Authors

  • Ergash Asamatdinov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.82246

Keywords:

kiberterrorizm kiberhujum kiberterror akti kiberjinoyat kibermakon aqlli qurilmalar xatti-harakatlar kiberkosmik viruslar virtual shifr kod dezinformaciya shaxs jamiyat.

Abstract

Maqolada kiberterrorizm transchegaraviy xususiyatga ega bo’lganligi sababli, uning ko’rinishlari davlatlar o’rtasidagi munosabatlarning yomonlashishiga, iqtisodiy va diplomatik aloqalarning buzilishiga, davlatlararo tashkilotlar faoliyatiga to’sqinlik qilishi mumkinligi masalalari muhokama qilinadi. Kiberterroristik harakatini amalga oshirish uchun turli hil usullar foydalanish mumkinligi, asosan, kiberhujum, kiberterror akti, kiberjinoyat, kibermakon kabi tushunchalar tafsiflanadi. Shuningdek, bugungi kunda kiberterrorizm tahdidi turli davlatlarni unga qarshi kurashda hamkorlik qilishga ehtiyojining ortib borishida alohida o’rin tutadi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1341

KIBERTERRORIZMGA QARSHI KURASHDA XALQARO TAJRIBA

Asamatdinov Ergash

Nukus davlat pedagogika institute falsafa fanlari nomzodi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15280624

Annotatsiya.

Maqolada kiberterrorizm transchegaraviy xususiyatga ega bo’lganligi

sababli, uning ko’rinishlari davlatlar o’rtasidagi munosabatlarning yomonlashishiga,

iqtisodiy va diplomatik aloqalarning buzilishiga, davlatlararo tashkilotlar faoliyatiga to’sqinlik

qilishi mumkinligi masalalari muhokama qilinadi.

Kiberterroristik harakatini amalga oshirish uchun turli hil usullar foydalanish

mumkinligi, asosan, kiberhujum, kiberterror akti, kiberjinoyat, kibermakon kabi tushunchalar

tafsiflanadi. Shuningdek, bugungi kunda kiberterrorizm tahdidi turli davlatlarni unga qarshi

kurashda hamkorlik qilishga ehtiyojining ortib borishida alohida o’rin tutadi.

Kalit sózlar:

kiberterrorizm, kiberhujum, kiberterror akti, kiberjinoyat, kibermakon, aqlli

qurilmalar, xatti-harakatlar, kiberkosmik, viruslar, virtual, shifr, kod, dezinformaciya, shaxs,

jamiyat.

МЕЖДУНАРОДНЫЙ ОПЫТ БОРЬБЫ С КИБЕРТЕРРОРИЗМОМ

Аннотация.

В статье рассматриваются такие вопросы, как кибертерроризм

имеет трансграничный характер, а его проявления могут ухудшать отношения между

странами, нарушать экономические и дипломатические отношения, препятствовать

деятельности

межгосударственных

организаций.

Для

осуществления

кибертеррористических действий могут использоваться разные методы, в основном

описаны

такие

понятия,

как

кибератака,

кибертеррористический

акт,

киберпреступность, киберпространство. Также сегодня угроза кибертерроризма

занимает особое место среди растущей потребности различных стран сотрудничать в

борьбе с ним.

Ключевые слова:

кибертерроризм, кибератака, кибертеррористический акт,

киберпреступность, киберпространство, интеллектуальные устройства, грубое

поведение, киберкосмос, вирусы, виртуальный, пароль, код, дезинформация, человек,

общество.

INTERNATIONAL EXPERIENCE IN COMBATING CYBERTERRORISM

Abstract.

The article discusses issues of the fact that cyber terrorism has a cross-border

nature, and its manifestations can worsen relations between countries, disrupt economic and


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1342

diplomatic relations, and hinder the activities of interstate organizations. Different methods can

be used to carry out cyberterrorist actions, mainly concepts such as cyberattack, cyberterrorist

act, cybercrime, cyberspace are described. Also, today, the threat of cyber-terrorism occupies a

special place in the increasing need of various countries to cooperate in the fight against it.

