Authors

  • Inomjon Nabiyev
  • Oʻtkirjon Maxmudov
  • Robiya Oʻlmasova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.82262

Keywords:

Olma qurti meva barg faza feromon tutqich oltinko’z.

Abstract

Hozirgi vaqtga kelib dunyo aholisining soni ortib bormoqda va bi oziq-ovqat taqchiligi kabi muammolarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun qishloq xo‘jalik mahsulotlarini zararli organzimlardan himoya qilish dolzarb masalaga aylanmoqda. Maqolada olma qurti bioekologiyasi, zarari va unga qarshi biologk himoya qilish, feromon tutqichlar, oltinko‘z entomofagini qo‘llash, zararkunandalarga qarshi kurashda kimyoviy preparatlarni qo‘llash haqida ma’lumotlar berilgan.

background image

1764

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

O‘DK.35.1

OLMA QURTI VA UNGA QARSHI KURASHISH CHORA TADBIRLARINI

SAMARALI YO‘LLAR BILAN BARTARAF ETISH

Nabiyev Inomjon Ziyoviddin o‘g‘li

Toshkent davlat agrar universiteti talabasi.

inomjonnabiyev3477@gmail.com

Maxmudov Oʻtkirjon Toʻlqinjon oʻgʻli

Toshkent davlat garar universiteti mustaqil izlanuvchisi.

Oʻlmasova Robiya Karimjon qizi

Toshkent davlat garar universiteti talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15284235

Annotatsiya.

Hozirgi vaqtga kelib dunyo aholisining soni ortib bormoqda va bi oziq-

ovqat taqchiligi kabi muammolarni keltirib chiqaradi. Shuning uchun qishloq xo‘jalik

mahsulotlarini zararli organzimlardan himoya qilish dolzarb masalaga aylanmoqda. Maqolada

olma qurti bioekologiyasi, zarari va unga qarshi biologk himoya qilish, feromon tutqichlar,

oltinko‘z entomofagini qo‘llash, zararkunandalarga qarshi kurashda kimyoviy preparatlarni

qo‘llash haqida ma’lumotlar berilgan.

Kalit so’zlar:

Olma qurti, meva, barg, faza, feromon tutqich, oltinko’z.

EFFECTIVE WAYS TO ELIMINATE THE APPLE WORM AND MEASURES TO

COMBAT IT

Abstract.

Currently, the world's population is increasing, which causes problems such as

food shortages. Therefore, protecting agricultural products from harmful organisms is becoming

an urgent issue. The article provides information on the bioecology of the apple worm, its harm

and biological protection against it, the use of pheromone traps, the use of goldfish

entomophagous, the use of chemical preparations in pest control.

Keywords:

Apple worm, fruit, leaf, phase, pheromone trap, goldfish.

ЭФФЕКТИВНЫЕ СПОСОБЫ УНИЧТОЖЕНИЯ ЯБЛОЧНЫХ ЧЕРВЕЙ И МЕРЫ

БОРЬБЫ С НИМИ

Аннотация.

В настоящее время население мира увеличивается, что вызывает

такие проблемы, как нехватка продовольствия. Поэтому защита сельскохозяйственной

продукции от вредных организмов становится актуальной проблемой. В статье

приведены сведения о биоэкологии яблонной огневки, ее вредоносности и биологической

защите от нее, применении феромонных ловушек, использовании златоглазых

энтомофагов, применении химических препаратов в борьбе с вредителем.


background image

1765

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Ключевые слова:

яблонная огневка, плод, лист, фаза, феромонная ловушка,

золотая рыбка.

Kirish.

Dunyo miqyosida mevachilik ko‘plab mamlakatlar qishloq xo‘jaligida yetakchi

tarmoqlardan biri hisoblanadi. Jahonda har yili 5 million gektardan ortiq maydonda olma

yetishtiriladi. 2022 yilda uni yetishtirish hajmi 80 million tonnani tashkil etgan.

