Authors

  • Sabrina Ismatova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.82826

Keywords:

O‘zbekiston Respublikasi Konistitutsiyasi 81-modda 82-modda so‘z erkinligi OAV Konstitutsiya jurnalist haqiqat mas’uliyat senzura axborot huquq adolat ishonch axloq jamiyat xalq davlat bloger qonunchilik OAV erkinligi axborot olish huquqi senzurasiz faoliyat axborot ishonchliligi davlat nazorati taraqqiyot shaxs sha’ni milliy manfaatlar

Abstract

Tarix davomida minglab imperiyalar qulagan. Ba’zilar qurollar bilan, ba’zilar esa — so‘z bilan. Volter “Men sizning fikringizga qo‘shilmasligim mumkin, ammo uni aytish huquqingizni o‘limgacha himoya qilaman” degan edi. Bugun biz ham shu huquq uchun yashayapmiz.

background image


Aprel, 2025-Yil

635

Jahon iqtisodiyoti va

diplomatiya

universiteti

University of world

economy and

diplomacy

O‘zbekiston

Respublikasi Tashqi

ishlar vazirligi

Ministry of Foreign

Affairs of Uzbekistan

OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI- IMKONIYAT

Ismatova Sabrina

Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti xalqaro huquq fakulteti 1-bosqich talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15298719

Kalit so‘zlar:

O‘zbekiston Respublikasi Konistitutsiyasi 81-modda; 82-modda, so‘z

erkinligi, OAV, Konstitutsiya, jurnalist, haqiqat, mas’uliyat, senzura, axborot, huquq, adolat,

ishonch, axloq, jamiyat, xalq, davlat, bloger, qonunchilik, OAV erkinligi, axborot olish huquqi,

senzurasiz faoliyat, axborot ishonchliligi, davlat nazorati, taraqqiyot, shaxs sha’ni, milliy

manfaatlar

Ключевые слова:

свобода слова, СМИ, Конституция, журналист, правда,

ответственность, цензура, информация, право, справедливость, доверие, мораль,

общество, народ, государство, блогер, законодательство, свобода СМИ, право на

получение информации, деятельность без цензуры, достоверность информации,

государственный контроль, прогресс, честь личности, национальные интересы

Key words:

freedom of speech, media, Constitution, journalist, truth, responsibility,

censorship, information, right, justice, trust, morality, society, people, state, blogger, legislation,

media freedom, right to access information, censorship-free activity, information reliability, state

control, development, personal dignity, national interests

Tarix davomida minglab imperiyalar qulagan. Ba’zilar qurollar bilan, ba’zilar esa — so‘z

bilan. Volter

“Men sizning fikringizga qo‘shilmasligim mumkin, ammo uni aytish huquqingizni

o‘limgacha himoya qilaman”

degan edi. Bugun biz ham shu huquq uchun yashayapmiz.

O‘zbekiston Konstitutsiyasi xalqimizga eng oliy ne’mat — so‘z erkinligini berdi. Bu

erkinlikning eng yorqin ko‘rinishi esa — ommaviy axborot vositalaridir.


background image


Aprel, 2025-Yil

636

“Erkin so‘z bor joyda – haqiqat yashaydi. Haqiqat yashagan yurtda esa adolat g‘olib

bo‘ladi.” Tasavvur qil: sening ovozing bor. Uni millionlab odamlar eshitmoqda. U sening

fikringni, dardingni, haqiqatga bo‘lgan intilishingni ifodalayapti. Bu ovoz – seniki. Bu – so‘z

erkinligi. Endi tasavvur qil: bu ovozni hech kim to‘xtata olmaydi, senzura chetda, haqiqat esa

oldinda.

“Axborot erkinligi prinsiplari to‘g‘risida”gi Qonun

(2002-yil 12-dekabr)

4-modda. Axborot erkinligining asosiy prinsiplari

O‘zbekiston Respublikasida axborot erkinligi quyidagi prinsiplarga asoslanadi:

so‘z erkinligi va axborot olish erkinligi;

axborotni izlash, olish, tayyorlash, saqlash, uzatish va tarqatish erkinligi;

axborot manbalarini tanlashda erkinlik;

senzura yo‘qligi;

axborot huquqlarini qonuniy himoya qilish.

1

Bu – Konstitutsiyaning bizga hadya qilgan kuchi. Bu – OAV orqali haqiqatni gapira olish

imkoniyati. Bugun biz o‘zimiz guvoh bo‘layotgan taraqqiyot va yangilanishlar davrida

yashayapmiz. Har bir islohotning markazida inson huquqlari, erkinliklari, so‘z va fikr mustaqilligi

turibdi. Bu erkinliklar faqat shiorlarda emas – ular bizning asosiy qonunimizda,

Konstitutsiyamizda

muhrlangan. Ayniqsa, ommaviy axborot vositalari (OAV) bugungi kunda

haqiqatni yorituvchi mayoq, jamiyat vijdoni, fuqarolarning ko‘z-u qulog‘iga aylangan. Ammo bu

qudrat so‘z orqali bo‘ladi. So‘z esa — yolg‘on va rost, adolat va nohaqlik o‘rtasidagi chiziqni

ajrata oladigan eng kuchli quroldir.

