Authors

  • Abdikodir Mamajonov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.80672

Keywords:

Kо‘zi ojiz va zaif kо‘ruvchi о‘smir paradzyudo texnik-taktik ushlash qaytarma beldan ushlash texnik usul.

Abstract

16 yoshli usmirlarning “Paradzyudo” sport turi tо‘garak mashg‘ulotlari jarayonida о‘quvchilarning funktsional tayyorgarligida individual imkoniyatlarini inobatga olgan holda ularning salomatligini saqlash mashg‘ulot muhitini ta’minlaydigan yosh xos xususiyat bо‘yicha saralangan jismoniy mashqlar bilan bog‘liq bо‘lgan testlar tо‘plami shakllantirilgan,

background image

1582

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

16 YOSHLI PARADZYUDO KURASHCHILARNING PSIXOFIZIOLOGIK

TAYYORGARLIGI DINAMIKASI (PEDAGOGIK TAJRIBADA)

Mamajonov Abdikodir Nabijanovich

Orental Universiteti

Sport faoliyati 1-bosqich magistranti.

e-mail:

abduqodirmamajanov1@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15271736

Annotatsiya.

16 yoshli usmirlarning “Paradzyudo” sport turi tо‘garak mashg‘ulotlari

jarayonida о‘quvchilarning funktsional tayyorgarligida individual imkoniyatlarini inobatga

olgan holda ularning salomatligini saqlash mashg‘ulot muhitini ta’minlaydigan yosh xos

xususiyat bо‘yicha saralangan jismoniy mashqlar bilan bog‘liq bо‘lgan testlar tо‘plami

shakllantirilgan,

Kalit sо‘zlar:

Kо‘zi ojiz, va, zaif kо‘ruvchi, о‘smir , paradzyudo, texnik-taktik,

ushlash, qaytarma, beldan ushlash, texnik usul.

ДИНАМИКА ПСИХОФИЗИОЛОГИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВКИ

16-ЛЕТНИХ БОРЦОВ ПАРАДЖУДО (В ПЕДАГОГИЧЕСКОМ ОПЫТЕ)

Аннотация.

В ходе тренировок подростков 16 лет в спортивном клубе

«Парадзюдо» разработан комплекс тестов, связанных с физическими упражнениями,

подобранными с учетом возрастных особенностей, что обеспечивает охрану здоровья

занимающихся с учетом их индивидуальных возможностей в функциональной

подготовке.

Ключевые слова:

Слепой, слабовидящий, подросток, парадзюдо, технико-

тактический, прием, возврат, прием за талию, технический прием.

DYNAMICS OF PSYCHOPHYSIOLOGICAL PREPARATION OF 16-YEAR-OLD

PARAJUDO WRESTLERS (IN A PEDAGOGICAL EXPERIMENT)

Abstract.

During the training of 16-year-old teenagers in the "Parajudo" sports club, a

set of tests related to physical exercises selected according to age-specific characteristics was

developed, which provides a training environment that protects the health of students, taking into

account their individual capabilities in functional training.

Keywords:

Blind, visually impaired, teenager, parajudo, technical-tactical, catch, return,

catch at the waist, technical method.

Mavzusining dolzarbligi.

Sо‘ngi yillarda amalga oshirilgan о‘zgarishlar jamiyatimiz

uchun qanchalik ma’nfaatli bо‘lgani barchamizga ma’lum.


background image

1583

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Raqobatbardosh paralimpiya sport turlaridan para dzyudochilarni tayyorlash uchun

jismoniy sifatlarni erta yoshlikdan, toʻgarakka endi kelgan bolalar tomonidan tanlangan

paradzyudo turining oʻziga xos xususiyatlariga mos ravishda rivojlantirish paradzyudoda yuqori

natijalarga erishishning muhim shartlaridan biridir. Bu esa tayyorgarlik jarayonida yosh

paradzyudochilar uchun mashgʻulot vosita va usullarini toʻgʻri tanlash va amaliyotga joriy etish

hozirgi kunning dolzarb masalalaridan ekanligini koʻrsatadi.

