2025 -Yil
13-Fevral
RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK
YONDASHUVLAR
Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi
287
OʻZBEK TILI FONETIKASINIM OʻQITISHDA MULTIMEDIYA VOSITALARIDAN
FOYDALANISH
Nurmanov Furqat Ismoilovich
TMC instituti dotsenti
E-mail:
nurmonov.f@gmail.com
Тел: (+99897) 366-45-22
https://doi.org/10.5281/zenodo.14854778
Annotatsiya.
Til sathlaridan dastlabkisi, asosiysi, fonetika boʻlimi boʻlib, uni talab
darajasida oʻzlashtirish ogʻzaki va yozma nutqning toʻgʻri shakllanishiga asos boʻladi.
Maqolada til fonetik sathi yuzasidan ilmiy tadqiqotlar natijalari xulosalari hamda bugungi kun
milliy til fonetikasini multimediya vositalari asosida oʻqitishning dolzab muammolari tahlil
etilgan.
Kalit soʻzlar:
fonetika, fonologiya, fonosemantika, eksperimental fonetika,
fonostilistika, fonopragmatika, multimediya vositalari.
Dunyoning barcha tillarida bo‘lgani kabi milliy tilimizning ham o‘ziga xos tabiati va
madaniy-estetik belgilari mavjud. Ammo juda ko‘p davrlar til bo‘yicha tadqiqotlarning ilmiy
asoslari va tadqiq usullarini belgilashda ko‘pincha boshqa tillar grammatik tadqiqi namunalariga
asoslanish, o‘zbek tili grammatikasining tabiati va belgilari o‘zaro juda uzoq bo‘lgan boshqa tillar
andozalari asosida tadqiq etish tufayli uning qirralari yetarli darajada ochilmadi. Mustaqillik in’om
etgan imkoniyat tufayli bugunga kelib, bu masalada nafaqat erkinlik, balki ehtiyoj maydonga
keldiki, milliy tilimizning asl qiyofasini, uning boy madaniy meros sifatidagi qadr-qimmatini ilmiy
asoslab bermog‘imiz hamda jahon tajribasi andozalarini o‘z qoliplarimizga moslagan holda tilni
o‘qitishning maqsadli, namunaviy, qulay va oson, ilmiy-nazariy jihatdan to‘q, zamon talablariga
mos shakllarini yaratishimiz zarur. Ta’kidlab o‘tish joizki, yaqin o‘tgan davrlarda amalga
oshirilgan tadqiqotlar, yangicha qarashlar asosida shakllantirilgan darslik va o‘quv
qo‘llanmalarida o‘zbek adabiy tilining fonetik, leksik va grammatik xususiyatlarini ilmiy
asoslashda uning turkona tabiati, o‘ziga xos xususiyatlarini ifodalashga alohida e’tibor qaratildi.
[1]
Ammo qadim tarixi uzoq ming yilliklarga borib taqaluvchi, til vositalari va nutq
imkoniyatlari darajasiga ko‘ra dunyoning istalgan tili bilan bemalol bellasha oladigan o‘zbek
tilining to‘laqonli tadqiqiga erishish uchun tadqiqotlar salmog‘i ham, tadqiqot maydoni va kengligi
ham yetarli emas. Bu masalada tilimiz nafaqat jahon tilshunosligi va uning o‘rganilishi an’ana va
andozaga moslasha oladi, balki unda yangi yo‘nalish va g‘oyalarga asos ham bera oladi. Bu kabi
masalalarning maqbul yechimi yo‘llarini topish zamonaviy o‘zbek tilshunosligi hamda uning
o‘qitilishi oldida turgan dolzarb muammolardan biridir.
O‘zbek tili fonetik tizimi tadqiqi masalalari ham yuqorida bildirilgan fikrlardan mustasno
emas. Fonetik birliklar va ularning tavsifiy, tasnifiy tadqiqini olib borishda boshqa tillar fonetik
tizimiga kuchli bosim bilan tayanish tadqiqotlarni ko‘pincha tilning o‘z xarakteridan
uzoqlashtirishgacha borgan. Shu ma’noda o‘zbek tilning fonetik birliklari tadqiqiga bag‘ishlangan
darslik va o‘quv qo‘llanmalar, bu borada yuzaga kelgan tadqiqotlar, ularning ilmiy-nazariy va
amaliy ahamiyatini o‘rganish, talabalarga zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida
multimedia vositalaridan foydalangan holda o‘qitish davr talabi hisoblanadi.
