ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1661
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA ADVOKATURA INSTITUTIGA OID
QONUNCHILIK TAHLILI
Saliyev Otabek Ilxom o‘g‘li
O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi
Sudyalar oliy maktabi mustaqil izlanuvchisi.
+998 97-743-12-27.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15306463
Annotatsiya.
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida advokatura institutining
asoslari, manbalari, tashkiliy mexanizmlari va advokatlarning kasbiy etikasini har tomonlama
o‘rganish amalga oshirilgan. Dissertatsiyada qonun ustuvorligi va uning O‘zbekiston
advokaturasining
zamonaviy
modelini
shakllantirishga
ta’siri
haqidagi
g‘oyalar
tizimlashtirilgan. Shuningdek, magistrlik dissertatsiyasida O‘zbekistonda advokatlik kasbining
muhim xususiyatlari va huquqiy tabiatining yaxlit ko‘rinishi shakllantirilgan.
Kalit so’zlar:
Advokatura, huquqiy institut, advokatlik faoliyati, Qonunchilik tahlili,
himoya huquqi, sud-huquq tizimi, advokat maqomi.
ANALYSIS OF LEGISLATION RELATED TO THE INSTITUTION OF ADVOCACY
IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN
Abstract.
This article provides a comprehensive study of the foundations, sources,
organizational mechanisms of advocacy and professional ethics of attorneys in the Republic of
Uzbekistan. The dissertation systematizes the ideas of the rule of law and its impact on the
formation of a modern model of advocacy in Uzbekistan. The master's dissertation also provides
an overview of the important features and legal nature of the legal profession in Uzbekistan.
Key words:
advocacy, legal institution, legal practice, Legislation analysis, right to
defense, judicial system, status of a lawyer.
АНАЛИЗ ЗАКОНОДАТЕЛЬСТВА, КАСАЮЩЕГОСЯ ИНСТИТУТА
АДВОКАТУРЫ В РЕСПУБЛИКЕ УЗБЕКИСТАН
Аннотация.
В данной статье проводится комплексное исследование основ,
источников, организационных механизмов адвокатуры и профессиональной этики
адвокатов в Республике Узбекистан. В диссертации систематизированы идеи
верховенства права и его влияние на формирование современной модели адвокатуры в
Узбекистане. В магистерской диссертации также представлен обзор важных
особенностей и правовой природы адвокатуры в Узбекистане.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1662
Ключевые слова:
адвокатура, правовой институт, адвокатская деятельность,
анализ законодательства, право на защиту, судебно-правовая защита, статус адвоката.
Аvvаlаmbоr, О‘zbеkistоn Rеspublikаsi Kоnstitutsiyаsining 116-mоddаsidа аyblаnuvchi
himоyаlаnish huquqi bilаn tа’minlаnishi, tеrgоv vа sud ishini yuritishning hаr qаndаy bоsqichidа
mаlаkаli yuridik yоrdаm оlish huquqi kаfоlаtlаnishi, fuqаrоlаrgа, kоrxоnа, muаssаsа vа
tаshkilоtlаrgа yuridik yоrdаm bеrish uchun аdvоkаturа fаоliyаt kо‘rsаtishi, аdvоkаturаni tаshkil
еtish vа uning ish tаrtibi qоnun bilаn bеlgilаnishi mustаhkаmlаb qо‘yilgаn.