Key words:

cyberterrorism, cyberattack, cyberterrorist act, cybercrime, cyberspace,

smart devices, behavior, cyberspace, viruses, virtual, cipher, code, disinformation, person,

society.

KIRISH

Bugun har bir inson axborot texnologiyalari bilan chambarchas bog’liq, internetdan

foydalanuvchilar soni kundan-kunga ortib bormoqda. Yer yuzining deyarli istalgan nuqtasida

internetga ulanish imkoni mavjud. Biroq bu "virtual dunyo" turli kuchlar uchun terroristik,

ekstremistik tashviqotlar va g’oyalar, o’z qarashlarini ommaga targ’ib qilish, har xil jinoiy

to’dalar faoliyatini amalga oshirish yo’lida asosiy qurol sifatida ham qo’l kelmoqda. O’z

navbatida global va mintaqaviy xavfsizlikka nisbatan yangi tahdidlar, muammolar yuzaga

kelayapti.

Qayd etish o’rinli, kiberterrorizm yangi va o’rganilmagan jinoiy sohadir. Internet

tarmog’idagi ochiq manbalar orqali biologik, kimyoviy, hattoki yadro qurollarini tayyorlash

texnologiyalarini o’rgangan holda amalga oshirilayotgan terrorchilik harakatlari huquqni

muhofaza qiluvchi organlar e’tiborini tortmoqda. Saytlarni noqonuniy yo’llar bilan buzish orqali

kiberterrorchilar turli maxfiy ma’lumotlarni olish imkoniga ham ega bo’layotganini aytish joiz.

Tadqiqot metodologiyasi

Kiberterrorizm aslida axborot texnologiyalari ichki faoliyatiga noqonuniy aralashish,

kompyuterda mavjud dasturlar yoki ma’lumotlarni maqsadli ravishda yo’q qilish, zarar

keltirish, davlat organlarining muhim qismlari faoliyatini izdan chiqarish, shu bilan birga,

insonlar hayotiga xavf solish, moddiy zarar keltirish yoki ommaviy qo’rqitish, harbiy nizolar

kabi turli zararli oqibatlarni keltirib chiqarishga qaratilgan xatti-harakatdir.

Kiberterrorizm shiddat bilan o’sib borishining yana bir sababi, u qurol-yarog’

yordamida amalga oshiriladigan terrorchilik harakatidan arzonga tushadi, jangovar harakatlar,

xunrezliklar bo’lmaydi. Buzg’unchi harakatlar internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalangan

holda amalga oshiriladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1343

Internet tarmog’i o’zining ochiqligi, tezkorligi va tejamkorligi, nazoratning sustligi yoki

umuman yo’qligi, dunyo bo’ylab foydalanuvchilari borligi, axborotlarning tez va arzon yo’l

bilan to’liqligicha tarqalishi, hamfikr guruhlarni tashkil etish mumkinligi, aloqalarning anonim

ekani, asl manbani aniqlash imkoni yo’qligi, strategik ob’ektlar, harbiy tashkilotlar

kompyuterlariga noqonuniy ulanish imkoni mavjudligi, tarmoqlarning yashovchanligi bilan

terrorchi tashkilotlarni o’ziga jalb qilmoqda.

“Dunyoda terrorizm tahdidlari, ayniqsa, so’nggi yillarda kuchayib borayotgani ularga

qarshi, asosan, kuch ishlatish yo’li bilan kurashish usuli o’zini oqlamayotganidan dalolat

beradi”.[1]

Bugun terrorizm jangarilar yashirinib yurgan yoki bosh qarorgohlari joylashgan

muayyan davlat hududi bilan chegaralanib qolayotgani yo’q. Ular allaqachon kiberolamga

ko’chib ulgurishgan. Terrorchi tashkilotlar o’z saflarini kengaytirish hamda maqsadlariga

erishishda texnika va internetning so’nggi imkoniyatlaridan ustomonlik bilan foydalanayapti.

