ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1636
OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA BITIRUVCHILARNI ISHGA JOYLASHTIRISHNI
TA’MINLASHGA YO‘NALTIRILGAN O‘RGATUVCHI MODULLI TIZIMNING
SAMARADORLIGI
S.S. Isakov
Farg‘ona davlat texnika universiteti , “Arxitektura va kompyuter grafikasi”
kafedrasi kattao’qituvchisi.
K.К. Polotov
Andijon texnika institute “Arxitektura va gidrotexnika” kafedrasi kata o’qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15306328
Annotatsiya.
Ushbu maqola oliy ta'lim muassasalarida bitiruvchilarni ishga
joylashtirishni ta'minlashga qaratilgan o‘rgatuvchi modulli tizimning samaradorligini
o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda, nazariy
bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirish orqali mutaxassislik fanlarini o‘rgatish
tizimini takomillashtirish zarurati tahlil qilinadi. Shuningdek, modulli ta’lim tizimi yordamida
ta'lim jarayonini modernizatsiya qilish, kasbiy faoliyatga tayyor bo‘lgan, mehnat bozorining
talablariga javob beradigan bitiruvchilarni tarbiyalash muammosi ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot,
o‘rgatish metodlarini yangilash, amaliyotning ishlab chiqarish jarayonlari bilan uyg‘unlashuvi
va o‘quv dasturlarini modernizatsiya qilish orqali bitiruvchilarni ishga joylashtirish
jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan amaliy takliflarni taqdim etadi.
Tayanch so‘zlar:
modul, interaktiv dinamik ustunlik, paralellik,differentsial-dinamik,
professional mehnat standarti.
ЭФФЕКТИВНОСТЬ МОДУЛЬНОЙ СИСТЕМЫ ОБУЧЕНИЯ, НАПРАВЛЕННОЙ
НА ОБЕСПЕЧЕНИЕ ТРУДОУСТРОЙСТВА ВЫПУСКНИКОВ ВУЗОВ
Аннотация.
Данная статья посвящена изучению эффективности обучающей
модульной системы, направленной на обеспечение трудоустройства выпускников высших
учебных заведений. В статье анализируется необходимость совершенствования системы
преподавания профильных дисциплин путём интеграции теоретических знаний с
практическими
навыками
в
процессе
подготовки
высококвалифицированных
специалистов. Кроме того, рассматривается проблема модернизации образовательного
процесса с использованием модульной системы обучения, подготовки выпускников,
готовых к профессиональной деятельности и соответствующих требованиям рынка
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1637
труда. В рамках исследования представлены практические предложения, направленные
на повышение эффективности трудоустройства выпускников за счёт обновления
методов преподавания, интеграции практики с производственными процессами и
модернизации учебных программ.
Ключевые слова:
модуль, интерактивное динамическое преимущество,
параллельность, дифференциально-динамический, профессиональный стандарт труда.
EFFICIENCY OF A MODULAR TRAINING SYSTEM AIMED AT ENSURING
EMPLOYMENT OF UNIVERSITY GRADUATES
Аbstract.
This article is devoted to the study of the effectiveness of the educational
modular system aimed at ensuring the employment of graduates of higher educational
institutions. The article analyzes the necessity of improving the system of teaching specialized
disciplines by integrating theoretical knowledge with practical skills in the process of training
highly qualified specialists. In addition, the article examines the issue of modernizing the
educational process through the use of the modular learning system, with the goal of preparing
graduates who are ready for professional activity and who meet the demands of the labor
market. The study presents practical recommendations aimed at increasing the effectiveness of
graduate employment by updating teaching methods, integrating practical training with
production processes, and modernizing academic curricula.
Keywords:
module, interactive dynamic advantage, parallelism, differential-dynamic,
professional labor standard.
Kirish qismi.
Yuqori malakali mutaxassislar ehtiyoji bugungi kunda jiddiy muammo
sifatida dolzarb bo‘lib, bu muammo ta'lim tizimida nafaqat nazariy bilimlarni, balki amaliy
ko‘nikmalarni rivojlantirishni talab etadi. Zamonaviy o‘qitish metodikalarining yangilanishi va
o‘quv dasturlarining ishlab chiqarish va mehnat bozorining talablariga moslashtirilishi zarur.
