2348
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
QAYTA MOLIYALASHTIRISH STAVKASI.
Mutalibova Nigora Nodirbekovna
Bank ishi fakulteti talabasi
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
E-mail:
mutalibovanigoraxon@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15332302
Annotatsiya.
Ushbu maqolada kreditlarning kelib chiqish tarixi va ularning ta’siri,
xususan tijorat banklari tomonidan beriladigan kredit foizlari hamda inflatsiya darajasiga
qanday ta’sir ko’rsatishi keng yoritiladi. Stavkaning oshishi va pasayishi natijasida yuzaga
kelinadigan iqtisodiy jarayonlarga izoh berib o’tiladi.
Kalit so’zlar:
Qayta moliyalashtirish stavkasi, Inflatsiya, Pul-Kredit siyosati, Kredit
foizlari, Tijorat banklari.
CТАВКА РЕФИНАНСИРОВАНИЯ
Аннотатция
. В данной статье рассматривается история возникновения
кредитов и их роль в экономическом развитии. Кроме того, подробно раскрывается
понятие ставки рефинансирования, устанавливаемой Центральным банком, и её влияние
на экономику, в частности на процентные ставки по кредитам, предоставляемым
коммерческими банками, а также на уровень инфляции. Также дается объяснение
экономическим процессам, возникающим в результате повышения и понижения этой
ставки.
Ключевые слова:
Ставка рефинансирования, инфляция, денежно-кредитная
политика, процентные ставки по кредитам, коммерческие банки.
REFINANCING RATE
Abstract.
This article analyzes the historical origins of credit and its role in economic
development. It also explores the concept of the refinancing rate set by the Central Bank and its
impact on the economy, particularly on the interest rates of loans issued by commercial banks
and the inflation rate. The article provides a detailed explanation of the economic processes that
occur as a result of increases and decreases in the refinancing rate.
Keywords:
Refinancing rate, inflation, monetary policy, loan interest rates, commercial
banks.
Kirish
. Qadimdan insoniyat iqtisodiy aloqalarda qarz va kredit munosabatlarini
qo‘llab kelgan. Zamonaviy iqtisodiyotda esa kreditlar, ayniqsa tijorat banklari tomonidan
beriladigan kreditlar muhim moliyaviy vosita sifatida faoliyat yuritadi. Kreditlar orqali aholining
va biznesning moliyaviy ehtiyojlari qondiriladi, bu esa o‘z navbatida umumiy iqtisodiy o‘sishga
2349
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
hissa qo‘shadi. Shu bilan birga, kreditlarning qiymati, ya’ni foiz stavkalari markaziy bankning
pul-kredit siyosatiga, xususan, qayta moliyalashtirish stavkasiga bog‘liq. Ushbu maqolada
kreditlarning iqtisodiyotdagi roli, qayta moliyalashtirish stavkasining ularning foizlariga va
inflyatsiya darajasiga ko‘rsatadigan ta’siri atroflicha tahlil qilinadi.
Qayta moliyalashtirish stavkasi — bu markaziy bank tomonidan tijorat banklariga
beriladigan kreditlar bo‘yicha belgilangan foiz stavkasidir. Bu stavka mamlakatdagi umumiy foiz
siyosatiga, inflyatsiya darajasiga va iqtisodiy faollikka bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Qayta
moliyalashtirish stavkasi va uning ahamiyati: Markaziy banklar, odatda, pul-kredit siyosati
vositasi sifatida qayta moliyalashtirish stavkasidan foydalanadilar. Agar inflyatsiya darajasi
yuqori bo‘lsa, markaziy bank stavkani oshiradi, bu esa kreditlar bo‘yicha foiz stavkalarining
ko‘tarilishiga olib keladi. Natijada, iqtisodiyotda pul hajmi qisqaradi va inflyatsiya bosimi
kamayadi. Aksincha, iqtisodiy inqiroz yoki pasayish davrida stavkaning tushirilishi orqali
iqtisodiy faollik rag‘batlantiriladi.
Bilamizki, inflyatsiyani tartibga solish, bozor iqtisodiyoti uchun qulay muhit yaratish va
iqtisodiy o‘sishni ta’minlash har bir davlatda muhim masala hisoblanadi. Ushbu maqsadlarga
erishish uchun Markaziy bankning pul-kredit siyosati, qayta moliyalash stavkasining ta'siri juda
katta. “O’zbekiston Respublikasining Markaziy bank to’g’risida”gi qonuniga ko’ra Markaziy
bank pul-kredit siyosatini, shu jumladan valyuta siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish
vazifalari belgilab beradi.[1]
Материал ва метод.