81-modda

. Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ish olib boradilar.

Davlat ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini, ularning axborotni izlash,

olish, undan foydalanish va uni tarqatishga bo‘lgan huquqlari amalga oshirilishini kafolatlaydi.

Ommaviy axborot vositalari o‘zi taqdim etadigan axborotning ishonchliligi uchun

javobgardir.

2

Bu moddada

ikki muhim tushuncha

yotadi:

erkinlik

va

mas’uliyat

. OAV vakillari –

jurnalistlar, blogerlar, tahlilchilar – bu erkinlikni ifodalaydigan, uni real hayotga olib chiqadigan,

xalq nomidan so‘z yuritadigan insonlardir. Shu bilan birga, 1997-yilda qabul qilingan, 2020-yilda

yangi tahrirda tasdiqlangan

“Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonun

OAV

1

https://lex.uz/docs/-52268

2

https://lex.uz/docs/-6445145


background image


Aprel, 2025-Yil

637

faoliyatining huquqiy asoslarini belgilab berdi. Unda jurnalistlarning axborot olish huquqi,

senzurasiz faoliyat yuritishi, hamda ularning huquqiy himoyasi mustahkamlangan.

5-modda. Ommaviy axborot vositalarining erkinligi

Har kim, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, ommaviy axborot

vositalarida chiqish, o‘z fikri va e’tiqodini oshkora bayon etish huquqiga egadir.

Davlat ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini, ularning axborotni izlash,

olish, undan foydalanish va uni tarqatishga bo‘lgan huquqlari amalga oshirilishini, ommaviy

axborot vositalarining mulk huquqini, davlat organlarining g‘ayriqonuniy qarorlaridan, ular

mansabdor shaxslarining g‘ayriqonuniy harakatlaridan (harakatsizligidan) himoya qilinishini

kafolatlaydi. Ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga to‘sqinlik qilish yoki aralashish

taqiqlanadi.

Ommaviy axborot vositalari qonunchilikka muvofiq axborotni izlash, olish, tadqiq etish,

tarqatish, undan foydalanish, uni saqlash huquqiga ega hamda tarqatilayotgan axborotning

xolisligi va ishonchliligi uchun belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.

5

1

-modda. Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash

Davlat ommaviy axborot vositalarini quyidagi yo‘llar bilan qo‘llab-quvvatlashi mumkin:

soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlar va tariflar bo‘yicha imtiyozlar hamda

preferensiyalar berish;

davlat subsidiyalari, davlat grantlari va davlat ijtimoiy buyurtmalari tizimi orqali

moliyaviy qo‘llab-quvvatlash;

moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab

chiqish va amalga oshirish;

tahririyatlar xodimlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash;

ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armalari faoliyatini tashkil etish;

tahririyatlar xodimlarini tayyorlashga, qayta tayyorlashga va ularning malakasini

oshirishga ko‘maklashish.

Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashdan ommaviy axborot

vositalarining mustaqil kasbiy faoliyatini cheklab qo‘yish uchun foydalanilishi mumkin emas.

3

Ammo so‘z erkinligi – bu cheksiz erkinlik degani emas.

Shaxs sha’ni, qadr-qimmati,

milliy manfaatlar, axloqiy me’yorlar

bu erkinliklar chegarasini belgilab beradi.

OAV – mas’uliyatli kuch: hayotiy misollar orqali

3

https://lex.uz/docs/-1106870


background image


Aprel, 2025-Yil

638

2021-yilda bir onaning murojaati ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. U farzandi uchun hayot-

mamot masalasida yordam so‘radi. Mahalliy telekanallar bu holatni yoritdi. Tez orada tibbiyot

muassasalari, homiylar va davlat vakillari harakatga tushdi. Bolaga davo topildi, oila esa

minnatdor bo‘ldi. Bu oddiy voqea emas. Bu – OAVning inson hayotiga ta’sir o‘tkaza oladigan

darajadagi kuchi. Yana bir hayotiy misol, 2023-yilda qaysidir tuman hokimligi budjet

mablag‘larini maqsadsiz sarflagani haqida maqola chiqqanidan so‘ng, Davlat moliyaviy nazorat

xizmati tekshiruv o‘tkazdi. OAV orqali yoritilgan dalillar asosida mas’ul shaxslar javobgarlikka

tortildi. Tog‘li hududdagi bir qishloqda maktab binosi yaroqsiz edi. Bolalar qorli kunlarda adashib

tushgan qushlar kabi darsda qaltirab o‘tirardi. Bu holatni hech kim eshitmasdi. Hech kim

ko‘rmasdi. To u haqida bir jurnalist yozmaguncha. Shundan so‘ng hokimiyat harakatga keldi,

maktab ta’mirlandi, bolalar kulib o‘qishga kirdi. Bu – OAV kuchi. Bu – so‘zning hayotga aylangan

qudratidir. Bu – Konstitutsiyada mustahkamlangan huquqning real ifodasidir.

