ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1515
INGLIZ, O‘ZBEK VA NEMIS TILLARI ILK DAVRLARI FONOLOGIYASINING
FARQLARI VA UMUMIY XUSUSIYATLARINING DIAXRONIK TAHLILI
Mashrabboyeva Maxliyoxon Raxmatulla qizi
Filologiya fanlari
Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari institute talabasi.
Tel: +998-93-053-62-31
Email:
mahliyomashrabboyeva7@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15305273
Annotatsiya.
Mazkur maqolada O’zbek, Ingliz va Nemis tillarining nazariy fonologiya
sohasining kelib chiqishi tarixi ilk bosqichidagi umumiy va o’ziga hos jihatlari yuqoridagi tillar
doirasida qiyosiy tahlil qilingan. Ushbu tadqiqotni olib borishda tipologik va chog’ishtirma
metodlardan foydalanildi. Unda Eski ingliz va qadimgi yuqori nemistillari, rivojlanish davridagi
katta farqqa qaramay, fonologik sathi bir-biriga o’xshashligi, qadimgi turkiy til esa so’z
urg’usining beqarorligi bilan farqlanishi o’rganildi. Tillarni diaxronik fonologiyasini
qiyoslashga qaratilgan izlanishlar najtijasida tilshunoslar va o’quvchilarga turli fonologik
qoidalarga ega tillarni o’rganish yoki tarjima qilishdagi qiyinchiliklarni tushunishi yanada
osonlashadi.
Kalit so’zlar.
Fonologiya, unlilar, undoshlar, so’z urg’usi, eski ingliz tili, qadimgi yuqori
nemis tili, qadimgi turkiy til.
DIACHRONIC ANALYSES OF THE DIFFERENCES AND GENERAL FEATURES OF
PHONOLOGY OF EARLY ENGLISH, UZBEK AND GERMAAN LANGUAGES
Abstract.
This article provides a comparative analysis of the general and specific aspects
of the early stages of the history of the emergence of theoretical phonology in the Uzbek, English
and German languages within the framework of the above languages. Typological and
comparative methods were used in conducting this study. It was studied that Old English and
Old High German, despite the great difference in the period of development, are similar in
phonological level, and Old Turkic is distinguished by the instability of word stress. The results
of research aimed at comparing the diachronic phonology of languages will make it easier for
linguists and students to understand the difficulties in studying or translating languages with
different phonological rules.
Keywords
: Phonology, vowels, consonants, word stress, Old English, Old High German,
Old Turkic.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1516
ДИАХРОНИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ РАЗЛИЧИЙ И ОБЩИХ ЧЕРТ ФОНОЛОГИИ
РАННИЙ АНГЛИЙСКОГО, УЗБЕКСКОГО И НЕМЕЦКОГО ЯЗЫКОВ
Аннотация
. В данной статье дается сравнительный анализ общих и частных
сторон ранних этапов истории становления теоретической фонологии в узбекском,
английском и немецком языках в рамках вышеуказанных языков. При проведении данного
исследования использовались типологический и сопоставительный методы. Изучено, что
древнеанглийский и древневерхненемецкий языки, несмотря на большую разницу в периоде
развития, схожи на фонологическом уровне, а древнетюркский отличается
неустойчивостью словесного ударения. Результаты исследований, направленных на
сравнение диахронической фонологии языков, облегчат лингвистам и студентам
понимание трудностей при изучении или переводе языков с разными фонологическими
правилами.
Ключевые слова
: фонология, гласные, согласные, словесное ударение,
древнеанглийский, древневерхненемецкий, древнетюркский.
Kirish.
Jahon tilshunosligida hozirgi zamonga kelib, ayniqsa, og‘zaki nutqni o‘rganish masalasi
muhim ahamiyat kasb qilmoqda. Bu holat xorijiy tillardagi fonologik birliklarni chuqurroq
tushunish, va ularning o‘zbek tili bilan farqli va o‘xshashlik jihatlarini o‘rganishga bo‘lgan talab
kuchayishiga sabab bo‘ldi. Tilning fonologik birliklarini, kelib chiqishini o‘rganish chet tillarini
o‘qitishda kelib chiqadigan nutq muammolarini hal qilishda muhim ro‘l kasb etadi. Ammo,
aynan ingliz, o‘zbek va nemis tillari fonologiyasini qiyosiy-diaxronologik tahlili bo‘yicha olib
borilgan tadqiqot ishlari
kamchilikni tashkil qiladi.