Material va metod. Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisidagi qonunga
(2019 y.) muvofiq, Markaziy bank pul-kredit siyosatining strategik maqsadlari boʻlib,
inflyasiyaga qarshi kurashish, mamlakat bank tizimi va toʻlov tizimlarining barqarorligini
ta'minlash boʻlgani holda, inflyasiyaning maqsadli koʻrsatkichi va pul massasining oʻsish sur'ati
pul-kredit siyosatining taktik maqsadlari hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasida Markaziy bank tijorat banklari faoliyatini tartibga soluvchi
va nazorat qiluvchi rasmiy organ hisoblanadi.
Ilmiy tadqiqotni bajarishda statistik guruhlash, induksiya va deduksiya, ekspert baholash,
qiyosiy va trendli tahlil usullaridan foydalanildi.
Ilmiy maqolani yozishda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining statistik
ma'lumotlaridan, xalqaro ekspertlarning ilmiy-tadqiqotlari ma'lumotlaridan foydalanildi. [2]
Adabiyotlar sharhi.
Markaziy bank monetar siyosatini amalga oshirishda uning anʼanaviy instrumentlaridan
yaʼni dastaklaridan foydalanishi muhim oʼrin tutadi.
-qayta moliyalash siyosati;
2350
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
-majburiy zaxira siyosati;
-ochiq bozor siyosati;
-valyuta siyosati;
-depozit siyosat.
АQShlik taniqli iqtisodchi olim J. Sinki [3] tijorat banklarining likvidliligini tartibga
solishda quyidagi uch moliyaviy instrumentning rolini katta deb hisoblaydi:
* federal fondlar;
* depozit sertifikatlari;
* Repo bitimlari
V.Usoskinning xulosasiga koʼra, foyda ketidan quvib bankning yuqori riskka duchor
qilish uning barqarorliligiga nisbiy taʼsirni yuzaga keltiradi.[4]
V. Usoskinning ushbu xulosasi juda oʼrinlidir. 1933 yilda jahonda yuz bergan Buyuk
Depressiya davrida (tarixda shunday nomlangan) АQShda banklarining ommaviy tarzda
inqirozga yuz tutishining asosiy sababi deb oʼsha vaqtda banklar katta daromad olish maqsadida
mijozlarga yirik miqdorda toʼlov majburiyati yuzasidan kafolatlar bergani ekanligi ilmiy jihatdan
isbotlangan.
Iqtisodchi olimlarning xulosasicha, Xalqaro Bazelь qoʼmitasi tomonidan ishlab chiqilgan
likvidlilikni qoplash meʼyori koʼrsatkichining xalqaro darajada bank faoliyatiga tadbiq etilishi
banklarining likvidlilik darajasini oshishiga koʼmaklashdi va Markaziy banklarni “oxirgi
bosqichdagi kreditor”ga aylanishining oldini oldi.[5]
U. Soto yozadiki, ssudalarning bahosini pasayishi kapital oqimlarining joriy qiymatini
keskin oshishiga olib keladi, chunki, diskontlash past bozor foiz stavkalarida amalga
oshirilganda rentaning kutilayotgan oqimining qiymati oʼsadi.[6]
N.Jumaevning fikriga koʼra, banklari faoliyati va pullarga boʼlgan taklifini tartibga
solishda Markaziy bankning diskont siyosati muhim oʼrin tutadi va uni takomillashtirish uchun
quyidagi ishlarni amalga oshirish zarur:
– Markaziy bank tomonidan talab va taklif asosida kredit auktsionida kredit
stavkalarining bozor mexanizmlari shakllanishiga imkon yaratish zarur;
– diskont dastagining turli shakllarini tashkil qilish orqali banklarining likvidlilik
muammolarini bartaraf etish va bank tizimiga nisbatan aholi ishonchini oshirish lozim;
– lombard stavkasida kreditlash orqali qimmatli qogʼozlar ikkilamchi bozorining
rivojlanishini ragʼbatlantirish zarur;
– bozor dastagi hisoblangan veksellarni (tratta) joriy qilish masalasini qayta koʼrib
chiqish lozim.[7]
2351
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Tadqiqotda olib borgan tadqiqot natijalarimizi tahlil qilishimiz bo’yicha, Markaziy
bankning asosiy stavkasi, inflyatsiya darajasi va tijorat banklarining depozitlari va imtiyozli
kreditlari foizi o‘rtasida bog‘liqlik bor. Shuningdek, bizning farazimizga ko‘ra, inflyatsiya
darajasi va tijorat banklarining depozitlari va imtiyozli kreditlari foizlarining oshishi Markaziy
bankning asosiy stavkasining oshishiga olib keladi.