2025 -Yil
13-Fevral
RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK
YONDASHUVLAR
Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi
288
Tilshunoslik fani rivojining ma’lum davriga qadar nutq tovushlari fonetika bo‘limida
o‘rganilib kelingan bo‘lsa, bu soha taraqqiyotining navbatdagi bosqichida tadqiqotlar ko‘lami
kengayib borishi natijasida fonologiya, fonosemantika, fonostilistika, fonopragmatika singari
yangi sohalari vujudga keldi. Fonetik tadiqotlarning tobora chuqurlashib borishi barobarida ushbu
sohalarning tadqiqot obyekti, maqsad va vazifalari ham konkretlashdi. Masalan, har qanday
tovushning fizik-akustik tabiati va biologik asosi borligidan, nutq tovushi esa faqat insonlar
tomonidan talaffuz etilishi va eshitilishidan, ya’ni uning ijtimoiy mohiyatidan kelib chiqib,
fonetikaning o‘rganish obyekti sifatida belgilandi hamda ularni akustik-fiziologik (tovushning
baland-pastligi, intensivligi, tembri, qisqa-cho‘ziqligi), anatomik-fiziologik (tovushlarning
shakllanishida nutq a’zolarining ishtiroki), eshitib his qilish (perseptiv) aspektlarini tadqiq etish
maqsad qilib qo‘yildi. [2]
XIX asrning oxirlarida nutq tovushlarining artikulyatsion-fiziologik (fizik) tomonidan
funksional (lingvistik) tomonini farqlash ehtiyoji bilan fonologiya paydo bo‘ldi va
tilshunoslikning alohida bo‘limi sifatida fonemalarning farqlovchi belgilarini o‘rganuvchi soha
sifatida e’tirof etildi. [3] Bu sohada ham tovush, ammo til tovushlari o‘rganish obyekt sifatida
belgilandi va ushbu tovushlarning vazifaviy xususiyatlarini o‘rganish maqsad qilib qo‘yildi.
Tilda, garchi umumiy ma’noda obyekt tovushlar hisoblansa ham, masalaga yondashish
nuqtai nazaridan tilshunoslikda fonetika bilan fonologiya bir-biridan o‘zaro farqlandi. Fonetika
tovushlarning hosil bo‘lishi, ularning akustik xususiyatlari, ya’ni nutq tovushlarining
fiziologiyasini o‘rgansa, fonologiya so‘z va morfemalarning tovush qobig‘ini farqlovchi vosita
sifatida nutq tovushlarini semasiologik, funksional va prosodik jihatdan o‘rganadigan bo‘ldi.
Fonetika va fonologiyaning kuzatish obyekti, maqsad va vazifalari xususida shu soha bilan
shug‘ullangan tadqiqotchilar aniq fikrlar bayon qilganlar. Ularni yaxlit holda olib qaraganda
xulosa shunday bo‘ladiki, har ikkala sohaning ham tadqiqot obyekti nutq tovushlaridir. Faqat
fonetikada inson nutqining material tomoni, hosil bo‘lish shart-sharoitlari, fonologiyada esa bu
tovushlarning ma’noni farqlashga xizmat qiluvchi jihatlari o‘rganiladi.
O‘zbek tili vokalizmi va konsonantizmining anatomik-fiziologik, akustik va lingvistik-
funksional jihatlarini tadqiq etishga, shu asosda ularning fiziologik va akustik tasniflarini
yaratishga hamda fonologik xarakteristikasini berishga doir A.Mahmudov, F.Abdullayev,
S.A’zamov, S.Otamirzayeva, Sh.Shoabdurahmonov, A.Abduazizov, H.Yo‘ldosheva, A.Ishayev,
S.Rizayev kabi tilshunos-fonetistlarning o‘zbek tili unli va undosh tovushlarini, shuningdek,
bo‘g‘in strukturasini eksperimental tadqiqiga bag‘ishlangan xarakterli tadqiqotlari yaratildi. [4]
Eksperimental fonetikaning taraqqiyoti keyinchalik o‘zbek mumtoz adabiyotining,
xususan, o‘zbek aruzini tekshirishda ham samarali natijalar berdi. [5]
Nutq tovushlari, ularning lingvistik xususiyatlarini oʻrganish til tarixi tadqiqotining
dastlabki davrlaridan hozirgi kunga qadar dolarbligini yoʻqotmagan. Sintaktik qurilma mazmun –
mohiyatini aniqlashtirishda nutq tovushlarining alohida oʻrni bor. Bu masala ham til fani bilan
qiziquvchilar tomonidan uzluksiz tadqiq etib kelinmoqda.
Istiqlol yillarida fonetik va fonologik birliklarning badiiy matn va poetik nutqdagi
imkoniyatlari, uslubiy xususiyatlari tadqiqiga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlar ham son jihatidan,
ham sifat jihatidan ortib bormoqda. Ayniqsa, masalaning bu xususiyatlarini o‘rganishga
bag‘ishlangan A.Abduazizov, X.Sharafiddinov, G.Yaxshiyeva, A.Haydarov, Z.Qabulova, M.
