Authors

  • Feruzabonu Ababakirova
  • Madinabonu Muhammadjonova
  • Mahliyo Toʻlanova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.84283

Keywords:

qobiliyat pedagogik qobiliyat pedagogik mahorat zehn ijodkorlik faoliyat o‘qituvchi irodasi.

Abstract

Ushbu tezisda pedagogik qobiliyat haqida tushuncha va pedagogik qobiliyatning turlari, o‘qituvchi irodasi, sabr-toqati, uning o‘z-o‘zini iroda qilishi hamda boshqalarga ta‘sir o‘tqaza olish qobiliyati, qobiliyat va zehn, o‘qituvchi o‘z qobiliyatini rivojlantirib borishi haqida so‘z yuritiladi.

background image


Aprel, 2025-Yil

702

O‘QITUVCHI FAOLIYATIDA PEDAGOGIK QOBILIYAT

Ababakirova Feruzabonu

Muhammadjonova Madinabonu

Andijon davlat pedagogika institute,

filologiya fakulteti oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishi 203-guruh talabalari.

Toʻlanova Mahliyo

Andijon davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15315680

Annotatsiya.

Ushbu tezisda pedagogik qobiliyat haqida tushuncha va pedagogik

qobiliyatning turlari, o‘qituvchi irodasi, sabr-toqati, uning o‘z-o‘zini iroda qilishi hamda

boshqalarga ta‘sir o‘tqaza olish qobiliyati, qobiliyat va zehn, o‘qituvchi o‘z qobiliyatini

rivojlantirib borishi haqida so‘z yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

qobiliyat, pedagogik qobiliyat, pedagogik mahorat, zehn, ijodkorlik,

faoliyat, o‘qituvchi irodasi.

Аннотация.

В данной диссертации рассматриваются понятие педагогического

мастерства и типы педагогического мастерства, воля учителя, терпение, его

способность проявлять свою волю и влиять на других, способности и интеллект, а

также развитие педагогом своих способностей.

Ключевые

слова:

способность,

педагогическое

умение, педагогическое

мастерство, интеллект, творчество, активность, воля учителя.

Abstract.

This thesis discusses the concept of pedagogical ability and the types of

pedagogical ability, the teacher's will, patience, his self-will and the ability to influence others,

abilities and intelligence, the teacher's development of his abilities.

Keywords:

ability, pedagogical ability, pedagogical skills, intelligence, creativity,

activity, teacher's will.

KIRISH.

Shaxsning muayyan faoliyatini muvaffaqqiyatli egallashi, shuningdek uni

ijodiy ravishda amalga oshirishning shartlari hisoblangan xususiyatlariga qobiliyat deb

ataladi. Har bir inson takrorlanmaydigan individ bo‘lib, uni muayyan faoliyat turiga

layoqatli qiluvchi omil kishining o‘z xususiyatidir. Ishdagi muvaffaqqiyat ko‘p jihatdan

uning qobiliyati bilan belgilanadi.


background image


Aprel, 2025-Yil

703

Demak, qobiliyat - shaxsning muayyan faoliyat turini yuqori darajada bajarishga

bo‘lgan layoqat darajasini ifodalaydigan, turmush jarayonida xosil qilingan individual

xususiyatlar yig`indisi hisoblanadi.

Masalan, qobiliyatli o‘qituvchi bir xil ish sharoitlarida o‘z hamkasblariga qaraganda

yaxshiroq natijaga erishadi. Biz ko‘pincha, falon o‘qituvchining hali tajribasi kam, lekin u

shubhasiz, qobiliyatli o‘qituvchi, degan iboralarni eshitamiz. Bu o‘sha o‘qituvchining hali

kam tajribasi bo‘lishiga qaramasdan o‘qituvchilik ishini muvaffaqqiyatli olib borishga

yordam beradigan bir qancha pedagogik qobiliyatlar (kuzatuvchanlik, pedagogik nazokat,

muomalaga) ega ekanligidan darak beradi.