Ushbu kоnstitutsiоn nоrmаning mоhiyаti shundаn ibоrаtki, fuqаrоlаr hаmdа tаshkilоtlаr
оʻzlаri аmаlgа оshirаyоtgаn xаtti-hаrаkаtlаr tоʻgʻrisidа tоʻliq vа yеtаrli mаʼlumоtgа еgа
bоʻlgаndаginа fuqаrоlаrning huquq vа еrkinliklаri tоʻlа rаvishdа аmаlgа оshirilаdi, kоrxоnа,
tаshkilоt vа muаssаsаlаrning fаоliyаtidа еsа qоnuniylik tаʼminlаnаdi. Аvvаllаri huquqiy yоrdаm
аsоsаn huquqiy mаslаhаtchilаr hаmdа аdvоkаtlаr tоmоnidаn аmаlgа оshirilаrdi. Bоzоr
munоsаbаtlаri shаrоitidа fuqаrоlаr, kоrxоnа, tаshkilоt vа muаssаsаlаrning yuridik yоrdаmgа
bоʻlgаn еhtiyоji inоbаtgа оlingаn hоldа ushbu yоrdаm ulаrgа turli dаvlаt bоshqаruvi оrgаnlаri
(mаsalan, аdliyа оrgаnlаri), nоdаvlаt nоtijоrаt tаshkilоtlаri (Sаvdо-sаnоаt pаlаtаsi), jаmоаt
birlаshmаlаri vа hаttо turli tijоrаtchi tаshkilоtlаr tоmоnidаn hаm kоʻrsаtilаyаpti.
Huquqiy yоrdаm huquqiy mаsаlаlаr bоʻyichа mаslаhаtlаr vа tushuntirishlаr, qоnun
hujjаtlаri yuzаsidаn оgʻzаki vа yоzmа mаʼlumоtnоmаlаr bеrish; huquqiy xususiyаtdаgi аrizаlаr,
shikоyаtlаr vа bоshqа hujjаtlаrni tuzish; suddа vа bоshqа dаvlаt оrgаnlаridа jismоniy vа yuridik
shаxslаrning vаkili sifаtidа ishti-rоk еtish; jinоiy ishlаr bоʻyichа dаstlаbki tеrgоvdа vа suddа
himоyаchi, jаbrlаnuvchi, fuqаrоviy dаʼvоgаr vа fuqаrоviy jаvоbgаrning vаkili sifаtidа ishtirоk
еtish hаmdа tаdbirkоrlik fаоliyаtigа yuridik xizmаt kоʻrsаtish оrqаli аmаlgа оshirilаdi. Huquqiy
yоrdаm hаq еvаzigа yоki tеkingа аmаlgа оshirilishi mumkin. Dаvlаt оrgаnlаri, nоdаvlаt nоtijоrаt
tаshkilоtlаr hаmdа turli jаmоаt birlаshmаlаri аsоsаn tеkingа yuridik yоrdаm kоʻrsаtishаdi.
Аdvоkаtning huquqiy yоrdаmi uchun hаq tоʻlаsh аdvоkаt bilаn mijоz оʻrtаsidа ixtiyоriy rаvishdа
tuzilаdigаn bitim (shаrtnоmа) аsоsidа аmаlgа оshirilаdi. Shаxs tоʻlоvgа qоbiliyаt-sizligi sаbаbli
kоʻrsаtilgаn yuridik yоrdаm hаqini tоʻlаshdаn оzоd еtilgаn-dа, jinоiy ishni kоʻrib chiqishdа
qаtnаshishgа tаyinlаngаn аdvоkаtning yuridik yоrdаmi uchun dаvlаt hisоbidаn hаq tоʻlаnаdi.
“Advokatura to‘g‘risida”gi qonunda Advokaturaga huquqiy ta’rif berilib fuqarolik
jamiyatning alohida huquqiy instituti sifatida e’tirof etilgan. Shuningdek, qonunda advokatlik
faoliyatining tashkiliy shakllari, advokatlik faoliyatining turlari, advokatlik maqomini olish
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1663
tartiblari, malaka komissiyalar, advokat mehnatiga haq to‘lash, advokatning intizomiy
javobgarligini tartibga soluvchi normalar belgilangan bo‘lsa, “Advokatlik faoliyatining
kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida”gi Qonunda esa, advokatning
dahlsizligi, kasbiy faoliyatning kafolati va advokatning dahlsizligi, yuridik yordamni tashil
etishning kafolatlari, advokturaning davlat bilan o‘zaro munosabatlarini tartibga soluvchi
normalar belgilandi.