1-rasm. O’zbekistonda yillik inflatsiya ko’rsatgichi
2022–2025 yillarda Oʻzbekistonda yanvar oyida oylik inflyatsiya asta-sekin pasayib,
2024-yilda 0,6% bilan eng past darajaga yetdi. 2025-yilda esa 0,7% ga ko‘tarilib, o‘sish
tendensiyasi qayd etildi. Yillik inflyatsiya 2022-yilda 9,8% bo‘lgan boʻlsa, 2023-yilda 12,2% ga
keskin oshdi, 2024-yilda esa 8,6% ga pasaydi. 2025-yilda yillik inflyatsiya yana 9,9% gacha
oshdi. Bu davrda oylik inflyatsiya barqarorlikni ko‘rsatgan bo‘lsa, yillik inflyatsiya keskin
tebrangan, iqtisodiy siyosat va tashqi omillar taʼsirida inflyatsion xavflar saqlanib qolgan.
2352
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
2-rasm.O‘zbekiston Respublikasida inflyasiyaning yillik darajasi, Markaziy bank
qayta moliyalash stavkasining yillik darajasi va tijorat banklarining milliy valyutada
berilgan kreditlarining o‘ratcha yillik foiz stavkasi, foizda
Maʼlumotlaridan koʼrinadiki, 2018-2022 yillarda
respublikamizda inflyatsiya darajasini
yuqori boʼlganligi Markaziy
bankning qayta moliyalash stavkasini yuqori darajada saqlanib
qolishiga
sabab boʼlgan. Bu esa, oʼz navbatida, tijorat banklarining milliy valyutada
berilgan
kreditlarining foiz stavkalarini yuqori boʼlishiga olib kelgan.
Oʼz navbatida, tijorat banklari kreditlarining foiz stavkalarini yuqori
ekanligi
kompaniyalar va firmalarning tijorat banklari kreditlaridan
foydalanish imkoniyatlarini
kengaytirishga toʼsqinlik qiladi.
3-rasm. Qayta moliyalashtirish stavkasiga ta’sir etuvchi omillar
Grafikda qayta moliyalashtirish stavkasiga eng katta ta’sir ko‘rsatuvchi omillar sifatida
inflyatsiya darajasi, iste’mol kreditlari ulushi, imtiyozli kreditlar va tijorat banklaridagi
depozitlar ko‘rsatilgan.
Regressiya tahlili natijalariga ko‘ra, inflyatsiya stavkaga eng kuchli ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi (β = 0.65), bu esa Markaziy bank asosiy stavkani inflyatsion xavflarga qarshi vosita
sifatida ishlatishini tasdiqlaydi.
Shuningdek, iste’mol kreditlari va imtiyozli kreditlar ham stavka o‘zgarishiga ma’lum
darajada ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni iqtisodiy faollikning ko‘rsatkichlari sifatida xizmat qiladi.
Depozitlar ulushi esa salbiy ta’sir ko‘rsatgan, bu esa moliyaviy resurslarning mavjudligi
stavkani tushirishga imkon berishini ko‘rsatadi.
2353
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
4-rasm. Qayta moliyalashtirish stavkalari(yillik foizda)
Yuqoridagi ma’lumotlardan ko’rinadiki,Markaziy bankning qayta moliyalashtirish
stavkasi-bu iqtisodiyotdagi monetary siyosatning asosiy vositalaridan biri bo’lib,banklar
Markaziy bankdan qarz olganda qo’llaniladigan foiz stavkasidir.2022-yil inflatsiya darajasi
12.2%ni, qayta moliyalashtirish stavkasi 16%-17 %ni,2023-yil inflatsiya darajasi 11.7% ni,qayta
moliyalashtirish stavkasi esa 15%ni tashkil etayotganini ko’rishimiz mumkin.Bundan shuni
xulosa qila olamizki,qayta moliyalashtirish stavkasi inflatsiya darajasiga bo’g’liq holda
Markaziy bank tomonidan o’zgartirilib boriladi. Ya’ni, inflatsiya oshsa qayta moliyalashtirish
stavkasi ham oshadi, kamaysa u ham shunga mos ravishda kamaytiriladi. Chunki, qayta
moliyalashtirish stavkasi oshirilsa kreditlar qimmatlashadi-aholining va biznesning qarz olish
istagi kamayadi. Pul massasi iqtisodiyotda qisqaradi-iste’mol va investitsiya kamayadi.Talab
pasayadi-narxlar o’sishi sekinlashadi, bu esa inflatsiya darajasining o’sishining sekinlashishiga
olib keladi.2025-yilgi inflatsiya darajasiga qaraydigan bo’lsak yanvar oyida 9.9%ni, fevral oyida
10.1% ni, mart oyida esa 10.3%ni, qayta moliyalashtirish stavkasini esa inflatsiya darajasiga
muvofiq ravishda o’sib borayotganini kuzatishimiz mumkin va bu ikki ko’rsatkichni keyingi
oylarda yana o’sishini va narxlarning ko’tarilishini taxmin qilishimiz mumkin.