O‘qituvchilik faoliyatida muvaffaqqiyatli ishlash uchun har bir o‘qituvchi -

pedagogik mahoratga ega bo‘lishi zarur. Pedagogik mahorat egasi oz mehnat sarf qilib,

katta natijaga erishadi, o‘z ishining natijasi bilan yangiliklar yaratadi. Ijodkorlik hamisha

uning hamrohi bo‘ladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste‘dodli kishigina loyiq bo‘ladi va

pedagogik mahoratga erishadi.

Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Qobiliyat malaka va

uddaburonlikdan farq qiladi. Malaka va uddaburonlik mashq va o‘qish natijasi hisoblansa,

qobiliyatni rivojlantirish uchun esa yana iste‘dod va zehn, inson nerv sistemasida

anatomiya va fiziologiyaga oid xususiyat taraqqiy etadi.

Kishi qobiliyati ikkita asosiy turga bo‘linadi:

1.

Maxsus qobiliyatlar;

2.

Umumiy qobiliyatlar.

Pedagoglik faoliyatining samarali bo‘lishi uchun o‘qituvchida qobiliyatning quyidagi

turlari mavjud bo‘lmog`i va uni rivojlantirilib borilmog`i lozim.

Bilish qobiliyati

– fanning tegishli sohalariga oid (matematika, fizika, adabiyot va

boshqalarga oid) qobiliyatlar. Bunday qobiliyatlarga ega o‘qituvchi fanni o‘quv kursi

hajmidagina emas, balki ancha keng va chuqurroq biladi. O‘z fani sohasidagi

kashfiyotlarni hamisha kuzatib boradi, unga nihoyatda qiziqadi, ayrim tadqiqot ishlarini

ham bajaradi.

Tushuntira olish qobiliyati

– o‘quv materialini o‘quvchilarga tushunarli qilib bayon

eta olish, material yoki problemani aniq, tushunarli qilib gapirib berish, o‘quvchilarda

mustaqil ravishda aktiv fikrlashga qiziqish uyg`otish qobiliyati. O‘qituvchi zarur hollarda

o‘quv materialini o‘zgartira olishi, soddalashtira olishi, qiyin narsani oson, murakkab

narsani oddiy, noaniq narsani tushunarli qilib o‘quvchilarga yetkaza olishi lozim.


background image


Aprel, 2025-Yil

704

Qobiliyatli o‘qituvchi o‘quvchilarning bilim va kamolot darajasini hisobga oladi,

ularning nimani bilishlari-yu, nimani bilmasliklarini, nimani unutib qo‘yganliklarini

tasavvur etadi. Ba‘zi o‘qituvchilarga, ayniqsa, tajribasi kam o‘qituvchilarga o‘quv materiali

oddiy, tushunarli, alohida izohni talab etmaydigan tuyuladi. Qobiliyatli, tajribali o‘qituvchi

o‘zini o‘quvchi o‘rniga qo‘yadi. U kattalarga aniq va tushunarli bo‘lgan narsani

o‘quvchilarga tushunilishi qiyin bir narsa bo‘lishi mumkinligiga ishonib, unga asoslanib

ish tutadi.

Kuzatuvchanlik qobiliyati

– o‘quvchining, tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira

olish qobiliyati, o‘quvchi shaxsini juda yaxshi tushuna olish, psixik qobiliyatlarni ko‘zata

olish qobiliyati. Bunday o‘qituvchi kichkinagina alomatlar, uncha katta bo‘lmagan tashqi

belgilar asosida, o‘quvchining ruhiyatidagi ko‘z ilg`amas o‘zgarishlarni ham faxmlab oladi.

Nutq qobiliyati

– nutq yordamida, shuningdek, imo-ishora vositasida o‘z fikr

hamda his-tuyg‘ularini aniq va ravshan ifodalash qobiliyati. Bu o‘qituvchilik qobiliyati

uchun juda muhim.

Tashkilotchilik qobiliyati

– birinchidan, o‘quvchilar jamoasini uyushtirish,

jipslashtirish, muhim vazifalarni hal etishda ruhlantirishni, ikkinchidan, o‘z ishini to‘g‘ri

uyushtirishni nazarda tutadi.