Hakimov, V. Jabborovlarning kuzatishlari diqqatga sazovordir. [6]
2025 -Yil
13-Fevral
RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK
YONDASHUVLAR
Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi
289
Fonostilistika turli funksional stillardagi, jumladan, notiqlik, so‘zlashuv nutqi, poetik,
publitsistik, rasmiy hujjat, ilmiy stillardagi materiallarning artikulyatsion-akustik va prosodik
xususiyatlarini o‘rganadi. Yuqoridagi stillarda berilgan til materiali qanday xususiyatga ega
ekanligi, u so‘zlovchi tomonidan qanday aytilib yoki o‘qilib, tinglovchiga qanday estetik zavq
bag‘ishlashini o‘rganish fonostilistikaning vazifasidir. Albatta, ko‘rsatilagan stillardagi nutq yoki
tekst ekspressivligi jihatidan bir xil emas. Masalan, rasmiy hujjat yoki ilmiy stillarning ekspressiv
tomoni ancha kuchsizdir. Aksincha, poetik yoki publitsistik stillar fonostilistik vositalarga boydir.
She’r tuzilishida tovush, bo‘g‘in, urg‘u va intonatsiyaning ahamiyati qanchalik kuchli bo‘lsa,
uning o‘qilishida ham bu fonetik elementlarning xizmati kattadir. [7]
Jahon tilshunosligida tilning boshqa sohalarida kabi fonetik-fonologik tizimini o‘rganishga
bo‘lgan e’tibor ham salmoqli o‘rin egallaydi. Ayniqsa, Germaniya, Amerika, Rossiya, Fransiya,
Chexiya mamlakatlaridagi fonologiya maktablarining o‘rni nihoyatda katta. [8] Tilshunoslikning
mazkur boʻlimini oʻqitish davomida ushbu fonologiya maktablari nazariya va metodlaridan
foydalaniladi. Bunda talabalarga til nazariyalari va til universaliyalari masalalari haqida ham
ma’lumotlar beriladi.
Bugunda jahon tilshunosligida fonostilistikani alohida tarmoq sifatida shakllanishiga
zamin yaratildi. Masalan, keyingi yillarda mavzuga oid maydonga kelgan jiddiy ishlardan biri Q.
O. Saparovaning “Rus va o‘zbek tillari fonostilistikasining qiyosiy-tipologik tadqiqi” mavzusida
yozilgan doktorlik dissertatsiyasidir.[9] Ushbu dissertatsiyada rus va o‘zbek tillari segmental sathi ilk bor
lingvostilistik, kognitiv-semantik, lingvokulturologik va lingvostatistik aspektlarda yaxlit qiyosiy-tipologik
tadqiq etilgan. Unda rus tili qatorida o‘zbek tilining ham fonostilistik birliklari va fonostilistik vositlarini
farqlash mezonlarining ishlab chiqilganligi, fonovariantlar qo‘llanishining funksional-stilistik shart-sharoitlari
va chastotasi aniqlanganligi hamda turli xil lug‘atlarda aks etish me`zonlarining o‘rganilganligi, ularning
markaz-periferiya aspektida tadqiq etilganligi, og‘zaki nutqiy faoliyatda qo‘llanishining lingvokulturologik
jihatlari asoslanganligi, stilistik bo‘yoqdor fonovariantlarning amal qilish evolyusiyasidagi muhim
tendensiyalarning tavsiflanganligi va ular yuzasidan olib borilgan kuzatishlarning lug‘at materiallari va jonli
nutq kuzatuvi asosida amalga oshirilgan.
Talaffuz usullarining vaziyatga ko‘ra yuqori, so‘zlashuv, betaraf xarakterda bo‘lishi
funksional uslublar doirasida yanada qat’iylashadi. Masalan, sahnadagi aktyorning talaffuz usuli
adabiy tilning yorqin ifodasi sifatida til iste’molchilari uchun etalon vazifasini o‘taydi va badiiy,
publitsistik yoki so‘zlashuv uslublarining me’yorlashuviga, ona tilining madaniylashuviga xizmat
qiladi.
Xorijiy mamlakatlar ta’lim tizimi va tadqiqotlarida qo‘lga kiritilgan til yarusining fonetik-
fonologik tizimiga doir ushbu ilg‘or tajribalar ta’lim jarayonida samarali qo‘llanilmoqda.
XX asrning ikkinchi yarmi va undan keyingi davrda fonetika va fonologiya masalalarining
tadqiqiga alohida e’tibor qaratildi. O‘zbek tili fonetikasining bu davr oralig‘idagi taraqqiyoti
o‘zbek adabiy tili vokalizmi va konsonantizmining anatomik-fiziologik, akustik va lingvistik-
funksional jihatlarini tadqiq etishga alohida eʼtibor qaratildi.
