г. К. (2019). Педагогические особенности формирования творческой активности учащихся в начальном образовании. Научный журнал, (6 (40)), 86-87.

Qosimovna, H. G. (2021). The concept of the development of the giftedness of Preschool Children of Creative Self-Realization. Middle European Scientific Bulletin, 10(1).

Хасанова, Г. К. (2021). Педагогические основы развития социальной деятельности студентов вузов. Вестник науки и образования, (17-3 (120)), 68-71.

Хасанова, Г. Х., & Рахматова, Г. Ш. (2019). Некоторые вопросы обеспечения взаимосвязи методов и средств обучения в развитии образовательного процесса. Academy, (10 (49)), 41-43.

Хасанова, Г. К. (2019). Цель использования электронных образовательных ресурсов в системе обучения и образования. Научный журнал, (6 (40)), 84-85.

Safarova, R., & Khasanova, G. (2024). RETRACTED: Organizing an environment for cooperation of students in the educational process (for ensuring the development of the new Uzbekistan society). In E3S Web of Conferences (Vol. 538, p. 05044). EDP Sciences.

Хасанова, Г. К. (2021). Дилфуза Шавкатовна Мирзаева ПОДВИЖНАЯ ТВОРЧЕСКАЯ ИГРА КАК ОДИН ИЗ МЕТОДОВ АРТПЕДАГОГИКИ. Scientific progress, 7.

Умуров, З. Л., & Хасанова, Г. К. (2022). ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ РАЗВИТИЯ СОЦИАЛЬНОЙ АКТИВНОСТИ У СТУДЕНТОВ ВЫСШИХ УЧЕБНЫХ ЗАВЕДЕНИЙ. Вестник науки и образования, (2-2 (122)), 43-45.

Хасанова, Г. К., & Махмудова, Х. У. К. (2020). Критерии, аспекты и уровни применения педагогических технологий. Academy, (5 (56)), 29-31.

Qosimovna, H. G. (2023). Boshlang'ich Sinflarda Raqamli O'yinlarga Asoslangan Ta'limni Tashkil Etishning Ahamiyatli Tomonlari. Miasto Przyszłości, 42, 334-336.

Хасанова, Г. К., & Мирзаева, Д. Ш. (2021). ПОДВИЖНАЯ ТВОРЧЕСКАЯ ИГРА КАК ОДИН ИЗ МЕТОДОВ АРТ-ПЕДАГОГИКИ. Scientific progress, 2(7), 1067-1071.

Хасанова, Г. К. (2019). Проблемы И Перспективы Становления Информационной Грамотности Детей Дошкольного Возраста В Узбекистане. ББК 71.0 И74 Редакционная коллегия Ответственный редактор, 50.

Хасанова, Г. К., & Мирзаева, Д. Ш. (2019). Условия успешного воспитания и обучения детей. In Наука и инновации-современные концепции (pp. 86-90).

Хасанова, Г. К. (2017). Интеграция предметов в современной школе как педагогическое явление. Педагогическое образование и наука, (2), 127-129.

Hasanova, G. Q. (2024). MAKTABGACHA YOSHIDAGI BOLALAR O ‘YININING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI. Inter education & global study, (7), 220-227.

Kosimovna, X. G. (2023). PEDAGOGICAL STRATEGY AND TALENT DEVELOPMENT TACTICS EDUCATIONAL SPACE FOR SCHOOL CHILDREN. Frontline Social Sciences and History Journal, 3(11), 20-25.

Hasanova, G. (2023). BO’LAJAK O‘QITUVCHILARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHDA INTERAKTIV O’QITISH TIZIMINING O’RNI. Science and innovation, 2(Special Issue 9), 441-445.

Хаитова, Н. И., Хасанова, Г. К., & Мухаммедова, М. Ш. (2016). ТВОРЧЕСКАЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ УЧАЩИХСЯ КАК СРЕДСТВО РАЗВИТИЯ КРЕАТИВНОГО МЫШЛЕНИЯ. Научная дискуссия: вопросы педагогики и психологии, (3-1), 148-153.

Умуров, З. Л., & Хасанова, Г. К. ВЕСТНИК НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ. ВЕСТНИК НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ Учредители: Олимп, 43-45.