“YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR
MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI”
Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel
21
O‘QITUVCHINING O‘QUV JARAYONINI BOSHQARISH
USLUBLARI
G.A.Djanaliyeva
TMC Instituti katta o’qituvchisi
X.Qodirova
TMC Instituti BTS 3-kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15267926
Annotatsiya.Ushbu maqolada o‘qituvchining o‘quv jarayonini boshqarish uslublari
deb nomlangan bo‘lib, o‘qituvchining pedagogik muloqati va o‘quv jarayonini boshqarishda
boshqaruv uslubidan foylalanish batafsil yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar: Pedagogik muloqat, kommunikativ, interaktiv, perseptiv, boshqaruv
uslubi, avtoritar, demokratik, liberal.
МЕТОДЫ УПРАВЛЕНИЯ ПРОЦЕССОМ ОБУЧЕНИЯ СО
СТОРОНЫ УЧИТЕЛЯ
Аннотация. Данная статья называется «Стили управления учебным
процессом со стороны учителя» и содержит подробное объяснение педагогического
общения учителя и использования стилей управления в управлении учебным процессом.
Ключевые слова: Педагогический диалог, коммуникативный, интерактивный,
перцептивный, стиль управления, авторитарный, демократический, либеральный.
TEACHER'S TECHNIQUES OF MANAGEMENT
OF THE LEARNING PROCESS
Annotation.
This article is called "Teacher's Management Styles in the Educational
Process" and contains a detailed explanation of the teacher's pedagogical communication
and the use of management styles in managing the educational process.
Key words: Pedagogical dialogue, communicative, interactive, perceptual,
management style, authoritarian, democratic, liberal.
Hozirgi fan va texnika jadal ravishda rivojlanayotgan, axborotlar keskin oshib
borayotgan bir davrda o‘qituvchi pedagogik mahoratini tarbiyalash muhim ahamiyat kasb
etadi. Agar, ilgari fanning biror sohasida ro‘y berayotgan yirik kashfiyot qariyib o‘n, o‘n besh
yillik samarali va kishi zo‘rg‘a ishonadigan voqea hisoblangan bo‘lsa, hozirgi vaqtda har
yili, hatto har oy ichida fan, texnika sohasida shunday yangi - yangi kashfiyotlar ro‘y
bermoqdaki, bilimlarning ilgari noma’lum bo‘lgan yangi yo‘nalishlari maydonga
kelmoqdaki, buning uchun har bir kasb egasi, jumladan o‘qituvchi o‘z mahorati ustida
muntazam ishlash kerak bo‘ladi. Kishilarda, eng avval yoshlarda, bilimga bo‘lgan intilish
beqiyos darajada o‘sib borayotir. Shuning uchun hozir o‘qituvchi faqat o‘z fani bo‘yicha
emas, balki o‘z faniga yaqin bo‘lgan sohalardagi yangiliklarni bilishi ham lozim bo‘ladi.
O‘qituvchi faoliyatining pedagogik qobiliyatlar tizimida tadqiq qilgan N.V. Kuzmina
shunday yozadi: - “Ta’lim – tarbiyada ro‘y beradigan ko‘pgina kamchiliklar o‘qituvchi -
tarbiyachining pedagogik qobiliyatining amaliy yo‘nalishini yaxshi bilmaslik, iste’dodning
o‘qituvchida yo‘qligidir”.
“YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR
MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI”
Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel
22
Pedagogik mahoratni tarbiyalashning ilmiy – nazariy asoslari yana bir rus pedagogi
V.A Slastyonin tomonidan tadqiq qilingan. Kasbiy – pedagogik tayyorgarlik jarayonida
o‘qituvchining shaxsi va kasbiy shakllanishi yo‘nalishidagi ilmiy maqolalarida V.A.
Slastyonin pedagogik mahorat to‘g‘risida so‘z yuritib, shunday yozadi: - “O‘qituvchi
muntazam ravishda pedagogik nazariyalarga tayansagina, o‘qituvchilik mahoratini egallaydi.
