Authors

  • Arofat Mirzayeva
  • Iroda Muxammadjonova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.80671

Keywords:

inklyuziv ta`lim nuqson ko`zida nuqsoni bor bolalar sezgi sensori analizator maxsus ta`lim individual yondashuv pedagogik metodlar reabilitatsiya moslashtirilgan dasturlar sensor rivojlanish.

Abstract

Ushbu maqolada ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilanolib boriladigan pedagogik ishlar mazmuni, maqsadi va metodlari yoritilgan. Maxsus pedagogika sohasi doirasida ko‘rish imkoniyati cheklangan bolalarning individual xususiyatlari, psixofiziologik holati va ularni o‘qitish-tarbiyalash jarayonidagi yondashuvlar tahlil qilingan. Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan olib boriladigan pedagogik ishlarning mazmun-mohiyati, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirishdagi muhim jihatlar, ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan metod va vositalar yoritilgan. Shuningdek, maxsus pedagogik yondashuvlar va inklyuziv ta’lim sharoitlarida yaratiladigan imkoniyatlar haqida so‘z yuritiladi.

background image

1573

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

KO‘RISHIDA NUQSONI BO‘LGAN BOLALAR BILAN OLIB BORILADIGAN

PEDAGOGIK ISHLAR

Mirzayeva Arofat Abduhalilovna

Toshkent ijtimoiy innovatsiya universiteti

“Pedagogika va psixologiya” kafedrasi o‘qituvchisi.

mashxurakasimova5@gmail.com

Muxammadjonova Iroda Iskandar qizi

Toshkent ijtimoiy innovatsiya universiteti talabasi.

mukhammajonovairoda@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15271725

Annotatsiya.

Ushbu maqolada ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilanolib boriladigan

pedagogik ishlar mazmuni, maqsadi va metodlari yoritilgan. Maxsus pedagogika sohasi

doirasida ko‘rish imkoniyati cheklangan bolalarning individual xususiyatlari, psixofiziologik

holati va ularni o‘qitish-tarbiyalash jarayonidagi yondashuvlar tahlil qilingan. Ko‘rishida

nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan olib boriladigan pedagogik ishlarning mazmun-mohiyati, ularni

ijtimoiy hayotga moslashtirishdagi muhim jihatlar, ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan

metod va vositalar yoritilgan. Shuningdek, maxsus pedagogik yondashuvlar va inklyuziv ta’lim

sharoitlarida yaratiladigan imkoniyatlar haqida so‘z yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

inklyuziv ta`lim, nuqson, ko`zida nuqsoni bor bolalar, sezgi sensori,

analizator, maxsus ta`lim, individual yondashuv, pedagogik metodlar, reabilitatsiya,

moslashtirilgan dasturlar, sensor rivojlanish.

ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ РАБОТА С ДЕТЬМИ С НАРУШЕНИЯМИ ЗРЕНИЯ

Аннотация.

В данной статье раскрывается содержание, цель и методы

педагогической работы с детьми с нарушением зрения. В рамках специальной педагогики

анализируются индивидуальные особенности, психофизиологическое состояние детей с

ограниченными возможностями зрения, а также подходы в процессе их обучения и

воспитания. Освещается суть педагогической работы с такими детьми, важные

аспекты их социальной адаптации, методы и средства, применяемые в образовательном

процессе. Также рассматриваются специальные педагогические подходы и возможности,

создаваемые в условиях инклюзивного образования.

Ключевые слова:

инклюзивное образование, нарушение, дети с нарушением зрения,

сенсорное восприятие, анализатор, специальное образование, индивидуальный подход,

педагогические методы, реабилитация, адаптированные программы, сенсорное развитие.

PEDAGOGICAL WORK WITH CHILDREN WITH VISUAL IMPAIRMENTS


background image

1574

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Abstract.

This article highlights the content, objectives, and methods of pedagogical work

with children who have visual impairments. Within the scope of special pedagogy, the individual

characteristics and psychophysiological conditions of children with limited vision, as well as the

approaches used in their education and upbringing, are analyzed. The essence of pedagogical

activities carried out with visually impaired children, key aspects of their social adaptation, and

the methods and tools applied in the educational process are discussed. Furthermore, the article

explores special pedagogical approaches and the opportunities created within the framework of

inclusive education.