Oliy ta'lim muassasalarida mutaxassislar tayyorlashda ushbu tizimni joriy etish orqali
bitiruvchilarning ishga joylashishini ta'minlash va kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishga
qaratilgan aniq va samarali chora-tadbirlar ishlab chiqilishi lozim.[1,2,3,4]
Oliy ta’lim muassasalari mutaxassislik bo‘yicha pedagogik ta’lim tizimi bitiruvchilarini
ishga joylashtirish masalasiga oid samarali choralarni ishlab chiqishda to‘g‘ri yo‘naltirilgan
bo‘lishi va o‘z mutaxassisligi bo‘yicha to‘liq faoliyat yurita oladigan professional mutaxassisni
tarbiyalash vazifasini bajarishi zarur.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1638
Oliy ta’lim muassasalarining tegishli ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha, soha yoki tarmoqdagi
muayyan tashkilotlar va korxonalarda malakaviy amaliyotlarni muntazam ravishda o‘tkazish,
shuningdek, ularning amaliy mashg‘ulotlarini bevosita ishlab chiqarish jarayonida tashkil etish
va bitiruvchilarni ishga joylashtirish masalasida aniq choralar ishlab chiqish juda muhimdir.
Maqsad – ushbu ta’lim yo‘nalishi va bitiruvchilarni ishga joylashish masalasini hal qilish
dasturini zamonaviylashtirish orqali professional mehnat standarti talablariga javob beradigan
bakalavr va magistrlarni tayyorlashdir.
Vazifa – har bir sohada ta’lim jarayonida professional mutaxassislarni tayyorlashda oily
o‘quv yurtlarida mutaxassislik bo‘yicha pedagogik ta’lim tizimini to‘g‘ri yo‘naltirish va o‘z
sohasida to‘liq faoliyat yurita oladigan bo‘lajak mutaxassisni tarbiyalashni ta’minlashdan iborat.
Asosiy qism.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, shuni ta’kidlash kerakki, oily ta’lim
muassasalarida yo‘nalish bo‘yicha mutaxassis tayyorlash ta’lim dasturida o‘qiyotgan va
bitirayotgan talabalar o‘z kasbida va mutaxassislikda to‘liq faoliyat yurita oladigan, ya’ni kasbiy
funktsiyalarni muvaffaqiyatli bajarishga qodir bo‘lishi, shuningdek, professional mehnat
standartlari talablariga mos kelishi va zarur bilimlarga ega bo‘lishi lozim.
Oliy ta’lim tizimida o‘quv dasturlarini yangilash zarurati ko‘pincha bo‘lajak
mutaxassislarni tayyorlashda samarali va to‘g‘ri o‘qitish uslublarining yetishmasligi bilan
bog‘liq bo‘ladi. Mutaxassislarni tayyorlash tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish, fundamental
bilimlarni berish imkoniyatlarini kengaytirish va har bir yo‘nalishni yanada chuqurlashtirishga
qaramasdan, ta’lim jarayonida bitiruv malakaviy ishining mavzulari faqat ta’lim tugashiga
yaqinroq paytda taqdim etilishi holatlari hali ham uchrayapti. Bunday vaziyat bo‘lajak
mutaxassislarga o‘z kasbida faoliyat boshlash imkoniyatini cheklamoqda. Bitiruv malakaviy
ishiga ajratilgan vaqtning qisqarishi esa, yuqori malakali mutaxassislarning yetishmasligiga
sabab bo‘lmoqda. Bu muammo hozirgi kunda ham dolzarbligicha qolmoqda.
Ushbu muammoni samarali hal etish uchun har bir soha va yo‘nalish bo‘yicha ta’lim
jarayonini bo‘lajak mutaxassislarni amaliy faoliyatga tayyorlashga yo‘naltirish, shuningdek,
bitiruvchilarning bandligini ta’minlashga qaratilgan aniq va tizimli chora-tadbirlarni ishlab
chiqish muhimdir. Bu borada, o‘quv jarayoniga o‘rgatuvchi modulli tizimni joriy etish va uni
mutaxassislik bo‘yicha tayyorlovning ajralmas qismi sifatida shakllantirish maqsadga muvofiq
bo‘ladi. Bundan tashqari, talabalar amaliyot o‘taydigan tashkilot (korxona) lar bilan yaqin
hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, real ish muhiti asosida model yaratish, mutaxassislarni tayyorlash
jarayonida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1639
Amaliyot faoliyatini amalga oshiruvchi muassasa (korxona) larni tashkil etish quyidagi
yo‘nalishda amalga oshirilishi mumkin:
Eng avvalo, oquv jarayoniga o‘rgatuvchi modul tizimini samarali joriy etish uchun,
barcha sohalarda faoliyat yuritayotgan viloyat darajasidagi boshqaruv muassasa (korxona) larini
oily ta’lim muassasalari hududiga joylashtirish maqsadga muvofiqdir. Bu korxonalar doimiy
faoliyat olib borishi uchun zamonaviy, professional mehnat standartlariga javob beradigan bino
va infratuzilma bilan ta’minlanishi lozim. Zero, turli sohalarda hukumat qarorlarini amaliyotga
tadbiq etish jarayoni aynan mana shunday muassasa va korxonalardan boshlanadi.