Chunki, pedagogik amaliyot doimiy ravishda pedagogik nazariyaga murojaat qilishni taqozo
etadi. Birinchidan, ilmiy nazariyalar – taraqqiyotning umumiy qonuniyatlarini, tamoyillarini,
qoidalarini aks ettiruvchi ilmiy bilimlardir.
Pedagogik muloqot bu o’qituvchining o’quvchilar bilan darsda va darsdan tashqari
vaqtda eng qulay psixologik muhit yaratishga qaratilgan kasbiy munosabatdir.
Noto’g’ri pedagogik
muloqotdan
o’quvchida
qo’rquv, shonchsizlik paydo bo’ladi,
e`tibor, diqqat, ishchanlik pasayadi, nutq dinamikasi buziladi, mustaqil fikrlash pasayadi
.
Pedagogik
muloqot psixologik jarayon sifatida
quyidagi funksiyalari bilan
xarakterlanadi:
-shaxsni bilish;
-axborot almashinish;
- faoliyatni tashkil etish;
- rollar bilan almashish;
- boshqalar uchun qayg’urish; o’zini tasdiqlash.
Muloqotning axborot almashish funksiyasi materiallar va qadriyatlar bilan almashish
jarayonini ta`minlab, hamkorlikdagi izlanish muhitini, o’quv tarbiya jarayoni uchun
qulay sharoit yaratadi. Muloqot shaxsni o’zini tasdiqlash funksiyasini ham bajaradi.
Pedagogning vazifasi o’quvchiga o’zining "Menligi"ni anglashga o’zining shaxsiy
ahamiyatini bilishga, o’ziga baho berishga o’rgatishi kerak. O’qituvchi darsni rejalashtira
turib, faqat axborot berishni emas, balki bolalarni o’z fikrlarini bildirish, o’zini
tasdiqlash uchun imkoniyat ham yaratish kerak.
Pedagogik muloqot bu o’qituvchi professional faolligining bir ko’rinishi bo’lib,
bunda ta`lim va tarbiya vazifalari o’qituvchi hamda o’quv tarbiya jarayonining boshqa
ishtirokchilari o’rtasidagi o’zaro ta`sir vositasi bilan hal qilinadi.
Shu erda muomala haqida ham to’xtab o’tishga to’g’ri keladi. Muomala -
hamkorlik faoliyatining extiyojidan vujudga kelib chiquvchi, shaxslararo
muloqot
rivojlanishining ko’p qirrali jarayonidir. Muomala quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil
topgan:
1. Kommunikativ (bir tomonlama axborot uzatish. Muomala o’z ichiga
hamkorlik faoliyatining qatnashchilari bilan o’zaro axborot almashuvni qamrab olgan
bo’lib, kommunikativ jabha sifatida tavsiflanishi mumkin. Odamlar bir -birlari bilan
muloqotda kirishishi jarayonida muomalaning muhim
vositalaridan biri tilga va nutq;
faolyatiga bevosita murojaat qiladilar.
2. Interaktiv (ikki tomonlama ta`sir) - muloqotga kirishuvchilarni o’zaro ta`siri,
ularning nutq faoliyatida na faqat so’z orqali fikr almashinuvi, balki hatti-harakat va xulq
atvori bilan o’zaro ta`sir o’tkazishi tushuniladi.
“YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR
MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI”
Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel
23
3. Perseptiv (o’zaro bir - birini idrok qilishi, anglashi) bunda
muloqotga
kirishuvchilar o’zaro bir - birlarini idrok qilish jarayoni namoyon bo’ladi, ya`ni ulardan
biri ikkinchisining ishonchiga loyiq, aqlli, farosatli, tajribali, yuksak tayyorgarlikka
ega inson sifatida idrok qilinadi.
Pedagogik
muomala
deganda
o’qituvchi
va
talabalar
(o’quvchi)
jamoasining o’zaro ta`sir malakasi, usuli va tizimi anglashinib uning mohiyati, o’zaro
axborot almashishi, ta`limiy va tarbiyaviy ta`sir o’tkazish o’zaro tushunishga erishish
va uni tashkil etish tushuniladi.