Key words:

inclusive education, impairment, children with visual disabilities, sensory

perception, analyzer, special education, individual approach, pedagogical methods,

rehabilitation, adapted programs, sensory development.

Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar — bu to‘liq yoki qisman ko‘rish qobiliyatini

yo‘qotgan, maxsus ta’lim va tarbiya sharoitlariga muhtoj bo‘lgan shaxslardir. Mazkur toifadagi

bolalar uchun ta’lim jarayoni maxsus metodikalar asosida tashkil etilishi lozim. Pedagogik

ishlarbolaning individual imkoniyatlarini hisobga olgan holda, uning aqliy, jismoniy va ijtimoiy

rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratiladi.Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan ishlashda

individual yondashuv asosiy o‘rinda turadi.

Ushbu bolalar ko‘pincha atrof-muhitni eshitish, teginish, hid bilish orqali idrok etadilar.

Shu sababli sensor rivojlanishni rag‘batlantiruvchi mashg‘ulotlar — maxsus quloq bilan

idrok qilish, Braille yozuvi, relyefli tasvirlar, audiomateriallardan keng foydalaniladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga

ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 13-

oktabrdagi PQ-4860-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

“Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni

tasdiqlash to‘g‘risida” 2021-yil 12-oktabrdagi 638-sonli qarorlariga muvofiq birinchi marta

2021-2022-o‘quv yilidan boshlab zamonaviy alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun

qulayumumta’lim maktablariga qabul qilish boshlandi. Hozirgi XXI asrga kelib inklyuziv

ta`limda taxsil olayotgan bolalarga juda ham katta e`tibor qaratilmoqda. Ular ham o`qishga haqli.

Hamma bolalar kabi umum ta`lim maktablarida o`qigisi, tengdoshlari bilan birga dars

jarayonlarida faol qatnashishni hohlaydi. Bu imkoniyat ularda bor. Ularning harakati

tirishqoqligi boshqa sog`lom bolalar uchun juda katta mativatsiya beradi. Inklyuziv taʼlim

alohida ta’limga ehtiyoji bor bo‘lgan bolalarga quydagi imloniyatlarni beradi:

- oʻz harakatlari orqali imkoniyatlarini oʻzi uchun kashf etadi;


background image

1575

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

- hamkorlikda tengdoshlari bilan erkin ishlash imkoniyati, darslarda mustaqil fikr

bildirish, faoliyat yuritish imkonini beradi;

-tengdoshlariga nisbatan dunyoqarashi kengayadi, hayotiy tajribasi oshadi;

-oʻqishga boʻlgan ehtiyoji va qiziqishlari ortib boradi;

-ilgari ota-onalariga ham sezilmagan imkoniyatlari ochiladi;

-yotsirash, yakkalanish kabi xususiyatlari yoʻqoladi;

inklyuziv taʼlim sogʻlom bolalar hayotiga ta`siri quydagicha;

-oʻzlariga oʻxshamagan tengdoshlari, ularning hayoti, ehtiyojlarini his qiladilar;

-tengdoshlariga nisbatan gʻamxoʻrlik hissi uygʻonadi;

-ularni qoʻllab-quvvatlash, yordam berishga intilish–insonparvarlik hissi tarbiyalanadi;

-oʻquvchilarda atrofdagi imkoniyati cheklangan insonlarga, pozitiv munosabat, oʻzaro

hurmat tarbiyalanadi;

-oʻquvchilarda bagʻrikenglik hissi shakllanadi;

Inklyuziv ta’lim ishtirokchilari o‘rtasida hamkorlik:

Maktabgacha ta’lim tarbiyachisi yoki boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi

Maxsus pedagog, Psixolog, Ota-ona.

Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning jamiyatga moslashuvi, kundalikhayotga

tayyorlanishida muhim. Reabilitatsiya ishlari doirasida quyidagilar amalga oshiriladi: makon va

yo‘nalish bo‘yicha harakatlanishga o‘rgatish; kundalik hayotda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish

ko‘nikmalarini shakllantirish; muloqot va ijtimoiy muhitga moslashish bo‘yicha treninglar.

