Authors

  • Sardor Abduraxmatov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.80184

Keywords:

qiziqish mayil qobiliyat kasbiy faoliyat kasbiy etuklik.

Abstract

Ushbu maqolada o'quvchilarda kasb-hunarga mayl va qiziqish uyg'otish, ularni shakllantirish hamda o'stirish ota-onalar bilan hamkorlikda olib borish Shaxsning mutaxassis sifatida shakllanish jarayoni xususida qarashlar keltirilgan.

background image

1352

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

O'QUVCHILARDA KASB-HUNARGA BO’LGAN QIZIQISHLARINI

SHAKLLANTIRISHNI PSIXOLOGIK ASOSLARI

Abduraxmatov Sardor Saidovich

Termiz davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti texnologiya yo'nalishi

2-kurs talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15257651

Annotatsiya.

Ushbu maqolada

o'quvchilarda kasb-hunarga mayl va qiziqish uyg'otish,

ularni shakllantirish hamda o'stirish ota-onalar bilan hamkorlikda olib borish Shaxsning

mutaxassis sifatida shakllanish jarayoni xususida qarashlar keltirilgan.

Kalit so’zlar:

qiziqish, mayil, qobiliyat, kasbiy faoliyat,kasbiy etuklik.

ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ФОРМИРОВАНИЯ ИНТЕРЕСА СТУДЕНТОВ К

ПРОФЕССИИ.

Аннотация.

В статье представлены взгляды на процесс формирования личности

как специалиста, привития учащимся желания и интереса к профессии, а также их

развития и воспитания совместно с родителями.

Ключевые слова:

интерес, склонность, способность, профессиональная

деятельность, профессиональная зрелость.

PSYCHOLOGICAL FOUNDATIONS OF THE FORMATION OF STUDENTS'

INTEREST IN THE PROFESSION.

Abstract.

This article presents views on the process of instilling in students a desire and

interest in the profession, their formation and development in cooperation with parents.

Keywords:

interest, inclination, ability, professional activity, professional maturity.

O'quvchilarda kasb-hunarga mayl va qiziqish uyg'otish, ularni shakllantirish hamda

o'stirish ota-onalar bilan hamkorlikda olib borilsa kutilgan natijalarga erishish mumkin.

Shaxsning mutaxassis sifatida shakllanish jarayoni xususida mualliflik qarashlari

keltirilgan. Ilgari ishlab chiqilgan shaxsning mutaxassis sifatida shakllanishi yosh xususiyati va

ish stajiga bog’liq degan qarashlardan farqli ravishda muallif tomonidan shaxsning kasbiy

mahorati bu parametrlarning funksiyasi hisoblanmasligi, aksincha individning kasbiy

shakllanishining qaysi bosqichida ekanligiga qarab aniqlanishini ko’rsatib bergan. Kasbiy

faoliyatni turli darajada o’zlashtirgan mutaxassislar haqidagi tasavvurlar,qolaversa, kasbiy

shakllanish mezonlarining tavsifi keltirib o’tilgan. Malakali kadrlar tayyorlash tizimini uzluksiz

ravishda rivojlantirish ehtiyoji va turli ishlab chiqarish sohalarida ko’p yillik ish staji bilan

faoliyat yuritayotgan shaxsning o’z imkoniyatlarini to’liq amalga oshirmasligi shaxsni har

tomonlama kasbiy faoliyatda o’zini namoyon qilishi muammosini yuzaga keltirdi.


background image

1353

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Bu muammolarni hal qilmasdan turib kelgusi kasbiy faoliyatdagi muvaffaqiyatli sifatli

ta’limni va rejalashtirishni amalga oshirish mumkin emas. Bu muammoning amaliy ahamiyati

uni turli fan doiralar qatorida psixologiya doirasida ham o’rganishni muhimligini ko’rsatib berdi.

