1543
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
TA’LIM SOHASIDA IJTIMOIY LOYIHALARNI JORIY ETISH
JARAYONINI BOSHQARISH
Qurbonova Gulnoza Po‘latovna
Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar Universiteti Loyiha boshqaruvi (Project Management)
magistratura mutaxassisligi tinglovchisi
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti
Hududiy ta’lim muassasalari bilan ishlash bo‘limi uslubchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15271658
Annotatsiya.
Mazkur maqolada ijtimoiy loyihalarning ta’lim tizimidagi o‘rni, ularni joriy
etish jarayonining asosiy bosqichlari, boshqarish mexanizmlari va samarali usullari hamda
yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar tahlil qilinadi. Shuningdek, ta’lim sohasida ijtimoiy
loyihalarni joriy etish jarayonini boshqarish masalalari ko‘rib chiqiladi. Ijtimoiy loyihalarni
joriy etishdagi muammolar va ularni hal qilish yo‘llari tavsiflanadi.
Kalit so‘zlar:
ta’lim, ijtimoiy loyiha, boshqaruv, samaradorlik, strategiya, innovatsiya.
УПРАВЛЕНИЕ ПРОЦЕССОМ ВНЕДРЕНИЯ СОЦИАЛЬНЫХ ПРОЕКТОВ В
СФЕРЕ ОБРАЗОВАНИЯ
Аннотaция.
В данной статье анализируется роль социальных проектов в системе
образования, основные этапы процесса их внедрения, механизмы управления и
эффективные методы, а также возможные проблемы. Также рассматриваются
вопросы управления процессом внедрения социальных проектов в сфере образования.
Описываются проблемы внедрения социальных проектов и пути их решения.
Ключевые слова:
образование, социальный проект, управление, эффективность,
стратегия, инновaция.
MANAGEMENT OF THE IMPLEMENTATION PROCESS OF SOCIAL PROJECTS IN
EDUCATION
Abstract.
This article analyzes the role of social projects in the education system, the
main stages of their implementation process, management mechanisms and effective methods, as
well as potential challenges. It also examines the management of social project implementation
in education. The article describes the problems encountered when implementing social projects
and ways to address them.
Keywords:
education, social project, management, effectiveness, strategy, innovation.
Ta’lim tizimi jamiyat taraqqiyotining asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Ta’lim sohasida
ijtimoiy loyihalar – jamiyatdagi muayyan muammolarni hal qilish va ta’lim sifatini oshirish
maqsadida amalga oshiriladigan tashabbuslar majmuidir.
1544
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
Ijtimoiy loyihalar ta’lim tizimini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ular
orqali jamiyatning ijtimoiy muammolarini bartaraf etish, barcha qatlamlar uchun ta’limga teng
imkoniyatlar yaratish, ta’lim sifatini oshirish, innovatsiyalarni joriy etish va jamiyatning
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga zamin yaratish mumkin. Bunday loyihalar, asosan, davlat,
xususiy sektor, nodavlat tashkilotlar yoki xalqaro institutlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Shu
nuqtai nazardan, ijtimoiy loyihalarning ta’lim tizimidagi o‘rni, ularni joriy etish jarayonlarining
asosiy bosqichlari, boshqarish mexanizmlari va samarali usullari hamda yuzaga kelishi mumkin
bo‘lgan muammolarni tadqiq etish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi.
Mohiyatan, ijtimoiy loyihalar – bu jamiyat ehtiyojlarini qondirish va muayyan ijtimoiy
muammolarni hal etishga qaratilgan tashabbuslar hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda
aytish mumkinki, ijtimoiy loyihalar ta’lim tizimida bir qator muammolarga yechim topishda
samarali yordam beradi. Xususan:
Teng ta’lim imkoniyatlarini yaratish
– kam ta’minlangan oilalar, nogironligi bo‘lgan
shaxslar va chekka hududlardagi bolalar uchun ta’lim imkoniyatlarini oshirish. Bu bepul darslar
tashkil etish, stipendiyalar yoki o‘quv resurslarini taqdim etish ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.
UNESCO ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil holatiga dunyo bo‘yicha 250 million bola,
jumladan, Markaziy va janubiy Osiyo mamlakatlarida maktab yoshidagi bolalarning har
beshtadan bittasi, turli sabablarga ko‘ra maktabga bormaydi.