Xulosa va takliflar
Tadqiqotlarimiz natijalariga ko‘ra, Markaziy bankning asosiy kursi, inflyatsiya darajasi
va tijorat banklarining depozitlari va imtiyozli kreditlari foizlari o‘rtasida bog‘liqlik mavjudligi
aniqlandi. Inflyatsiya darajasi va tijorat banklarining depozitlari va imtiyozli kreditlari
foizlarining oshishi Markaziy bankning asosiy stavkasining oshishiga olib keladi.
Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, inflyatsiya darajasining oshishi davrida qayta
moliyalashtirish stavkasi yuqori belgilangan bo‘lib, bu orqali ortiqcha pul massasining
kamaytirilishiga erishilgan. Aksincha, iqtisodiy faollik sustlashgan davrlarda stavkaning
pasaytirilishi kreditlashni rag‘batlantirishga xizmat qilgan.
2354
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4
Bu esa Markaziy bank tomonidan olib borilayotgan pul-kredit siyosatining nisbatan
moslashuvchan va ehtiyotkor strategiyalarga asoslanganligini ko‘rsatadi.
Shuningdek, qayta moliyalashtirish stavkasiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillar –
inflyatsiya darajasi, iste’mol kreditlari, imtiyozli kreditlar va depozitlar ulushi bo‘yicha olib
borilgan regressiya tahlillari ushbu ko‘rsatkichlarning yuqori darajadagi muvofiqligini namoyon
etdi.
Takliflar:
1. Qayta moliyalashtirish stavkasini shakllantirishda kompleks yondashuvni kengaytirish
zarur. Ushbu jarayonda faqat inflyatsiya ko‘rsatkichlarigagina emas, balki iqtisodiy o‘sish
sur’atlari, bandlik darajasi, kreditlar tarkibi va aholi real daromadlari kabi ko‘rsatkichlarga ham
e’tibor qaratilishi lozim.
2. Imtiyozli kreditlar va iste’mol kreditlari hajmining o‘sishi bo‘yicha monitoring tizimini
takomillashtirish – ularning ortishi kredit bozoridagi noan’anaviy bosimlarni kuchaytirishi
mumkinligi bois, ular bo‘yicha alohida normativ tartiblar ishlab chiqilishi maqsadga muvofiq.
REFERENCES
1.
O'zbekiston
Respublikasining
Markaziy
banki
to'g'risidagi
qonuni.
https://lex.uz/ru/docs/4590452
2.
Murodova D. Aholini qiynayotgan kredit foizlari //“Ilgʻor iqtisodiyot va pedagogik
texnologiyalar ” ilmiy elektron jurnali. – Toshkent, 2025. 1-son. - B. 222-226.
3.
Синки Дж. Финансовый менеджмент в коммерческом банке и в индустрии
финансовых услуг. Пер. с англ. – М.: Альпина Паблишер, 2017. – С. 648.
4.
Усоскин В.М. Современный коммерческий банк: управление и операции. –
М.:ЛЕНАНД, 2019. – 328 с.
5.
D Murodova. TIJORAT BANKLARI FAOLIYATINI TARTIBGA SOLISHNI
TAKOMILLASHTIRISH- University Research Base, 2024
6.
Уэрто де Сото Хесус. Деньги, банковский кредит и экономические циклы. – Пер. с
англ. – Челябинск: Социум, 2008. – 663 с.
7.
Жумаев
Н.Х.
Ўзбекистонда
валюта
муносабатларини
тартибга
солиш
методологиясини такомиллаштириш. И.ф.д. илм. дар. ол. уч. тақд. эт. дисс. автореф.
– Тошкент, 2008. – Б. 10.
