May, 2025-Yil
4
XITOY IQTISODIYOTI: RIVOJLANISHNING SIRI VA KELAJAKDAGI
TAHDIDLAR
Qurbonova Dilbar Abdug’ani qizi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti,
Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti,
1-bosqich talabasi
+998943320038
https://doi.org/10.5281/zenodo.15346734
Annotatsiya.
Ushbu maqolada Xitoy iqtisodiyotining o‘sish jarayoni, muhim sabablari,
afzalliklari va muammolari haqida batafsil tahlil olib boriladi. Xitoy hoxirgi davrda global
iqtisodiyotning yetakchi kuchlaridan biri hisoblanadi, uning iqtisodiy o‘sishi 1978-yildan
boshlangan islohotlar natijasida shakllanib, bozor iqtisodiyoti va markaziy boshqaruvning
uyg‘unligi bilan bog‘liqdir. Maqolada Xitoyning eksport va import imkoniyatlari, iqtisodiy
hamkorlik rejalari, global bozorga ta’siri, shuningdek, AQSh bilan savdo to‘qnashuvlari va
geosiyosiy xavf-xatarlar o‘rganiladi. Pestel tahlili asosida Xitoy iqtisodiyotiga ta'sir etuvchi
iqtisodiy, texnologik, huquqiy, siyosiy, ekologik va ijtimoiy faktorlar ko'rib chiqiladi.
Kalit so’zlar:
Xitoy, Iqtisodiyot, eksport, import, YaIM, ekologik muammolar, Yashil
energiya, texnologik rivojlanish, barqaror rivojlanish, investitsiya.
Kirish
Xitoy iqtisodiyoti bilan bog’liq o’tkazilgan izlanishlar iqtisodiy o’sish strategiyalari,
savdo-sotiq aloqalari va innovatsiyalarni o’z ichiga oladi. Xitoy iqtisodining rivojlanishida
davlatning ahamiyati xalqaro sarmoyadorlar va tadbirkorlarning ishtiroki asosiy sabablar sifatida
tahlil qilingan ayrim tadqiqotlar Xitoyning iqtisodiy modelini markazlashgan boshqaruv va
bozor iqtisodiyotining birlashuvi sifatida ta’riflaydi. PASTEL tahlilidan foydalanishning sababi
Xitoy iqtisodiyotiga ta’sir ko’rsatadigan turli sabablarni tadqiq qilishdir. PASTEL tahlili siyosiy,
iqtisodiy, ijtimoiy, texnologik, ekologik va huquqiy jihatlarni o’z ichiga oladi, bu esa Xitoy
iqtisodiyotining barqaror o’sishi va global bozorga ta’sirini yanada yaxshiroq anglash imkonini
beradi. Siyosiy faktorlar sifatida davlat boshqaruvi, proteksionizm siyosati va xalqaro savdo
siyosati tahlil qilinadi. Iqtisodiy sabablar orasida YaIM o‘sish sur’ati, investitsiyalar va
moliyaviy barqarorlik o‘rganiladi. Ijtimoiy omillar orasida aholining demografik o‘zgarishlari,
shaharlashtirish bosqichi va ijtimoiy tengsizlik masalalari ko’rib chiqiladi. Xitoyning yangi
texnologiyalarni joriy qilishi, sun’iy intellekt, 5G tarmoqlari va raqamli iqtisodiyot sohasidagi
May, 2025-Yil
5
muvaffaqiyatlari ham asosiy o’rin tutishi ta’kidlanadi. Maqolada Xitoyning tabiatga oid
muammolari, xususan, karbonat angdrid chiqindilari, atrof-muhit ifloslanishi, ifloslantirish va
yashil energiya bo’yicha chora-tadbirlar ham tahlil qilinadi. Xitoy hukumati 2060-yilgacha
karbon neytralligini ta'minlashni maqsad qilgan, bu esa global iqlim o'zgarishiga qarshi kurashda
muhim rol o'ynaydi.