Respublikamiz

hududlarida barcha toifa xo‘jaliklari tomonidan 342 ming gektar maydonda meva va rezavorlar

parvarishlanib kelinmoqda. Bunda ham an’anaviy uslubdagi, ham intensiv bog‘dorchilik,

shuningdek, yaqinda yangi tashkil etilgan bog‘lar ham hisobga olinmoqda.

Shundan 2021-yilda hosil beradigan 233 ming gektar bog‘larda 2 852 ming tonna meva

va rezavorlar yetishtirildi. Jami bog‘larning 146 ming gektarini yoki 42,6 foizini olma bog‘lari

tashkil etadi. Shu bilan bir qatorda fermer xo‘jaliklarining jami 120,6 ming gektar olma

maydondaridan 31,6 ming gektari intensiv usulda parvarishlanadigan bog‘lardir.2021-yilda xosil

beradigan 111,5 ming gektar olma bog‘laridan terib olingan hosil 1238,2 ming tonnani tashkil

etdi.Shundan fermer xo‘jaliklaridagi 86,9 ming gektar hosil beradigan maydondan 827,3 ming

tonna, dehqon xo‘jaliklari va axoli tomorqalari olma maydolarinining hosil beradigan 24,6 ming

gektar maydonidan 410,9 ming tonna olma yetishtirilgan.

J

oylarda 2022-yilning iyul oyigacha

o‘tkazilgan monitoring natijalariga asosan respublikada 328 ming tonna olma yetishtirildi, bu

o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 27 foizga ko‘pdir. Har gektar yerdagi hosildorlik o‘rtacha 8-

10 tonnadan 12-13 tonnaga ko‘tarildi.

Yuqori mahsuldor va salbiy tashqi omillarga eng chidamli navlarni ekish, kasallik va

zararkunandalarga o‘z vaqtida ishlov berish, ekish va paravarishlashda zamonaviy

resurstejamkor texnologiyalarni joriy etish kabi agrotexnika tadbirlarining sifatli bajarilishi

hosildorlikning oshishiga turtki bermoqda. O‘z navbatida zamonaviy texnologiyalarning

qo‘llanilishi ekinlarning bir maromda va o‘z vaqtida sug‘orilishini, mikroelementlar bilan

boyitilishini ta’minlab, mineral o‘g‘itlar sarfini masalan, tomchilatib sug‘orishdan foydalanishda

kamaytirishga imkon yaratmoqda.

So‘nggi haftalarda havo haroratining keskin ko‘tarilib ketishi avvalo mevalarning

yetilishiga, birinchi navbatda o‘rtapishar va kechpishar navlarga sezilarli ta’sir o‘tkazdi.

Hosilning bir qismi deyarli bir oy oldin pishib yetildi.

Shu bilan birga olmaning kechki navlaridan “Renet Simirenko”, “Starkrimson”, “Fuji”

navlari o‘zining yuqori chidamliligi bilan ajralib turadi. Prognozlarga ko‘ra, ushbu navlarni

yetishtirayotgan fermer va dehqonlar yuqori hosil olish bilan birgalikda sifatli mahsulot

yetishtirishlari aniq.


background image

1766

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Respublikamizning turli mintaqalarida mahalliy olma navlarining mavjudligi hamda

xilma-xil introduksiya qilingan navlar olma narxi keskin o‘zgarishining oldini oladi. Olma

navlarining xilma-xilligi, pishib etilish muddatlari va vaqtidagi farq har bir yangi hosilni yig‘ib

olish va bozorlarga yetkazib berish muddati o‘rtasidagi oraliqlarni qisqartirib, narx barqarorligini

saqlashga yordam beradi.

Azaldan O‘zbekiston sharoitida olmaning tezpishar ko‘chatlari ekib kelingan, shundan

ma’lumki tez o‘suvchi va yarim pakana payvandtagdagi ko‘chatlarning tabiiy shakli mevalarni

quyosh urishidan himoyalaydi. Bu an’anaviy bog‘larga tegishli.

