Authors

  • Furqat Nurmanov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.81962

Keywords:

fonetika fonologiya tovush tizimi fonosemantika fonostilistika fonopragmatika artikulyatsion-fiziologik tomon funksional (lingvistik) tomoni.

Abstract

Tilshunoslik ilmiy tadqiqi fonetik tizim tadqiqi bilan boshlanadi. Fonetikaning oʻrganish obyekti boʻlgan tovush tizimi shakl va maʼno nuqtai nazaridan talqin etish keyingi davr tilshunoslik ilmi tadqiqiqning mahsuli sanaladi. Maqolada fonetika va fonologiyaning kuzatish obyekti, maqsad va vazifalari xususida shu soha bilan shug‘ullangan va shugʻullanayotgan tadqiqotchilarning ilmiy xulosalari bayon qilganib, ularga munosabat bildirilgan. Fonetika va fonologiya haqida Ovropa tilshunoslik maktablari vakillari ilmiy qarashlariga ham murojaat qilingan.

background image

“YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR

MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI”

Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel

55

NUTQ TOVUSHLARI FONETIKA VA FONOLOGIYANING OBYEKTI SIFATIDA

Furqat Nurmanov

TMC instituti dotsenti

E-mail:

nurmonov.F@gmail.com

Tel: (+99897) 366-45-22

https://doi.org/10.5281/zenodo.15268034

Annotatsiya. Tilshunoslik ilmiy tadqiqi fonetik tizim tadqiqi bilan boshlanadi.

Fonetikaning oʻrganish obyekti boʻlgan tovush tizimi shakl va maʼno nuqtai nazaridan talqin
etish keyingi davr tilshunoslik ilmi tadqiqiqning mahsuli sanaladi. Maqolada fonetika va
fonologiyaning kuzatish obyekti, maqsad va vazifalari xususida shu soha bilan shug‘ullangan va
shugʻullanayotgan tadqiqotchilarning ilmiy xulosalari bayon qilganib, ularga munosabat
bildirilgan. Fonetika va fonologiya haqida Ovropa tilshunoslik maktablari vakillari ilmiy
qarashlariga ham murojaat qilingan.

Kalit so’zlar: fonetika, fonologiya, tovush tizimi, fonosemantika, fonostilistika,

fonopragmatika, artikulyatsion-fiziologik tomon, funksional (lingvistik) tomoni.

ЗВУКИ РЕЧИ КАК ОБЪЕКТ ФОНЕТИКИ И ФОНОЛОГИИ

Аннотация: Научное исследование лингвистики начинается с изучения

фонетической системы. Звуковая система, являющаяся объектом изучения фонетики,
интерпретируется с точки зрения формы и значения в более поздний период
лингвистической науки как продукт исследования. В статье излагаются и дается
реакция на научные выводы исследователей, занимающихся и занимающихся этой
областью, с точки зрения объекта наблюдения, целей и задач фонетики и фонологии. К
научным воззрениям представителей европейских лингвистических школ относят также
фонетику и фонологию.

Ключевые слова: фонетика, фонология, звуковая система, фоносемантика,

фоностилистика,

фонопрагматика,

артикуляционно-физиологический

аспект,

функциональный (лингвистический) аспект.

SPEECH SOUNDS AS AN OBJECT OF PHONETICS AND PHONOLOGY

Abstract: The scientific study of linguistics begins with the study of the phonetic system.

The sound system, which is the object of phonetic study, is interpreted in terms of form and
meaning in the later period of linguistic science as a product of research. The article outlines
and responds to the scientific conclusions of researchers involved and engaged in this field, from
the point of view of the object of observation, the goals and objectives of phonetics and
phonology. The scientific views of representatives of European linguistic schools also include
phonetics and phonology.

Keywords: phonetics, phonology, sound system, phono semantics, phono stylistics, phono

pragmatics, articulatory-physiological aspect, functional (linguistic) aspect.

Kirish (Introduction).