Bu maqolada ingliz, o‘zbek va nemis tillari fonologik kelib chiqishining dastlabki
bosqichidagi tafovut va o‘xshashlik tomonlarini yoritib berishni bosh maqsad qilib qo‘yilgan. Bu
izlanishlarni tahlil qilish orqali esa chet til
o‘qituvchilari yanada samarali o‘qitish metodlari va
yuqori sinf o‘quvchilarning og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishda yordam beradigan
usullarni ishlab chiqishlari mumkin.
Ingliz, o‘zbek va nemis tillari fonologiyasining tarixini o‘rganishdagi murakkablik bir
qancha omillar, jumladan, til xilma-xilligi, tarixiy ta’sirlar va mavjud manbalar bilan bog‘liqdir.
Ular turli xil til oilalariga mansubligi sababidan ulardagi fonologik tizimlar tubdan farq
qiladi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1517
Bu esa o’quvchilardan alohida fonetik va fonologik tamoyillarni tushunishni talab qiladi.
Fonologiya bo’yicha avval olib borilgan tadqiqotlar asosan tilning fonologik tarixini
individual tarzda o’rganishlikka qaratilgan, ammo ingliz, o’zbek va nemis tillari fonologiyasi
tarixini qiyosiy-tipologik tahlil qilish biroz e’tibordan chetda qoldirilgani uchun ushbu maqola
aynan shu bo’shliqni to’ldirishga qaratilgan izlanishlarni yoritib beradi.
Yuqorida keltirib o’tilgan bo’shliqlarni to’ldirish orqali tilshunoslar va o’qituvchilar
uchun ushbu tillar talaffuzidagi farq va bu tafovutlar orqali kelib chiqadigan qiyinchiliklarni
tushunish va ularni samarali hal etish yanada osonlashadi. Bundan tashqari tillarning diaxronik
fonologiyasini qiyoslash sotsiologiya, tarix va antropologiya kabi fanlar taraqqiyotiga ham ulkan
hissa qo’shadi.
Metod va tafvsiyalar
Ushbu maqolada ingliz, o‘zbek va nemis tillari fonologiyasi dastlabgi bosqichini
tipologik va chog‘ishtirma metodlar orqali M.Xasanova, B. Tursunov , T.A Rastorguyevalar kabi
tadqiqotchilarning izlanishlari natijalaridan foydalangan holda yoritib berildi.
Ingliz tili tarixini to‘rt bosqichga:eski ingliz tili, o‘rta ingliz tili, erta zamonaviy ingliz tili
va zamonaviy ingliz tili davrlariga bo‘linadi. Nemis tili uchun evalutsiya bosqichlari qadimgi
yuqori nemis tili, o‘rta yuqori nemis tili, ilk yangi yuqori nemis tili va yangi yuqori nemis tili
davrlarini tashkil etadi. O‘zbek tilida esa ular qadimgi turkiy davr, eski o‘zbek davri, eski o‘zbek
yozma davri va yangi o‘zbek tili davrlarini o‘z ichiga oladi. Har bir davrda til fonologiyasida
sezilarli o’zgarishlarni ko’rishimiz mumkin.
Eski ingliz tili Britaniyada miloddan avvalgi 5-asrlarda German qabilalaridan
hisoblangan Angl, Sakson va Yut qabilalari kelishi bilan shakllana boshladi. Ularning tili
German tillar oilasiga mansub bo’lib hozirgi zamonaviy ingliz tilidan farq qilgan. Eski ingliz tili
fonologiyasida urg’u dinamik hususiyatga ega bo’lgan. So’zlarda urg’u asosan o’zakning
birinchi bo’g’iniga tushgan.
1
(R.V. Reznik, 2003):
aga
`
ne
(gone)
he
`
afod
(head)
cy
`
ning
(king) kabi.
Qo’shma so’zlarda asosiy so’z urg’usi qo’shma so’zning birinchi qismining ilk bo’giniga,
ikkinchi darajali urg’u esa ikkinchi qismning birinchi bo’g’iniga tushishi kuzatilgan:
Sci`p-ra`p (ship-rope) so’zidagi scri`p asosiy urg’u, ra`p ikkinchi darajali urg’udir.