Taʼlim jarayoni doimiy ravishda yangilanishga, jadal jamiyat taraqqiyoti bilan hamnafas
boʻlishga, tarixiy davrlardan hozirgi kunga qadar alohida tadqiq etishga ehtiyojmand sohadir.
Shuning uchun taʼlim jarayonida yangi innovatsion texnologiyalardan, taʼlimning yangi
metodlaridan uzluksiz foydalanish taʼlim sifatiga, taʼlim mazmuning oshishiga, eng asosiysi,
mavzu mohiyatini toʻlaqonli tushunib yetishga imkon yaratadi.
Audio, video va harakatli, ovozli
2025 -Yil
13-Fevral
RAQAMLI DUNYO: MATEMATIK VA INFORMATIK
YONDASHUVLAR
Respublika ilmiy-uslubiy konferensiyasi
290
topshiriqlar multimedia vositalari mahsulotlari sanalib, fonetika bo‘limida tovush va uning sifatini
o‘rganishda qo‘l keladi. Natijada milliy tilning oʻgʻzaki va yozma shaklini talab darajasida
oʻzlashtirishga erishiladi.
ADABIYOTLAR
1.
Нурмонов А. Ўзбек тили фонологияси ва морфонологияси. – Тошкент: Ўқитувчи,
1990.; Абдуазизов А. Ўзбек тили фонологияси ва морфонологияси. – Тошкент:
Ўқитувчи, 1992.; Ўзбек тили фонологияси ва морфонологияси. Тўлдирилган ва
тузатилган 2-нашри. – Тошкент: Университет, 2010.; Миртожиев М.М. Ўзбек тили
фонетикаси. – Тошкент: Фан, 2013.; Жамолхонов Ҳ. Ҳозирги ўзбек адабий тили.
Олий ўқув юртлари учун дарслик. – Тошкент: Талқин, 2005.; Ўзбек тилининг
назарий фонетикаси. Ўқув қўлланма. – Тошкент: Фан, 2009.; Ҳозирги ўзбек адабий
тили. Олий ўқув юртлари учун дарслик. – Тошкент: Ўзбекистон миллий
энциклопедия Давлат илмий нашриёти, 2013.
2.
Жамолхонов Ҳ. Ўзбек тилининг назарий фонетикаси. Ўқув қўлланма. – Тошкент:
Фан, 2009.
3.
Нурмонов А. Ўзбек тили фонологияси ва морфонологияси. – Тошкент: Ўқитувчи,
1990.
4.
Маҳмудов А. Тилда сингармонизм, урғу ва товуш системасининг ўзаро муносабати
// «Ўзбек тили ва адабиёти» журнали, 1980, №4.; Абдуазизов А. Фоностилистик
воситаларнинг ўрганилишига доир // «Ўзбек тили ва адабиёти» журнали, 1985, №2.;
Йўлдошева Ҳ. Интонациянинг темпорал компоненти ҳақида // «Ўзбек тили ва
адабиёти» журнали, 1985, №6.
5.
Тўйчиев У. Ўзбек арузини экспреминтал фонетика усули билан текшириш // «Ўзбек
тили ва адабиёти» журнали, 1993.-№4.
6.
Шарфиддинов Х. Поэтик фонетика // «Ўзбек тили ва адабиёти» журнали, 1978, №2.;
Абдуазизов А. Фоностилистик воситаларнинг ўрганилишига доир // «Ўзбек тили ва
адабиёти» журнали, 1985, №2.; Ҳакимов М., Жабборов В. Поэтик нутқда
товушларнинг хосланишига доир // «Ўзбек тили ва адабиёти» журнали, 2006, №4.;
Ҳайдаров А.А. Бадиий тасвирнинг фоностилистик воситалари. Филология фанлари
номзоди илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация автореферати. –
Тошкент, 2008. – 21 б.; Кабилова З.М. Ўзбек тилининг фоносемантик воситалари.
Филология фанлари номзоди илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация
автореферати. – Тошкент, 2008.
7.
Абдуазизов А. Фоностилистик воситаларнинг ўрганилишига доир // «Ўзбек тили ва
адабиёти» журнали, 1985, №2.
8.
http://
majesticarticles.ru
/naykaiobrazovanie/
obrazovanie/
pre.;
http://5fan.ru/wievjob.php?id=11222.
9.
Сапарова К.О. Сопоставительно-типологическое исследование фоностилистики
русского и узбекского языков (на материале фоновариантов слов). Автореф. дисс…
д-ра филол.н. – Ташкент, 2009.