1
Maktab yoshidagi bolalarning
bunday ta’limdan chetda qolishi jamiyatda tengsizlikning o‘sishiga, aholi orasida
qashshoqlikning avloddan avlodga meros bo‘lib o‘tishiga, zaif guruhlar orasida jamiyatga
integratsiyalashish imkoniyatlarining cheklanishiga olib keladi. Bir so‘z bilan aytganda, ijtimoiy
loyihalar ta’limda inklyuzivlikni oshirishda yordam beradi.
Sifatli ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish
– o‘qituvchilar uchun qayta
tayyorlash, malaka oshirish kurslari va treninglar tashkil etish, innovatsion pedagogik usullarni
joriy qilish orqali ta’lim sifatini yaxshilash. Tez o‘zgaruvchan muhitda ta’lim xizmatlarini tashkil
etish o‘qituvchilardan yangiliklarga ochiqlik, o‘zgarishlarga moslashish, eng ilg‘or ta’lim
usullarini o‘zlashtirish va texnologiya yutuqlarini ta’lim jarayonida qo‘llashni talab etadi. Buning
uchun esa, o‘z navbatida, ularning muntazam ravishda o‘z ustida ishlashi va qo‘shimcha
tayyorgarlikdan o‘tishi, treninglarda qatnashishi, o‘qitishning eng ilg‘or usullari bo‘yicha
yetakchi ma’lumotlar bazalari va resurslaridan foydalanishi uchun zarur shart-sharoitlarni
yaratish lozim. O‘zbekistonda ham o‘qituvchilar malakasini oshirishga ta’lim sifatining kafolati
sifatida qaraladi.
1
https://www.unesco.org/en/articles/250-million-children-out-school-what-you-need-know-about-unescos-latest-
education-data
1545
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
Xususan, 2020 yilning 6 noyabrda qabul qilingan “O‘zbekistonning yangi taraqqiyot
davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident
farmonida pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish masalalariga ustuvor
ahamiyat qaratilgani holda, sohadagi rahbar va pedagog-xodimlarni “hayot davomida o‘qish”
tamoyili asosida uzluksiz malaka oshirish tizimiga transformatsiya qilish ko‘zda tutilgan.
2
Infratuzilmani rivojlantirish
– maktablar, kutubxonalar va ta’lim resurslarini yaratish
va modernizatsiya qilish. Shuningdek, STEM, inklyuziv ta’lim, raqamli ta’lim kabi yangi
modellarni rivojlantirish, onlayn kurslar, masofaviy ta’lim platformalari va texnologik
infratuzilmani yaxshilash. Masalan, 2021 yilda USAID tomonidan Namangan va Sirdaryo
viloyatlaridagi 208 ta davlat maktabiga 385 mingdan ortiq darslik va o‘qituvchilar uchun
qo‘llanmalar yetkazib berilgan.
3
Boshqa bir misol — Leader school nodavlat ta’lim muassasasi
2022 yildan buyon O‘zbekistondagi ilk to‘laqonli onlayn maktab — LeaderOnlineʼni sinovdan
o‘tkazdi va yaqinda qabul e’lon qildi.
4
Kasbiy ta’lim va mehnat bozoriga integratsiya
– yoshlarni kasb-hunarga o‘rgatish va
amaliyot dasturlari orqali ish bilan ta’minlash. Masalan, avtomobil sanoatidagi yirik
kompaniyalar, «General Motors» yoki «Toyota» kabi, kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlikda
o‘quv dasturlarini tashkil etadi.
5
O‘quvchilar o‘qish jarayonidayoq ishlab chiqarish sexlarida
amaliyot o‘taydi va bitirgach, shu korxonalarda ishga joylashtiriladi. Bundan tashqari, dual
ta’lim tizimi modeli ham keng tarqalgan bo‘lib, bu tizimda o‘quvchilar darslarning bir qismini
ta’lim muassasasida, qolgan qismini esa ish joyida o‘tab, real ish sharoitida bilim va
ko‘nikmalarga ega bo‘lishadi.
Ota-onalar va jamiyatni ta’lim jarayoniga jalb qilish
– ota-onalar uchun seminarlar,
ta’lim bo‘yicha ijtimoiy kampaniyalar tashkil etish. Ota-onalar va jamoatchilikning ta’lim
jarayonidagi ishtiroki bolalarning muvaffaqiyatini oshiradi. Singapurda maktablar ota-onalar
uchun muntazam ravishda «Parent Engagement Sessions» o‘tkazadi, bu yerda ular bolalarining
ta’lim jarayonini va ularga qanday yordam berish mumkinligini yaxshiroq tushunishadi.
