Authors

  • Ruslan Ibroimov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.81478

Keywords:

Bobur Kobul Afg‘oniston Shayboniyxon Temuriylar Qandahor Hindiston Movarounnahr tarix siyosiy yurishlar Boburnoma.

Abstract

Mazkur maqolada Zahiriddin Muhammad Boburning Afg‘onistondagi siyosiy va harbiy faoliyati, Kobul shahrini egallashi, bu hududda mustaqil hokimiyat o‘rnatishi hamda Hindistonga yo‘l ochishdagi harakatlari yoritilgan. Shayboniylar bilan bo‘lgan ziddiyatlar, Kobul va Qandahor atrofidagi yurishlar, ko‘chmanchi qabilalar bilan aloqalar, Boburning Movarounnahrga qayta yurishi va yakuniy maqsadi — Hindiston sari yo‘nalishi asosiy tahlil obyekti bo‘lgan. Maqolada tarixiy manbalar asosida Boburning strategik qarorlar qabul qilishdagi yetukligi va tarixiy sharoitni to‘g‘ri baholay olishi tahlil etilgan.

background image

1839

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBURNING AFG‘ONISTONGA YURISHLARI VA

SIYOSIY FAOLIYATI: MASSON VA ROMODIN TADQIQOTLARI ASOSIDA

Ibroimov Ruslan Najmiddin óģli

Buxoro shahar 8-maktab Tarix fani óqituvchisi.

Email:

Ibroimovruslan1@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15292179

Annotatsiya. Mazkur maqolada Zahiriddin Muhammad Boburning Afg‘onistondagi

siyosiy va harbiy faoliyati, Kobul shahrini egallashi, bu hududda mustaqil hokimiyat o‘rnatishi

hamda Hindistonga yo‘l ochishdagi harakatlari yoritilgan. Shayboniylar bilan bo‘lgan

ziddiyatlar, Kobul va Qandahor atrofidagi yurishlar, ko‘chmanchi qabilalar bilan aloqalar,

Boburning Movarounnahrga qayta yurishi va yakuniy maqsadi — Hindiston sari yo‘nalishi

asosiy tahlil obyekti bo‘lgan. Maqolada tarixiy manbalar asosida Boburning strategik qarorlar

qabul qilishdagi yetukligi va tarixiy sharoitni to‘g‘ri baholay olishi tahlil etilgan.

Kalit so’zlar: Bobur, Kobul, Afg‘oniston, Shayboniyxon, Temuriylar, Qandahor,

Hindiston, Movarounnahr, tarix, siyosiy yurishlar, Boburnoma.

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BABUR'S CAMPAIGNS AND POLITICAL ACTIVITIES

IN AFGHANISTAN: BASED ON THE RESEARCH OF MASSON AND ROMODIN

Abstract. This article covers the political and military activities of Zahiriddin

Muhammad Babur in Afghanistan, his capture of the city of Kabul, the establishment of

independent power in this region, and his efforts to open the way to India. The main objects of

analysis were the conflicts with the Shaybanids, campaigns around Kabul and Kandahar,

relations with nomadic tribes, Babur's return to Transoxiana and his final goal - the direction to

India. The article analyzes Babur's skill in making strategic decisions and his ability to correctly

assess historical conditions based on historical sources.

Keywords: Babur, Kabul, Afghanistan, Shaybani Khan, Timurids, Kandahar, India,

Transoxiana, history, political campaigns, Baburnama.

ПОХОДЫ ЗАХИРИДДИНА МУХАММАДА БАБУРА В АФГАНИСТАН И ЕГО

ПОЛИТИЧЕСКАЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ: НА ОСНОВЕ ИССЛЕДОВАНИЙ МАССОНА

И РОМОДИНА

Аннотация. В статье рассматривается политическая и военная деятельность

Захириддина Мухаммада Бабура в Афганистане, захват им города Кабула, установление

им независимой власти в этом регионе и его усилия по открытию пути в Индию.