1
R.V. Reznik, T. C. Sorokina.
A history of English language.-
Maskkov: Maskov,2003.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1518
He`ah-cli`f (high cliff) so’zidagi he`ah asosiy urg’u, cli`f esa ikkinchi darajali urg’u.
Deyarli old qo’shimchalarning bari eski ingliz tilida urg’usiz bo’gin hisoblangan (ge-,be-,
for-,a-).
Eski ingliz tili boy unlilar tizimiga ega bo’lib, uzun va qisqa unlilar, monoton va
diftonlar, old, orqa va lablangan unlilar kabi kategoriyalarga bo’lingan. Unlilar so’zdagi
joylashgan o’rniga ko’ra urg’u olgan. Urg’usiz bo’g’inlarda uzun monoton yoki diftonlar ishtirok
etishmagan, bunday o‘rinlardan faqat qisqa unlilar joy olgan. Har bir uzun unlini o‘zining qisqa
jufti bo‘lgan. Bundan kelib chiqadiki, unlilar so‘zdagi o‘rniga ko‘ra uzun va qisqa unlilarga
ajratilgan.
Qisqa unlilar: a o e u i æ y ea eo
Uzun unlilar: ā ō ē ū ī ǽ ý ēo ēa
Unlining uzunligi fonemik vazifa bajargan, ya’ni so‘zlarni bir-biridan farqlashga hizmat
qilgan.
metan (to meet, to measure) – mētan (to meet)
pin (pin) – pīn (pain)
God (god) – gōd (good)
ful (full) – fūl (foul)
Undoshlar juda kam sonni tashkil etgan, bugungi kunda uchraydigan ayrim undoshlar
([∫], [з], [t∫], [dз]) eski ingliz tilida mavjud bo‘lmagan. Undoshlar tizimi esa jarangli va jarangsiz
undoshlar, frikativlar (/f, v, θ, ð, s, z/), burun undoshlari (/m,n/), va to‘xtalishlar (/ p, b, t, d, k)ni
o’z ichiga olgan.
Qadimgi yuqori nemis tili fonologiyasiga to’xtalsak, u boshqa german tillari va hatto
g’arbiy german tillaridan ham udoshlarni ikkinchi siljishga egaligi bilan farq qilgan.
2
(Tursunov,
2006)
So’z urg’usi huddi eski ingliz tilidek barqaror, so’z o’zagining birinchi bo’g’iniga
tushgan
(her`za – yurak)
. Qoshma so’zlardagi urg’u ham muqobil tarzda birinchi qismning ilk
bo’g’inidan joy olgan ( bro`t – hu`s “nonvoyxona”). Old qo’shimcha va sufikslar asosan urg’usiz
bo’g’in sifatida hizmat qilgan:
old qo’shimchalar: bi-, ur-, ir-, ga-
sufikslar: -unga, -lih
2
Tursunov, Berdiqulov.
NEMIS TILI TARIXI.
-Samarqand:Samarqand, (2006).
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1519
Qadimgi yuqori nemis tili unlilar sistemasida ham eski ingliz tilidek uzun va qisqa
unlilar, diftonlar va monoftonlar, lablangan va lablanmagan unlilar kabi kategoriyalarga
ajratilgan. Bundan tashqari qadimgi yuqori nemis tilida unlilar hosil bo’lish o’rniga ko’ra oldi,
o’rta, va orqa unlilar guruhlariga ajratilgan:
Qisqa unlilar:
1.old unlilar:
- /i/ (e.g., *niht*)
- /e/ (e.g., *nest*)
- /æ/ (e.g., *fater*)
2.o’rta unlilar:
- /a/ (e.g., *tag*)
3.orqa unlilar:
- /u/ (e.g., *sun*)
- /o/ (e.g., *holz*)
Uzun unlilar:
1. old unlilar:
- /iː/ (e.g., *wīh*)
- /eː/ (e.g., *hēr*)
2.o‘rta unlilar:
- /aː/ (e.g., *sāl*)
3.orqa unlilar:
- /uː/ (e.g., *hūs* "house")
- /oː/ (e.g., *bōt* "command")
Qadimgi yuqori nemis tilida undosh fonemalar tizimi jarangli (b,d,g,v,z), jarangsiz
(p,t,k,f,s,ʃ,x) affrikata (ishqalanma undoshlar) (/pf/,/ts/), aspiratlangan (nafasli) (/p
h
/,/t
h
/,/k
h
/),
yarim undoshlar (/j/,/w/), burun undoshlarini (m/, /n/, /ŋ/) o‘z ichiga olgan.