Tilshunoslik fani rivojining ma’lum davriga qadar nutq tovushlari

fonetika bo‘limida o‘rganilib kelingan bo‘lsa, bu soha taraqqiyotining navbatdagi bosqichida
tadqiqotlar ko‘lami kengayib borishi natijasida fonologiya, fonosemantika, fonostilistika,
fonopragmatika singari yangi sohalari vujudga keldi. Fonetik tadiqotlarning tobora chuqurlashib
borishi barobarida ushbu sohalarning tadqiqot obyekti, maqsad va vazifalari ham konkretlashdi.


background image

“YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR

MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI”

Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel

56

Masalan, har qanday tovushning fizik-akustik tabiati va biologik asosi borligidan, nutq

tovushi esa faqat insonlar tomonidan talaffuz etilishi va eshitilishidan, ya’ni uning ijtimoiy
mohiyatidan kelib chiqib, fonetikaning o‘rganish obyekti sifatida belgilandi hamda ularni
akustik-fiziologik (tovushning baland-pastligi, intensivligi, tembri, qisqa-cho‘ziqligi), anatomik-
fiziologik (tovushlarning shakllanishida nutq a’zolarining ishtiroki), eshitib his qilish (perseptiv)
aspektlarini tadqiq etish maqsad qilib qo‘yildi.[1]

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili (Literature review).

Fonologiya termini

tilshunoslikda XIX asr oxirida yosh grammatikachilarning nutq tovushlarining artikulyatsion
fiziologik - akustik (fizik) tomonidan funktsional (lingvistik) tomoniga urgʻu berishi oqibatida
paydo bo'ldi. F. de Sossyurga koʻra, “Tovushlar fiziologiyasi koʻp hollarda fonetika deyiladi. Bu
termin, bizningcha, nomuvofiq koʻrinadi. Biz buni fonologiya termini bilan almashtiramiz,
chunki fonetika azaldan tovushlar evolyutsiyasi haqidaga taʼlimot boʼlib kelgan va shunday
boʼlib qolaverishi kerak. . . Fonetika tarixiy fandir: u voqealarni, oʼzgarishlami tahlil etadi,
zamonda harakat qiladi. Fonologiya zamondan tashqaridir, chunki, artikulyatsiya mexanizmi
doimo oʼziga oʼzi oʼxshashligacha qolaveradi”. Keyinchalik Daniya tilshunosi L.Elmslev va
boshqa olimlar fonetika va fonologiyani bir-biridan tamoman ajralgan ikki soha sifatida talqin
qildi. Moskva va Peterburg fonologiya maktablari vakillari I.A.Boden de Kurtene va
L.V.Shcherba bu talqinni inkor qiladi. L.V.Shcherba maʼlum tilning fonologik sistemasini, har
bir fonemaning farqlovchi belgilarini faqat uning shu tildagi konkret talaffuzi asosida tadqiq
qilish kerakligini uqtiradi. R.I.Avanesov esa nutq tovushlarini o'rganadigan ikki predmet emas,
balki ikki tadqiqot aspekti mavjud ekanligini taʼkidlaydi.

Demak, fonetika va fonologiya oʻzlarining obyekti jihatidan emas, balki bir obyektning

turli oʻrganish aspekti ekanligi bilan farq qiladi.

Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology).

XIX asrning oxirlarida nutq tovushlarining

artikulyatsion-fiziologik (fizik) tomonidan funksional (lingvistik) tomonini farqlash ehtiyoji
bilan fonologiya paydo bo‘ldi va tilshunoslikning alohida bo‘limi sifatida fonemalarning
farqlovchi belgilarini o‘rganuvchi soha sifatida e’tirof etildi.[2] Bu sohada ham tovush, ammo til
tovushlari o‘rganish obyekti sifatida belgilandi va ushbu tovushlarning vazifaviy xususiyatlarini
o‘rganish maqsad qilib qo‘yildi.

Tilda, garchi umumiy ma’noda obyekti tovushlar hisoblansa ham, masalaga yondashish

nuqtai nazaridan tilshunoslikda fonetika bilan fonologiya bir-biridan o‘zaro farqlandi. Fonetika
tovushlarning hosil bo‘lishi, ularning akustik xususiyatlari, ya’ni nutq tovushlarining
fiziologiyasini o‘rgansa, fonologiya so‘z va morfemalarning tovush qobig‘ini farqlovchi vosita
sifatida nutq tovushlarini semasiologik, funksional va prosodik jihatdan o‘rganadigan bo‘ldi.