Основными объектами анализа стали конфликты с Шейбанидами, походы вокруг Кабула

и Кандагара, отношения с кочевыми племенами, возвращение Бабура в Мавераннахр и его

конечная цель — направление на Индию.


background image

1840

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

В статье анализируются навыки принятия стратегических решений Бабура и его

способность правильно оценивать исторические обстоятельства на основе

исторических источников.

Ключевые слова: Бабур, Кабул, Афганистан, Шайбани-хан, Тимуриды, Кандагар,

Индия, Трансоксиана, история, политические кампании, Бабурнама.

XVI asr boshlarida Markaziy Osiyoda yuz bergan siyosiy beqarorlik, Temuriylar

sulolasining zaiflashuvi va Shayboniylar hukmronligining kuchayishi ko‘plab siyosiy arboblarni

o‘z taqdirini qayta ko‘rib chiqishga majbur etdi. Ana shunday murakkab tarixiy sharoitda

Zahiriddin Muhammad Bobur o‘z faoliyatini davom ettirdi. Boburning Afg‘onistonga kirib

borishi va bu yurt orqali Hindistonga yo‘l ochishi Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo tarixida

muhim burilish yasadi.

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yilda Farg‘onada tug‘ilgan, Temuriylar sulolasiga

mansub bo‘lib, yoshligidan siyosiy kurashlarga jalb etilgan. Otasi Umar Shayx vafot etgach, 11

yoshli Bobur Farg‘ona hukmdori deb e’lon qilindi. U qisqa muddat Samarqandni egallagan

bo‘lsa-da, Shayboniyxon bilan bo‘lgan kurashda mag‘lubiyatga uchrab, Movarounnahrdan siqib

chiqariladi. Farg‘onani ham boy bergan Bobur bir necha yil sarsonlikda yuradi. 1504 yilda Bobur

Afg‘onistonga yo‘l olib, Kobul shahrini qamal qiladi. Shaharning yosh va tajribasiz hukmdori

Muqim Bobur bilan muzokaralar olib boradi, ammo Bobur qamal qilinganlar orasida sarosima

chiqarib, shaharni egallashga muvaffaq bo‘ladi. Muqim va uning odamlari tinch yo‘l bilan

shaharni tark etadi. Shundan so‘ng Bobur G‘azna va uning atrofidagi hududlarni ham o‘z

nazoratiga oladi. Bu voqealar Boburni mustaqil hukmdor sifatida shakllanishiga turtki bo‘ladi.

Bobur o‘z birodarlari Jahongirmirzoga G‘aznani, Nosirmirzoga esa Ningarhor va boshqa

tumanlarni topshiradi. Afg‘onistonga ko‘plab ko‘chmanchilar — Samarqand, Hisor va

Qunduzdan oilaviy ravishda kelgan qabilalar Bobur hokimiyatini kuchaytiradi. Bobur ularni

oziq-ovqat bilan ta’minlash uchun mahalliy aholidan 30 ming xorvor g‘alla solig‘ini yig‘diradi,

erkaklarni esa harbiy yurishlarga safarbar etadi. Bobur Afg‘onistondan chiqib, Qandahor va

boshqa hududlarga harbiy yurishlar uyushtiradi. 1507 yilda u Muqim va Shahbek kuchlarini tor-

mor keltirib, Qandahorni egallaydi. Ammo bu g‘alaba uzoqqa cho‘zilmaydi. Shayboniyxon

G‘oratdan harakat qilib, Qandahorga keladi va bu yerda Bobur tarafdorlariga qarshi kurash

boshlaydi. Bobur esa Hindistonga yurish qilish rejasini tuza boshlaydi. Shunga qaramay,

Shayboniyxonning Qandahordan kutilmaganda chiqib ketgani Boburni yurishdan qaytaradi.