Ko‘rish nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun: Braille yozuvi;audio kitoblar va audio vizual

qurilmalar; maxsus didaktik materiallar; informatsion-kommunikatsion texnologiyalar (ekran

o‘qish dasturlari, ovozli kompyuterlar) keng qo‘llaniladi.Bu vositalar bolalarning mustaqil bilim

olishiga, o‘z fikrini bayon etishiga yordam beradi. Bugungi kunda O‘zbekistonda inklyuziv

ta’lim tizimi keng joriy etilmoqda. Bunda ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar sog‘lom bolalar

bilan birgalikda ta’lim oladi. Bu holat ularning ijtimoiylashuvi, teng imkoniyatga ega bo‘lishi va

jamiyatda o‘z o‘rnini topishida katta ahamiyat kasb etadi.

“Inklyuziv ta’lim” - “Barcha bolalarning turli xil ehtiyojlarini qondirish va ularga javob

berish jarayoni, ta’limda, madaniyat va jamiyatda ishtirok etishni quvvatlash, ta’limdan va

ta’limdan chetlatishni kamaytirish” ta’lim olish uchun keng imkoniyatlarni ta’minlash hamda

barcha bolalarning individual xususiyatlaridan, oldingi yutuqlaridan, tili, madaniyati, ota-

onalarning ijtimoiy va iqtisodiy holatidan qat’iy nazar ta’limda muvaffaqiyatga erishishi uchun

zarur shart sharoitlarni yaratishdir. Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan ishlash – murakkab

va mas’uliyatli jarayon bo‘lib, u alohida yondashuv, maxsus bilim va ko‘nikmalarni talab qiladi.


background image

1576

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Bunday bolalarning jismoniy, aqliy va emotsional rivojlanishi ularning atrof-muhitni

qanday idrok qilishi bilan bevosita bog‘liqdir. Shuning uchun pedagogik faoliyatda ular uchun

qulay, individual sharoitlar yaratish muhim hisoblanadi. Jamiyatda har bir bola to`laqonli ta`lim

va tarbiya lish huquqiga ega. Ko`rishda nuqsoni bor bolalar ham jamiyatda faol ishtirok etishlari,

bilim olishlari va mustaqil hayotga tayyor bo`lishlari lozim. Bunday bolalar bilan olib

boriladigan pedagogik ishlar o`ziga hoslikka ega bo`lib o`qtish va tarbiyalash jarayonida maxsus

pedagogik ishlar. Har qanday bilish dastlab oddiy sezgilardan boshlanadi. O`zimizni tilda

aytadigan bo`lsak sezgilarimiz bizni borliq bilan bog`lab turuvchi vosita. Hayotimizda

bo`ladigan jarayonlar ko`rish, eshitish, hid bilish, ta`m bilish, teri sezgilari va boshqalar bizning

sezgi bilimlarimizga asos bo`la oladi. Insonning sensor tuzilishi insonning tarixiy ijtimoiy

tarqaqqiyoti davomida shakillanib uning hayot va faoliyat mazmunini belgilaydi. Ko`rish timi

boshqa analizatorlardan ustun turadi. 1880-yillardan boshlab tiflopsixologik tadqiqotlarda sezish

chegaralarini o'rganish boshlangan edi. Ko'rishda nuqsoni bo'lgan bolalarda psixik jarayonlar

xususiyatlari turg'undir. L.S.Vigotskiyning anomal rivojlanishning murakkab strukturasi

haqidagi g'oyasi Rossiya defektologiya va tiflopedagogikasida, jumladan, R.M.Boskis (1963);

I.M. Solovyov (1956); M.l.Zemsova (1956); V.S.Sverlov (1949) va boshqalarning ishlarida

rivojlantirildi. Bu ko'p jihatdan keyingi yillarda butun dunyoda kuzatilayotgan ko'rishda nuqsoni

bo'lgan shaxslar tarkibining o'zgarishi bilan bog'liq. Qisman yoki zaif ko'ruvchilardagi sezgi

chegaralari o‘ziga xosligi bilan, nuqson chuqurligi bilan, uzviy bog‘liqligi bilan ajralib turadi.