Paradzyudo mashgʻulotlari jismoniy, texnik, taktik, psixologik, tayyorgarlik kabi tarkibiy

qismlari yoki nisbatan mustaqil jihatlarini oʻz ichiga oladi. Paradzyudo tayyorgarligining

bunday

tuzilmasi

dzyudo

mahorati

tarkibiy

qismlari

tushunchasini

soddalashtirib,

mashgʻulotlarning vosita va usullari hamda tayyorgarlik jarayonini nazorat qilish va boshqarish

tizimini takomillashtirishga imkon beradi. Shuni yodda tutish kerakki, tayyorlik tomonlarining

har biri uning boshqa tomonlarining mukammallik darajasiga bogʻliq boʻlib, oʻz navbatida

ularning darajasini belgilaydi.

Shu sababdan ham, “Nurli maskan” maktablarida о‘quvchi yoshlar jismoniy tayyorgarlik

darajasini oʻrganish va shu asosda jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirish jarayonini

optimallashtirish yoʻllarini shakllantirish dolzarb masalalardan biridir. Bu esa tadqiqotning

maqsadi va vazifalarini belgilab berdi.

“Nurli maskan” maktablarida о‘quvchilarni jismoniy tayyorgarligini rivojlantirishda

dzyudo tо‘garaklarining rо‘li juda ham muhim hisoblanadi chunki. Yurtimizda kо‘zi ojiz va

zaif kо‘ruvchi yosh avlodni о‘sib rivojlanishi uchun jismoniy tarbiya va sportga juda ham katta

e’tibor berilmoqda. Bunga misol qilib О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 -

yil 4-martdagi 122-son “Sport turlari bо‘yicha terma jamoalar tarkibiga sportchilarni saralab

olish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risidagi, О‘zbekiston respublikasi

Prezidentining kо‘zi ojiz va zaif kо‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarda

ta’lim berish sifatini oshirish hamda ular faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari

tо‘g‘risida 2022-yil 18 apreldagi pq-209-son qarori, Yuqorida aytib utilgan farmon va qarorlarga,

maofiq maskur Ishning dolzarbligi biz tomonimizdan asta-sekin individuallashgan mashg‘ulot

tizimi, ya’ni har bir bolalar va usmirlarning uning qobiliyati va faolligiga qarab mashg‘ulotdagi

turlicha yо‘nalishiga kо‘ra moslashuvchan yondashuv mashg‘ulot jarayoniga tatbiq qilinmoqda.

Tadqiqotning

maqsadi

16

yoshli

usmir

paradzyudochilarning

tugaragiga

mashg’ulotlarida psixofiziologik tayyorgarlik yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab shiqishdan

iborat

ADABIYOTLAR TAHLIL VA METODLAR:

Xankeldiev Sр., Abdullaev A. (2011) оlib bоrilgan bir qatоr tadqiqоtlarda umumiу

сhidamlilik va tezlik qоbiliуatlarini rivоjlantirishda, umumiу сhidamlilik va kuсhni


background image

1584

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

rivоjlantirishda mutanоsiblikni kuzatish aуniqsa muhimdir, уa’ni turli fiziоlоgik meхanizmlarga

asоslangan fazilatlar hisоblanadi, сhunki shundaу mutaхassislar ham bоrki, ular har bir sроrt

turida umumiу fazilatlarni rivоjlantirishda о‘ziga хоs хususiуatlarini e’tibоrga оlish zarurligini

ta’kidlashadi [1; 332b].

Etakch olimlar fikricha, paradzyudochilarni taууоrlash jaraуоnini орtimallashtirish

nafaqat уetakсhi оmillarni, ularning о‘zarо bоg‘liqligini va natijaga оlib keladigan miqdоriу

ta’sirlarni bilishni, balki eng samarali vоsitalar va usullarni tanlash va ularni amalda оqilоna

qо‘llashni о‘z iсhiga оladi о‘z manbalarida bergan ma’lumоtlariga kо‘ra, individual funksiуalar

umumiу fazilatlari qоbiliуatlarini shakllantirishning хususiуatlarining geterохrоn rivоjlanishi

tufaуli turli уuqоri malakali davrlarida sроrtсhilarda qоbiliуatlarning namоуоn bо‘lish

strukturasida ma’lum farqlar mavjud bundan tashqari уuqоri sроrt natijalariga erishish asоsan

davrida о‘rganilgan teхnik-taktik murakkab harakatlarni egallash sо‘ngra хalqarо sроrt ustasi

darajasidagi sроrtсhini taууоrgarlik darajasi bilan bir vaqtda sроrtсhining tanasini shakllantirish

murakkab jaraуоnlar bо‘lib о‘tadi [8; 553-559-b].