Intensiv bog‘dorchilikda shox-shabbasi kam, mevalari mo‘l bo‘lgan pakana

payvandtaglardan foydalaniladi. Intensiv usulda pakana payvandtagdagi olma ko‘chatlari maxsus

ustunlarga bog‘lanib, bog‘ning ustiga quyoshdan himoyalovchi to‘rlar tortiladi. Bu to‘rlar

mevani bir xil rangda pishib yetilishiga ham xizmat qiladi.

Bugungi kunda respublikaning dehqon bozorlarida olmaning o‘rtacha narxlari

8000 -

15000

so‘m/kgni tashkil qilayotgan bo‘lsa, 2021-yilda o‘rtacha

6000-8 000

so‘mni tashkil etgan.

Tadqiqot maqsadi.

Mazkur tadqiqotdan maqsad Toshkent viloyati Bo`stonliq tumanida

olma zararkunandalarini aniqlab ularga qarshi feromonlarni qo`llash choralarini olib borishdir.

Olma qurti

, olma mevaxoʻri (

Carpocapsa pomonella

) —

urugʻli mevalarning

zararkunandasi, barg oʻrovchi kapalaklar oilasidan. Olma, behi, nok,

baʼzan

oʻrik, shaftoli,

olxoʻri

mevalariga zarar yetkazadi. Mevaning

urugʻi

va eti bilan oziqlanadi. Olma qurti

kapalaklarining

qanotlari

yozilganida" 18–21 mm, oldingi qanotlari kulrang, kanotlari asosi va

uchi qoramtir; keyingi qanotlari och qoʻngʻir, oqish tukli. Soʻnggi yoshdagi

qurtlari 1

4–20 mm,

och pushti.

Gʻumbak

davrida daraxt poʻstlogʻi, toʻkilgan shoxshabba va

barglar

ostida,

tuproqning

yuza qavatida, meva omborlari devorlari kavagida, meva yashiklari tirqishlarida

qishlaydi. Erta bahorda olma gullaganda pilladan kapalak uchib chiqib, daraxt bargi va gullariga

tuxum qoʻyadi

. Tuxumlardan

6—8 kundan soʻng qurtlar chiqib, mevalarni zararlaydi.

Mavsumda 3—4-marta nasl beradi.

Olma qurti Respublikamizning Farg’ona vodiysi viloyatlarida 3 marta tog’ va tog’oldi

tumanlari sharoitlarida 2 marta avlod berib rivojlanadi.


background image

1767

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Bitta avlodi 4 yoshni boshdan kechiradi. Kapalagining uzunligi 18-21 mm keladi,

qanotlari to’q kulrang tuxumi dumaloq oq rangli, kattaligi 1mm atrofida. Qurtning uzunligi 17-

19 sm bo’lib, och sariq rangdan to och pushti ranggacha,g’umbagi esa 9-12sm uzunlikda

jigarrang tusda bo’ladi. Olma qurti oziqlanib bo’lgandan so’ng pilla o’rash uchun yashirin joyga

daraxtning po’stlog’idagi yoriqlar, kovaklar, ildiz atrofiva qisman daraxt tagidagi tuproq

atlamlariga tushadi shu pilla ichida qishlaydi. Bahorda birinchi kapalagining uchish davri “Renet

Simirenko” navli olmalar gullab bo’lgan vaqtga to’g’ri keladi.Shundan keyin 6-7 kun o’tgach

kapalagi g’umg’uj bo’lib uchib chiqadi. Ikkinchi avlod beradigan kapalagining ommaviy uchish

davri olma gullagandan 45-48 kun, uchinchi avlodiniki esa 92-96 kundan keyin boshlanadi. Erta

bahorda havo harorati 10C dan yuqori bo’lganda g’umbakka aylanadi.Olma gullagan vaqtda

g’umbakdan kapalaklar uchib chiqadi,qorong;I tushganda ular asosan daraxtlar atrofida uchib