“Advokatura to‘g‘risida”gi Qonunda advokatlar hay’ati, advokatlik firmasi va byurosi
notijorat tashkilot hisoblanuvchi tuzilma sifatida ularning huquqiy maqomi belgilangan.
Shuningdek, “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasiga asosan advokatura notijorat
tashkiloti ekanligi nazarda tutilgan. Ta’kidlash joizki, Fuqarolik kodeksi 40-modda uchinchi
qismining amaldagi tahriri yuridik shaxslarning kengaytirilgan, ya’ni ochiq ro‘yxatini nazarda
tutgan bo‘lib, tijoratchi tashkilot bo‘lmagan yuridik shaxsqonunlarda nazarda tutilgan boshqacha
shaklda tashkil etilishi mumkinligi belgilangan. Advokatlik tuzilmalarining alohida ajratib
ko‘rsatilishi esa, ularning soliq va boshqa munosabatlardagi o‘rni va rolini aniq belgilab bergan
bo‘lar edi.1
Qonunda, jumladan, advokatura faoliyatining prinsiplari va tashkiliy shakllari, malaka
komissiyalarini tuzish va ularning faoliyati tartibi, Adliya vazirligining vakolatlari va boshqa
masalalar belgilab berilgan. Qonunda dastlab Adliya vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari
tomonidan advokatura faoliyatini litsenziyalash ko‘zda tutilgan bo‘lib, yuridik hamjamiyatning
o‘zini o‘zi boshqarish organi sifatida advokatlarning yagona professional uyushmasini (2008-
yilgi islohotgacha) tashkil etish bo‘yicha hech qanday qoidalar mavjud emas edi.2
O‘zbekiston Respublikasining “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasiga
hamda Jinoyat protsessual kodeksining 87-moddasiga muvofiq, himoyachi ishga taalluqli
axborotdan xabardor bo‘lgan shaxslarni so‘rovdan o‘tkazish va ularning roziligi bilan yozma
tushuntirishlar olish huquqiga ega. Ushbu normadagi “ishga taalluqli axborot” jumlasini tahlil
qilishdan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, advokat ushbu huquqlaridan faqatgina dastlabki
tergov yoki sud muhokamasi bosqichlarida foydalanishi mumkin. Bundan tashqari,
jinoyatga oid xabarni tekshirish huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vazifasi
1
Davlyatov, V. X. (2020). Advokatlik tuzilmalarining yuridik tabiati va ular huquqiy maqomining o‘ziga xos
xususiyatlari. Review of law sciences, (1), 188-191. doi: 10.24412/2181-1148-2020-1-188-191. 4-bet
2
Турдалиев Джамшид (2020). Институциональная независимость адвокатуры в узбекистане: проблемы и
пути их решения. Review of law sciences, 3 (Спецвыпуск), 192-207. doi: 10.24412/2181-919X-2020-3-192-207
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1664
hisoblanishidan kelib chiqadigan bo‘lsak, advokat tomonidan olingan tushuntirishlar ish
yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari materiallariga qo‘shib qo‘yilmasligi
mumkin.3
Fuqarolik qonunchiligi va O‘zbekiston Respublikasining “Advokatura to‘g‘risida”gi
qonunining bugungi kundagi holatidan kelib chiqib, shuni aytish mumkinki, yuridik (huquqiy)
xizmat hamda yuridik yordam tushunchalari aniqlashtirilmagan va to‘g‘ri tartibga solinmagan.
Qonunchilikda yuridik yordam va yuridik xizmat tushunchalari o’rtasidagi chegara
farqlanmagan. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining “Advokatura to‘g‘risida”gi qonunining 1-
moddasida advokatura O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekiston
Respublikasi fuqarolari, ajnabiy fuqarolar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, korxonalar,
muassasalar, tashkilotlarga yuridik yordam ko‘rsatadi deb belgilab qo’yilgan. Ushbu qonunning
11-moddasida advokatlar mehnatiga haq to‘lash masalasi bayon qilinib, yuridik xizmat uchun
haq to‘lash advokat bilan ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) o‘rtasida ixtiyoriy
ravishda tuziladigan bitim (shartnoma) asosida amalga oshiriladi deyilgan.