Adabiyotlar tahlili
Xitoy iqtisodiyoti barcha uchun muhim va qiziqarli mavzu bo’lganligi sababli, bu ko’plab
dunyo olimlari tomonidan tadqiq qilingan. Maqolada Xitoy iqtisodiyoti keng qamrovli bir nechta
maqolalar va ilmiy tadqiqotlar asosida tahlil qilingan. Quyida ulardan bir nechtasi berilgan:
Dani Rodrik - “The Globalization Paradox”, Barry Naughton - “The Chinese Economy:
Transitions and Growth”, Justin Yifu Lin - “Demystifying the Chinese Economy” va Nicholas
Lardy - “Markets over Mao: The Rise of Private Business in China” ushbu ilmiy maqolalar
Xitoyning ichki iqtisodiy tengsizlik va kapitalizm modeli bilan bog’liq muammolarni ko’rsatadi.
Yasheng Huang - “Capitalism with Chinese Characteristics” va David Shambaugh - “China
Goes Global: The Partial Power” kabi asarlarida esa Xitoyning eksport va import masalalari
bo’yicha qilingan rejalar va o’zlashtirilgan ilg’or texnologiyalar haqida to’liq malumotlarni
uchratish mumkin.
Richard Baldwin – “The Great Convergence” , Martin Jacques – “When China Rules the
World”, Eswar Prasad – “Gaining Currency” bu asarlar esa,global miqiyosda Xitoyning xalqaro
siyosiy-iqtisodiy ta’sirini o’rgangan.
Alohida takidlash kerak-ki, Joseph Stiglitz o’zining “Globalization and its Discontents”
maqolasida globalizatsiyaning ijobiy va salbiy tomonlarini tahlil qiladi.
- U Xitoyning iqtisodiy rivojlanishini xalqaro integratsiyaga bog’liq ekanini ta’kidlaydi.
- Ayniqsa, Xitoy Jahon Savdo Tashkilotiga (WTO) qo’shilganidan keyin iqtisodiy
taraqqiyot tezlashganini muhokama qiladi.
- Stiglitzning fikriga ko’ra, Xitoyning iqtisodiy yuksalishi davlat tomonidan qo’llab
quvvatlangan bozor iqtisodiyoti modeli bilan bog’liq.
1
Bu mualliflarning ishlari Xitoy iqtisodiyotining rivojlanishi va kelajagi haqida yanada
kengroq tushuncha hosil qilishga yordam bera oladigan ish sifatida ko’riladi.
1
Stiglitz, J. (2017). Globalization and Its Discontents Revisited: Anti-Globalization in the Era of Trump. W. W.
Norton & Company.
May, 2025-Yil
6
Tadqiqot metadologiyasi
Ushbu tadqiqotda Xitoy iqtisodiyotining rivojlanish jarayoni, afzalliklari va
muammolarini turli usullarda tahlil qilinagini ko’rish mumkin. Ular:
1.
Nazariy tahlil
2.
PESTEL tahlili
3.
Statistik tahlil
4.
Taqqoslash usuli
5.
Empirik tahlil
Yuqoridagi usullar yordamida Xitoy iqtisodiyotining turli tarmoqlar orqali rivojlanishi va
o’zgarishining keng qamrovli tahlili qilingan. Bu usullar orqali qilingan tahlillar barcha uchun
tushunarli va mukammal hisoblanadi.
Tahlil va natijalar
Hozirgi davrda Xitoy ham yuqori o‘rta daromadli davlatlardan biri sifatida tanilgan.
Xitoy qashshoqlikni 2020-yilda tugatgan bo‘lishiga qaramay, kuniga 6,85 AQSh dollaridan kam
pul topadigan odamlar Xitoy aholisining tahminan 17% ni tashkil qilgan 2021-yilda (2017-yilgi
PPP asosida).