Qadimgi turkiy tilda unlilar sistemasi sakkita unli fonemani tashkil qilgan. Ularni
hususiyatlariga ko‘ra old qator unlilar, orqa qator unlilar, tor va keng unlilar, lablangan va
lablanmagan unlilar kabi kategoriyalarga ajratilgan. Eski ingliz va qadimgi yuqori nemis
tillaridan farqli ravishda qadimgi turkiy tilda diftonlar va umlaut bo‘lmagan. Qadimgi turkiy til
unlilari [a], [a], [i'], [i], [o], [o], [u], [u] ni tashkil etadi.
Bulardan:
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1520
[a] - orqa qator, ―yo‘g‘on, keng, lablanmagan unli;
[a] - old qator, ―ingichka, keng, lablanmagan unli;
[i] - orqa qator, ―yo‘g‘on, tor, lablanmagan unli;
[i] - old qator, ―ingichka, tor, lablanmagan unli;
[o] - orqa qator, ―yo‘g‘on, keng, lablangan unli;
[0] - old qator, ―ingichka, keng, lablangan unli;
[u] - orqa qator, ―yo‘g‘on, tor, lablangan unli;
[u] - old qator, ―ingichka‖, tor, lablangan unli.
Qadimgi turkiy tilning unlilar tizimi tovush qatori, tor-kengligi, lablangan-
lablanmaganligiga ko‘ra o‘zaro qarama qarshi juftliklarni yuzaga keltirgan. Unga ko’ra orqa
qator [a] unlisi “at-ot”, “aq-oq”, “as-osh” kabi so’zlarda yo’g’on talaffuz qilingan, ingichka [a]
unlisi “tila”, “emak-zahmat”, “ertaki-burungi” kabi so’zlarda ingichka talaffuz qilingan.
3
(Omonov, 2019)
Qadimgi turkiy tilda so’z urg’usi so’z o’zagining so’ngi bo’g’iniga tushgan, bu esa o’z
vaqtida so’zning ohangdorligini ta’minlagan, masalan “ata`”, “qagha`n”. Bu urg’u qoidasi
so’zning tarkibiy qismlariga ham taa’luqli bo’lgan, ya’ni ort qo’shimcha qo’shilganda urg’u
qo’shimchaga ko’chgan:
“qaghan” (xoqon) + -im (1-shaxs egalik) = “qaghani`m” (xoqonim).
Undosh fonemalar sistemasiga to’xtaladigan bo’lsak ular sonorlar, jarangli-jarangsiz, lab,
burun, til undoshlari, portlovchi, sirg’aluvchi undoshlardan tashkil topgan. /f/ undoshi
bo’lmagan. /v/ tovushini ifodalovchi belgi bo’lmagan, o’rniga ‘b’ shaklini eslatuvchi belgidan
foydalanilgan.
4
(qadimgi turkiy tilning fonetik hususiyatlari. unli va undoshlar, 2019)
Natijalar
Ushbu maqoladagi izlanishlar natijasida ingliz, nemis va o’zbek tillari evolutsiyasining
ilk davrlarida fonologik sathda sezilarli farqlar, vaqt va makon tafovutlariga qaramay ba’zi
o’xshashliklar yoritib berildi. Unga ko’ra eski ingliz tili qadimgi yuqori nemis tili va qadimgi
turkiy tildan frikativ undoshlar mavjudligi, qadimgi yuqori nemis tili esa unlilar qatorida umlaut
bo’lishligi, qadimgi turkiy tilda so’z urg’usi o’rni va uning beqarorligi bilan bir-biridan faqr
qiladi. Izlanish natijalari quyidagi jadval orqali yoritib berildi:
3
Omonov, Abdujabborov.
Qadimgi turkiy til.
-Namangan: Namangan,2019.