Ko'rishida nuqsoni boigan shaxsni, uning faolligi, ishchanlik qobiliyatini shakllantirish

juda murakkab jarayon bo‘lib, hosil bo`ladigan individual psixologik tizim turi, shakli va sifatini

belgilaydigan ham ichki, ham tashqi xarakterdagi katta miqdordagi turlicha ta’sirlar, ularning

murakkab hamkorligiga bogiiq. Uning shakllanishiga ta’sir etish uchun ko‘rish buzilganda

yuzaga keladigan psixik tuzilmalarning xususiyatlarini hisobga olish zarur. Psixik jarayonlar

qanchalik ko‘p va nozik farqlansa (differensiatsiyalansa) va ularning kechish tushunarli boisa,

bola ma’naviyati va psixik rivojlanishi, shuningdek, uning xulqi darajasi shuncha yuqori boiadi,

qolaversa, shaxsning shakllanishi tashqi olam ta’siri bolaning ichki holatiga adekvatligiga bogiiq.

Agar bu o‘rab turgan olam psixik rivojlanish va qobiliyatlarni kengaytirish shartlariga

muvofiq kelmasa, bolaning genetik strukturasida berilgan xossalar rivojlana, namoyon boia va

kengaya olmaydi.

Tiflopedagogika – bu ko‘rishida nuqsoni bor bolalarni o‘qitish va tarbiyalash bilan

shug‘ullanuvchi maxsus pedagogika sohasi hisoblanadi. Mazkur soha nafaqat ko‘rish nuqsonini

bartaraf etishga emas, balki uning o‘rnini bosuvchi hissiy va intellektual imkoniyatlarni

rivojlantirishga qaratilgan. Tiflopedagogik yondashuvlar bolalarning idrok, nutq, xotira, tafakkur

kabi psixik jarayonlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.


background image

1577

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Ko‘rishda nuqsoni bor bolalar bilan ishlashda quyidagi asosiy pedagogik yo‘nalishlar

ajratiladi:

- didaktik yondashuv: O‘quv materiallari oddiy ko‘ruvchilar uchun emas, balki maxsus

formatda – taktil (teginish asosidagi), audiovizual, Braille yozuvi orqali taqdim etiladi;

- individuallashtirish: Har bir bola uchun alohida rivojlanish xaritasi tuzilib, uning

ehtiyojlari, salohiyati va nuqson darajasiga qarab mashg‘ulotlar olib boriladi;

- ijtimoiylashtirish: Bolaning jamiyatga moslashuvi, jamoada erkin fikr bildirishi va

mustaqil qaror qabul qilishiga yo‘naltiriladi.

Pedagogik ishlar davomida quyidagi metod va vositalardan foydalaniladi:

- braille yozuvi va tegishli o‘quv qurollari;

- ovozli darsliklar, elektron kitoblar;

- kompyuter texnologiyalari yordamida vizual informatsiyani eshitish orqali qabul qilish

imkoniyati;

- Sensor rivojlantiruvchi vositalar (shakl, tovush, harorat ajratish vositalari);

- Psixologik-pedagogik diagnostika asosida tuzilgan mashg‘ulotlar.

Ko‘rishida muammosi bo‘lgan bolalar ko‘ruv o‘tkirligiga ko‘ra 2 turga bo‘linadi:

1. Total ko‘rlar - ko‘rish o‘tkirligi 0 bo‘lgan bolalar Brayl tizimidagi yozuv asosida

o‘qiydi va yozadilar.

2. Qisman ko‘rlar, ko‘rish o‘tkirligi 0,05 gacha bo‘lgan bolalar saqlangan ko‘rish

imkoniyatidan foydalanib oddiy yozuvda o‘qish va yozishi mumkin.