2
Ushbu ko'rsatgich Jahon bankining yuqori o‘rta daromadli davlatlar (UMIC)
uchun belgilangan qashshoqlik chegarasi hisoblanadi. Oxirgi vaqtlarda iqtisodiy o‘sish
tuzilmalardagi cheklovlar, ishlashga layoqatli odamlarning ozayib ketishi, investitsiyalarning
kamayishi va mehnat unumdorligining sekinlashishi tufayli sustlashib qoldi.
3
Kelajakdagi asosiy
maqsad – yangi o‘sish manbalarini aniqlash, bir vaqtda, Xitoyning avvalgi rivojlanish yo‘lining
ham iqtisodiy, ham ekologik merosini hal qilishdir. Davlat roli o‘zgarishda davom etishi zarur,
ya'ni bozor tizimini qo‘llab-quvvatlash maqsadida aniq, adolatli va barqaror biznes muhitini
ta'minlash, tartibga solish tizimini hamda qonun ustuvorligini mustahkamlash va barcha
fuqarolar uchun davlat xizmatlariga teng kirish imkoniyatini kafolatlash muhimdir. Xitoy
davlatining ishtirokisiz dunyodagi ekologik muammolarni hal qilish, ularga yechim topish juda
ham qiyin. Chunki, Xitoy davlatining hududi kengligi bilan ko'plab mintaqaviy va global
muammolarnjng markazida joylashgan. Xitoy global karbonat angidrid chiqindilarini deyarli
30% ni tashkil etadi. Xitoy davlati karbonat chiqarishni maksimum darajaga olib chiqishni 2030-
yilgacha, 2060-yilgacha esa karbon neytralligiga erishish rejalari iqlim o'zgarishini yumshatishda
muhim ahamiyatga ega. Ko‘p to‘siqlar va qiyinchiliklar bo'lishiga qaramay, Xitoy iqtisodiyoti
2
Platina.uz (2024) https://platina.uz/o’z/2024/10/06/xitoy-aholisi-kamayib-bormoqda
3
Pivot.uz (2024) “Why Nations Fail” https://pivot.uz/uz/xitoy-iqtisodiyotidagi-beqarorlik-bu-why-nations-fail-
kitobidagi-ogohlantirishlarni-tasdiqlayaptimi
May, 2025-Yil
7
2024-yilning birinchi yarmida 5% ga o‘sdi. Bu o‘sishga iste’mol, eksport va ishlab chiqarish va
jamoat infratuzilmasiga qo‘yilgan sarmoyalar sabab bo‘ldi.
4
Lekin o‘sish bir tekis davom
etmaganligi uchun, ikkinchi chorakdan beri kamayish kuzatilmoqda. 2024-yilda iqtisodiy
rivojlanish 4,8% ga kamayishi kuzatilgan, bu ko'rsatgich esa 2023-yildagi 5,2 foizdan past.
1978-yilda Deng Syaoping boshchiligida Xitoyda iqtisodiyotni rivojlantirish uchun islohotlar
boshlandi. Ushbu islohotlar Xitoy iqtisodiyotini rivojlanishiga katta imkoniyat yaratdi. Xitoyning
tashqi siyosati oxirgi 20 yil davomida rivojlanayotgan davlarlarga qaratdi. Ushbu harakat 2008-
yilda ro’y bergan iqtisodiy inqirozdan keyin ko’proq e’tibor qaratilgan. AQShning ta’sirini
kamayishini kuzatgan Xitoy rahbarlari rivojlanayotgan mamlakatalarni muhim hamkorlar singari
belgiladilar. 2018-yil iyun oyida Tashqi ishlar bo’yicha markaziy ishchi konferensiyasida o’z
nutqini so’zlagan Xitoy Rahbari Si Szinpin rivojlanayotgan davlatlarni “Tabiiy ittifoqchilar” deb
nomladi va ular bilan yanada yaqinroq hamkorlikni taklif qildi. Savdo-sotiq bu xitoyning boshqa
davlarlar bilan aloqalarining asosiy qismi hisoblanadi. 1978-yildan 2017-yilgacha xitoyda
iqtisodiy rivijlanish sodi bo’lgan, real yillik o’sish sur’ati YaIM ning 8.9% va savdo sotiqning
11.5% ga yetdi.