Tadqiqotning maqsadi.

Olimpiya sport turlari tarkibiga kirgan va keng ommalashgan

sport turlarida raqobatning ortishi jarayoni barcha sport turlari qatorida paradzyudo kurash sport

turlarida ham kuzatilib, davom etayotgan jadal bir jarayon bo‘lib hisoblanadi. Ushbu raqobatga

bardoshli sportchilar bilan milliy terma jamoa tarkibini jismonan va ruhan yetuk sportchilar bilan

boytib borish uchun esa tadqiqotchi izlanuvchi olimlar tomonidan qator tadqiqot ishlari,

pedagogik tajribalar amalga oshirilgan.

Yuqorida nomlari zikr etilgan olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqot ishlarida nazarda

tutilgan qator muammolarning yechimiga erishilgan. Ammo o‘tkazilgan ko‘plab tadqiqot

ishlariga qaramay paradzyudo kurashchilarning psixofiziologik tayyorgarligi jarayonida qator,

hali hamon yechimini topmagan muammolar ham uchraydi.

1-rasm. 16 yoshli paradzyudo kurashchilarning Garvard testi bo‘yicha

ko‘rsatkichlari dinamaikasi


background image

1585

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Quyida o‘quv mashg‘ulot guruhi bosqichida shug‘ullanuvchi 16 yoshli paradzyudo

kurashchilarning psixofiziologik tayyorgarligini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan tadqiqot

ishining natijalarining ilmiy-uslubiy tahlili keltiriladi: demak, 16 yoshli paradzyudo

kurashchilarning Garvard testi bo‘yicha pedagogik tajribalar avvalidagi va yakuniy qismida qayt

etgan ko‘rsatkichlarining dinamikasi quyidagicha: unga ko‘ra nazorat guruhida shug‘ullanuvchi

paradzyudo kurashchilar pedagogik tajribaning boshida o‘rtacha 59,3 ga teng ko‘rsatkichni qayt

etgan bo‘lsalar, ushbu natija tajriba so‘nggiga kelib, yuqori o‘sish dinamikasiga ega bo‘lmagan

ko‘rsatkich bilan o‘rtacha 58,2 ga teng bo‘lganligini ko‘rish mumkin (1-rasmga qarang).

Ushbu yoshdagi tajriba guruhi sportchilarining Garvard testi bo‘yicha pedagogik

tajribalar avvalidagi natijalari nazorat guruhida shug‘ullanuvchi tengdoshlariga nisbatan

yaxshiroq 58,7 ga teng natijani ko‘rsatgan bo‘lsalar, pedagogik tajribalarning yakuniga kelib

tajriba guruhi sportchilari nazorat guruhi sportchilariga nisbatan yaxshi o‘sish ko‘rsatkichi bilan

o‘rtacha 55,4 ga teng natijani ko‘rsatdilar.

Ko‘rinib turganidek, tajriba guruhi sporchilari nazorat guruhi sportchilariga nisbatan

yaxshiroq o‘sish ko‘rsatkichiga egalar.

16 yoshli paradzyudo kurashchilarning psixofiziologik tayyorgarligining dinamikasini

aniqlashga yordamlashuvchi tanlangan mashqlardan navbatdagisi Rufe testi bo‘lib, nazorat va

tajriba guruhlarida shug‘ullanuvchi 16 yoshli paradzyudo kurashchilarning tajriba avvalidagi va

tajriba yakunidagi natijalari quyidagicha: pedagogik tajribalarning boshida o‘tkazilgan

pedagogik tajribalarda o‘rtacha 12,6 ga teng, tajriba guruhi sportchilari esa 13,1 ga teng natijani

ko‘rsatdilar.

Tadqiqot avvalidagi natijalar bo‘yicha nazorat guruhi sportchilari tajriba guruhida

shug‘ullanuvchi tengdoshlariga qaraganda yaxshi natijaga erishgan edilar tajriba so‘nggiga kelib

esa ushbu natijalar quyidagicha ko‘rinish kasb etdi (2-rasmga qarang).