Shu yo’l bilan terrorchilik harakatlari, maqsad va vazifalari haqida ma’lumot berish, o’z g’oya

va mafkurasini omma orasida tarqatish bilan birga internet foydalanuvchilariga axborot-

psixologik ta’sir o’tkazish, odamlar o’rtasida vahima uyg’otish, terrorchilik harakatlarini

qo’llab-quvvatlash uchun mablag’ yig’ish, zaharli moddalar, portlovchi vosita va qurilmalar

hamda ularni tayyorlash texnologiyasini o’rgatish, terrorchilik tashkiloti safiga yangi a’zolarni

qabul qilish singari harakatlarni amalga oshirishmoqda.

Ushbu jihat keyingi 5-6 yilda dahshatli oqibatlar keltirgan IShID terrorchilik tashkiloti

faoliyatida yaqqol ko’rindi. Ular o’z tizimida g’oya va maqsadlarni targ’ib qilish bilan

shug’ullanuvchi mutaxassislarni birlashtirgan alohida tuzilma tashkil etishdi. Bugungi

kunda internetda tarqatilayotgan bu kabi ma'lumotlarning 80 foizi Yaqin Sharq hududlarida

faoliyat yuritayotgan terrorchi tashkilotlarga tegishlidir.

OAV ma’lumotlari tahlili hamda jabrlanuvchilarning iqrorlariga ko’ra, radikal

g’oyalarning tarqatilishi va tashkilotlarga yollash harakatlarining aksariyati "Facebook",

"Odnoklassniki", "Vkontakte", "Twitter", "Youtube" kabi ijtimoiy tarmoqlarda amalga

oshirilmoqda.

Hozir psixologik jihatdan ishlov berilgan, jangarilarning ekstremistik, aqidaparastlik

g’oyalari bilan yo’g’rilgan videoroliklari bilan bir qatorda mobil ilovayu, terrorchilar belgisi aks

ettirilgan buyumlarni sotib olish imkonini beruvchi elektron do’konlar ko’payib borayotgani ham

kiberterrorizmning tarkibiy unsurlariga aylangan.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1344

Biz ana shunday xavfdan ogoh bo’lishimiz, farzandlarimizni ularning ta’siridan har

tomonlama himoya qilishimiz lozim. [2]

Ekspertlarning xulosasiga ko’ra, bu rivojlanayotgan davlatlarning taraqqiyotiga

ko’maklashish, umuminsoniy demokratik tamoyillarni qaror toptirish niqobi ostida fuqarolar

ongiga ta’sir o’tkazish, ularni turli yo’llar bilan o’z maqsadlari sari bo’ysundirish orqali

amalga oshirilmoqda.

Afsuski, bu jarayonda kiberhujumlarni uyushtirish, bu yo’lda internet global

tarmog’ining mislsiz imkoniyatlaridan «samarali» foydalanishga urinishlar tobora avj

olmoqda.

Xususan, ular kiberjinoyatchilikka qarshi kurash faoliyatida O'zbekiston Respublikasi

va uning xalqini axborot texnologiyalari va kommunikaciyalari orqali amalga oshirilayotgan

yoki bunga imkon berayotgan shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini va ularning manfaatlari

tashqi hamda ichki kibertahdidlardan himoya qilinishini ta’minlash, mazkur sohada qonuniylik

va qonun ustuvorligini mustahkamlash, kiberjinoyatlar va kiberhuquq buzarliklarning oldini

olish, ularni aniqlash va barham berish kabi vazifalarni amalga oshirishi darkor.