4
AP News (2024) ‘China’s economy grows 5% in 2024, meeting official target’, AP News, 17 January. Available
at: https://apnews.com/article/7ae30cf2b48fa82c8e4feeee85483846 (Accessed: 27 March 2025)
May, 2025-Yil
8
Izlanishlarda qo'llaniladigan ma'lumotlar rasmiy statistika agentliklari, xalqaro iqtisodiy
tashkilotlar (Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg'armasi, BMT), Xitoy hukumatining hisobotlari
va ilg'or ilmiy maqolalar asosida tahlil qilinadi. Bundan tashqari, Xitoyning iqtisodiy siyosatlari
natija yuqoriligini va sarmoya muhitini o‘rganish uchun analitik modellar ishlatiladi.
Rivojlangan davlatlar haqida so‘z borganda, eng birinchi navbatda Xitoy xalq
respublikasi(keying o‘rinlarda Xitoy) haqida so‘z borishi lozim. Bugungi kunda Xitoy o‘zining
iqtisodiyoti bilan yetakchi davlatlar qatoriga qo‘shilgan. U 110 dan ortiq davlatlar bilan savdo
aloqalarni olib boradi. Butun dunyoda eksport bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan.
Xitoyning asosiy eksporti - radioeshittirish uskunalari (231 milliard dollar), kompyuterlar
(192 milliard dollar), o‘rnatilgan sxemalar (158 milliard dollar), ofis mashinalari qismlari (101
milliard dollar) va telefonlar (53,9 milliard dollar), asosan AQShga eksport qilinadi (530 milliard
dollar). , Gonkong (323 milliard dollar), Yaponiya (168 milliard dollar), Janubiy Koreya (140
milliard dollar) va Germaniya (134 milliard dollar). Xitoyning importi ham juda rivojlangan
hisoblanadi. Xususan dunyoda import bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallagan.
Xitoyning asosiy importi xom neft (208 milliard dollar), integral konturlar (171 milliard
dollar), temir rudasi (146 milliard dollar), neft gazi (56,6 milliard dollar) va mis rudasi (52,4
May, 2025-Yil
9
milliard dollar), asosan Janubiy Koreyadan (158 milliard dollar ) import qilinadi. ), Yaponiya
(153 milliard dollar), AQSh (151 milliard dollar), Avstraliya (138 milliard dollar) va Xitoy
Taypeyi (126 milliard dollar). 2021 yilda Xitoy xom neft (208 milliard dollar), temir rudasi (146
milliard dollar), neft gazi (56,6 milliard dollar), mis rudasi (52,4 milliard dollar) va soya (44,2
milliard dollar) bo‘yicha dunyodagi eng yirik import qiluvchi bo‘ldi.
5
Xitoy iqtisodiyotiga ta’sir qiluvchi asosiy sabablarni aniqlash va ularni baholashga
PESTEL tahlili yordam beradi.
1.
Siyosiy omillar(Political)
Davlat boshqaruvi –
Xitoy Markaziy hukumati iqtisodiyotning turli sektorlarda nazorat
o’rnatadi va uzoq muddatli rejalashtirishga tayangan siyosatni amalga oashiradi.
Savdo urushlari –
AQSH va boshqa davlarlar bilan bo’lgan iqtisodiy va siyosiy
taranglilar Xitoy iqtisodiyotiga katta ta’sir ko’rsatmoqda.
Geosiyosiy tahdidlar –
Tayvan masalasi, Janubiy Xitoy dengizidagi ziddiatlar va G’arb
dalatlari bilan diplomatic aloqalar Xitoy iqtisodiyotiga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir ko’rsatadi.
Davlat subsidiyalari va proteksionizm –
Ichki sanoatni rivojlantirish uchun hukumat
tomonidan taqdim etlayotgan subsidiyalar xalqaro bozorda raqobatni yanada kuchaytirmoqda.
2. Iqtisodiy omillar(Economic)
YaIM o’sishi –
Xitoy iqtisodiyoti barqaror ravishda rivojlanmoqda, lekin so’nggi
yillardagi o’sish avvalgi yillardagi kabi emas.
Eksport va import –
Xitoyning asosiy eksport mahsulotlari elektronika, texnologik
mahsulotlar va sanoat jihozlari, importi esa xom materiallar va energetic resurslarga asoslanadi.
Ichki bozorning rivojlanishi –
Aholi daromadlarining ko’payishi ichki iste’mol
bozorining kengayishiga olib kelib, iqtisodiy o’sishning yangi omiliga aylanyapti.
Moliyaviy tizimning barqarorligi –
Ko’chmas mulk sohasida, bank kreditlarida va
davlat qarzida xavf omillari mavjud.
3. Ijtimoiy omillar(Social)
Demografik o’zgarishlar –
Aholining keksayishi va tug’ilish ko’rsatkichining pasayishi
mehnat bozoriga ta’sir ko’rsatmoqda.
Urbanizatsiya
- Xitoyda shaharlashuv jarayoni, unda katta megapolislar iqtisodiy
markazlarga aylantirilmoqda.
5
OEC (2025) China - Country Profile. https://oec.world/en/profile/country/chn
May, 2025-Yil
10
Ta’lim va kadrlar tayyorlash
– Texnologiya va ilm-fan sohalarida taraqqiyot uchun
malakali ishchi kuchi zarur.
Ijtimoiy tengsizlik
– Shahar va qishloq hududlari orasidagi farq, daromadlardagi
tengsizlik iqtisodiy siyosatning muhim muammolaridan biridir.
4. Texnologik omillar(Technological)
Innovatsiyalar a texnologik taraqqiyot –
Xitoy sun’iy intellekt, 5G va avtomatlashtirish
sohasida jahon bo’yicha yetakchilardan biridir.
Raqamli iqtisodiyot
– Elektron savdo, moliyaviy texnologiyalar va internet xizmatlari
iqtisodiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchlaridan biridir.
Texnologik mustaqillik
– AQSH bilan texnologik raqobat Xitoyni ichki texnologik
taraqqiyotga undamoqda.
5. Ekologik omillar(Environmental)
Ifloslanish va atrof-muhit masalalari –
Havodagi ifloslanish va suv zaxiralarining
kamayishi dolzarb muammo sifatida davom etmoqda.
Yashil energiya va barqaror taraqqiyot
– Xitoy shamol va quyosh energiyalarini
rivojlantirishda dunyoda eng yetakchi davlat hisoblanadi va shu bilan bir qatorda angidrid
chiqindilarini qisqartirishga harakat qilmoqda.
6. Huquqiy omillar(Legal)
Investitsiya qonunchiligi –
Xitoy xorijiy investorlar uchun shartlarni yengillashtirishga
harakat qilsa-da, ba’zi sohalarda cheklovlar saqanib qolmoqda.
Kiber xavfsizlik va aqlli mulk huquqlari
– G’arb mamlakatlari bilan texnologik
raqobat kiberxavfsizlik tadbirlarining kengayishiga sabab bo’lmoqda.
Mehnat qonunlari
– Ishchilar huquqlari va minimal ish haqlari bo’yicha islohotlar
o’tkazilmoqda.
Xitoy iqtisodiyoti so’nggi o’n yilda tez o’sgan bo’lishiga qaramay, hozirgi kunda turli
imkoniyatlar va to’siqlarga duch kelmoqda. Quyida ushbu imkoniyatlar, to’siqlar va kelajakda
rivojlanish uchun strategiyalarni keltirib o’tiladi.