Zaif ko‘ruvchilar ko‘rish o‘tkirligiga ko‘ra quyidagicha turga bo‘linadi:

1.Ko‘ruv o‘tkirligi 0, 05 dan 0, 1 gacha;

2.Ko‘ruv o‘tkirligi 0, 1 dan 0, 2 gacha;

3.Ko‘ruv o‘tkirligi 0, 2 dan yuqori 0, 4 gacha.

Ko‘zi ojiz bolalar darsda o‘quv materialni asosan taktil sezish va eshitish idroki asosida

o‘zlashtiradilar.

Ota-onalar va jamiyat bilan hamkorlik

Pedagogik jarayon faqat ta’lim muassasasi doirasida cheklanmasligi kerak. Ota-onalar

bilan samarali hamkorlik, ularni pedagogik jarayonga jalb qilish, uy sharoitida bolaga to‘g‘ri

yondashuvni o‘rgatish orqali ko‘rish nuqsonli bolalarning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish

mumkin.

Ota-onalar bilvosita ishlash:

- ota-onalarga har qanday sharoitda va har qanday holatlarda aniq mutaxassislar bilan

bog‘lanish haqida ma’lumot berish (psixolog, o‘qituvchi, direktor, direktorning tarbiyaviy ishlar

bo‘yicha o‘rinbosari);


background image

1578

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

- ota -onalar uchun maktabda yoki sinf xonasida kitoblar, uslubiy adabiyotlar

ko‘rgazmasini tashkil etish;

- o‘quvchilar bilimini, o‘zlashtirish jarayonini, darsgalarga bo‘lgan qiziqishlarini,

adaptatsiya holatini kuzatib borishi uchun ota-onalarga mos tarqatma materiallar tayyorlash;

- uyda ota -onalarga ham alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan o‘quvchiga mo‘ljallangan

metodik adabiyaotlar tarqatish;

- ota-onlarga uy vazifasi yoki bo‘lajak tadbir, dam olish imkoniyatlari uchun yozma

takliflar tayyorlash;

- ota-onalarning ehtiyoji va fikrlarini aniqlash uchun ma’lum bir grafik asosida

so‘rovnomalarni yuborish;

- maktabga farzandini olib ketish uchun kelgan ota–onalarga kutish joylarida stend yoki

e’lonlar taxtasini tashkil etish.

Inklyuziv ta’lim jarayonida o‘qituvchi, o‘qituvchi-defektolog va oilaning hamkorligidan

kutilayotgan natijalar: maktabdan kattalar hayotiga o‘tishda (ijtimoiy hayotga kirishda);

Ota onalar o’z farzandlariga sog’lom tarbiya berib, voyaga yetkazsa, farzandining

xayotga toza rux, olam – olam orzu intilishlari bilan qadam qo’yayotganini ko’rsa, umri ma’noga

to’ladi, xayotd armon qolmaydi. Inson shaxsinig to’laqonli, atroflicha mukammal bo’lib,

rivojlanishi, shakllanishi uchun barcha analizatorlar sog’lom bo’lishi darkor. Aks holda shaxs bir

butun holda me’yoriy rivojlanishi bo’lmasligi mumkin. Analizatorlarning tuzilishi nafaqat

atrofdan kelayotgan taasurotlarni qabul qilish bakli ularni taxlil qilish, faoliyatni nazorat qilishni

ta’minlaydi. Shui ta’kidlash joizki, ko’rish analizatorining zararlanishi nsonni ruxiy

jarayonlarining turli tomonlariga salbiy ta’sir etar ekan.

Maktablarda ko`rishda nuqsoni bor bolalar ota-onalar bilan bevosita hamkorlikni

tashkil etish ishlari:

Ota-onalar bilan navbatdan tashqari uchrashuvlarlar tashkil qilish, ular bilan ma’lumot

almashish, bajarilgan va rejalashtirilgan ishlarning borishi va bolaning muvaffaqiyatlari haqida

va kelajakdagi rejalarini muhokama qilish;

Ota-onalar yig‘ilishidagi har bir berilgan savol va takliflarni yozib olish va muhokama

qilish;

Ota-onalar uchun maxsus seminar, dialog, suhbat, rolli o‘yinlar tashkil etish;

Inklyuziv ta’lim bo‘yicha barcha ota -onalar uchun maxsus kurs tashkil etish;

Madaniy tadbirlarni o‘tkazish va uni senariysini tayyorlashda ota -onalarni jalb qilish;

Ota-onalardan inklyuziv ta’limga bo‘lgan o‘z munosabatlarini, ko‘rsatiladigan

yordamdan keyingi umidlari haqida suhbatlashish.