6
2
“Ўзбекистоннинг янги тараққиёт даврида таълим-тарбия ва илм-фан соҳаларини ривожлантириш чора-
тадбирлари тўғрисида”ги президент фармони, 06.11.2020 й.
3
https://www.usaid.gov/uzbekistan/news/nov-03-2021-usaid-delivers-more-385000-books-improve-student-
learning-outcomes-uzbekistan
4
online.uz/?utm_client_id=801330574.1734283157&utm_session_id=311725548019466&utm_ym_uid=334402563
417462&utm_yandex_counter_id=94803684
5
Kang, Parminder & Bhatti, Rajbir. (2020). Continuous Improvement Philosophy in Higher Education: Lessons
From the DNA of the Toyota Production System to Improve Course/Program Delivery Process. 10.4018/978-1-
5225-9829-9.ch005.
6
https://www.zhangdepri.moe.edu.sg/our-partners/parents/parents-engagement-sessions/
1546
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
O‘zbekiston misolida «Ibrat farzandlari» kabi dasturlar ota-onalarga bolalarini tillarga va
kasb-hunarga o‘rgatish bo‘yicha maslahatlar berib bormoqda.
7
Qolaversa, dunyo miqyosida
ta’limga jamoatchilikni jalb qiluvchi ijtimoiy kampaniyalar ham keng ommalashgan.
1-chizma. Ta’lim sohasida ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari.
Loyihalarni boshqarish loyihaning mohiyatiga ko‘ra amal qilinishi maqsadga muvofiq
sanaladi. Bunda loyihaning quyidagi alohida belgilariga e’tiborni qaratish muhim:
8
bir qator texnik, iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy va boshqa talablarning bir vaqtning o‘zida
bajarilishi bilan erishilishi zarur bo‘lgan aniq maqsadlar;
loyihani amalga oshirish jarayonida muvofiqlashtirilishi talab etiluvchi vazifalar,
operatsiyalar va resurslarning tashqi va ichki o‘zaro bog‘liqligi;
loyihaning boshlanish va yakunlanish muddatini aniqlash;
resurslarning cheklanganligi;
loyiha maqsadlarining betakrorlik darajasi va amalga oshirilish shart-sharoitlarini
aniqlash.
Ijtimoiy loyihalarni joriy etish jarayoni quyidagi asosiy bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
1.
Muammoni tahlil qilish
– ta’lim tizimidagi dolzarb muammolarni aniqlash va ularning
yechimini talab qiluvchi sohalarni belgilash. Bu bosqichda statistik ma’lumotlar, tadqiqotlar va
7
https://gov.uz/oz/yoshlar/sections/view/28071
8
Shodiyarova M. S. “Taʼlim sohasidagi loyihalarni boshqarish”. Journal of New Century Innovations. Vol. 39, Issue
1, 2023. Available at: http://www.newjournal.org/Volume–39_Issue-1_October_202367.
1547
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
ijtimoiy fikrlar o‘rganiladi. Bu tegishli muammo, uning tub ildizlari, uning ko‘lami va ta’sir
doirasi, unga ta’sir etuvchi omillar va uni hal etish uchun zarur shart-sharoitlarni to‘g‘ri baholash
imkonini beradi. Ushbu bosqichda olingan tegishli natijalar va to‘g‘ri xulosalar loyihaning
muvaffaqiyatli ishlab chiqilishi va samarali tatbiq etilishini ta’minlaydi.
2.
Manbalarni aniqlash
– moliyaviy, insoniy va texnik resurslarni aniqlash (homiylar,
grantlar, ko‘ngillilar). Loyihani amalga oshirishga jalb etiladigan manbalarni aniqlashda ularning
qonuniyligi va barqarorligi muhim ahamiyatga ega. Loyiha uchun mo‘ljallangan mablag‘larni
topish uchun mahalliy, xalqaro tashkilotlar yoki davlat grantlari, ishbilarmonlar yoki va homiylar
ko‘magini izlash bu osqichning asosiy vazifasi hisoblanadi. Loyiha uchun ko‘ngillilarni jalb
qilishda ularni ilhomlantirish muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, tegishli mutaxassislar
(o‘qituvchilar, trenerlar, loyiha menejerlari, psixologlar va h.k.) loyihaning muvaffaqiyatli
amalga oshishida muhim rol o‘ynaydi. Loyihani amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan
kompyuterlar, internet xizmatlari, multimedia qurilmalari, maxsus dasturlar yoki onlayn
platformalarni aniqlash, shuningdek, loyihaga oid yordamchi xizmatlar, masalan, veb-sayt
yaratish, dizayn ishlari, audio va video materiallarni ishlab chiqish zarur.