turadi. Kapalagi bir nechta tuxum qo’yadi. Tuxuxmdan chiqqan qurtlar meaning eti va urug’i

bilan oziqlanadi. Qurtlarning 60-80% meva ichiga gul kosachi orqali meaning yoni va pastgi

yuzasidan kiradi.Qurtlar meva po’sti ostiga kirib meva etidan kamera ochadi va unung ichida

birmuncha vaqt oziqlanib turadi.So’ngra urug’ yuzasining ostidagi tomirlar tuguni orqali urug’

uyasiga o’tadi,meva sirtidan tomirlar tuguniga o’tish uchun burama yo’l ochadi.Xar bir qurt 25-

30 kun davomida oziqlanadi.Qurt rivojlanish davrining oxirida mevadan chiqib,g’umbakka

aylanishi uchun pastki shoxlarning asosiga yoki daraxtlar tanasiga o’rmalab boradi.Olamaning

qurt chiqqan joyi ko’pincha irib ketadi, olma ichiga kirgan teshigi esa po’kak bo’lib qoladi.Hosil

yeg’ib terib olinganda meva ichiga qolgan qurtlarning ko’pchiligi g’umbakka aylanish uchun

meva ichidan chiqadi.

Kurashish choralari. Feromon tutqichlardan foydalanish:

Olamazorlarni mevaxo’r

qurtdan o’z vaqtida himoya qilish maqsadida zararkunanda kapalagining uchish muddati

aniqlanib turiladi. Olma daraxtining rivojlanish davri kuzatib borilib, feromon tutqichlar ilib

qo’yiladi.Ular yordamida olma mevaxo’rining uchish davomiyligi aniqlanadi.Feromon tutqichlar

dastlab olmaning gullash arafasida qo’yiladi.

1.Bog’larda daraxtlarning gullash davrida gektariga 1 donadan olma mevaxo’ri

(Carpacapsa pomonela) ning erkak kapalaklarini ushlash uchun daraxt hoxlariga 1,5-2 metr

balandlikda feromon tutqich o’rnatish va ularning nazoratini olib borish.

2.Nazorat qilish quyidagicha amalga oshiriladi: feromon o’rnatilgandan keyin to birinchi

kapalak tushgancha har uch kunda ertalab, soat 8:00 gacha kuzatilib hisob qilinadi. Birinchi

kapalak aniqlanishi bilan har kuni ertalab,8:00 da feromon uchet qilanadi va ma’lumot

shnurlangan hisob qilish daftariga yozib boriladi.

Zararkunandalarga qarshi kurashda quyidagi preparatlardan biri qo’llaniladi: karbofos

yoki benzofosfat, zolon (100l suvga 200-300g hisobida) Preparatlar ularning turiga va bog’ning


background image

1768

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

yoshiga qarab, 1 gektar bog’ga 2,5-4,5 kg hisobida sarflanadi. Peretroid turkumiga oid

preparatlardan Fyuri 0,25l/ga, Talstar 0,4-0,6l/ga, Nurel-D 0,6-2kg/ga purkaladi

Tadqiqot usuli va natijalari.

Vizual diagnostik va zamonaviy elektron mikroskop

yordamida aniqlash.

1.Bog’larda daraxtlarning gullash davrida gektariga 1 donadan olma mevaxo’ri

(Carpacapsa pomonela) ning erkak kapalaklarini ushlash uchun daraxt hoxlariga 1,5-2 metr

balandlikda feromon tutqich o’rnatish va ularning nazoratini olib borish.

2.Nazorat qilish quyidagicha amalga oshiriladi: feromon o’rnatilgandan keyin to birinchi

kapalak tushgancha har uch kunda ertalab, soat 8:00 gacha kuzatilib hisob qilinadi. Birinchi

kapalak aniqlanishi bilan har kuni ertalab,8:00 da feromon uchet qilanadi va ma’lumot

shnurlangan hisob qilish daftariga yozib boriladi.