Maktablarga ota-onani hamkorlikka jalb qilishning ahamiyati va afzalliklari:


background image

1579

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

O‘quvchi haqidagi muhim tibbiy ma’lumotlarni taqdim etadi;

Bolaning uyga va jamiyatga bo‘lgan qiziqish va intilishlari, hayotiy ko‘nikmalarga oid

muhim ma’lumotlarni beradi;

Uy sharoitida bolaning shaxsiy mahoratini mashq qildirish, ularni mustahkamlash,

umumlashtirish va saqlash uchun yordam beradi bolaning ta’lim muhitiga moslashishi oson

kechishida ko‘maklashadi;

Shahsiy tajribalari va farzandlarini yutuqlari yuzasidan o‘z tajribalari bilan boshqa ota-

onalar bilan bo‘lishgan holda ularda ham inklyuziv ta’limga nisbatan ijobiy munosabatni

shakllantirishda yordam beradi.

Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan olib boriladigan pedagogik ishlar — bu nafaqat

o‘qitish, balki tarbiyalash, moslashtirish, hayotga tayyorlash kabi murakkab va ko‘p bosqichli

jarayondir. Ushbu jarayonda pedagoglar, psixologlar, logopedlar, ota-onalar hamkorlikda

ishlashi zarur. Maxsus metodikalar, vositalar, sharoitlar va eng muhimi — mehr-muhabbat

asosidagi yondashuv bu bolalarning to‘laqonli hayot kechirishiga xizmat qiladi.

L.S.Vigоtskiy tоmоnidаn, ko’rlаr оltinchi sеzgi (hаrаkаt) gа egаligi ko’rsаtilib, u ulаrgа

prеdmеtlаrni mаsоfаdа sеzishgа rаnglаrni hаm sеzishgа imkоniyat yarаtаdi. Tа’lim jаrаyonidа

pеdаgоg, оtа-оnаlаr ko’rlikni kоmpеnsаsiya qilish bоlаdа uning hаyotining birinchi оylаridаn

bоshlаnishini hisоbgа оlish lоzim. Ko’rlikni kоmpеnsаsiyalаsh, dеydi L.I.Sоlnsеvа, butun psiхik

tа’lim tizimini, sеnsоr tizimini, intеllеktuаl kоmpоnеntlаrni o’z ichigа оlаdiki, bulаr bоlаlаrgа

аdеkvаt vа tаshqi dunyoni аktiv аks etirаdigаn vа bоlаlаrni yoshigа qаrаb hаr хil shаkldаgi

fаоliyat bilаn shug’ullаnishigа imkоniyatlаr yarаtib bеrаdi. Zаif ko’ruvchilаr hоdisаlаr,

prеdmеtlаr bilаn tаnishgаndа shuningdеk mаydоn оriеntirоvkаsini оlishdа vа hаrаkаtlаngаndа

ulаrdа sаqlаnib qоlgаn ko’ruvdаn fоydаlаnilаdi. Mаsаlаn, ko’zi оjizlаrdа rаnglаrni idrоk etish

buzilgаn hоlаtdа bo’lаdi. Kеskin ifоdаlаngаn yaqindаn ko’rishdа vа uzоqdаn ko’rishdа ko’zi

оjizlаr bа’zi bir pеdmеtni ifоdаlаydigаn hirа-shirа bеlgilаrni pаyqаmаsdаn qоlishi mumkin.

Mахsus tа’lim ertа bоshlаngаndаnоrmаl mаydоn vа stеrеоknоpik ko’ruv yaхshi

rivоjlаnаdi vа mukаmmаllаshаdi, bu ulаrdа kеlаjаkdа murаkkаb fаzоviy ko’rgаzmаlаrni idrоk

etish imkоnini bеrаdi. Ota onalar o’z farzandlariga sog’lom tarbiya berib, voyaga yetkazsa,

farzandining xayotga toza rux, olam – olam orzu intilishlari bilan qadam qo’yayotganini ko’rsa,

umri ma’noga to’ladi, xayotd armon qolmaydi.