Ushbu modul tizimi oily o‘quv yurtlarining barcha yo‘nalishlariga joriy etilishi mumkin
va bu, bo‘lajak mutaxassislarning o‘z kasbida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishiga, ish faoliyatida
barcha imkoniyatlarni samarali ishlatishga, shuningdek, bitiruvchilarni ishga joylashtirish
masalasini hal etish uchun aniq chora- tadbirlar ishlab chiqishga imkon yaratadi.
Yuqorida aytib o‘tilgan korxonalar ikki guruhga ajratilishi va guruhlar bo‘yicha
mutaxassislikka mos tarzda tashkil etilishi zarur. Birinchi guruhda, OTM professor-o‘qituvchilari
tomonidan nazariy bilimlar berilsa, ikkinchi guruhda esa, korxona mutaxassislari va OTM
professor-o‘qituvchilari birgalikda muassasa (korxona) larda amaliyot o‘taydilar. Shu maqsadda,
fan dasturlarini (bosqichma-bosqich) takomillashtirish bo‘yicha real ishlab chiqarish
jarayonlariga mos fan dasturi ishlab chiqiladi. Bitiruv malakaviy ishining (BMI) topshiriqlarini
mukammal bajarilishini ta’minlash uchun, mavzu takliflari rejasini tayyorlash va bu rejani
tegishli organlar bilan kelishish zarur bo‘ladi.
Birinchi bosqichda, o‘quv yilining yakuniga qadar barcha sohalarda va yo‘nalish
bo‘yicha korxona bilan kelishilgan fan dasturi asosida I-kurs talabalariga, OTM professor-
o‘qituvchilari tomonidan haftada bir marotaba nazariy bilim beriladi. Shu bilan birga, korxonada,
korxonaning etakchi mutaxassislari va oily o‘quv yurtining professor-o‘qituvchilari bilan
hamkorlikda, yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushgan xatlar (arizalar) hamda hukumat
qarorlarining ijrosini ta’minlash maqsadida ikki marotaba amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.
Natijada, talabalar hujjatlarni rasmiylashtirish, nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash,
korxonalarda joriy etilgan innovatsion texnologiyalarni o‘rganish hamda shaharsozlik normalari
va qoidalari bilan ishlash kabi ko‘nikmalarga avtomatik ravishda moslashib boradilar.
Birinchi bosqich natijalari bo‘yicha talabalarning nazariy bilimlari va amaliy
ko‘nikmalari baholanadi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1640
O‘quv yilida, ikki marotaba oraliq nazorat va o‘quv yilining yakunida amaliyotda
o‘zlashtirilgan ko‘nikmalar hamda olgan bilimlarni amaliyotda qo‘llash bo‘yicha electron
hisobot tayyorlab taqdimot shaklida imtixon topshirilishi zarur.
Oraliq va yakuniy nazorat imtixonlari, korxona kengashi (soveti) da etakchi mutaxassislar
ishtirokida qat’iy nazorat ostida o‘tkazilishi muhim.
Oraliq va yakuniy nazorat imtixonlarini o‘zlashtira olgan talabaga, BMI mavzusinibosh
boshqarma, muassasa (korxona) da tashkil etilgankengash (soyet) xulosasiga muvofiq
ruxsatnoma berishni yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Ikkinchi bocqich – korxonada ishlab chiqilgan fan dasturi asosida, korxonaning sohasiga
mos ravishda muammolar bankini shakllantirish orqali, BMI (bitiruv malakaviy ishi) mavzularini
2-kurs (III-semestr) ning boshidan boshlab, oily ta’lim muassasasining yakuniy kursi (bosqichi)
gacha o‘qitiladigan mutaxassislik fanlari amaliy mashg‘ulot darslarining ishchi o‘quv dastur
(syllabus) lariga kiritish va shu asosda amaliy o‘rgatish jarayonini modulli tizim orqali samarali
yo‘ga qo‘yishdan iborat. Ushbu tizimning ishlab chiqilishi, o‘quv jarayonining samaradorligini
oshirish va talabalarning kasbiy kompetentsiyalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Albatta bunday ishchi ta’lim moduli asosiy fundamental ta’lim tizimi asosida
o‘zgartiriladi va shakllanadi.
Maqsadimiz – oily ta’limga yo‘naltirilgan modulni asosiy jihatlari va o‘ziga xos
taraflarini ko‘rib chiqishdan iborat.