O‘qituvchining o‘quv jarayonini boshqarish uslublari — bu o‘quvchilarning bilim va
ko‘nikmalarini rivojlantirish, o‘qish jarayonini samarali tashkil etish va o‘quvchilarni
motivatsiya qilish uchun o‘qituvchilar tomonidan qo‘llaniladigan turli usullar va metodlarni
anglatadi. O‘qituvchining boshqarish uslubi, o‘quv jarayonining muvaffaqiyatini belgilovchi
muhim omil bo‘lib, turli xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin. Quyida o‘qituvchining o‘quv
jarayonini boshqarish uslublariga doir batafsil ma'lumotlar keltirilgan.
Avtoritar uslub.
O‘qituvchi o‘quvchilarga qat’iy nazorat qiladi va ularning
faoliyatini doimo kuzatib boradi. O‘qituvchi o‘z qarorlarini o‘quvchilarga taqdim etib, ular
bilan muloqot qilishdan ko‘ra, diktatorlik tarzda o‘qitishni afzal ko‘radi. Bu uslubda
o‘quvchilar o‘qituvchining har bir buyruq va talablarga qat’iy rioya qilishlari kerak.
O‘quvchilarning fikrlash va ijodiy faoliyatlari cheklanishi mumkin.
O’qituvchi guruhning faoliyat yo’nalishini shaxsan o’zi belgilaydi, kim - kim bilan
o’tiradi, kim bilan ishlaydi o’qituvchi o’zi hal qiladi. Bunday uslubda ish yurituvchi
o’qituvchi o’quvchilar tashabbusiga yo’l bermaydi. Hamkorlikning asosiy shakli - buyruq,
ko’rsatma, instrukciya, ogohlantirish.
Demokratik uslub.
O‘qituvchi o‘quvchilarga o‘z fikrlarini bildirish, qarorlar qabul
qilishda ishtirok etish imkoniyatini beradi. O‘qituvchi o‘quvchilarning g‘oyalari va
takliflariga quloq soladi, ular bilan hamkorlikda ishlaydi. Bu uslubda o‘quvchilar erkin
fikrlashadi va o‘zlarini faol ishtirokchi deb his qilishadi. O‘quvchilar o‘zaro hamkorlikda
ishlashni o‘rganadilar va jamoa sifatida muvaffaqiyatga erishadilar.
O’qituvchi faoliyat maqsadini har bir o’quvchi ongiga etkazishga, ish borishini hal
etishga hammani faol ishtirok etishga undaydi. O’zining vazifasini faqat nazorat va
muvofiqlashtirishda emas balki tarbiyalashda deb biladi, har bir o’quvchi rag’batlantiriladi,
unda o’ziga ishonch paydo bo’ladi, o’z - o’zini boshqarish rivojlanadi. Demokratik
uslubda boshqaruvchi o’qituvchi bolalarning individual qobiliyat va qiziqishlarini hisobga
olib vazifalarni optimal tarzda taqsimlashga undaydi. Faollikni rag’batlantiradi,
tashabbusni quvvatlaydi. Muloqotning asosiy shakli -iltimos, maslahat, axborot tarzida
bo’ladi.
Liberal uslub.
O’qituvchi jamoa faoliyatiga aralashmaslikka harakat qiladi, faollik
ko’rsatmaydi, maslahatlarga formal qaraydi, turli ta`sirlarga tez beriladi. Javobgarlikdan
o’zini olib qochadi. O‘qituvchi o‘quvchilarga to‘liq erkinlik beradi va o‘qish jarayonida
minimal aralashadi. O‘qituvchi faqatgina yo‘naltiruvchi yoki maslahat beruvchi rolini
bajaradi. O‘quvchilar o‘z faoliyatlarini mustaqil ravishda tashkil etishlari kerak.
“YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR
MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI”
Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel
24
O‘qituvchi o‘quv jarayonini boshqarishda turli uslublarni qo‘llashi, o‘quvchilarning
individual xususiyatlarini, o‘quv maqsadlarini va darsning vaziyatini hisobga olib, o‘quv
jarayonini samarali tashkil etishga yordam beradi. Har bir uslubning o‘ziga xos afzalliklari
va kamchiliklari bor, shuning uchun o‘qituvchi moslashuvchan bo‘lishi va kerakli uslubni
tanlashda ehtiyotkor bo‘lishi kerak.