2-rasm. 16 yoshli paradzyudo kurashchilarning Rufe testi bo‘yicha

ko‘rsatkichlari dinamikasi


background image

1586

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Pedagogik tajribalarning yakuniga kelib nazorat guruhining natijalarining o‘rtacha

ko‘rsatkichi 11,4 ga teng, tajriba guruhi sportchilar natijalarining o‘rtacha ko‘rsatkichi esa 11,3

ga teng bo‘lgan ko‘rsatkichlarni qayt etdilar. Kutilganidek, nazorat guruhi sportchilardan, tajriba

guruhi sportchilari yuqori tayyorgarlik dinamikasiga ega bo‘ldilar.

Tepping testi bo‘yicha esa o‘quv mashg‘ulot guruhi bosqichida shug‘ullanuvchi 16 yoshli

paradzyudo kurashchilarning tajriba avvalidagi natijalari quyidagicha: nazorat guruhi sportchilari

o‘rtacha 55,7 ga teng ko‘rsatkichni qayt etgan bo‘lsalar, tajriba guruhining pedagogik tajribalar

boshidagi o‘rtacha natijari 55,1 ga teng bo‘ldi.

Shu tariqa pedagogik tajriba avvalidagi natijalar bo‘yicha nazorat guruhining dastlabki

natijalari tajriba guruhining natijalaridan yaxshiroq ekanligi ma’lum bo‘ldi (3-rasmga qarang).

3-rasm. 16 yoshli paradzyudo kurashchilarning Tepping testi

ko‘rsatkichlari dinamikasi

Tadqiqotning yakuniy qismida 16 yoshli paradzyudo kurashchilar ishtirokida o‘tkazilgan

pedagogik tajribalarda nazorat guruhi sportchilarining natijalari 58,6 ga teng ko‘rsatkichni

tashkil qilgan bo‘lsa, tajriba guruhi sportchilarining pedagogik tajriba so‘ngidagi natijalari

o‘rtacha 63,9 ga teng ko‘rsatkichni tashkil qildi.

Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha ham tajriba guruhini tashkil qilgan paradzyudo

kurashchilarning natijalari nazorat guruhi sportchilariga nisbatan yaxshiroq ko‘ratkichga ega

chiqdilar.

Paradzyudo kurashchilarning psixofiziologik tayyorgarlik dinamikasi ko‘rsatkichlarini

aniqlashga qaratilgan so‘nggi tanlangan mashq bu (RDO) psixomotor testi bo‘lib, pedagogik

tajribalarning boshlanish va yakuniy qismlarida 16 yoshli paradzyudo kurashchilarning natijalari

quyidagicha ko‘rinishdagi natijalarga egalar: demak, o‘quv mashg‘ulot guruhi bosqichida

shug‘ullanuvchi nazorat guruhi 16 yoshli paradzyudo kurashchilarning dastlabki natijalari

o‘rtacha 123,2 ga teng ko‘rsatkichni tashkil qilgan bo‘lsa, tajriba guruhining natijalari 124,6 ga

teng ko‘rinishida (RDO) psixomotor ko‘rsatkichiga ega edilar. Pedagogik tajriba so‘nggiga kelib

esa sportchilar quyidagicha o‘sish ko‘rsatkichiga ega bo‘ldilar (4-rasmga qarang).


background image

1587

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

4-rasm. 16 yoshli paradzyudo kurashchilarning (RDO) psixomotor

testi ko‘rsatkichlari

(RDO) psixomotor testi bo‘yicha 16 yoshli paradzyudo kurashchilarning pedagogik

tajribalardan keyingi o‘rtacha ko‘rsatkichlari quyidagicha ko‘rinishga ega. Demak, tajriba

guruhining sportchilari o‘rtacha 130,3 ga, nazorat guruhining so‘nggi natijalari esa 127,9 ga teng

bo‘ldi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha tajriba guruhi sportchilari katta farq bilan bo‘lsa-da yuqoriroq

o‘sish ko‘rsatkichiga ega ekanliklarini ko‘rish mumkin.

Tadqiqot davomida o‘tgazilgan testlashlar jarayonida qo‘lga kiritilgan natijalardan

ma’lum bo‘ladiki, barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha nazorat guruhida shug‘ullanuvchi paradzyudo

kurashchilarga nisbatan tajriba guruhi spotchilari psixo-fizologik tayyorgarlik ko‘rsatkichi

yuqori bo‘lgan o‘sish dinamikasiga erishganlar.