Fanda yuridik yordam yoki huquqiy xizmatlar nima ekanligi haqida umumiy tushuncha
mavjud emas. Qonunchilik ushbu tushunchalar o‘rtasidagi farqlarni nazarda tutmaydi. Huquqiy
ta’limotda qonunchiligimizning eng dolzarb muammolaridan biri – unifikatsiyani talab qiluvchi
atamalarning ko‘pligi muhokama qilinayotganda, ushbu atamalar o‘rtasidagi munosabat masalasi
ko‘rib chiqiladi.4
Shu bilan birga, ayrim mualliflar (T.I.Ilina, A.I.Muranov, D.V.Novak, G.K.Sharov) bu
tushunchalar bir-biridan farq qilmasligini qayd etadilar.
Boshqalari esa, aksincha, ularga qarshi turib, o‘z pozitsiyasini asoslashga harakat
qilmoqda. Masalan, V.Y.Panchenko “advokatura doirasiga kiradigan hamma narsa malakali
yuridik yordamdir, bu sohaga kirmaydigan narsa esa yuridik xizmatlardir”, deb hisoblaydi.5
R.R.Lenkovskaya huquqiy va yuridik xizmatlarni malakali yuridik ѐrdamdan farqlash kerak, deb
hisoblaydi.6
A.A.Salchak yuridik xizmatlar va yuridik yordam o‘rtasidagi farqni ko‘rib chiqib,
3
Chorieva D. Tergovga qadar tekshiruv bosqichida himoyachi ishtirokining huquqiy va protsessual masalalari //
Yurist axborotnomasi – Vestnik yurista – Lawyer herald. № 5 (2020), B. 74-80
4
Азиза Сабирджановна Гуломова (2022). Адвокатлик фаолиятида юридик ёрдам кўрсатишни тартибга
солиш хусусиятлари. Academic research in educational sciences, 3 (4), 348-357. doi: 10.24412/2181-1385-2022-
4-348-357
5
Панченко В. Ю. Подходы к понятию «юридическая помощь» в современном отечественном правоведении /
В. Ю. Панченко // Российский юридический журнал. — 2012. — № 1 (82). — С. 18-27.
6
Ленковская Р. Р. Понятие и правовая природа правовых и юридических услуг / Р. Р. Ленковская // Пробелы
в российском законодательстве. — 2015. — № 4. — С. 36–38.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1665
quyidagilarni qayd etadi: “...yuridik xizmat fuqarolik-huquqiy munosabatlarning obyekti bo‘lib,
yuridik xizmat ko‘rsatishni tartibga soluvchi normalar fuqarolik-huquqiy institutni tashkil etadi.
Yuridik yordam ko‘rsatish esa konstitutsiyaviy, ijtimoiy huquqiy munosabatlar sohasida
hisoblanadi”. 7 Har bir shaxsning malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanganligiga
e’tibor qaratamiz. Y.V.Romanets yuridik xizmatlarni “yuridik ahamiyatga ega harakatlar, ya'ni
huquq va majburiyatlarning paydo bo'lishi, o'zgarishi yoki bekor qilinishiga olib keladigan
harakatlar” deb tavsiflaydi.8 Biroq, amalda yuridik xizmatlar ko'rsatish ko'pincha muzokaralar,
yuridik maslahatlar kabi yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirish bilan bog'liq emas.
