Authors

  • A.S Narkulov
  • U.I. Murtazayeva
  • A Qurbonov
  • H Jurayev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.85077

Abstract

Zamonaviy ta'limda, ayniqsa, aniq fanlar, muhandislik va texnologiyalar sohalarida, kompyuter texnologiyalarining roli tobora ortib bormoqda. Bu jarayonning eng muhim qismlaridan biri - kompyuterli modellashtirish va hisoblash usullarini o‘rganishdir. MATLAB bu matematik hisoblash, analitik tahlil, grafik tasvirlash va ilmiy tadqiqotlar uchun keng qo‘llaniladigan dasturiy paketdir. Ta'lim jarayonida MATLAB ning imkoniyatlari va uning o‘rni juda katta, chunki u talabalarga murakkab konseptlarni o‘rganishda yordam beradi va ilmiy ishlarda samarali vosita hisoblanadi.

background image

2025

APRIL

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 4

694

MATLAB PAKETINING TA’LIM JARAYONIDAGI O‘RNI VA IMKONIYATLARI

A.S.Narkulov

1

,

U.I. Murtazayeva

2

,

A.Qurbonov

2

,

H.Jurayev

3

1

TATU SF katta o’qituvchisi PhD,

2

TATU SF katta o’qituvchisi,

3

TATU SF assistenti,

4

TATU SF talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15319118

Zamonaviy ta'limda, ayniqsa, aniq fanlar, muhandislik va texnologiyalar sohalarida,

kompyuter texnologiyalarining roli tobora ortib bormoqda. Bu jarayonning eng muhim qismlaridan

biri - kompyuterli modellashtirish va hisoblash usullarini o‘rganishdir. MATLAB bu matematik

hisoblash, analitik tahlil, grafik tasvirlash va ilmiy tadqiqotlar uchun keng qo‘llaniladigan dasturiy

paketdir. Ta'lim jarayonida MATLAB ning imkoniyatlari va uning o‘rni juda katta, chunki u

talabalarga murakkab konseptlarni o‘rganishda yordam beradi va ilmiy ishlarda samarali vosita

hisoblanadi.

MATLAB paketining ta’limdagi o‘rni modellashtirishni soddalashtiradi, bu esa talabalar

uchun murakkab matematik formulalarni amalda qo‘llashni osonlashtiradi. Algebraik hisob-

kitoblar, integral va differensial tenglamalarni yechish, statistik tahlillarni amalga oshirishda

MATLAB samarali vosita bo‘ladi. Talabalarar dasturiy ta'minot yordamida nazariy bilimlarni real

hayotda qo‘llashni o‘rganadilar. MATLAB ilmiy tadqiqotlar olib borishda keng qo‘llaniladi, chunki

u juda ko‘p matematik va fizik usullarni hisoblash imkonini beradi. Talabalar laboratoriya ishlarida

MATLAB ni qo‘llash orqali turli eksperimentlar natijalarini tahlil qilish va modellashtirishni

o‘rganadilar. MATLAB yordamida talabalar tizimlarning modellarini yaratish, ularga simulyatsiya

o‘tkazish va real vaqt rejimida natijalarni ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu, masalan,

elektronika, mexanika, aerodinamika kabi sohalarda tizimlarning ishlashini tushunishda katta

yordam beradi.

Turli o‘lchamdagi matritsalarning matematik hisoblarida, jumladan, chiziqli algebra

masalalarini echishda va dinamik tizimlar hamda ob’ektlarni modellashda keng qo‘llaniladi. Ular

dinamik tizimlar va ob’ektlarning holat tenglamalarini avtomatik ravishda tuzish va echishning

asosi bo‘lib hisoblanadi. Bundan tashqari muhandislik masalalarini modellashtirish uchun

MATLAB dasturining tarkibida Simulink qismi ham ishlatiladi. MATLAB ishga tushgandan

keyin ekranda uning asosiy oynasi paydo bo‘ladi (1-rasm). MATLAB dasturida har qanday

murakkab hisoblarni to‘g‘ridan - to‘g‘ri hisoblash mumkin, ya’ni alohida dasturlarni yaratmasdan


background image

2025

APRIL

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 4

695

turib bajariladigan amallar orqali ifodalash mumkin. MATLABda oddiy arifmetik amallar va

elementar funksiyalarni hisoblashdan tashqari vektorlar va matritsalar, kompleks sonlar, sonlar

qatori va polinomlar, trigonometrik funksiyalar grafigidan to murakkab uch o‘lchamli

grafiklargacha bo‘lgan har xil funksiyalari grafigini yaratish mumkin.