Kasbiy shakllanish jarayonini o’rganishdagi qiyinchiliklar qobiliyatlar va kasbiy

qobiliyatlarning ishni bajarishning muayyan bir usuliga asoslangan normativ faoliyatga

yo’naltirilganligidadir. Shuning uchun ham kasbiy yetuklik darajasi ajratib ko’rsatilmaydi, balki

faqatgina yosh xususiyati va mutaxassis sifatida yuritilayotgan vaqt inobatga olinadi. Shaxsning

kasbiy shakllanishi masalasi ko’pgina mualliflar tomonidan tadqiq qilingan.

Bu inson taraqqiyotida tez-tez uchraydigan jarayondir. Ko’pincha mutaxassis shaxsining

to’la tahlil qilish tushib qoladi, shaxsning kasbiy shakllanish bosqichi esa hayot yo’li bosqichi

bilan muvofiq tarzda ko’rib chiqiladi.

i

Shuning uchun vaqt doirasida qat’iy chegaralanib qoladi.

Ijtimoiy sohalarda faoliyat yurituvchi shaxsning kasbiy shakllanishini o’rganishda

insonning imkoniyatlarini to’liq ochib beruvchi sub’ekt va ijtimoiy muhit orasidagi turli ijtimoiy

aloqalar tipiga ahamiyat berish muhimdir.

Har bir ijtimoiy aloqalarning yana odamovilik va muloqotchanlik kabi kichik tiplarga

bo’linishi biz uchun muhim ahamiyatga egadir. Birinchi tipda sub’ekt o’zini topgan, o’zida va

faoliyatida o’zini o’zgartirishni xohlamasligi bilan tavsiflanadi. Ikkinchi tip esa sub’ektning

o’zini o’zi qidirishi bilan izohlanadi. Bu o’tish, oraliq holat hisoblanadi. Individ (yoki jamiyat)

bir shaklni tark etib jamiyatning boshqa yuqori darajasiga erishadi. Garmonik aloqalar uchun

sub’ekt yaxlit shaxs sifatida namoyon bo’ladi, u sub’ekt predmet tartibi - rolli niqob sharti bilan

belgilanadi. Bu yerda inson—taraqqiyotning absolyut harakati holatida bo’ladi.

Kasbiy maorif o'quvchilarga mahalliy sharoitlarning ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini

hisobga olib, u yoki bu kasb egalariga, mutaxassislarga bo'lgan ehtiyojlarni, turli kasblardagi

professional mehnatning mazmunini

,

kasbning insonga qo'yadigan talablarini, mehnat

sharoitlarini moddiy va ma’naviy rag'batlantirish sharoitlarini, kasbni egallash mumkin bo'lgan

o'quv muassasalari turlarini ma’lum qilish, ya’ni bunda o'quvchilar turli kasblar va

ixtisosliklarning xarakteri va o'ziga xosliklari bilan tanishadilar.

Kasbiy konsultatsiya- individual xarakterga ega bo'lib, ayrim o'quvchilarga ular

egallamoqchi bo'lgan kasbning xususiyatlari va o'z imkoniyatlarini to'g'ri anglashga

ko'maklashishininazardatutadi. Kasbiy diagnostika- o'quvchilarda kasb tanlash sub’ekti shaxsini

uning ma’lum shaxs xususiyatlari tanlayotgan kasb talablariga mosligi nazarda tutiladi.

Kasbiy tanlash (saralash)- muayyan kasbni muvaffaqiyatli ravishda egallab, o'z oldiga

qo'ygan fuqarolik (xususiy) burchini yuqori saviyada ado eta biladigan shaxslarni ajrata olishdan

iborat jarayondir. Kasbiy bilimlar, shakllangan ma’lum ko'nikmalar, malakalarga asoslangan

holda tekshirish me’zonlariga suyanib, omilkorlik bilan oqilona saralash o'tkaziladi.