3.
Loyiha rejasini ishlab chiqish
– maqsadlar, vazifalar, resurslar va amalga oshirish
strategiyasi, muddati, maqsad va kutilayotgan natijalarni belgilash. Bu bosqichda ishtirokchi
tomonlar va manfaatdor guruhlarning fikri inobatga olinadi. Bu bosqichda loyiha yo‘naltirilgan
muammodan kelib chiqqan holda tegishli maqsad va vazifalar aniqlab olinadi. Loyiha maqsadini
qo‘yish va amalga oshirish muddatini belgilashda aniq raqamli ko‘rsatkichlar bilan ifodalash
muhim ahamiyatga ega. Bu loyiha yakunida erishilgan natijalarni kutilgan natijalar bilan
taqqoslash va loyihaning samaradorligini baholashni osonlashtiradi.
4.
Loyihani sinovdan o‘tkazish (pilot loyiha)
– loyihani cheklangan hudud yoki guruhda
sinovdan o‘tkazib, samaradorligini baholash. Loyiha sinovdan o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan
mahalliy hudud yoki ishonchli guruh (masalan, maktab o‘qituvchilari, talabalar, yoshlar)
tanlanishi kerak. Bu guruh loyiha natijalari hamda istiqbolini aniq baholash imkonini beradi.
Pilot loyihada ishtirok etish uchun belgilangan guruh maqsadli guruhga muvofiq bo‘lishi, ya’ni
loyihaning aniq maqsadi va vazifalariga mos bo‘lishi lozim. Loyihaning sinov guruhida
qatnashuvchilarni tanlash va ularning faolligini ta’minlashda o‘quvchilar yoki ishtirokchilarga
aniq vazifalar berish va ularni qiziqtirish muhim. Yakunda ishtirokchilarning loyiha to‘g‘risidagi
fikr-mulohazalarini o‘rganish loyihaning natijaviyligi, ishtirokchilarning loyihaga bo‘lgan
munosabatini va qiziqishini baholashga yordam beradi.
5.
Loyihani to‘liq joriy qilish
– loyiha doirasida amalga oshiriladigan faoliyatlarni yo‘lga
qo‘yish va boshqarish. Bu bosqichda kadrlar tayyorlash, infratuzilmani rivojlantirish va
moliyaviy ta’minot ta’minlanadi. Loyihani to‘liq joriy qilish bosqichi loyihaning barcha
1548
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
komponentlarini amalga oshirish uchun zarur tadbirlarni ko‘rishni talab qiladi. Bu bosqichda
kadrlar tayyorlash, ya’ni loyiha uchun zarur bo‘lgan mutaxassislar va ishchilarni safarbar qilish,
ularga treninglar va kurslar o‘tkazish muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, infratuzilmani
rivojlantirish, ya’ni zaruriy obektlar, resurslar va texnik tayoargarliklarni ta’minlash ham kerak.
Moliyaviy ta’minot esa loyihaning o‘zaro joriy qilinishi uchun maqbul mablag‘lar bilan
ta’minlanishini nazarda tutadi, bu jarayonda grantlar yoki mablag‘ olish manbalari ishlatilishi
mumkin.
6.
Monitoring va baholash
– loyihaning samaradorligini baholash, kerakli takliflar kiritish,
kamchiliklarni bartaraf etish va takomillashtirish. Loyiha natijalarini tahlil qilish va takliflarni
ishlab chiqish orqali uning uzoq muddatli ta’siri ta’minlanadi. Monitoring va baholash bosqichi
loyiha amalga oshirilayotgan davrda uning samaradorligini kuzatishni va tahlil qilishni o‘z ichiga
oladi. Loyiha ishga tushirilgandan keyin, amalga oshirilgan faoliyatlar, resurslar va sarflar
to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘planib, loyiha maqsadlariga qanchalik erishilgani baholanadi. Agar
kamchiliklar aniqlansa, ularni bartaraf etish va loyihani rivojlantirish uchun takliflar kiritiladi.