Rasm 1. MATLAB oynasining umumiy ko‘rinishi

Shuni ta’kidlash o‘rinliki, ko‘paytirish operatori * va bo‘lish operatori / ikkita

ko‘p o‘lchamli massivlar, vektorlar yoki matritsalarning ko‘paytmasi va bo‘linmasini

hisoblaydi. Qator maxsus operatorlar ham mavjud, masalan, \ operatori o‘ngdan chapga

bo‘lishni, .* va ./ operatorlar esa massivlarni elementlararo ko‘paytirish va elementlararo

bo‘lishni ifodalaydi. Ayrim hollarda tartibga solingan sonlar ketma-ketliklarini formatlash talab

qilinadi. Bunday ketma-ketliklar vektorlarni yoki grafiklarni qurish vaqtida absissalarning

qiymatlarini hosil qilish uchun zarur bo‘ladi. Sonlar ketma-ketliklarini formatlash uchun MATLAB

tizimida : (ikki nuqta) operatori ishlatiladi. Quyida ikki nuqta (:) operatorining qo‘llanilishi

bo‘yicha misollar keltiramiz. Misol uchun matritsani vektorga ko‘paytmasi:

Matematik amal

MATLAB dasturida


background image

2025

APRIL

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 4

696

Rasm 2. Matritsani vektorga ko‘paytmasi

Matritsa ustida amallar quyidagicha bajariladi. Matritsani matritsaga ko‘paytmasi:

Matematik amal MATLAB dasturida

Rasm 3. Matritsani matritsaga ko‘paytmasi

MATLAB dasturida turli ko‘rinishdagi grafiklarni yaratish mumkin. Avvaliga oddiy

misol, sinusoidaning grafigini qurishni ko‘raylik. Funksiyaning x argumenti 0 dan 10 gacha

bo‘lgan intervalda 0.1 qadam bilan oshib borsin. Grafik qurish uchun avval x=0:0.1:10 vektorni

kiritish, keyin esa grafik qurish komandasi plot(sin(x)) dan foydalanish etarli.

» x=0:0.1:10;

» plot(sin(x))

Rasm 4.

MATLABda sinusoidaning grafigi


background image

2025

APRIL

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 4

697

plot

komandasi yordamida funksiya x vektor oralig‘idagi qiymatlari o‘zaro siniq

chiziqlar bilan birlashtiriladi. Bunday nuqtalar soni ko‘p bo‘lsa (masalan, 100 ta) grafik

silliqroq bo‘lib hosil qilinadi, agar kam bo‘lsa (masalan 10 ta) grafik xuddi siniq chiziqlardan

iboratdek bo‘lib ko‘rinadi.

MATLAB paketining ta'lim jarayonidagi o‘rni katta. U o‘quvchilarga nafaqat matematik va

ilmiy bilimlarni o‘rgatishda, balki real hayotdagi muammolarni yechishda ham yordam beradi.

MATLAB ning ta'lim jarayonida qo‘llanilishi nafaqat nazariy bilimlarni amaliyotga tatbiq qilish

imkoniyatini yaratadi, balki zamonaviy texnologiyalarni o‘rganish va muhandislik sohalariga kirib

borishda talabalar uchun muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.

REFERENCES

2.

MATLAB 7.*/R2006/R2007 o’quv qo’llanma.:M.2008.

3.

T. Dadajonov, M.Muhitdinov. Matlab asoslari: Toshkent – 2007 yil.

4.

Dyakonov V. P., Abramyenkova I. V., Kruglov V. V. MATLAB 5 s

5.

pakyetami rasshiryeniy. – M.: Nolidj, 2001.

6.

Dyakonov V. P. MATLAB 6.5 SP1/7 + Simulink 5/6 v. Obrabotka

7.

signalov I proyektirovaniye filtrov. – M.: Solon_R, 2005.

References

MATLAB 7.*/R2006/R2007 o’quv qo’llanma.:M.2008.

T. Dadajonov, M.Muhitdinov. Matlab asoslari: Toshkent – 2007 yil.

Dyakonov V. P., Abramyenkova I. V., Kruglov V. V. MATLAB 5 s

pakyetami rasshiryeniy. – M.: Nolidj, 2001.

Dyakonov V. P. MATLAB 6.5 SP1/7 + Simulink 5/6 v. Obrabotka

signalov I proyektirovaniye filtrov. – M.: Solon_R, 2005.