REFERENCES

1.

Xankeldiev Sр., Abdullaev A. va boshqalar. Umumiy ta’lim maktabi o‘quvchilarining

sog’lom turmush tarzi jismoniy madaniyati. O‘quv qo‘llanma. - “Farg’ona” nashriyoti,

2011. - 332 b.

2.

Sharipova D.D, Valeologicheskie podxodы k formirovaniyu zdorovya detey i podrostkov.

// Jurnal «Fan -sportga» №2-2005 s. 21-23

3.

T.S.Tо‘ychiyev The importance of the principle of unity of general and

4.

special training of athletes in the conduct of sports circles in judo in the helpless

adolescents of the fall Web of scientist: international scientific research journal issn:

2776 - 0979, Volume 3, Issue 4, April., 2022 487-492 b;

5.

T.S.Tо‘ychiyev. Kо‘zi ojiz va zaif kо‘ruvchi о‘smirlarda dzyudo sport tо‘garak

mashg‘ulotlarini о‘tkazishda umumiy va maxsus tayyorgarligining birligi tamoyilini

ahamiyati. Namangan davlat unversiteti iimiy axborotnomasi . 2022.4- soni 456-461b;


background image

1588

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

6.

T.S.Tо‘ychiyev. Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi o‘smir dzyudochilarning jismoniy

rivojlanishini aniqlash usullari. Namangan davlat unversiteti iimiy axborotnomasi. 2022

yil. Maxsus son 553-559-b. [13.00.00. №3];

7.

T.S.Tо‘ychiyev. “Nurli maskan”ixtisoslashtirilgan maktab internati tahsil oluvchi ko‘zi

ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar va o‘smir dzyudochilarining maxsus jismoniy

tayyorgarligini tahlili. Namangan davlat unversiteti iimiy axborotnomasi . 2023 yil. 8 son

528-533-b. [13.00.00. №3].

8.

T.S.Tо‘ychiyev. Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi o‘quvchlarda dzyudo to‘garak

mashg‘ulotlarida innovasion pedagogik texnologiyalarni qo‘llash usullari. Namangan

davlat unversiteti iimiy axborotnomasi . 2023 yil. 10 son 352-357-b. [13.00.00. №3].

9.

T.S.Tо‘ychiyev. Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi o‘smir dzyudochilarning sport o‘quv

mashg‘ulot ta’sirini aniqlash usullari. O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport

universiteti Farg‘ona filiali jismoniy madaniyat va sport sohasida ta’lim sifatini

oshirishning muammolari va yechimlari Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman 12.2023 yil. 381-

385 b.

10.

T.S.Tо‘ychiyev. Adaptiv sportni rivojlantirishning xususiyatlari mashg‘ulot tayyorgarligini

rejalashtirishning nazariy tahlil. O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

Farg‘ona filiali jismoniy madaniyat va sport sohasida ta’lim sifatini oshirishning

muammolari va yechimlari Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman 14.12.2023 yil. 376-380-b.

11.

T.S.Tо‘ychiyev. Kо‘zi ojiz va zaif kо‘ruvchi para dzyudochilarning maxsus jismoniy

tayyorgarligini tahlili. Xalqaro kurah turlarini rivojlantirish istiqbollari Respublika ilmiy-

amaliy anjumani 16.02 2024 yil. 168-172 b.

12.

Mamadaliyev S., Yallaqayev Z. O ‘ZBEKISTONDA SPORT EKSTRIMAL TURIZMINI

RIVOJLANTIRISH VA O ‘ZGARUVCHAN TURISTLARNI DOIMIY TURISTLARGA

AYLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3.

– №. 12. – С. 835-839.

13.

Abduraxmonovich M. S., Yusupovich Y. Z. O ‘ZBEKISTONDA SPORT EKSTRIMAL

TURIZMINI RIVOJLANTIRISH VA O ‘ZGARUVCHAN TURISTLARNI DOIMIY

TURISTLARGA AYLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI //International scientific

journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH. – 2024. – Т. 3.

14.