Inson shaxsinig to’laqonli, atroflicha mukammal bo’lib, rivojlanishi, shakllanishi uchun

barcha analizatorlar sog’lom bo’lishi darkor. Aks holda shaxs bir butun holda me’yoriy

rivojlanishi bo’lmasligi mumkin. Analizatorlarning tuzilishi nafaqat atrofdan kelayotgan

taasurotlarni qabul qilish bakli ularni taxlil qilish, faoliyatni nazorat qilishni ta’minlaydi.


background image

1580

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Shuni ta’kidlash joizki, ko’rish analizatorining zararlanishi nsonni ruxiy jarayonlarining

turli tomonlariga salbiy ta’sir etar ekan. Atoqli psixolog L. V. Zankov 1935 yildan L. S.

Vigotskiy bilan hamkorlikda ishladi. Bu olimlarning olib borgan tadqiqot ishlari psixologiya va

korrektsion pedagogikaning nazariy jihatdan shakllanishida katta ahamiyatga ega bo’ldi. Ular

aqliy jihatdan qoloq bolalar psixikasi taraqqiyoti qonuniyatlarini noto’g’ri tushunishga qarshi

chiqdilar, «rivojlanishning to’xtash nazariyasi», «chegara» degeneratsiya nazariyasi»,

«ma’naviy defektli» kabi g’ayri ilmiy va reaktsion nazariyalarni fosh etdilar. Eksperimental

psixologiya laboratoriyasida anomal bolalarning rivojlanishi maxsus ta’lim ta’siri ostida qanday

o’zgarib borishini o’rganish, ulardagi mavjud nuqsonlarni ham, ijobiy tomonlarini ham aniqlash

yuzasidan qiyosiy eksperimental tadqiqotlar o’tkazildi. Ko’zi ojiz shaxslarni taraqqiyotining

manbaalarini bilmay turib, ular ta’limiga yondosha olmaymiz. Ko’zi ojizlar ham sog’lom

insonlar kabi yashashga, ilm olishga, ishlash va hayotda o’z o’rnini topishga xaqlidirlar.

Davlatimiz siyosati, albatta, ko’zi ojiz insonlarni ham inobatga olib, ta’lim-tarbiya jarayonlariga

ijobiy o’zgarishlarni olib kelmoqda. Chunki bizning ma’naviy merosimiz va muqaddas

dinimizda komil inson tarbiyasi asosiy mavzu sifatida talqin etilgan. Ota onalar o’z farzandlariga

sog’lom tarbiya berib, voyaga yetkazsa, farzandining xayotga toza rux, olam – olam orzu

intilishlari bilan qadam qo’yayotganini ko’rsa, umri ma’noga to’ladi, xayotd armon qolmaydi.

Inson shaxsinig to’laqonli, atroflicha mukammal bo’lib, rivojlanishi, shakllanishi uchun

barcha analizatorlar sog’lom bo’lishi darkor. Aks holda shaxs bir butun holda me’yoriy

rivojlanishi bo’lmasligi mumkin. Analizatorlarning tuzilishi nafaqat atrofdan kelayotgan

taasurotlarni qabul qilish bakli ularni taxlil qilish, faoliyatni nazorat qilishni ta’minlaydi.

Shuni ta’kidlash joizki, ko’rish analizatorining zararlanishi nsonni ruxiy jarayonlarining

turli tomonlariga salbiy ta’sir etar ekan.

Xulosa.

