Authors

  • Gavhar Qodirova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.82842

Abstract

Sharq sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lgan Hindiston qadimdan buyuk madaniyat, falsafa va ruhiy bilimlar makoni bo‘lib kelgan. O‘zbekiston bilan Hindiston o‘rtasidagi tarixiy aloqalar, ayniqsa, Boburiylar davrida nihoyatda kuchli bo‘lgan. Ajdodlarimiz tomonidan barpo etilgan me’moriy obidalar – Agra qal’asi, Humoyun maqbarasi, Dehli masjidi va boshqa ko‘plab inshootlar bugungi kungacha hind xalqining faxri sanaladi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1622

BUYUK BHARAT O'G'LONI: RUHIY UYG‘ONISH ELCHISI

Qodirova Gavhar Maratovna

https://doi.org/10.5281/zenodo.15306187

Kirish

Sharq sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lgan Hindiston qadimdan buyuk madaniyat,

falsafa va ruhiy bilimlar makoni bo‘lib kelgan. O‘zbekiston bilan Hindiston o‘rtasidagi tarixiy

aloqalar, ayniqsa, Boburiylar davrida nihoyatda kuchli bo‘lgan. Ajdodlarimiz tomonidan barpo

etilgan me’moriy obidalar – Agra qal’asi, Humoyun maqbarasi, Dehli masjidi va boshqa ko‘plab

inshootlar bugungi kungacha hind xalqining faxri sanaladi.

Zamonaviy davrda esa bu tarixiy rishtalar yangi mazmun kasb etmoqda. O‘zbekiston

Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Hindiston bilan hamkorlik har

tomonlama rivojlanmoqda. Prezidentimiz ilgari surgan “Yangi O‘zbekiston – Yangi Renessans

sari” g‘oyasi doirasida ikki xalq o‘rtasidagi ma’naviy, ilmiy va madaniy aloqalar

mustahkamlanmoqda. Madaniyat haftaliklari, ilmiy ekspeditsiyalar, qo‘shma loyihalar orqali

xalq diplomatiyasi yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.

Bu fon voqealari bizni yana bir bor qadimiy hind madaniyati va uning jahon

sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasini o‘rganishga undaydi. Ayniqsa, Vedik madaniyat elchisi

bo‘lgan buyuk avliyo – Shrila Prabhupadaning hayoti va merosi bunga yorqin misoldir.

Veda madaniyati – Ilohiy bilimlar manbai

Veda madaniyati insoniyat tarixidagi eng qadimiy ilohiy bilimlar tizimi sanaladi. "Veda"

sanskrit tilida “bilim” degan ma’noni anglatadi. To‘rt asosiy Veda – Rigveda, Yajurveda,

Samaveda va Atharvaveda orqali insonning tabiat, jamiyat, koinot va Xudo bilan bog‘lanishi

tushuntiriladi.

Vedik ta’limot insonni axloqiy hayot tarziga, ruhiy uyg‘onish sari yetaklaydi. Bu

madaniyatda san’at, tibbiyot (ayniqsa, Ayurveda), musiqa, arxitektura kabi sohalar chuqur o‘rin

egallagan. Bugungi kunda insoniyat duch kelayotgan ekologik inqiroz, stress va ma’naviy

bo‘shliqlarga qarshi Veda madaniyati nurli yo‘l ko‘rsatmoqda.

Shrila Prabhupada – Zamonaviy Veda elchisi

A. C. Bhaktivedanta Svami Shrila Prabhupada 1896-yilda Hindistonning Kolkata

shahrida tavallud topgan. U 1922-yilda ruhi ustoz – Shrila Bhaktisiddhanta Sarasvati Goswami

bilan uchrashib, Veda ilmini ingliz tilida tarqatish vazifasini oladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1623

Keyingi yillarda “Bhagavad-gita”ga izohlar yozib, “Back to Godhead” jurnalini chiqaradi

va 1959-yilda sann’yasa (ruhoniy hayot) qabul qiladi.

Shrila

Prabhupada

Vrinavandagi

Radha-Damodara

ibodatxonasida “Shrimad

Bhagavatam” asari ustida ish boshlaydi. 1965-yilda “Shrimad Bhagavatam”ning dastlabki uch

jildini qo‘lga olib, AQShga boradi. 1966-yilda esa Nyu-Yorkda ISKCON – Krishna Ong‘illik

Xalqaro Jamiyatiga asos soladi. Uning qisqa umrida 50 dan ortiq asarlar, sharhlar yozildi, 14

marta dunyo bo‘ylab safar qildi, minglab odamlarga ma’naviy yo‘l ko‘rsatdi.

U asos solgan jamiyat bugungi kunda yuzdan ortiq mamlakatda faoliyat yuritmoqda.

Mayapur, Vrindavan, Mumbay va boshqa shaharlarda yirik ibodatxonalar, gurukulalar, muzey va

madaniyat markazlari qurilgan. Ammo eng muhim merosi – bu uning asarlari. O‘sha asarlar

bugun 80 dan ortiq tillarga tarjima qilingan va ko‘plab universitetlarda o‘quv qo‘llanma sifatida

foydalanilmoqda.

Jorj Harrison va Shrila Prabhupada: Musiqa va ruhiyatning uchrashuvi

Mashhur "The Beatles" guruhining a’zosi Jorj Harrison Shrila Prabhupadaning yaqin

izdoshi bo‘lgan. U Prabhupadaning falsafasidan ilhomlanib, “My Sweet Lord” qo‘shig‘ini

yaratdi. Bu qo‘shiq Krishna ongini G‘arb musiqasi orqali keng jamoatchilikka yetkazdi. Harrison

aytganidek:

“Prabhupada faqat dinga emas, hayotga yangicha qarash berdi. Bu hayot faqat tan uchun

emas – bu ruh uchun ham!”

ISKCON O‘zbekistonda O‘zbekistonda ham ISKCON jamiyati qonuniy faoliyat yuritib,

Veda madaniyatini targ‘ib qilmoqda. U turli madaniy dasturlar, seminarlar orqali jamiyatda

axloqiylik, tinchlik, murosani targ‘ib qiladi. Ruhiy hayotga qiziqish ortib borayotgan hozirgi

davrda bu harakat yoshlar orasida ijobiy ta’sir o‘tkazmoqda.

Xulosa

Bugungi jamiyatda inson axloqiy, ekologik va ruhiy sinovlarga duch kelmoqda. Shunday

bir davrda Shrila Prabhupada singari ulug‘ zotlarning hayoti, falsafasi va merosi – bu yo‘qotilgan

ma’naviy yo‘llarni topish uchun ishonchli yo‘lboshchidir.

Men bu mavzuga katta qiziqish bildirgan holda mazkur maqolani tayyorladim. Ko‘plab

yurtdoshlarimiz, ayniqsa yoshlar bu ulug‘ shaxs va Vedik meros haqida ko‘proq bilishlarini,

ilhom olishlarini istadim.

Shrila Prabhupada – bu bir insonning tarjimayi holi emas, bu insoniyat uchun yozilgan

ma’naviy darslikdir.