Tahlil va natijalar

Shuningdek, kiberjinoyatlar va kiberhuquq buzarliklarni tergov qilish va ularni aniqlash,

bartaraf etish hamda oldini olish bo’yicha zarur qarorlar qabul qilish, kiberjinoyatchilikka

qarshi kurashish bo’yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok

etish, kiberterrorizm, kiberekstremizm, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish, davlat

organlari manfaatlariga hamda kiberxavfsizligiga tahdid soluvchi kiberhatarlarni aniqlash va

ularga qarshi kurashish, kiberjinoyatlar bo’yicha tergovga qadar tekshiruv va dastlabki tergovni

o’tkazish, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklariga

tahdid soluvchi kiberjinoyatlarning sodir etilishiga imkon yaratuvchi sabablar hamda shart-

sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish kabi muhim vazifalarni bajarishlari lozim.[3]

AQSh hukumatining xavfsizlik bo’yicha eksperti Richard Klark o’zining Cyber Warfare

kitobida (2010 yil may oyida nashr etilgan) yozganidek, “kiber urush - bu bir davlatning boshqa

davlatning kompyuterlari yoki tarmoqlariga zarar etkazish yoki zarar etkazish maqsadlariga

erishish uchun kirishi halokat”. Britaniyaning The Economist jurnali kibermakonni “quruqlik,

dengiz, havo va kosmosdan keyingi urushning beshinchi sohasi” [4] deb taʼriflaydi.

Kiberterrorizmga qarshi kurash siyosatining samaradorligi nafaqat ijtimoiy-siyosiy

tizimning barqarorligi virtual makondagi jarayonlar ustidan davlat nazzoratining rivojlanishi


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1345

ichki va tashqi ushbu segmentdagi huquqiy meyorlarga bog’liqdir. Ko’p jihatdan hukmron

elita va mahsus xizmatlarning vakillari tahlil qilingan hodisani tushunish uchun vositalarga ega

ekanligi bilan bog’liq bo’lib uni konceptual asoslarini tushunmasdan uslubiy jihatdan to’liq

o’rganish imkonini beradigan yondashuvlarni kengaytirib bo’lmaydi.

Kiberterrorizm- bu global tarmoqlarning nazoratsiz ishlatilishi davlat fuqarolik jamiyati

va maxsus xizmatlarning siyosatning ushbu segmentiga etarlicha etibor bermasligi kompyuter

dasturlari va tarmoqlariga yoki ulrdagi ma’lumotlarga hujumlarda namoyon bo’layotganligi

sababli ko’p qirrali hodisadir. Terrorizm faliyati subyektlarining maqsadlari va manfaatlariga

erishish yo’lida jamiyatda qo’rquv va umidsizlik muhitini yaratish uchun, unga qarshi samarali

kurashish uchun jahon hamjamiyatining say-harakatlarini birlashtirishni talab qiladi.

Xulosa va takliflar

Xulosa shuki, kiberterrorizmga qarshi kurashish bo’yicha samarali siyosatni ishlab

chiqish quyidagi asosiy yo’nalishlar bo’yicha amalga oshiriladi: ustuvor maqsadlarni (global

mintaqaviy, milliy) va voositalarni aniqlash, yuzaga kelishi mumkin bo’lgan kiberterrorizm

tahdidlarini aniqlash, aholini himoya qilish birinchi xalqaro infratuzimani yaratish va

muvofiqlashtirish maxsus antiterror dasturlarini xalqaro huquqni va boshqalarni ishlab chiqishni

o’z ichiga olgan kiberhujumlarga qarshi kurashish.

REFERENCES

1.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning BMT Bosh Assambleyasi 72-

sessiyasidagi nutqi. 19 sentyabr 2017 yil

2.

No’rmatov B. Kiberjinoyatchilik. Qashqadaryo gv.uz. ma’lumoti asosida.

Ijtimoiy. 17.03.2019

3.

Iminov A. Kiberjinoyatchilikka qarshi kiberxavfsizlik. 07.04.2022

4.

Clarke, Richard A. Cyber War, HarperCollins (2010)

References

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasidagi nutqi. 19 sentyabr 2017 yil

No’rmatov B. Kiberjinoyatchilik. Qashqadaryo gv.uz. ma’lumoti asosida. Ijtimoiy. 17.03.2019

Iminov A. Kiberjinoyatchilikka qarshi kiberxavfsizlik. 07.04.2022

Clarke, Richard A. Cyber War, HarperCollins (2010)