Oliy ta’lim tizimida amaliyotga yo‘naltirilgan o‘qitishni bir necha xil usuli mavjud.
Birinchi usul – talabalarga interaktiv o‘qitish, ishlab chiqarishdagi faoliyatini tashkil etish
orqali professional muhitga jalb qilishdan iborat.
Ikkinchi usul tarafdorlari amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim deganda professional
yo‘naltirilgan texnologiyalar tizimi, shu bilan birga nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiqini
tushunadi.
Barchamizga ma’lumki, oily ta’limdagi kasbga oid didaktika bu, pedagogikani yaqinda
rivojlanishni boshlagan jabhasi bo‘lib, oxirgi 33 yilda faol rivojlanib kelmoqda..
Talabadagi kasbga oid didaktika (fikrlashi) umumiy pedagogikadagi nazariy bilimlardan
kelib chiqqan imkoniyatlar, tizim va ketma-ketlik asosida shakllantirilmoqda. Lekin o‘qitish
jarayonida nazariyani real professional faoliyatga aloqasi, singdirilishi va tadbiq etilishi yo‘qligi
yaqqol ko‘zga tashlanmoqda.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1641
Bu muammoni echimi sifatida biz o‘zimizni “o‘qitish uslubini” taklif qilmoqchimiz. Bu
uslub rasmiyatchilikdan, umumiylashtirilgan o‘qitish ketma-ketligidan holi bo‘lgan, aniq
maqsadga yo‘naltirilgan va differentsional-dinamik usullar kombinatsiyasidan tashkil topgan
bo‘ladi.
Differentsional (ham nazariy, ham amaliy) yondashuvli o‘qitish strukturasiga ega bo‘lgan
moduli ta’limi ikkita asosiy tamoyillardan tashkil topgan: Birinchisi – nazariy bilimlarni va
amaliy ko‘nikmalarni bosqichma-bocqicho‘rgatish; Ikkinchisi – parallelism bo‘lib, bunda ikki
usulni bir vaqtda mavjudligi asosida yoki nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni ustunligi
tushuniladi.
Ta’limni bir biridan farqli hususiyatlariga ega bo‘lgan qismlari (nazariy va amaliy
ko‘nikma) dan kelib chiqqan holda o‘qitish jarayonini quyidagi ko‘rinishi bo‘ladi: O‘qitish
jarayonini birinchi bosqichda – boshlang‘ich kurslarda nazariy, fundamental bilimlar berilishi
ustunlik qiladi. Lekin bir vaqtni o‘zida nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq qilish va kasbga oid
faoliyatda foydalanish o‘rganiladi.
Bu bosqichda talaba mustaqil kasbga oid izlanishi, nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq
qilishni,kasbga oid fikrlashni (logikani) o‘rganadi.
Mohiyati bo‘yicha oily muassasadagi ta’lim talabadan maxsus xususiyatlarga (hunarga,
kasbga) ega shaxs (kadr) ni shakllanishiga chorlov (motivatsiyalov) chi vosita hisoblanadi.
O‘qitishning birinchi bosqichida ana shu jarayonga tayyorgarlik olib boriladi.
O‘qitish jarayonining ikkinchi bosqichida –katta kurslarda nazariy bilimlar asosidagi
fikrlash (logika) asosida kasbga oid amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, bu bosqich amaliy
ko‘nikmalar ustunligida (dominirovaniye) amalga oshiriladi. Bu bosqichda nazariy bilimlardan
ijodiy foydalanish (nazariyani amaliyotga tadbiq qilish), nazariy bilimni amaliyotdagi o‘rnini
aniqlash, ana shu aniqlangan o‘rinda ishlatish, ijod qilish (mutaxassis sifatida fikrlash).
Hozirgi vaqtda oliygohda seminar darslar amaliy bilimlarni o‘zlashtirishni, hamda
talabalarda kasbga oid fikrlashni rivojlantirish vositasi hisoblanadi.
Seminar darslar sohani chuqurroq o‘rganishga, kasbga oid izlanish usullarini o‘rganishga
mo‘ljallangan, asosiy maqsad esa talabalar ko‘nikmalarni o‘zlashtirish va nazariy bilimlarini
sohada ishlatish imkoniyatini beradi.
Biz bu bosqichda to‘laqonli mutaxassis kadr shakllanishi uchun samaraliroq o‘qitish
uslubini taklif qilmoqdamiz. Bu o‘qitish uslubi amaliy yo‘naltirilgan modulli o‘qitish tizimida,
bazasida ya’ni, real ishlab chiqarish korxonasida amalga oshiriladi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1642
Amaliy yo‘naltirilgan va o‘qitish korxonasining bunday ko‘rinishi sohaga oid amaliy
ko‘nikmalarni egallashni ta’minlab beradi. Bunda nafaqat tajriba orttiriladi, balki shunday
shaxsiy qobiliyatlari ya’ni, talabani professional faoliyatda aktiv ishtirokiga imkoniyat beradi.