Mamadaliyev S., Yallaqayev Z. O‘ZBEKISTON SHAROITIDA TURLI AXOLI

QATLAMLARIDA

SPORT-SOG‘LOMLASHTIRISH

TURIZMI

MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISHDAGI O‘ZIGA XOS YONDOSHUVLAR

//Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 12. – С. 1253-1262.

References

Xankeldiev Sр., Abdullaev A. va boshqalar. Umumiy ta’lim maktabi o‘quvchilarining sog’lom turmush tarzi jismoniy madaniyati. O‘quv qo‘llanma. - “Farg’ona” nashriyoti, 2011. - 332 b.

Sharipova D.D, Valeologicheskie podxodы k formirovaniyu zdorovya detey i podrostkov. // Jurnal «Fan -sportga» №2-2005 s. 21-23

T.S.Tо‘ychiyev The importance of the principle of unity of general and

special training of athletes in the conduct of sports circles in judo in the helpless adolescents of the fall Web of scientist: international scientific research journal issn: 2776 - 0979, Volume 3, Issue 4, April., 2022 487-492 b;

T.S.Tо‘ychiyev. Kо‘zi ojiz va zaif kо‘ruvchi о‘smirlarda dzyudo sport tо‘garak mashg‘ulotlarini о‘tkazishda umumiy va maxsus tayyorgarligining birligi tamoyilini ahamiyati. Namangan davlat unversiteti iimiy axborotnomasi . 2022.4- soni 456-461b;

T.S.Tо‘ychiyev. Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi o‘smir dzyudochilarning jismoniy rivojlanishini aniqlash usullari. Namangan davlat unversiteti iimiy axborotnomasi. 2022 yil. Maxsus son 553-559-b. [13.00.00. №3];

T.S.Tо‘ychiyev. “Nurli maskan”ixtisoslashtirilgan maktab internati tahsil oluvchi ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar va o‘smir dzyudochilarining maxsus jismoniy tayyorgarligini tahlili. Namangan davlat unversiteti iimiy axborotnomasi . 2023 yil. 8 son 528-533-b. [13.00.00. №3].

T.S.Tо‘ychiyev. Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi o‘quvchlarda dzyudo to‘garak mashg‘ulotlarida innovasion pedagogik texnologiyalarni qo‘llash usullari. Namangan davlat unversiteti iimiy axborotnomasi . 2023 yil. 10 son 352-357-b. [13.00.00. №3].

T.S.Tо‘ychiyev. Ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi o‘smir dzyudochilarning sport o‘quv mashg‘ulot ta’sirini aniqlash usullari. O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Farg‘ona filiali jismoniy madaniyat va sport sohasida ta’lim sifatini oshirishning muammolari va yechimlari Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman 12.2023 yil. 381-385 b.

T.S.Tо‘ychiyev. Adaptiv sportni rivojlantirishning xususiyatlari mashg‘ulot tayyorgarligini rejalashtirishning nazariy tahlil. O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Farg‘ona filiali jismoniy madaniyat va sport sohasida ta’lim sifatini oshirishning muammolari va yechimlari Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman 14.12.2023 yil. 376-380-b.

T.S.Tо‘ychiyev. Kо‘zi ojiz va zaif kо‘ruvchi para dzyudochilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini tahlili. Xalqaro kurah turlarini rivojlantirish istiqbollari Respublika ilmiy-amaliy anjumani 16.02 2024 yil. 168-172 b.

Mamadaliyev S., Yallaqayev Z. O ‘ZBEKISTONDA SPORT EKSTRIMAL TURIZMINI RIVOJLANTIRISH VA O ‘ZGARUVCHAN TURISTLARNI DOIMIY TURISTLARGA AYLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 12. – С. 835-839.

Abduraxmonovich M. S., Yusupovich Y. Z. O ‘ZBEKISTONDA SPORT EKSTRIMAL TURIZMINI RIVOJLANTIRISH VA O ‘ZGARUVCHAN TURISTLARNI DOIMIY TURISTLARGA AYLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI //International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH. – 2024. – Т. 3.

Mamadaliyev S., Yallaqayev Z. O‘ZBEKISTON SHAROITIDA TURLI AXOLI QATLAMLARIDA SPORT-SOG‘LOMLASHTIRISH TURIZMI MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISHDAGI O‘ZIGA XOS YONDOSHUVLAR //Modern Science and Research. – 2024. – Т. 3. – №. 12. – С. 1253-1262.