Bu — Konstitutsiyada belgilangan

so‘z erkinligi va jamiyat ustidan jamoatchlik

nazorati

amalda qanday ishlashining yorqin namunasidir.

Bugun har kim jurnalist, har kim bloger. Telegramda, Instagramda, YouTube'da, hatto

oddiy statusda ham odamlar fikr bildiradi, voqelikni baholaydi.

“Jurnalistlik faoliyatini himoya

qilish to‘g‘risida”gi Qonun

(1997-yil 24-aprel)

3-modda. Jurnalistning huquqlari

Jurnalist quyidagi huquqlarga ega:

axborotni erkin izlash, olish, tahlil qilish, tarqatish;

davlat organlari va boshqa tashkilotlarga murojaat qilish;

senzurasiz faoliyat yuritish;

jurnalistik faoliyati tufayli ta’qib qilinmaslik.

4

Lekin bu imkoniyatlar insonning ichki madaniyati, axloqiy mezoni bilan uyg‘unlashmasa,

so‘z kuch emas, qurolga aylanadi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks.

40-1-modda. Ommaviy axborot vositalaridan noto‘g‘ri foydalanish

“Ommaviy axborot vositalari orqali yolg‘on axborot tarqatganlik, fuqarolarning sha’niga

va qadr-qimmatiga tajovuz qilganlik uchun javobgarlik belgilanadi.

5

” Yolg‘on xabarlar, g‘iybat,

bo‘hton va noto‘g‘ri tahrirlangan ma’lumotlar odamlar orasida shubha, adovat va ijtimoiy

beqarorlik keltirib chiqaradi.

4

https://lex.uz/docs/-9540

5

https://lex.uz/acts/-97664


background image


Aprel, 2025-Yil

639

Shuning uchun OAV vakili bo‘lish – bu nafaqat huquq, balki

insoniy va fuqarolik

mas’uliyati

dir. Jurnalist – bu jamiyatga halollik, haqqoniylik va obro‘ olib kiradigan shaxsdir.

Uning yozgan har bir satri, chiqargan har bir lavhasi– bu tarix uchun qoldirilgan izdir.

So‘z – bu foniy dunyoda insonning eng kuchli qurolidir. U bilan ko‘ngilni da’vo qilsa

bo‘ladi, yurtni qutqarsa bo‘ladi, yurakni ham o‘ldirsa bo‘ladi. Konstitutsiyamiz bizga bu so‘zni

ishlatishga huquq berdi. Endi navbat bizda – uni mas’uliyat bilan, xalq, davlat va haqiqat yo‘lida

ishlatish bizning burchimiz. Bugungi OAV – nafaqat yangiliklar manbai, balki xalq ishonchini

qozonayotgan, adolat uchun xizmat qilayotgan, davlat va jamiyat o‘rtasida ko‘prik bo‘layotgan

kuchli institutdir. Konstitutsiyamiz bu ko‘prikni mustahkamlab, unga qonuniy poydevor berdi.

Demak, bugun har bir OAV vakili, har bir erkin so‘z egasi Konstitutsiyaning ruhini,

mohiyatini, va xalq irodasini o‘z qalbida, qalami va kamerasi ortida asrashga mas’uldir.

So‘z erkinligi — bu shunchaki bir huquq emas, balki jamiyatning ong darajasi, taraqqiyot

mezoni va davlat bilan xalq o‘rtasidagi ishonch ko‘prigidir. O‘zbekiston Respublikasi