Shunday qilib, yuridik xizmatlar ham haqiqiy, ham qonuniy harakatlarni, shuningdek ularning
kombinatsiyasini ifodalashi mumkinligini hisobga olsak, ushbu tushuncha ko'rib chiqilayotgan
hodisaning butun spektrini qamrab olmasligini tan olish kerak.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, quyidagi xulosalar chiqarish mumkin:
1) jamoat munosabatlarini tartibga solishda yuridik xizmat va yuridik yordam yuridik
tabiatiga ko‘ra har xil;
2) yuridik yordamni advokat bo'lgan maxsus vakolatli shaxs ko'rsatsa, yuridik xizmatlar
esa qonun hujjatlari qoidalariga muvofiq muomalaga layoqatli shaxslar;
3) xizmatlar ko'rsatish, shu jumladan yuridik xizmatlar fuqarolik huquqining obyekti;
4) yuridik xizmat tijorat, yuridik yordam ijtimoiy xususiyatga ega;
5) yuridik yordam jamoat manfaatlariga, yuridik xizmatlar esa ommaviy-huquqiy
ahamiyatga ega.
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasining 27.12.1996 yildagi “Advokatura to‘g‘risida”gi 349-I-sonli
qonuni // O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 48-
modda; 2001-y., 1-2-son, 23-modda; 2003-y., 5-son, 67-modda; 2004-y., 1-2-son, 18-
modda; O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 37-38-son, 280-
modda; 2008-y., 52-son, 514-modda; 2009-y., 39-son, 423-modda; Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son; 16.01.2019-y.,
03/19/516/2484-son; 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-
7
Салчак А.А. Договор об оказании юридических услуг: особенности гражданско-правовой ответственности
его участников : дис. … канд. юрид. наук. М., 2006. 77-b.
8
Романец Ю.В. Общая характеристика договоров оказания юридических услуг (поручение, комиссия,
агентирование) // Законодательство. 2001. № 4. 38-b.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1666
son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son,
03.02.2022-y., 03/22/749/0101-son.
2.
Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 1996 йил 27 февралдаги 3-сонли
“Қонунга хилоф равишда қуролга эгалик қилиш тўғрисидаги ишлар бўйича суд
амалиёти ҳақида”ги қарори // Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари миллий
базасининг расмий веб-сайти – www.lex.uz
3.
Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 1998 йил 17 апрелдаги 11-сонли
“Иқтисодиёт соҳасидаги жиноий ишлар бўйича суд амалиётида юзага келган айрим
масалалар тўғрисида”ги қарори // Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари
миллий базасининг расмий веб-сайти – www.lex.uz.
4.
Турдалиев Джамшид (2020). Институциональная независимость адвокатуры в
узбекистане: проблемы и пути их решения. Review of law sciences, 3 (Спецвыпуск),
192-207. doi:10.24412/2181-919X-2020-3-192-207.
5.
Chorieva D. Tergovga qadar tekshiruv bosqichida himoyachi ishtirokining huquqiy va
protsessual masalalari // Yurist axborotnomasi – Vestnik yurista – Lawyer herald. № 5
(2020), B. 74-80Усмоналиев М., Бакунов П. Талончилик учун жавобгарликни
либераллаштириш муаммолари: Магистрантлар у-н ўқув қўлланма/ Усмоналиев М.,
Бакунов П.; ТДЮИ; Масъул мухаррир: М.Х.Рустамбоев. - Т.: ТДЮИ, 2007.- 44 б.
6.
Азиза Сабирджановна Гуломова (2022). Адвокатлик фаолиятида юридик ёрдам
кўрсатишни тартибга солиш хусусиятлари. Academic research in educational sciences,
3 (4), 348-357. doi: 10.24412/2181-1385-2022-4-348-357.
7.
Панченко В. Ю. Подходы к понятию «юридическая помощь» в современном
отечественном правоведении / В. Ю. Панченко // Российский юридический журнал.
— 2012. — № 1 (82). — С. 18-27.
8.
Ленковская Р. Р. Понятие и правовая природа правовых и юридических услуг / Р. Р.
Ленковская // Пробелы в российском законодательстве. — 2015. — № 4. — С. 36–38.
9.
Салчак А.А. Договор об оказании юридических услуг: особенности гражданско-
правовой ответственности его участников : дис. … канд. юрид. наук. М., 2006. 77-b.
10.
Романец Ю.В. Общая характеристика договоров оказания юридических услуг
(поручение, комиссия, агентирование) // Законодательство. 2001. № 4. 38-b.