Obro‘ orttira olish qobiliyati

– o‘quvchilarga bevosita emotsional – irodaviy ta‘sir

ko‘rsatish va shu asosda obro‘ qozona olishdir. Obro‘ faqat shu asosda emas, balki

o‘qituvchining fanni yaxshi bilishi, mehribonligi, nazokatliligi va boshqa asosida ham

qozonadi. Bu qobiliyat o‘qituvchi shaxsiy sifat bir majmuasiga, xususan, irodaviy

sifatlariga (dadilligi, chidamliligi, qat‘iyligi, talabchanligi va boshqalarga) o‘quvchilarga

ta‘lim – tarbiya berish mas‘uliyatini his etishga ham bog‘liqdir. O‘quvchilar ko‘pollik

qilmaydigan, qo‘rqitmaydigan, to‘g‘ri talab qo‘ya oladigan o‘qituvchilarni juda hurmat

qiladilar. Bo‘shang, laqma, irodasiz, printsipsiz o‘qituvchilarni bolalar yoqtirmaydilar.

Bolalar bilan to‘g‘ri muomala qila olish, bolalar bilan do‘stlasha olish, ular bilan

samimiy munosabat o‘rnata olish pedagogik nazokatning mavjudligidan darak beradi.

Kelajakni ko‘ra bilish qobiliyati

– o‘z harakatlarining oqibatini ko‘ra bilish,

o‘quvchining kelajakda qanday odam bo‘lishini tasavvur qilishda. Bolani kelgusida qanday

qobiliyatlarini rivojlantirsa, qanday kasb egasi bo‘lib chiqishi oldindan bashorat qilib

aytishda ( pedagogik diagnostika).


background image


Aprel, 2025-Yil

705

Diqqatning taqsimlay olish qobiliyati

– o‘qituvchi uchun diqqatning barcha

xususiyatlari-hajmi, kuchi, idora qila olishi, safarbarli taraqqiy etgan bo‘lishi juda

muhimdir.

Kommunikativ qobiliyat

– kishilar bilan bo‘ladigan munosabatni yaxshilaydigan,

bir-biri bilan til topib ishlashni ta‘minlaydigan qobiliyat. Bundan tashqari, konstruktiv-

o‘qituvchining o‘z ishini loyihalashi, rejalashtirishi, pertseptiv – idrok jarayonining

ob‘ektlarini birinchi bo‘lib bilib olish va uni xotira obrazlari bilan solishtirish, empatiya –

boshqa kishilarning psixik holatlarini tushunish va ularga hamdardlik qilish, didaktik

qobiliyat – o‘quvchi va boshqa kishilar bilan muloqot qilishda pedagogikaning qonun –

qoidalariga amal qilish kabi qobiliyatlar ham mavjud.

O‘qituvchi yuqorida sanab o‘tilgan qobiliyatlardan tashqari bir qancha ijobiy

sifatlarga, aniq maqsadni ko‘zlash, qat‘iylik, mehnatsevarlik, kamtarlik kabilarga ega

bo‘lgandagina pedagogik kasbning yuqori pog`onasiga ko‘tarila oladi.

O‘qituvchi irodasi, sabr – toqati, uning o‘z-o‘zini idora qilishi hamda boshqalarga

ta‘sir o‘tkaza olish qobiliyati. Odam ob‘ektiv dunyoni bilibgina qolmasdan, balki unga

aktiv suratda ta‘sir ham ko‘rsatadi. Odam o‘z maqsadi yo‘lida harakat qilib, har xil

to‘siqlarga uchraydi. Bu to‘siqlarning bir xili xayot va mehnat sharoitiga, boshqa biri esa

kishining shaxsiy kamchiligiga bog‘liqdir.

To‘siqlarni yengish kishiga bilishning yangi ufqlarini ochib beradi, shu bilan birga,

uning sharoitlarini va o‘z-o‘zini idora qila bilish kuchini qaror toptiradi.