4
Qadimgi turkiy tilning fonetik hususiyatlari. unli va undoshlar
. (2019, 09 20). Retrieved from ARXIV.UZ.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1521
tillar
davrlar
So’z urg’usi
unlilar
undoshlar
Eski ingliz
tili
Milodiy450-
1100
Anglo-saksonlar
Barqaror,
o’zakning
birinchi
bo’g’inida
Uzun, qisqa,
monoton -difton,
lablangan, uzun-
qisqa, old va orqa
unlilar
jarangli va jarangsiz
undoshlar, frikativlar,
burun undoshlari va
to’xtalishlar
Qadimgi
yuqori nemis
tili
M.av500-
milodiy 1050
German
qabilalari
Barqaror,
o’zakning
birinchi
bo’g’inida
Uzun, qisqa,
monoton -difton,
umlaut,
lablangan, uzun-
qisqa, old, o’rta
va orqa unlilar
Jarangli, jarangsiz,
affrikata (ishqalanma
undoshlar),
aspiratlangan(nafasli),
yarim undoshlar, burun
undoshlari
Qadimgi
turkiy til
V-XI asrlar turk
qabilalari
Beqaror,
so’zning ohirgi
bo’g’inida
old qator unlilar,
orqa qator unlilar,
tor va keng
unlilar, lablangan
va lablanmagan
unlilar
Sonorlar, jarangli-
jarangsiz, lab, burun, til
undoshlari, portlovchi,
sirg’aluvchi. /f/ undoshi
bo’lmagan. /v/ tovushini
ifodalovchi belgi
bo’lmagan.
Munozaralar
Tillarning fonologiyasi shakllanish tarixini qiyosiy-chog’ishtirma tarzda o’rganish, ayni
tillarni o’rganish va o’qitishda yanada chuqurroq tushunishga, til o’qituvchilari uchun esa bu
bilimlar orqali yanada samarali nutq ko’nikmalarini shakllantirish metodlarini ishlab chiqishga
yordam beradi.
Ushbu izlanishlar natijasida o’zbek, ingliz va nemis tillari ilk rivojlanish bosqichi
fonologiyasidagi birqancha tafovut va mutanosibliklar yoritib berildi. Unga ko’ra qadimgi yuqori
nemis tili va eski ingliz tili fonologiyasi, qardosh til bo’lganligi sababdan, vaqt tafovutiga
qaramay, bir-biri juda yaqinligini ko’rishimiz mumkin. Qadimgi turkiy til esa bu tillarda so’z
urg’usining beqarorligi va o’rnida butunlay farq qilgan.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1522
Tadqiqot davomi tillarning ayni davrlariga xos bo’lgan manbalarning kam sonliligi va
faqatgina ayrim qismlarigina saqlanib qolinganligi sabab bir qancha to’siqlar paydo bo’lganligi,
tadqiqotning ishonchlilik miqdorini
tushishiga sabab bo’lishi mumkin.
Xulosa
Yangi til o’rganishda tilning boshqa sohalariga qaraganda uning o’g’zaki nutqni
o’rganish va shu tilda so’zlashuvchilarni nutqini tushunish ko’proq qiyinchilik tug’diradi. Bu
muammoni bartaraf etishda esa nafaqat o’rganilayotgan til, balki ona tilimizning fonologik
sathini mukammal o’rganish muhim rol o’ynaydi. Ularni qiyoslash metodi yordamida
yoritib
berish orqali, bu sathni tushunish yanada osonlashadi. Fonologiyani mukammal o’rganishda
tilning evolutsion tarixini tushunish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu sohadagi tadqiqotlar yordamida o’quvchilarga chet tillarni o’zlashtirishdagi
muammolar hal qilishda foydali bo’lgan ma’lumotlar bazasi boyitiladi.
Tillar fonologiyasini
diaxronik analizlarini qiyoslash nafaqat tilshunoslik, balki yondosh fanlar rivojiga ham ulkan
hissa qo’shadi.
REFERENCES
1.
Omonov, Abdujabborov.
Qadimgi turkiy til.
-Namangan: Namangan,2019.
2.
https://arxiv.uz/ru/documents/referatlar/tilshunoslik/qadimgi-turkiy-tilning-fonetik-
xususiyatlari-unli-va-undoshlar
3.
R.V. Reznik, T. C. Sorokina.
A history of English language.-
Maskkov: Maskov,2003.
4.
Ruxshona Romizova. ingliz tilining tarixiy rivojlanishi va shakllanishi.
education and
research inthe era of digital transformation
. (2025)
5.
Tursunov, Berdiqulov.
NEMIS TILI TARIXI.
-Samarqand:Samarqand, (2006).
