Authors

  • G.A. Djanaliyeva
  • S. Ergashaliyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.82004

Keywords:

Muomala odob ahloqiy fazilatlar odob normalari o‘qituvchi shaxsi pedagogik muomala konsenus ekipaj.

Abstract

Maqolada o‘qituvchining o‘quv jarayonida muomala odobi mavzusiga yozilgan bo‘lib, o‘qituvchi odobining mohiyati, asosiy mazmuni pedagogik faoliyat uchun muhim bo‘lgan axloqiy sifatlari hamda o‘quv jarayonida qo‘llaniladigan konsensus metodiga batafsil to‘xtalib o‘tilgan.

background image

“YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR

MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI”

Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel

91

O‘QITUVCHINING O‘QUV JARAYONIDA MUOMALA ODOBI

G.A.Djanaliyeva

TMC Instituti katta o’qituvchisi

S.Ergashaliyeva

TMC Instituti BTS 3-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15268162

Annotatsiya. Maqolada o‘qituvchining o‘quv jarayonida muomala odobi mavzusiga

yozilgan bo‘lib, o‘qituvchi odobining mohiyati, asosiy mazmuni pedagogik faoliyat uchun muhim
bo‘lgan axloqiy sifatlari hamda o‘quv jarayonida qo‘llaniladigan konsensus metodiga batafsil
to‘xtalib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar: Muomala, odob, ahloqiy fazilatlar, odob normalari, o‘qituvchi shaxsi,

pedagogik muomala, konsenus, ekipaj.

Аннотация.

В

статье

рассматривается

тема

этикета

учителя

в

образовательном процессе, подробно рассматривается сущность этикета учителя, его
основное содержание, его нравственные качества, важные для педагогической
деятельности, метод консенсуса, используемый в образовательном процессе.

Ключевые слова: Поведение, этикет, нравственные качества, нормы этикета,

личность педагога, педагогическое поведение, консенсус, экипаж.

Abstract.The article examines the topic of teacher etiquette in the educational process,

examines in detail the essence of teacher etiquette, its main content, its moral qualities important
for pedagogical activity, the consensus method used in the educational process.

Key words: Behavior, etiquette, moral qualities, etiquette standards, teacher’s

personality, pedagogical behavior, consensus, crew.


Ijtimoiy qonuniyatlar pedagogik jarayondagi muomala odobida namoyon bo‘ladi.

Pedagogik odob jamiyatda qabul qilingan ma’naviy, umuminsoniy va milliy axloqiy
qadriyatlarga asoslanadi. Ijtimoiy munosabatlar pedagogik jarayonda qatnashuvchilar o‘rtasidagi
muomala odobini tartibga solib, boshqarib boradi. Muomala odobi kishi bajarishi lozim bo‘lgan
axloqiy qoidalar bilan shaxs ularni qay darajada qabul qilishi o‘rtasidagi, shaxsiy va ijtimoiy
manfaatlar orasidagi bog‘lanishlarga asoslanadi.

Pedagogik jarayonda sodir bo‘ladigan muomala odobida muallimning axloqiy

madaniyati, tarbiyalanganlik darajasida aks etadi. Muallimning pedagogik kasb egasi sifatida
o‘ziga, o‘z kasbiga, talabalarga, kasbdoshlariga, ota–onalariga muamolasini belgilovchi asosiy
qoidalar, talablar mavjud. Bu mezonlar jamiyat, davlat o‘qituvchiga, ta’lim–tarbiya ishlariga
nisbatan qo‘yayotgan axloqiy talablariga, pedagogik faoliyatning axloqiy xarakteri va
xususiyatlariga asoslanadi. Pedagogik jarayonda muomila odobi o‘qituvchining faoliyatida
namoyon bo‘ladi. O‘qituvchilik faoliyatida qo‘yiladigan axloqiy talablar, o‘z navbatida,
O‘zbekiston Respublikasi rahbariyati yosh avlodni umuminsoniy va milliy–an’anaviy, madaniy
qadriyatlar ruhida tarbiyalash sohasida kun tartibiga qo‘yayotgan vazifalariga bog‘liq. Ular
pedagogik jarayondagi muomala odobida, unda qatnashayotgan kishilaning xulqi, xatti-
harakatlarida ifodalanadi. Bu xatti- harakatlar pedagogik jarayon qatnashchilarining ta’lim-


background image

“YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR

MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI”

Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel

92

tarbiya maqsadi, vazifalari, usul va vositalarini, axloqiy qadriyatlarni qay darajada qabul
qilishlari shaklida namoyon bo‘ladi.

Muomala odobining tuzilishi juda murakkabdir. U pedagogik faoliyatda sub’yekt-ob’yekt

munosabatlari shaklida ifodalanadi. Sub’yekt-ob’yekt munosabatlari muallim o‘zining
professional burchini bajarayotganida tinglovchilar, kasbdoshlari, ota- onalar, jamoat
tashkilotlarining vakillari bilan o‘qituvchi o‘rtasidagi aloqalarda vujudga keladi. U o‘zaro hurmat
darajasi, ishonch, talabchanlik, xayrixohlik tashabbuskorlik, o‘zaro g‘amxo‘rlik, har birlarining
inson sifatida qadr– qimmatini e’zozlash kabilarda namoyon bo‘ladi. Ular o‘qituvchining
pedagogik faoliyatida boshqalar bilan muamalasining xarakterini baholashda xizmat
qiladi. O‘zaro ta’sirlar o‘quv ishida, turmushda, dam olish paytlarida, oiladagi muomala-
munosabatlarining xususiyatlarini aniqlashga imkon beradi.