Amaliy yo‘naltirilgan ta’limda harakat va jarayonlar talaba tomonidan ko‘p marotaba
takror-takror bajariladi va uni mustaqil kasbiy faoliyatga tayyorlaydi.
Bu uslubning asosiy maqsadi va o‘ziga xosligi talabadan kelajakda o‘z kasbini ustasini
tarbiyalashdir. Bu uslub o‘z o‘rnida bir necha bo‘limlardan, faoliyat va jarayonlardan iborat
bo‘lib, o‘qish va uqishni bir biriga yaqinlashtiradigan omildir.
Oliy o‘quv yurtidagi uzluksiz bosqichma-bosqich ta’lim va nazariya yoki amaliyotni
dinamik (dominirovaniye) ustunligi va paralellik printsiplariga asoslangan amaliyotga
yo‘naltirilgan dasturli modul tizimlari ta’lim samaradorligini oshiradi, ko‘zlagan natijalarga
erishishga imkoniyat beradi va professional kadrni shakllanish muammosini bartaraf qilib, ish
o‘rinlarini topishga yordam beradi.
O‘rgatuvchi modulli tizimni joriy etish orqali ta’limning samaradorligini oshirish
mumkin, chunki u nafaqat talabalar uchun nazariy bilimlarni, balki amaliy ko‘nikmalarni ham
rivojlantiradi. Bitiruvchilarni ishga joylashtirishni ta’minlashda, ta’lim jarayonida ishlab
chiqarish korxonalari va tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, amaliyot jarayonlarini real ish
muhitiga integratsiya qilish muhimdir. Ushbu modulli tizim, o‘quv jarayoniga interaktiv o‘qitish
metodlarini qo‘shish, talabalarga o‘z kasblarini amaliy faoliyatda qo‘llashga imkoniyat yaratish
orqali mutaxassislik bo‘yicha tayyorlov jarayonini yanada samarali qiladi.
Xulosa va takliflar
. Oliy ta’lim tizimida modulli o‘rgatish tizimining joriy etilishi,
bitiruvchilarning ishga joylashuvini ta’minlashda muhim omil hisoblanadi. Tizimning samarali
ishlashi uchun, o‘qituvchilar va ishlab chiqarish korxonalari mutaxassislari o‘rtasidagi
hamkorlikni kuchaytirish, o‘quv dastur (syllabus) larine ishlab chiqarish jarayonlari bilan
moslashtirish zarur. Shu tarzda, talabalarga nafaqat nazariy bilimlar, balki amaliy ko‘nikmalarni
o‘rgatish orqali ularni kasbiy faoliyatga tayyorlash mumkin.
Talabaning BMI (bitiruv malakaviy ishi) mavzulari, 2-kurs (bosqich) ning III-
semestridan boshlab, oliy o‘quv yurtining yakuniy kursi (bosqichi) gacha mutaxassislik
fanlaridano‘tiladigan amaliy dars mashg‘ulotlarining ishchi o‘quv dasturi (sillabusi) ga ushbu
tizim bo‘yicha BMI (bitiruv malakaviy ishi) mavzularini kiritilishi bo‘lajak mutaxassisga nazariy
bilimlarni chuqur o‘zlashtirish va ularni amaliy faoliyatda samarali qo‘llash imkonini beradi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1643
Natijada, bu mutaxassislikka qo‘yilgan yuqori talablar asosida bilimga ega, samarali
ishchi kadrlarni tayyorlashga xizmat qiladi. Bunday kadrlar ish bozori bilan o‘zaro moslashgan
holda avtomatik ravishda ish joyi bilan ta’minlanadi va shuningdek, zamon talablariga javob
beradigan sifatli mutaxassislar sifatida shakllananishiga asosiy omil hisoblanadi.
REFERENCES
1.
Канаева Т.А., Профессиональное становление студентов СПО в контексте практико-
ориентированных технологий. / Современные исследования социальных проблем
(электронный научный журнал), №12(20), 2012, www.sisp.nkras.ru
2.
Михеев В.А. Основы социального партнерства: теория и политика, практика:
Учебник для вузов. М., 2007
3.
Ясвин В.А. Образовательная среда: от моделирования к проектированию. – М.:
Смысл, 2001. – 365 с.
4.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг Фармони, 08.10.2019 йилдаги ПФ-5847-
сон.