Fonetika va fonologiyaning kuzatish obyekti, maqsad va vazifalari xususida shu soha

bilan shug‘ullangan tadqiqotchilar aniq fikrlar bayon qilganlar. Ularni yaxlit holda olib
qaraganda xulosa shunday bo‘ladiki, har ikkala sohaning ham tadqiqot obyekti nutq
tovushlaridir. Faqat fonetikada inson nutqining material tomoni, hosil bo‘lish shart-sharoitlari,
fonologiyada esa bu tovushlarning ma’noni farqlashga xizmat qiluvchi jihatlari o‘rganiladi.

Fonostilistika esa tilshunoslik fani taraqqiyotining keyingi yillardagi mahsuli sifatida

fonetika, fonologiya va stilistika fanlarining kesishuvida paydo bo‘ldi. Kuzatish obyektining
nutq tovushlari ekanligi bilan fonetika va fonologiyaga yaqin tursa, bu til birliklariga xos bo‘lgan


background image

“YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR

MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI”

Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel

57

ekspressivlik xususiyatlarini o‘rganishiga ko‘ra stilistika bilan birlashadi. Shu ma’noda
fonostilistika va fonetik stilistika atamalari tilshunoslikda teng qiymatga ega.

Voqelikdan mohiyat tomon siljish zaruriyat ekanligi, fonologik belgilarning majmualari,

unlilarda darajalanish, undoshlarda darajalanish, fonemalar guruhlari tizimlari tasnifida
uzluksizlik, fonemalar darajalanishiga yondashish yo‘llari, fonemalarning ijtimoiy qiymati
belgilarida darajalanish, prosodikada darajalanish kabi masalalarni talqin etadi.

N.S.Trubeskoy tomonidan fonemalarga farqlanuvchilik omillari nuqtai nazaridan

yondashilganligi va shu asosda ularni (fonemalarni) nutq tovushlaridan ajratilib olinganligi
fonologiya uchun inqilobiy ahamiyatga ega edi. Farqlilik va aynanlik o‘zaro uzviy bog‘langan,
shartlangan, chatishib ketgan qarama-qarshi tomonlar, belgilar bo‘lib, bularning dialektik
yaxlitlanishidan har qanday narsa, xususan, fonemalar hosil bo‘lgan. Shuning uchun hozirgi
dolzarb vazifalardan biri farqlash asosida ajratib olingan fonemalar tizimiga endi ularning
“umurtqa pog‘onasi” bo‘lgan aynanliklar nuqtai nazaridan yondashish va shu yo‘l bilan
fonemalar ta’limoti mohiyatini yanada chuqurlashtirishdan iboratdir. [3]

Tahlil va natijalar (Analysis and results).

Tilshunoslikda til va nutq oʻzaro

farqlangandan buyon ularning birliklari ham bir-biri bilan oʻzaro doimo aloqada boʻlgan alohida-
alohida birliklar sifatida ajratiladigan boʻldi.

Eng asosiysi, mazkur tadqiqotlarda fonetika va fonologiya masalalari til va nutq

dixotomiyasiga asoslangan holda tadqiq etildi. Ya’ni, o‘zbek tilshunosligida mavjud fonetika va
fonologiyaga doir tushuncha va atamalar alohida tekshirishni talab qiladi. Har bir atamani
fonetik va fonologik jihatdan farqlash zarurligi ko‘rsatildi.

Buni quyidagi ko‘rinishda o‘rganish tavsiya etildi:[4]

FONETIKA

FONOLOGIYA

Segmental fonetika

- tovush,

- bo‘g‘in

- so‘z urg‘usi

- intonatsiya

Supersegmental fonetika

Segmental fonologiya (yoki fonemika)

fonema

Supersegmental sillabema

fonologiya so‘z aksentema

(yoki prosodika) intonema

Bu atamalarni fonologik jihatdan farqlashda Ye.D.Polivanov xitoy, dungan va yapon

tillarida boʻgʻinni “sillabema”, musiqiy soʻz urgʻusi yoki ohangni “tonema” deb, rus va turkiy
tillarda dinamik soʻz urgʻusini “aksentema”[5] deb atagan.

1.

Shu o‘rinda fonetika va fonologiyaga oid birliklar, ularning o‘rganish obyekti,

maqsadi va vazifalari, bog‘liq xususiyatlariga e’tibor qaratish lozim.

2.