Mazkur maqola ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun logopedik ishlarning

zarurligini va ahamiyatini yoritishga qaratilgan. Unda ko‘zi ojiz bolalar o‘z nutqiy rivojlanishida

ko‘pincha muayyan qiyinchiliklarga duch kelishi, bu esa ularning jamiyat bilan muloqot qilish,

bilim olish va shaxsiy rivojlanish imkoniyatlarini cheklashi ta’kidlanadi. Maqolada

logopedlarning ushbu bolalar hayotidagi o‘rni keng yoritilgan. Ayniqsa, nutqni to‘g‘ri

shakllantirish, talaffuzdagi nuqsonlarni bartaraf etish va nutqiy faoliyatni rivojlantirish orqali

ular mustaqil hayotga tayyorlanishi mumkinligi tushuntiriladi. Shuningdek, muallif logopedik

yondashuvlar yordamida bolalarning psixologik holatini yaxshilash, o‘ziga bo‘lgan ishonchni

oshirish va ularni jamiyatga moslashtirishda erishilgan natijalarni tahlil qiladi. Maqola ko‘zi ojiz

bolalar bilan ishlashda logopedik xizmatning nafaqat zarurligini, balki uning ularning hayot

sifatini oshirishdagi asosiy vositalardan biri ekanligini asoslaydi. Ushbu material maxsus

pedagogik sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun amaliy va ilmiy ahamiyatga ega.


background image

1581

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini

2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 29-apreldagi

PF-5712-son Farmoni.

2.

O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidentining

“Alohida

ta’lim

ehtiyojlari

bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya byerish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari

to‘g‘risida” 2020-yil 13-oktyabrdagi PQ-4860-son qarori.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktyabr “Alohida ta'lim

ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash

to‘g‘risida”gi No-638-sonli Qarori.

4.

Abduraxmonov A., Rajabova G. Maxsus pedagogika. – Toshkent: TDPU, 2021.

5.

Juraeva M. Inklyuziv ta’lim: nazariya va amaliyot. – Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2020.

6.

Sharipov Sh.S. Defektologiyaga kirish. – Toshkent: “O‘qituvchi”, 2019.

7.

Xodjibekova M. Ko‘zi ojiz bolalar bilan olib boriladigan koreksion ishlar. – Toshkent:

TDPU, 2022 8.G’ofurov A.M. Maxsus ehtiyojli bolalar psixologiyasi. – Samarqand:

Samarqand nashriyoti, 2021.

8.

Mahsus psixologiya L.R. Mo'minova, 0 ‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti

Toshkent — 2013

9.

N.Abidova “Ko’rishga nuqsoni bo’lgan bolalar rivojlanish xususiyatlari” (Respublika

Ilmiy-amaliy anjumanining maqolalar to’plami) 2011 yil.

10.

“Inklyuziv ta’limning dolzarb masalalari: muammo va ularning echimlari”mavzusidagi

xalqaro ilmiy-amaliy konfyerensiya matyeriallari to‘plami. “Lesson-Press” nashriyoti,

Toshkent-2021.

11.

2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor

yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi”. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

2017 yil 7 fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni.

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son Farmoni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alohida ta’lim ehtiyojlari

bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya byerish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 13-oktyabrdagi PQ-4860-son qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktyabr “Alohida ta'lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi No-638-sonli Qarori.

Abduraxmonov A., Rajabova G. Maxsus pedagogika. – Toshkent: TDPU, 2021.

Juraeva M. Inklyuziv ta’lim: nazariya va amaliyot. – Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2020.

Sharipov Sh.S. Defektologiyaga kirish. – Toshkent: “O‘qituvchi”, 2019.

Xodjibekova M. Ko‘zi ojiz bolalar bilan olib boriladigan koreksion ishlar. – Toshkent: TDPU, 2022 8.G’ofurov A.M. Maxsus ehtiyojli bolalar psixologiyasi. – Samarqand: Samarqand nashriyoti, 2021.

Mahsus psixologiya L.R. Mo'minova, 0 ‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti Toshkent — 2013

N.Abidova “Ko’rishga nuqsoni bo’lgan bolalar rivojlanish xususiyatlari” (Respublika Ilmiy-amaliy anjumanining maqolalar to’plami) 2011 yil.

“Inklyuziv ta’limning dolzarb masalalari: muammo va ularning echimlari”mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konfyerensiya matyeriallari to‘plami. “Lesson-Press” nashriyoti, Toshkent-2021.

2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi”. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni.