2025
APRIL
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 4
763
MULTIMEDIYA TEXNOLOGIYALARINING ASOSIY TURLARI
Sh.X. Nuritdinova
FDU, chet tillari kefedrasi o’qituvchisi
D.F.Jumaboyeva
FDU, Agrar qo’shma fakulteti agronomiya yo’nalishi talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15320059
Globallashuv jarayonida axborot manbalarining shiddat bilan tarqalishi, ijtimoiy ahamiyatga
molik (ilmiy, texnologiyaga oid, madaniy va boshqalar) axborot ko‘lamining nihoyatda oshib borishi
har qanday jamiyatga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan
foydalanib ishlab chiqarishda axborotlarni yaratish, uzatish, qabul qilish, saqlash, qayta ishlash,
ko‘paytirish, jarayonlarni avtomatlashtirishga hamda axborotni kitoblar, gazetalar, foto va kino
ko‘rinishida taqdim etishga asoslangan an’anaviy axborot texnologiyalari bilan bir qatorda yangi
turdagi axborot texnologiyalari vujudga kelishiga sharoit yaratdi. Yangi axborot texnologiyalari
an’anaviylarini siqib chiqarayotgani yo‘q, lekin shu bilan birga axborotlar miqdori kamayayotgani
ham yo‘q. Jamiyatda esa insonning axborotlarga moslashuvi yoki boshqacha aytadigan bo‘lsak,
axborotga adaptatsiya muammosi yuzaga kelmoqda. Ko‘p sondagi belgili tizimlarni paydo bo‘lishi
va rivojlanishi, uning natijasi o‘laroq ko‘pkomponentli “axborot maydoni”ni tashkil topishi o‘ziga
xos axborotlar olamini tashkil etadi. Vizual va audiovizual axborotdan foydalanish ko‘nikmasini
shakllantirish muammolari bilan zamonaviy pedagogikada vizual savodxonlik (nemischa visual
literacy) deb nomlangan yo‘nalish shug‘ullanadi
1
.
Vizual savodxonlik tushunchasi turli nuqtai nazardan qaralishi mumkin: idrok etuvchi ob’yekt va
sub’yekt o‘rtasida kommunikatsiya (muloqotga kirishish) jarayoni sifatida; obrazlarni ko‘rish, uning
elementlarini qabul qilish, sub’yekt bilan o‘zaro ta’sirlashuvi va sub’yektning ko‘rish obrazlarini
mutanosib qabul qila olish qobiliyati sifatida qaraladi.
Ommaviy kommunikatsiya vositalarini “ommaviy kommunikatsiya” tushunchasi orqali tahlil
qilib chiqish zarurdir. Ommaviy kommunikatsiya (lotincha communication so‘zidan olingan bo‘lib
xabar, eshittirish ma’nosini bildiradi) axborotni (matbuot, radio, kino, televideniye, ovoz yozish,
internet kabi vositalar orqali) tayyorlash va tarqatish, zamonaviy usullardan biri hisoblanadi. Davlat
tomonidan tegishli jamiyatning muayyan ma’naviy qadriyatlarini qaror toptirish va odamlarning
munosabati, o‘y-fikri va xulqiga mafkuraviy, ma’naviy, iqtisodiy yoki tashkiliy ta’sir ko‘rsatish
maqsadida foydalaniladi. Aksariyat tadqiqotchilarining fikriga ko‘ra, ommaviy kommunikatsiyaning
1
Степанов Г.В. Стихия языка в стихии споров ,Литературная газета. № 26. 1984// Шмелев Д.Н. Русский язык в его
функциональных разновидностях. М., 1977/
2025
APRIL
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 4
764
tavsifi va maqsadlari siyosiy kurash quroli sifatida boshqaruv, targ‘ibot, madaniyatni yoyish, reklama
orqali jamiyatning ijtimoiy tabiatini aniqlaydi.
Ommaviy kommunikatsiyaning pedagogik aspektlari ta’lim va tarbiya yo‘nalishlarida
o‘rganiladi. Ta’lim yo‘nalishida ikkita o‘zaro bog‘liq aspektlarni ajratib ko‘rsatishimiz mumkin:
aholining keng qatlamiga ma’rifat tarqatish va ommaviy kommunikatsiyalardan ta’lim berish
jarayonida foydalanish. Tarbiyaviy aspektlari ta’lim oluvchilar auditoriyasiga mo‘ljallangan maxsus
axborot oqimlarini tashkil etish orqali amalga oshiriladi. Ommaviy kommunikatsiyaning ta’lim
oluvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishini o‘ziga xos tavsifiy jihatlaridan biri – axloq me’yorlari va
qadriyatlarni asosan obrazli badiiy shaklda transliatsiya qilishdir. Mavzu ko‘lamini kengaytirilishi va
janrni tabaqalashtirilishi tarbiyaviy aspektlarga xosdir. Ba’zida katta yoshli kishilar uchun
mo‘ljallangan badiiy axborotning o‘ziga xos “assimilyasisi” ro‘y beradi, bunda kattalarga
mo‘ljallangan ko‘plab asarlar talabalar orasida ham ommalashadi. Tarbiyaviy amaliyotda yana bir
yo‘nalish shakllanganki, u ommaviy kommunikatsiya sohasidagi ijodiy tashkilotlar (yosh
korrespondentlar, jurnalistlar va shunga o‘shash to‘garaklar, klublar) faoliyatidir. Talabalar o‘zlari
axborot tarqatuvchi bo‘lishadi va o‘z fikrini bemalol ifodalash va jamiyat hayotini aks ettirish
maqsadida media bilan hamkorlik qilishadi, ko‘pincha ommaviy-kommunikasion jarayonlarni
modellashtirishadi
2
.
Bugungi kunda media (OAV) – inson tomonidan atrof olamni majmuaviy (ijtimoiy, axloqiy,
psixologik, badiiy, intellektual aspektlarda) o‘zlashtirish vositasidir. Mediamadaniyat matbuot,
televideniya, kinematografiya, video va kompyuter kanallari orqali borgan sari ko‘p ta’sir doirasiga
ega bo‘lmoqda va butun dunyo bo‘ylab tarqalmoqda. So‘nggi yillarda o‘tkazilgan tadqiqotlar,
mediamatnlar keng auditoriyaning aksariyat vakillari (ayniqsa talabalar) orasida ommalashib
borayotganini ko‘rsatmoqda. Medianing talabalar auditoriyasiga ta’siri muammolari bo‘yicha
tadqiqot mualliflarining ta’kidlashlaricha, yoshlar o‘rtasida mediamadaniyat ijod namunalari bilan
muloqot qilish yuqori o‘rinlardan birini egallaydi.
Mediamadaniyatni turli pozisiyadan ko‘rib chiqish mumkin:
-Media sohasi - moddiy va intellektual qadriyatlar to‘plami;
-Ijtimoiy muhitda mediamadaniyatning shakllanishi kasbiy faoliyat yuritishining asosi;
2
Бове К., Аренс У. Современная реклама. – Тула.: Довган, 1995// Рашков И.Я. Международное рекламное дело.
– М.,1994// Колышкина Т.Б. Модели анализа рекламного текста: учебное пособие //Н.В.Аниськина, Т. Б.
Колышкина – М.: Форум; НИЦ ИНФРА-М, 2013.
2025
APRIL
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 4
765
-Mediamadaniyat auditoriyaga nisbatan mediamatnni qabul qilish, tahlil etish, baholash,
mediaijod bilan shug‘ullanish, media jabhasidagi yangi bilimlarni o‘zlashtirishga qodir inson
shaxsining kasbiy faoliyatini rivojlantirish darajalari tizimi sifatida namoyon bo‘lishi mumkin
3
.
Zamonaviy
auditoriyada
mediamadaniyatni
(boshqacha
aytganda,
uning
media
savodxonligini) maqsadli shakllantirish kasbiy faoliyatga tayyorlashda mediata’lim berish doirasida
amalga oshiriladi.
Pedagogikada mediata’lim berish deyilganda quyidagilar tushuniladi:
1. Ommaviy kommunikatsiyalar materiallari asosida shaxsni tarbiyalash va uning kelajakdagi
kasbiy faoliyatiga tayyorgarligini rivojlantirish jarayoni. Maqsad – talabada media bilan muloqot
madaniyatini, uning ijodiy, kommunikativ qobiliyatlarini, kasbiy-tanqidiy fikrlashni, mediamatnni
talqin qilish, tahlil va baholay olishni shakllantirish, mediatexnika yordamida o‘z fikrini bayon qilish
va mediata’limdan kasbiy faoliyatida foydalana olishga o‘rgatish. Mediata’lim berishning mazmuni:
media sohasida (media turlari va janrlari, ijtimoiy muhitda medianing funksiyalari, media tili,
mediamadaniyat tarixi va boshqalar) nazariy bilimlarni qo‘llashning asosiy sohalari to‘g‘risida
ma’lumotlar (professional ommaviy axborot vositalari, havaskorlik media jabhasi, dam olish
muassasalari, ta’lim muassasalari va boshqalar), mediamateriallarning kasbiy faoliyatdagi
vazifalarini bilish va anglash;
2. Pedagogika nazariyasi va amaliyotida o‘ziga xos va avtonom bilimlar sohalarining bir
qismi sifatida qaraluvchi zamonaviy ommaviy axborot-kommunikatsiya vositalarini egallash
maqsadida nazariy va amaliy bilimlar berish, uni informatik va axborot texnologiyalari, qiyosiy
pedagogika, psixologiya boshqa fanlarni o‘qitish jarayonidagi yordamchi vositalardan
foydalanishdan farqlash kerak bo‘ladi;
3. Talabalarni axborotlashtirilgan jamiyatda kelajakdagi kasbiy faoliyatiga tayyorlab borish;
4. Talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlash jarayonida ommaviy kommunikatsiya va axborot-
kommunikatsiya vositalaridan (matbuot, kino, televideniye, video, kompyuter texnikasi, fotografiya)
tizimli va samarali foydalanish. An’anaviy o‘quv predmetlaridan farqli ravishda talabani emosional-
intellektual kamol toptirish, uning kelajakdagi kasbiy faoliyatida yuzaga keladigan muammolarni
yechimiga qaratilgan modellashtiruvchi badiiy-ijodiy faoliyat amaliyotini nazarda tutadi”.
8. Mediata’lim berishning estetik (badiiy) nazariyasi. Bunda ham medianing
madaniyatshunoslik nazariyasi asos sifatida gavdalanadi.
3
Медведева Е.В. Рекламная коммуникация. – М.: Едиториал УРСС, 2004
2025
APRIL
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 4
766
Multimedia texnologiyalari ta’limda qator yangilik va imkoniyatlarni taqdim etib, axborotni
turli formatlarda berish orqali o‘quvchilarning qiziqishini oshirishga xizmat qiladi. Ta’limda
qo‘llaniladigan zamonaviy multimedia texnologiyalarining nazariy asoslarini tushunish ularning
samaradorligini ta’minlash uchun muhimdir. Quyida zamonaviy multimedia va ularni ta’lim
jarayonida qo‘llashning nazariy jihatlari batafsil yoritiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Степанов Г.В. Стихия языка в стихии споров ,Литературная газета. № 26. 1984//
Шмелев Д.Н. Русский язык в его функциональных разновидностях. М., 1977/
2.
Бове К., Аренс У. Современная реклама. – Тула.: Довган, 1995// Рашков И.Я.
Международное рекламное дело. – М.,1994// Колышкина Т.Б. Модели анализа
рекламного текста: учебное пособие //Н.В.Аниськина, Т. Б. Колышкина – М.: Форум;
НИЦ ИНФРА-М, 2013.
3.
Медведева Е.В. Рекламная коммуникация. – М.: Едиториал УРСС, 2004
4.
Allamberganova M.X. Informatikadan interaktiv o‘quv majmualar yaratish va ulardan
foydalanish (Oliy ta’lim muassasalari misolida). Ped. fan.nomz...diss. – Toshkent, 2012.