Loyiha natijalari tahlil qilinganidan keyin, uning uzoq muddatli ta’sirini ta’minlash
maqsadida yangi takliflar ishlab chiqiladi, bu esa loyiha natijalarining to‘liq amalga oshishini va
ijobiy ta’sirni ta’minlaydi.
7.
Barqarorlikni ta’minlash
– loyiha tugaganidan keyin ham ta’sirini saqlab qolish
strategiyalari. Barqarorlikni ta’minlash, loyiha tugaganidan keyin uning ta’sirini uzoq muddat
saqlab qolishga yo‘naltirilgan strategiyalarni ishlab chiqishni talab qiladi. Bu bosqichda loyiha
natijalari va ta’siri uzoq vaqt davomida saqlanishi uchun barqaror mexanizmlar, monitoring
tizimlari va huquqiy asoslar tuziladi. Loyihaning natijalari barqaror bo‘lishini ta’minlash uchun,
mahalliy jamoalar bilan hamkorlikda ishlash, qonuniy me’yorlar va iqtisodiy tizimlarni
rivojlantirish zarur. Shu bilan birga, loyiha tugagandan keyin ham uning ta’siri yoki foydasi har
tomonlama yo‘naltirilgan holda saqlanishi kerak.
Ijtimoiy loyihalarni boshqarishda turli modellar qo‘llaniladi:
Davlat tomonidan boshqarish
– davlat tashkilotlari tomonidan qonunchilik va
moliyaviy ko‘mak asosida amalga oshiriladigan loyihalar.
Xususiy sektor ishtiroki
– korporativ ijtimoiy mas’uliyat doirasida xususiy
kompaniyalar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan loyihalar.
Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik
– BMT, Jahon banki, YuNESKO va boshqa
tashkilotlar tomonidan grant va moliyaviy yordam asosida amalga oshiriladigan dasturlar.
Jamoatchilik ishtirokidagi modellar
– mahalliy jamoalar, NNTlar va volontyorlar
ishtirokidagi tashabbuslar.
1549
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
Loyihalarni boshqarishda foydalaniladigan modellarning har biri o‘z afzallik va
kamchiliklariga ega. Tegishli loyiha uchun boshqaruv modelini tanlashda hal qilinishi
ko‘zlangan muammoning tabiati, ta’sir doirasi, loyihaning ko‘lami, talab qilinadigan resurs
salohiyatidan kelib chiqqan holda qaror qabul qilish maqsadga muvofiq. Ayrim loyihalarda
modellar aralash shaklda ham qo‘llanilishi mumkin: davlat va xususiy sheriklik, hukumat va
xalqaro tashkilotlar, xalqaro tashkilotlar va jamoatchilik yoki mahalliy NNTlar ishtirokidagi
boshqaruv ham amaliyotda keng ommalashgan.
2-chizma. Ijtimoiy loyihalarni boshqarish modellari.
Ijtimoiy loyihalarni samarali joriy etish ta’lim tizimini rivojlantirishda muhim rol
o‘ynaydi. Ushbu jarayonni boshqarishda davlat hokimiyati, ta’lim muassasalari va nodavlat
tashkilotlar o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash talab etiladi. Ta’kidlash joizki, ijtimoiy
xususiyatga ega bo‘lgan loyihalar, har qanday sohada bo‘lmasin, amalga oshirish jarayonining
muayyan murakkabliklariga ega. Sababi — bunday loyihalar asosan notijoriy maqsadlarda,
jamiyatda farovonlikni oshirish va ijtimoiy tengsizlikka barham berish maqsadida amalga
oshiriladi. Ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlar kontekstida jamiyatda teng imkoniyatlar
yaratish va barcha sohalarda inklyuziv o‘sishni ta’minlashga har doim ham davlat resurslarining
o‘zi yetarli bo‘lmasligi mumkin.
Ijtimoiy loyihalarni joriy etish jarayonida quyidagi muammolar yuzaga kelishi mumkin:
moliyalashtirish manbalarining yetishmasligi;
infratuzilma yetishmovchiligi;
mutaxassislar yetishmovchiligi;
loyiha menejment mahoratlarining pastligi;
Davlat tomonidan
boshqarish
Ijtimoiy loyihalarni
boshqarish
Jamoatchilik
ishtirokidagi modellar
Xalqaro tashkilotlar
bilan hamkorlik
Xususiy sektor ishtiroki
1550
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
bo‘lajak ishtirokchilarning yetarlicha xabardor emasligi;
davlat va xususiy sektor o‘rtasida hamkorlikning kamligi.