Asosiy masalalar:
Iqtisodiy o’sish sur’atining pasayishi; Xitoy iqtisodiyoti uzoq vaqt davomida yuqori
ko’rsatkichlarga ega bo’lgan bo’lsa-da, oxirgi vaqtlarda ancha past ko’rsatkichni ko’rsatdi.
Masalan, 2024-yilda iqtisodiy rivojlanish 5% ga yetdi, bu natija oldingi yillarga qaraganda past.
Ko’chmas mulk bozoridagi muammolar; 7xitoy ko’chmas mulk tarmog’i iqtisodiyotning
ahamiyatli qismii tashkil etadi, va uning tanazzuli iqtisodiy barqarorlikka sabab bo’lishi mumkin.
May, 2025-Yil
11
Tashqi iqtisodiy ta’sirlar: jahon iqtisodiy holati, jumladan, pandemkiyaning ta’siri,
eksportning kamayishi va ishsizli darajasining ortishi Xitoy iqtisodiyotiga yomon ta’sir qildi.
Imkoniyatlar:
Texnologik taraqqiyotlar; Xitoy sun’iy intellect, 5G texnologiyalar va yashil energiya
sohalarida liderlik qilishga harakat qilmoqda, bu iqtisodiyotning yangi iqtisodiy o’sish omillari
shakllanishi mumkin.
Ichki bozorning rivojlanishi; Mahalliy talabning oshishi Xitoy iqtisodiy taraqqiyotining
yangi omiliga aylanmoqda.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar: Xitoyning “Bir makon, bir yo’l” dasturi Osiyo, Afrika va
Yevropadagi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan, bu davlatning global savdodagi
ahamiyatini oshiradi.
Xulosa va tavsiyalar
Xulosa qilib aytganda, Xitoy iqtisodiyoti oxirgi o’n yil mobaynida juda ham tez o’sib,
iqtisodiy tizimda muhim rol o’ynay boshladi. Eksport va importning oshishi texnologik
rivojlanish va mahalliy bozorning rivojlanishi taraqqiyotning muhim sabablaridan biri bo’ldi.
Biroq iqtisodiy o’sish tezligini kamayishi demografik masalalar, tashqi iqtisodiy siquvlar va
moliyaviy beqarorlik kabi xavf-xatarlar hali hanuz muhim ahamiyatga ega. Keyingi yillarda
Xitoy barqaror rivojlanishni ta’minlash maqsadida iqtisodiy diversifikatsiya, texnologik
yangiliklarni qo’llab-quvvatlash, ekologik barqarorlikni o’rnatish va xalqaro darajadagi
hamkorliklarni kuchaytirish strategiyalarini amalga oshirishi zarur. Agar ushbu harakat
muvaffaqiyatli amalga oshadigan bo’lsa, Xitoy iqtisodiyoti uzoq vaqtga o’sishini saqlashi va
yetakchilik rolini kuchaytirishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Stiglitz, J. (2017). Globalization and Its Discontents Revisited: Anti-Globalization in the
Era of Trump. W. W. Norton & Company.
2.
Platina.uz (2024) Mavjud: https://platina.uz/o’z/2024/10/06/xitoy-aholisi-kamayib-
bormoqda (https://platina.uz/o'z/2024/10/06/xitoy-aholisi-kamayib-bormoqda)
3.
Pivot.uz (2024) “Why Nations Fail” Mavjud: https://pivot.uz/uz/xitoy-iqtisodiyotidagi-
beqarorlik-bu-why-nations-fail-kitobidagi-ogohlantirishlarni-tasdiqlayaptimi [23 Mart
2025-yilda foydalanilgan].
4.
Kun.uz (2024) Mavjud: https://m.kun.uz/news/2024/03/06/xitoy-yaim-osishi-5-foiz-
darajasida-bolishiga-umid-qilmoqda
May, 2025-Yil
12
5.
OEC (2025) China - Country Profile.
6.
Mavjud: https://oec.world/en/profile/country/chn