Fonetikaning obyekti tilning tovush tomoni, fonetik qurilishidir. Tilning tovush

tomoni nutq tovushlari, bo‘g‘in, urg‘u, ohang (intonatsiya, melodika) kabi birliklarni o‘z ichiga
oladi. Fonetikaning maqsadi fonetik birliklarning fizik-akustik, anatomik-fiziologik va
lingvistik-funksional asoslarini o‘rganish, ularning til mexanizmidagi rolini aniqlashdan iborat.

Fonologiya tilshunoslikning bir bo‘limi bo‘lib, u tilning tovush materiyasi taraqqiyotini

va shu materiyaning fonologik sistemaga uyushish qonuniyatlarini hamda tildagi vazifalarini


background image

“YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR

MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI”

Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel

58

tadqiq qiladi. Bu sohaning o‘ziga xos jihati shundaki, u o‘z obyektini semiotik aspektda (belgilar
tizimi sifatida) o‘rganadi. Tilshunoslikda fonologiyaning fan sifatidagi maqomi xususida ikki xil
fikr mavjud.

Birinchi fikrga ko‘ra, fonologiya fonetikaning o‘zi emas, chunki fonetika nutq

tovushlarini, fonologiya esa til tovushlarini o‘rganadi: nutq tovushlari haqidagi ta’limot
(fonetika) aniq fizik hodisalarni, til tovushlari haqidagi ta’limot (fonologiya) esa shu
tovushlarning lisoniy-vazifaviy xususiyatlarini tadqiq qiladi, shunga ko‘ra ularning tadqiqot
metodlari ham har xil: fonetika tabiiy fanlarning tadqiqot metodlariga, fonologiya esa lingvistik
tadqiqot metodlariga asoslanadi. Ikkinchi fikrga ko‘ra, fonologiyani fonetikadan ajratib
bo‘lmaydi, chunki muayyan tilning fonemalari tizimini, bu tizimdagi har bir fonemaning
“semantizatsiyalashgan” (fonologizatsiyalashgan) belgilarini shu tilning konkret talaffuz
xususiyatlarini o‘rganmasdan tadqiq qilib bo‘lmaydi.

Xulosa (Conclusion).

Demak,

nutq jarayonining asosi boʻlgan

nutq tovushlari o'zida uch

aspektni: fiziologik, akustik, kommunikatsiya aspektini birlashtiradi. Bulardan kommunikatsiya
aspekti eng muhimi sanaladi. Fonologiya aslida fonetikaning o‘zi, faqat uning yuqori bosqichi,
xolos. Binobarin, fonolog bir vaqtning o‘zida fonetist bo‘lmay iloji yo‘q, ayni paytda fonetist
ham doimo (shu jumladan, fonologiya paydo bo‘lgan davrgacha ham) ma’lum darajada fonolog
bo‘lgan, chunki u umuman tovushni emas, balki til tovushlarini o‘rgangan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Жамолхонов Ҳ. Ўзбек тилининг назарий фонетикаси. Ўқув қўлланма. – Тошкент:

Фан, 2009. - Б.81-90.

2.

Нурмонов А. Ўзбек тили фонологияси ва морфонологияси. – Тошкент: Ўқитувчи,

1990. –Б.5.

3.

Бозоров О. Ўзбек тилида даражаланиш. Филология фанлари доктори илмий

даражасини олиш учун ёзилган диссертация автореферати. – Тошкент, 1997.-Б.16.

4.

Миртожиев М. Ўзбек тили фонологияси ва морфонологияси. – Тошкент: Ўқитувчи,

1992, -Б.14.

5.

Поливанов Е.Д. Фонологическая система гансуйского наричия дунганского языка.

Вопросы дунганского языка. Фрунзе, 1937, 30-40.


References

Жамолхонов Ҳ. Ўзбек тилининг назарий фонетикаси. Ўқув қўлланма. – Тошкент: Фан, 2009. - Б.81-90.

Нурмонов А. Ўзбек тили фонологияси ва морфонологияси. – Тошкент: Ўқитувчи, 1990. –Б.5.

Бозоров О. Ўзбек тилида даражаланиш. Филология фанлари доктори илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация автореферати. – Тошкент, 1997.-Б.16.

Миртожиев М. Ўзбек тили фонологияси ва морфонологияси. – Тошкент: Ўқитувчи, 1992, -Б.14.

Поливанов Е.Д. Фонологическая система гансуйского наричия дунганского языка. Вопросы дунганского языка. Фрунзе, 1937, 30-40.