Iroda odamning o‘z xatti – harakatini ongli suratda tartibga solishidir. Bu esa

ko‘zlangan maqsadni amalga oshirishda uchragan to‘siqni bartaraf qilishda ifodalanadi.

Odam irodasining ahamiyati jamiyat xayotida g`oyat kattadir. Odamlar yuksak

ma‘naviy – irodaviy sifatlari bilan O‘zbekiston Mustaqilligini qo‘lga kiritdilar. Bugungi

kunda katta-katta yutuqlarga erishmoqdalar.

O‘quvchilarda irodaning ijobiy sifatlarini tarbiyalash o‘qituvchining eng muhim

vazifasidir.

Shaxsning irodaviy xislatlari ( sifati, xususiyati ) maqsadni amalga oshirishda

uchragan to‘siqlarni yengish borasida odamning tajribada xosil qilgan o‘ziga xos

usullaridan iboratdir. Shaxsning irodasi deb, har xil irodaviy xatti – harakatlar va

xususiyatlar yig`indisiga aytiladi.

XULOSA.

Xulosa o‘rnida shuni aytamizki, maktabda bola qobiliyatlarini rivojlanishi

bevosita o‘qituvchi-tarbiyachi rahbarligida olib boriladi.


background image


Aprel, 2025-Yil

706

O‘quvchi qobiliyatlarini rivojlantirish uchun uning iste‘dod nishonalari zehnini

hisobga olish juda muhimdir. Qobiliyatlarning erta namoyon bo‘lishi bolaning favqulotda

zehnga ega ekanligini ko‘rsatadi.

Biz qobiliyatli kishilar haqida gapirganimizda, ko‘pincha, shu kishilarning xayot

yo‘lini belgilab bergan shaxslar haqida gapirishni unutib qo‘yamiz. Holbuki, shu

odamlarning maslahati, qo‘llab-quvvatlashi shunday mashxur kishilar yetilib chiqqanligidan

guvohdir.

Demak, xayot yo‘lini aniqlab olish, iroda va harakterni, o‘z-o‘zini tarbiyalab borish

qobiliyatlarini shakllantirishning asosiy faktorlaridan biridir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Azizxo‘jaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. Toshkent, 2003

yil.

2.

Davletshin M.G. Zamonaviy maktab o‘qituvchisining psixologiyasi. – Toshkent:

O‘zbekiston, 1999.

3.

Ivanov R.I., Zufarova M.E. Umumiy psixologiya / Pedagogika va psixologiya bakalavriat

ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun darslik. – Toshkent: O‘zbekiston Faylasuflari milliy

jamiyati nashriyoti, 2008.

4.

Umumiy psixologiya / Ma’ruza matnlari. Tuzuvchilar: N.Yoqubov, D.Mirzajonova,

G.Ashurova. – Qo‘qon: Qo‘qon Davlat pedagogika instituti, 2007.

5.

G‘oziev E. Psixologiya. – Toshkent: O‘qituvchi, 1994.

6.

Zimnyaya I.A. Pedagogicheskaya psixologiya / Ucheb. posobie dlya studentov

vissha.ped.ucheb.zavedeniy. – Rostov-na-Donu: RGU, 1997.

References

Azizxo‘jaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. Toshkent, 2003 yil.

Davletshin M.G. Zamonaviy maktab o‘qituvchisining psixologiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 1999.

Ivanov R.I., Zufarova M.E. Umumiy psixologiya / Pedagogika va psixologiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun darslik. – Toshkent: O‘zbekiston Faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008.

Umumiy psixologiya / Ma’ruza matnlari. Tuzuvchilar: N.Yoqubov, D.Mirzajonova, G.Ashurova. – Qo‘qon: Qo‘qon Davlat pedagogika instituti, 2007.

G‘oziev E. Psixologiya. – Toshkent: O‘qituvchi, 1994.

Zimnyaya I.A. Pedagogicheskaya psixologiya / Ucheb. posobie dlya studentov vissha.ped.ucheb.zavedeniy. – Rostov-na-Donu: RGU, 1997.