Konstitutsiyasi va “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonun har bir fuqaro, jurnalist,

bloger va axborot tarqatuvchi shaxsga bu erkinlikni nafaqat tan oladi, balki uni qonuniy asosda

himoya qiladi. Biroq bu erkinlik cheksiz emas — uning chegara va mezonlari bor: bu — shaxs

sha’ni, axloqiy qadriyatlar va milliy manfaatlardir. Bugungi OAV — yolg‘on va rost, adolat va

nohaqlik o‘rtasidagi chiziqni belgilab beruvchi, jamiyat muammolariga nur sochuvchi, haqiqatni

yorituvchi kuchli mayoqdir. U so‘z orqali inson taqdiriga, jamiyat taraqqiyotiga va davlat

siyosatiga ta’sir ko‘rsata oladigan kuchli vositaga aylangan. Biroq har bir kuch bilan birga

mas’uliyat ham keladi. OAV vakillari – bu nafaqat haqiqatni aytuvchilar, balki xalq ishonchini

yelkalarida ko‘tarib boruvchilardir. Har bir chiqish, har bir maqola, har bir lavha – bu tarix uchun

yozilayotgan izdir, haqiqat nomidan yozilayotgan haqiqatdir. Shu bois, so‘z erkinligi – bu xalqga

xizmat qilish, jamiyatda ijobiy o‘zgarishlar qilish, adolatni tiklash va haqiqatni yoritishdek

muqaddas vazifadir. Bu erkinlik, Konstitutsiya orqali bizga ishonib topshirilgan imkoniyat emas,

balki har birimiz bajarishga majbur bo‘lgan burchdir. Bugungi kunda OAV davlat va xalq

o‘rtasidagi eng muhim vosita, jamiyat vijdoni va adolat timsolidir. Uni asrash, rivojlantirish va uni

mas’uliyat bilan boshqarish esa har birimizning fuqarolik vazifamizdir.

So‘z erkinligi faqat bugungi kunning emas, balki kelajak avlodlar taqdirini belgilovchi

asosiy omillardandir. Bugun biz so‘z erkinligi, axborotga erkin kirish huquqi, jurnalistlarning

xavfsizligi va OAV erkin faoliyati haqida gapirar ekanmiz, aslida ertangi jamiyatimizning

intellektual poydevorini barpo etayapmiz.


background image


Aprel, 2025-Yil

640

Har bir yosh jurnalist, har bir bloger yoki oddiy fuqaro o‘z fikrini erkin ifoda etish orqali

nafaqat o‘z pozitsiyasini bildiryapti – u jamiyatga fikrlash, tanqid qilish va yaxshilanishga intilish

madaniyatini olib kirmoqda. Bugun boshlangan bir maqola, efirga uzatilgan bir lavha yoki ijtimoiy

tarmoqlardagi oddiy status ertaga muhim qarorlar, chuqur islohotlar va dolzarb o‘zgarishlarga

sabab bo‘lishi mumkin.

Bu jarayonda OAV faqat kuzatuvchi emas – u ishtirokchi, o‘zgarishlar lokomotivi.

Shuning uchun har bir so‘z, har bir e’lon qilingan axborot mas’uliyat bilan, haqiqatga

tayanib va xalq ishonchini qozonish niyatida berilishi shart.

Bugun biz axborot asrida yashayapmiz. Har bir xabar, har bir so‘z, har bir fikr nafaqat

qalblarga, balki jamiyat ongi va kelajagiga ham ta’sir qilmoqda. Shunday bir sharoitda so‘z

erkinligi – bu oddiy huquq emas, balki ulkan javobgarlik, yuksak mas’uliyat, teran fikrlash

madaniyatidir. O‘zbekiston konstitutsiyasi va tegishli qonunlar bilan so‘z erkinligi muqaddas

qadriyat sifatida e’tirof etilgan. Lekin bu erkinlik – yolg‘onni haqiqatdek ko‘rsatish,

manipulyatsiya qilish, yoki shaxs sha’ni va qadriyatlariga tajovuz qilish degani emas.

Bu erkinlik – fikr bildirish orqali ijobiy o‘zgarish qilish, jamiyatni uyg‘otish, haqiqatni

himoya qilish imkoniyatidir. Bugun yurtimiz yoshlari qo‘lida qudratli qurol – axborot bor. Endi

bu axborotni qanday ishlatish – xalq dardi bilan yashashmi yoki tumanli provokatsiyalarda

yo‘qolib ketishmi – bu tanlov yoshlarning o‘z qo‘lida. So‘z erkinligi degani – istagancha so‘kish,

tanqid qilish, ayblash emas. So‘z erkinligi – haqiqatni og‘riq bilan aytish, rost so‘z bilan jamiyatni

tuzatish, fikr orqali jamiyatga nur sochish demakdir. Yoshlarga kerak bo‘lgan narsa – ma’naviyatli

fikr, huquqiy tafakkur, ijtimoiy mas’uliyat. Chunki bugun so‘z bilan qurilgan jamiyat, ertaga

e’tiqod, madaniyat va taraqqiyotning asosiga aylanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

https://lex.uz/docs/-52268

2.

https://lex.uz/docs/-6445145

3.

https://lex.uz/docs/-1106870

4.

https://lex.uz/docs/-9540

5.

https://lex.uz/acts/-97664

References