3.Olma qurtiga tuxumlari va 1-va 2-yoshdagi qurtlariga qarshi oltinko’zning

entomofagini 2 kunlik tuxumini va havo harorati o’rtacha 25-26C bo’lganda tarqatiladi. Intensiv

olma bog’larda olma qurtiga qarshi oltinko’z entomofagini 1;10 nisbatda qo’llash natijasida

yuqori biologic samaradorlikka erishiladi. Bog’dorchilikka ixtisoslashgan fermer xo’jaligi va

klasterlarda oltinko’z entomafagini 1:10 nisabtada qo’llash tavsiya etiladi.

Zararkunandalarga qarshi kurashda quyidagi preparatlardan biri qo’llaniladi: karbofos

yoki benzofosfat, zolon (100l suvga 200-300g hisobida) Preparatlar ularning turiga va bog’ning

yoshiga qarab, 1 gektar bog’ga 2,5-4,5 kg hisobida sarflanadi. Peretroid turkumiga oid

preparatlardan Fyuri 0,25l/ga, Talstar 0,4-0,6l/ga,Nurel-D 0,6-2kg/ga purkaladi.


background image

1769

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4

Xulosa

Intensiv olma bog‘larda olma mevaxo‘riga qarshi oltinko‘z entomafagini 1:10

nisbatda qo‘llash natijasida yuqori biologik samaradorlikka erishildi. Bog‘dorchilikka

ixtisoslashgan fermer xo‘jaligi va klasterlarda oltinko‘z entomafagini 1:10 nisbatda qo‘llash

tavsiya etamiz

REFERENCES

1.

”O’simliklar klinikasida bog’, tokzor va dala ekinlarining zararkunanda,kasalliklarining

aniqlash hamda qarshi kurashish usullari” I.K.Ergashev, B.E.Murodov, O.A.Sulaymonov,

B.S.Boltayev, A.R.Anarboyev Toshkent-2018 “Navruz” nashiryoti

2.

Kimkimsanboyev X.X, Bo’riyev X.CH, Boltayev B.S, Yusupov A.X, Nabiyev O.Y,

G’ulomov B. Esanboyev Sh.E “Boglarimiz zararkunandalari Toshkent -2001yil

3.

Nabiyev U.Y Tomorqa va dala hovlilardagi bog’ tokzorlarni zarakunanda va kasalliklari

1991

4.

Sh.T Xo’jayev Umumiy va qishloq xo’jalik entomologiyasi hamda uyg’unlashgan himoya

qilish tizimining asoslari Toshkent 2019 yil

5.

Sh.T Xo’jayev “ O’simliklarni zararkunandalardan uyg’unlashgan himoya qilish hamda

toksikologiya asoslari Toshkent 2014yil

6.

Esanbayev. Sh ”Entomologiya” Toshkent 2022 yil

7.

www.agro.uz

References

”O’simliklar klinikasida bog’, tokzor va dala ekinlarining zararkunanda,kasalliklarining aniqlash hamda qarshi kurashish usullari” I.K.Ergashev, B.E.Murodov, O.A.Sulaymonov, B.S.Boltayev, A.R.Anarboyev Toshkent-2018 “Navruz” nashiryoti

Kimkimsanboyev X.X, Bo’riyev X.CH, Boltayev B.S, Yusupov A.X, Nabiyev O.Y, G’ulomov B. Esanboyev Sh.E “Boglarimiz zararkunandalari Toshkent -2001yil

Nabiyev U.Y Tomorqa va dala hovlilardagi bog’ tokzorlarni zarakunanda va kasalliklari 1991

Sh.T Xo’jayev Umumiy va qishloq xo’jalik entomologiyasi hamda uyg’unlashgan himoya qilish tizimining asoslari Toshkent 2019 yil

Sh.T Xo’jayev “ O’simliklarni zararkunandalardan uyg’unlashgan himoya qilish hamda toksikologiya asoslari Toshkent 2014yil

Esanbayev. Sh ”Entomologiya” Toshkent 2022 yil

www.agro.uz