1508–1509 yillarda Boburning siyosiy holati yanada og‘irlashadi. Shayboniyxon Xurosonni

egallaydi, Qandahorda o‘z tarafdorlarini hokim etib tayinlaydi. Bobur Kobulni zo‘rg‘a ushlab

turadi.


background image

1841

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Muhammad Shayboniy 1510 yilda Marv yaqinida safaviylar shohi Ismoil bilan bo‘lgan

jangda halok bo‘ladi. Bu Bobur uchun yangi imkoniyat eshigini ochadi. 1512 yilda Bobur yana

Movarounnahr sari yo‘l oladi va bir muddat Samarqandni egallashga muvaffaq bo‘ladi. Biroq

1513 yilda Dashti Qipchoqdan kelgan o‘zbek sultonlari qo‘shinlari bilan jangda yengiladi. Bir

guruh sadoqatli lashkarlari bilan Bobur Hindukush tog‘lari orqali yana Kobulga qaytadi. Bu

mag‘lubiyatdan so‘ng Bobur Movarounnahrdagi Temuriylar hokimiyatini tiklash umididan voz

kechadi va butun e’tiborini Hindiston sari yo‘naltiradi. Aynan Kobuldan turib Bobur

Hindistonga yurish uchun uzoq tayyorgarlik ko‘radi. 1526 yilda u Panipat jangi orqali Dehli

sultonligini tugatadi va Buyuk Boburiylar imperiyasiga asos soladi. Zahiriddin Muhammad

Boburning Afg‘onistondagi faoliyati — Kobulni egallashi, uni harbiy-siyosiy tayanchga

aylantirishi va Hindistonga yo‘l ochishdagi harakatlari — uning siyosiy donoligi va strategik

fikrlashini yaqqol ko‘rsatadi. Markaziy Osiyoda imkoniyatlar yo‘qolgan bir paytda, u yangi

ufqlar sari yo‘l topdi. Boburning Afg‘onistondagi hukmronligi Buyuk Boburiylar davlatining

asoslanishida muhim o‘rin tutdi

.

REFERENCES

1.

Массон В. М., Ромодин В. А.

История Афганистана. Т. 1

. — М.: Издательство

восточной литературы, 1964.

2.

Бабур.

Бабур-наме

. Пер. с персидского М. А. Салье. — Ташкент: Фан, 1960.

3.

Назаров Б. Н.

Бобур – шахсийati va tarixiy faoliyati

. — Тошкент: Ўзбекистон, 1993.

4.

Boltayev, O. (2024). QO’QON XONLIGINING XVIII ASR SO’NGI CHORAGIDA

BUXORO,

XIVA

VA

KO’CHMANCHILAR

BILAN

OLIB

BORGAN

DIPLOMATIYASI.

Modern Science and Research

,

3

(10), 64-68.

5.

Obid o’g’li, B. O. QO’QON XONLIGINING XVIII ASR SO’NGI CHORAGIDA

BUXORO,

XIVA

VA

KO’CHMANCHILAR

BILAN

OLIB

BORGAN

DIPLOMATIYASI.

6.

Boltaev, O. (2024). BUKHARA'S CARAVAN TRADE AND ITS ROLE ON THE SILK

ROAD.

Analytical Journal of Education and Development

,

4

(10), 293-297.

7.

Boltayev, O. (2024). XX ASR BOSHLARIDA GERMANIYA VA TURKIYA

ITTIFOQINING MARKAZIY OSIYOGA TA'SIRI.

Modern Science and Research

,

3

(12),

556-564.

8.

Boltayev, O. (2023). A GENERAL DESCRIPTION OF THE POLITICAL AND

DIPLOMATIC PROCESSES IN CENTRAL ASIA IN THE MIDDLE OF THE 18TH

CENTURY.

Modern Science and Research

,

2

(9), 145-149.


background image

1842

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

9.