background image

1354

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Kasbiy yo'nalganlik inson shaxsi yo'nalganligining bir ko'rinishi hisoblanib, bu holat

uning chuqur shaxs tuzulmalarigacha kirib boradi. Kasbiy yo'nalganlik insonning individual-

psixologik va individual-tipologik xususiyatlarigacha, uning qadriyatlar tizimiga, steriotiplariga,

qobiliyatlari va qiziqishlariga borib taqaladi. Bu maktabda, oliygohda, atrofdagilarning aytib

berishlari va o‘zining mustaqil o‘rganishlari bilan shakllanib boradi. Maktabda bolalarga kasb

bilan bog‘liq bo‘lgan tanishtirish darslarini ham tashkil etish zarur bo‘ladi. Bunda bolalar

ko‘pchilik kasblar haqida bilib oladilar va kasb tanlashlari uchun imkoniyatlar kengayadi. Ularni

yuqori sinflarga o‘tib borishlari bilan birga keyingi etaplarda qaysi kollejga va litseyga kirishlari

ham aniqroq bo‘lib boradi. Ular o‘zlari qiziqqan kasbni olishga mustaqil qarorlar qabul qilgan

holda intiladilar. Yoshlarning kasb tanlashlari maktabdan boshlanadi.

Bunga ularni tayyorlab borish zarur bo‘ladi. Buni psixolog olim Anvar Jalolov o‘zining

“Kasb qanday tanlanadi” kitobida shunday ko‘rsatib beradi. Xilma – xil va qiziqarli kasblarni

tanlashning asosiy maqsadi yaxshi yashash va yaxshi kasbni tanlash hisoblanadi. O‘zi uchun

qiziqarli bo‘lgan kasb insonni har doim o‘z ustida ishlashga, uni yaxshiroq bilishga olib keladi.

Insonda kasb tanlash jarayonini yana shu muallif quyidagicha belgilaydi. Insonda ma’lum

kasbga, uni egallashga xavas, mayil, orzu, ishtiyoq, xafsala bo‘lmasa u hech qanday kasbni

egallay olmaydi. Insondagi shu jarayonlar odamning o‘z kelajagini to‘g‘ri anglashga,

tushunishga olib keladi.

REFERENCES

1.

Adizova T.M. Psixokorrеksiya. − T.2005.

2.

Ontogenez psixologiyasi: nazariy eksperimental tahlil/E.G’oziyev; O’zr oliy v

3.

orta maxsus ta’lim Vazirligi, O’zbekiston Milliy universiteti.-T.:-Noshir, 2010.360 b.

4.

Barotov Sh.R. Ta'limda psixologik xizmat. – Buxoro, 2007.

5.

Mirashirova N. Maktabgacha tarbiya muassasalarida psixologik xizmat. -T.:TDPU, 2003.

6.

Nishanova Z.T. Psixologik xizmat. -T.: TDPU, 2006. - 162 b.

7.

(Metodika manbasi: Nemov R.S.Psixologiya: Ucheb.dlya

8.

stud.vissh.ped.ucheb.zavedeniy: V Z kn. – Z ye izd. – M.: Gumanitar.izd.tsentr

9.

VLADOS, 1999. – Kn. Z. Psixodiagnostika. Vvedenie v nauchnoe

10.

psixologicheskoe issledovanie s elementami matematicheskoy statistiki.

11.

E.G’oziyev, K.Mamedov Kasb psixologiyasi.-T :O’zMU, 2003

i

References

Adizova T.M. Psixokorrеksiya. − T.2005.

Ontogenez psixologiyasi: nazariy eksperimental tahlil/E.G’oziyev; O’zr oliy v

orta maxsus ta’lim Vazirligi, O’zbekiston Milliy universiteti.-T.:-Noshir, 2010.360 b.

Barotov Sh.R. Ta'limda psixologik xizmat. – Buxoro, 2007.

Mirashirova N. Maktabgacha tarbiya muassasalarida psixologik xizmat. -T.:TDPU, 2003.

Nishanova Z.T. Psixologik xizmat. -T.: TDPU, 2006. - 162 b.

(Metodika manbasi: Nemov R.S.Psixologiya: Ucheb.dlya

stud.vissh.ped.ucheb.zavedeniy: V Z kn. – Z ye izd. – M.: Gumanitar.izd.tsentr

VLADOS, 1999. – Kn. Z. Psixodiagnostika. Vvedenie v nauchnoe

psixologicheskoe issledovanie s elementami matematicheskoy statistiki.

E.G’oziyev, K.Mamedov Kasb psixologiyasi.-T :O’zMU, 2003