Shundan kelib chiqib, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan potensial muammolarning oldini
olish maqsadida quyidagi takliflarni ilgari surish mumkin:
Davlat va xususiy sektor hamkorligi orqali yechim topish, ya’ni ijtimoiy loyihalarni
moliyalashtirish uchun davlat va xususiy sektor hamkorligini kuchaytirish – innovatsion
moliyaviy hamkorlik mexanizmlari (grantlar, fondlar, sarmoyaviy sheriklik) orqali loyihalarni
qo‘llab-quvvatlash;
Loyiha boshqaruvi sohasida mutaxassislar tayyorlash – ta’lim muassasalari va trening
markazlari orqali menejment ko‘nikmalarini oshirish, innovatsion qurilish texnologiyalarini joriy
etish, malaka oshirish kurslari va xalqaro hamkorlikni kengaytirish, kadrlarni qayta tayyorlash va
malaka oshirish dasturlarini joriy etish;
Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari orqali ijtimoiy loyihalar haqida xabardorlikni
oshirish – aholining faol ishtirokini ta’minlash uchun interaktiv platformalar yaratish,
jamoatchilik-davlat sherikligi mexanizmini takomillashtirish va xususiy sektorni rag‘batlantirish.
Shunday qilib, ijtimoiy loyihalarni joriy etish ta’lim sohasida ijtimoiy barqarorlik va
taraqqiyotni ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. Bundan tashqari, bu loyihalar mahalliy
jamoalarni hamda mamlakatning uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.
Loyihalar orqali yoshlar, oilalar va jamiyatning ta’limga bo‘lgan kirish imkoniyatlari
kengayadi, bu esa ijtimoiy tenglikni ta’minlashga xizmat qiladi. Shuningdek, ta’limning sifatini
oshirish va uning muammolarini bartaraf etish orqali ijtimoiy farovonlikka erishish mumkin.
Loyihalarni to‘g‘ri joriy qilish va monitoring qilish natijasida, ularning samaradorligi va
ta’siri o‘z vaqtida baholanishi va takomillashtirilishi mumkin. Barqarorlikni ta’minlash esa
loyiha tugaganidan keyin ham uning ijobiy ta’sirini saqlash va uni uzoq muddatda hayotga
tadbiq etishni ta’minlaydi.
Shundan kelib chiqib, ijtimoiy loyihalar ta’lim sohasidagi taraqqiyot va barqarorlikni
ta’minlashga yordam beradi, shuningdek, har bir jamoaning ijtimoiy va iqtisodiy rivojiga hissa
qo‘shadi. Barqaror ijtimoiy loyihalar orqali jamiyatdagi oliy ta’lim va kasbiy malaka darajasini
oshirish, ishsizlikni kamaytirish va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash imkoniyati yaratiladi.
Loyihalarning to‘g‘ri amalga oshirilishi, ularning samaradorligi va ta’sirini kuzatish
muhim ahamiyatga ega.
REFERENCES
1.
“O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni, 06.11.2020 y.
1551
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
2.
Kang, Parminder & Bhatti, Rajbir. (2020). Continuous Improvement Philosophy in Higher
Education: Lessons From the DNA of the Toyota Production System to Improve
Course/Program Delivery Process. 10.4018/978-1-5225-9829-9.ch005.
3.
Shodiyarova M. S. “Taʼlim sohasidagi loyihalarni boshqarish”. Journal of New Century
Innovations. Vol. 39, Issue 1, 2023. Available at:
http://www.newjournal.org/Volume–
https://www.unesco.org/en/articles/250-million-children-out-school-what-you-need-know-
about-unescos-latest-education-data
5.
https://gov.uz/oz/yoshlar/sections/view/28071
https://www.usaid.gov/uzbekistan/news/nov-03-2021-usaid-delivers-more-385000-books-
improve-student-learning-outcomes-uzbekistan
online.uz/?utm_client_id=801330574.1734283157&utm_session_id=311725548019466&
utm_ym_uid=334402563417462&utm_yandex_counter_id=94803684
8.
https://www.zhangdepri.moe.edu.sg/our-partners/parents/parents-engagement-sessions/