Pedagogik etikada muomala odobining biror jihati, masalan, o‘qituvchining o‘z kasbiga

munosabati, burchi alohida tahlil etilishi mumkin. O‘qituvchilik kasbi kishiga ma’lum talablarni
qo‘yadi, lekin muallim bu talablarni qanday bajarayotgani bu talablarda hali aks etmaydi.
O‘qituvchining pedagogik jarayon qatnashchilari bilan muomalasi- bu kishilarning o‘zaro bir-
birlariga bo‘lgan shaxsiy insoniy munosabatlari sifatida ham qaraladi, ular pedagogik jarayon
qatnashchilarining xatti-harakatlarida, xulqida, ish shakli va usullarida namoyon bo‘ladi. Ular
o‘rtasidagi o‘zaro axloqiy baholashlar ham muhim rol o‘ynaydi.

Pedagogik jarayonda o‘qituvchi axloqiy munosabatlarning sub’yekti hisoblanadi.

Pedagogik muomala odobi tizimida o‘qituvchi asosiy figuradir. Talabalar, kasbdoshlari, ota-
onalar, pedagoglar jamoasi va jamoat tashkilotlarining vakillari o‘qituvchi uchun pedagogik
muomala-munosabatlarning ob’yekti hisoblanadi. Ular bilan bo‘ladigan aloqalar yosh avlodga
ta’lim-tarbiya berish vazifalarini bajarish jarayonida sodir bo‘ladi. Bu muomala jarayonida
ishtirok etadigan kishilar bir-birlariga nisbatan xayrixoh, ijobiy hissiyotda bo‘lishlari, bir-
birlarining fazilatlarini o‘zaro baholashlari, qadrlashlarini nazarda tutadi.

Pedagogik muomala-munosabatlarda hissiyot aralashgani uchun ularning axloqiy va

ruhiy jihatlarini bir-biridan ajratish qiyin bo‘ladi. Shuning uchun ham bunday hodisalar haqida
gapirganda, odatda, pedagogik jamoadagi axloqiy-ruhiy vaziyat tushunchasi ishlatiladi.

Demak, o‘qituvchining muomala odobi -u aloqa qiladigan odamlar, muassasalar bilan o‘z

professional vazifasini bajarayotganda sodir bo‘ladigan axloqiy munosabatlar majmuidir.

O‘quvchilarni erkin, mustaqil fikr yuritishga va ongli intizomga o‘rgatish, intellektual va

ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash, bir-birlari bilan muloqatni o‘rnata olish uchun
o‘qituvchidan chuqur bilimga, kasbiy malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi. Talabalarda ushbu
fazilatlarni shakllantirishda o‘qituvchi turli interfaol metodlardan foylanishi maqsadga muvofiq
bo‘ladi. Ushbu metodlardan qo‘yida “Konsensus” metodida batafsil to‘xtalib o’tamiz.

“Konsensus” metodi.

Ushbu metoddan qo‘llanilish maqsadi: talabalarning bahslashish madaniyati va muomala

odobiga nechog‘li ega ekanliklarini aniqlash, ijobiy natijalarga ko‘ra tajriba almashish.

Talabalarni 5-6 kishidan iborat kichik guruhlarga bo‘linadi va ularga quyidagi mazmunda

ularga pedagogik vaziyat beriladi: “Sizning kemangiz Tinch okeanida talofatga uchradi. Ekipaj


background image

“YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR

MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI”

Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel

93

kichik zarur bo‘ladigannarsalarni olishi kerak. Narsalar ro‘yxati 20-30ta guruhda shakllantiriladi.
Vaqt ziq, shoshilinch harakat qilinmasa, hamma narsa cho‘kib ketishi mumkin”.

Pedagogik vaziyat bo‘yicha topshiriqlar:
1) 5 daqiqa ichida kerakli narsalarning individual ro‘yxatini tuzish kerak. Bunda eng

kerakliligiga qarab joylashtiriladi: (№1 – eng kerakli narsa, №15 – eng befoyda narsa kabi).

2) Keyingi 15 daqiqa ichida yagona jamoa ro‘yxati taqdim etiladi: bunda ovozga qo‘yish

man etiladi har bir jamoa – ekipaj a’zosi ro‘yxatdagi narsalar, ularni zarurligiga samimiy rozi
bo‘ladi.

3) Yakuniy ro‘yxat muhokamasi o‘tkaziladi, jamoa vakili har bir narsaning olinish

sababini tushuntiradi.

Har bir guruhda ro‘yxat muhokamasida ishtirok etmaydigan bitta kuzatuvchi bo‘lib, u

quyidagilarga e’tibor beradi:

- o‘zga fikrni eshitishyaptimi?
- o‘zga fikrga samimiy qo‘shilishyaptimi?
- o‘z fikrida qat’iy turibdimi (baqirdi, isbotladi, bosim o‘tkazdi, aldadi)?
Ushbu metodan asosiy maqsad talabalarni muommalaga kirishish, bir-birining fikrlariga

quloq solish hamda bir birini xurmat qilish madaniyatini shakllantirishdan iboratdir. Shu asosida
o‘tkazilgan mashg‘ulotlar talabalarning fanga bo‘lgan qiziqishi va mavzularni samarali
o‘zlashtirishga olib kelinadi.

References

Ushbu metodan asosiy maqsad talabalarni muommalaga kirishish, bir-birining fikrlariga quloq solish hamda bir birini xurmat qilish madaniyatini shakllantirishdan iboratdir. Shu asosida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar talabalarning fanga bo‘lgan qiziqishi va mavzularni samarali o‘zlashtirishga olib kelinadi.