Boltayev, O. (2025). TARIX FANI UCHUN YOZMA VA OG’ZAKI MANBALARNING

SHAKLLANISHI.

Modern Science and Research

,

4

(1), 909-917.

10.

Boltayev, O. (2025). XITOY (SIN) IMPERIYASINING JUNG ‘OR XONLIGINI ISTILO

QILISH ARAFASIDA MARKAZIY OSIYODA SIYOSIY VAZIYAT.

Modern Science

and Research

,

4

(2), 1029-1037.

11.

Boltayev, O. (2025). XITOY (SIN) IMPERIYASINING JUNG‘OR XONLIGINI ISTILO

QILISH ARAFASIDA MARKAZIY OSIYODA SIYOSIY VAZIYAT.

Modern Science

and Research

,

4

(2), 1029-1037

12.

Boltayev, O. (2025). XVIII ASR BOSHLARIDA BUXORO XONLIGI HUDUDIGA

KO’CHMANCHI

QABILALARNING

HUJUMLARI

VA

HUKUMRON

QATLAMNING ULARGA QARSHI HARAKATLARIGA UMUMIY TAVSIF.

Modern

Science and Research

,

4

(3), 791-799.

References

Массон В. М., Ромодин В. А. История Афганистана. Т. 1. — М.: Издательство восточной литературы, 1964.

Бабур. Бабур-наме. Пер. с персидского М. А. Салье. — Ташкент: Фан, 1960.

Назаров Б. Н. Бобур – шахсийati va tarixiy faoliyati. — Тошкент: Ўзбекистон, 1993.

Boltayev, O. (2024). QO’QON XONLIGINING XVIII ASR SO’NGI CHORAGIDA BUXORO, XIVA VA KO’CHMANCHILAR BILAN OLIB BORGAN DIPLOMATIYASI. Modern Science and Research, 3(10), 64-68.

Obid o’g’li, B. O. QO’QON XONLIGINING XVIII ASR SO’NGI CHORAGIDA BUXORO, XIVA VA KO’CHMANCHILAR BILAN OLIB BORGAN DIPLOMATIYASI.

Boltaev, O. (2024). BUKHARA'S CARAVAN TRADE AND ITS ROLE ON THE SILK ROAD. Analytical Journal of Education and Development, 4(10), 293-297.

Boltayev, O. (2024). XX ASR BOSHLARIDA GERMANIYA VA TURKIYA ITTIFOQINING MARKAZIY OSIYOGA TA'SIRI. Modern Science and Research, 3(12), 556-564.

Boltayev, O. (2023). A GENERAL DESCRIPTION OF THE POLITICAL AND DIPLOMATIC PROCESSES IN CENTRAL ASIA IN THE MIDDLE OF THE 18TH CENTURY. Modern Science and Research, 2(9), 145-149.

Boltayev, O. (2025). TARIX FANI UCHUN YOZMA VA OG’ZAKI MANBALARNING SHAKLLANISHI. Modern Science and Research, 4(1), 909-917.

Boltayev, O. (2025). XITOY (SIN) IMPERIYASINING JUNG ‘OR XONLIGINI ISTILO QILISH ARAFASIDA MARKAZIY OSIYODA SIYOSIY VAZIYAT. Modern Science and Research, 4(2), 1029-1037.

Boltayev, O. (2025). XITOY (SIN) IMPERIYASINING JUNG‘OR XONLIGINI ISTILO QILISH ARAFASIDA MARKAZIY OSIYODA SIYOSIY VAZIYAT. Modern Science and Research, 4(2), 1029-1037

Boltayev, O. (2025). XVIII ASR BOSHLARIDA BUXORO XONLIGI HUDUDIGA KO’CHMANCHI QABILALARNING HUJUMLARI VA HUKUMRON QATLAMNING ULARGA QARSHI HARAKATLARIGA UMUMIY TAVSIF. Modern Science and Research, 4(3), 791-799.