May, 2025-Yil
30
EMPIRIK SOTSIOLOGIYANING VUJUDGA KELISH TARIXI
Abduraxmanov Rustam Maxmudovich
Ijtimoiy fanlar fakulteti Ta’lim-tarbiya maslaxatchisi.
Mirobitova Sevinch Mirakbar qizi
O’zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Sotsiologiya yo’nalishi 1-kurs talabasi
e-mail:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15346768
Annotatsiya.
Ushbu maqolada emperik sotsilogiyaning vujudga kelish tarixi. Amerikada
XX asrda sotsiologiyada empirzm va unga kim qachon asos solingani haqida ma’lumot olasiz.
Emperik sotsiologiya o’zi nima degan savollaringizga to’liq javob olasiz. Sotsiologiya yanada
chuqurroq o’rganishda bu sizga qo’l keladi.
Emperik sotsiologiya deganda, maxsus emperik tadqiqotlarning o’tkazish natijasidagi
faktografik bilimlarga ega bo’lish bilan bog’liq sotsiologiya fanining rivojlanish sohasini
tushunamiz. Emperik sotsiologiya sotsiologning profeesional faoliyatining muhim bir turi
hisoblanib, usiz sotsiologiyani fan sifatida tasavvur qilish mumkin emas. XX asr boshlarida
emperik sotsiologiyaning vujudga kelishi Ogyust Kont tomonida e’lon qilingan.
Аннотация.
В этой статье представлена история возникновения эмпирической
социологии. В Америке вы узнаете об эмпиризме в социологии в двадцатом веке и о том,
кто и когда его основал. Вы получите исчерпывающий ответ на свои вопросы о том, что
такое эмпирическая социология. Это пригодится вам при более глубоком изучении
социологии.
Под эмпирической социологией мы понимаем область развития социологической
науки, связанную с приобретением фактографических знаний в результате проведения
специальных эмпирических исследований. Эмпирическая социология считается важным
видом профессиональной деятельности социолога, без которого невозможно
представить социологию как науку. Зарождение эмпирической социологии в начале XX
века было провозглашено на стороне Огюста Конта.
Abstract.
In this article, the history of the occurrence of emperic socylogy. In America, in
sociology in the 20th century, you will learn about empiricism and who founded it when. You
will receive a complete answer to your questions about what empirical sociology is. In a more
in-depth study of sociology, this is what you can do.
By empirical sociology, we understand the field of development of the science of
sociology, which is associated with the acquisition of factographic knowledge in the result of
May, 2025-Yil
31
conducting special empirical research. Empirical sociology is considered an important type of
profeesional activity of a sociologist, without which sociology cannot be imagined as a science.
At the beginning of the 20th century, the emergence of empirical sociology was proclaimed on
the side of Auguste Comte.
Kalit so’zlar:
Ogyust Kont, sotsiologiya, emperik, tadqiqot, neopoztivizm, falsafa,
nazariy, amaliy, ijtimoiy, akademik, universitet.
Amaliy sotsiologik tadqiqotlarni mantiqiy bog’liq metodologik, metodik va tashkiliy-
texnik jarayonlar ketma-ketiligi sifatida olishimiz mumkin. Ushbu protseduralar ketma-
ketiligidan ko’zlangan asosiy maqsad – o’rganilayotgan ijtimoiy hodisa yoki jarayon haqida
empirik tasdiqlangan asosli ma’lumotlarni olishdan iborat. Sotsiologik bilimni olishning ikki
asosiy usuli rasman qayd etiladi. Bular, empirik va nazariy usullar bo’lib, ular o’z o’rnida
sotsiologik bilimning ikki darajasini ya’ni empirik va nazariy darajasini hosil qiladi. XIX asrning
oxirigacha nazariy va empirik sotsiologiyaning rivojlanishi alohida kechdi. Vaqti vaqti bilan
nazariya va empirika o’rtasidagi nisbat haqida munozaralar bo’lib turdi. XIX asr oxiri XX asr
boshlarida mashhur fransuz sotsiologi E. Dyurkgeym o’z ilmiy faoliyatida sotsiologiyaning ikki
qirrasi ya’ni nazariy va empirik sotsiologiyani uyg’unlashtira oldi. Empirik va nazariy
sotsiologiyaning yutuqlarini o’z ilmiy faoliyatida birlashtira olgan amerikalik sosiologlardan biri
R. Merton edi. Aynan R. Merton sotsiologik bilim tarkibiy tuzilmasida makro va mikro
sotsiologiya bilan bir qatorda sotsiologik nazariyaning o’rta darajasini alohida ko’rsatadi.
Zamonaviy sotsiologiyada o’rta daraja sotsiologiyasi maxsus sotsiologik nazariyalar deb
nomlanib, turli predmetlar sohasini qamrab oladi va ijtimoiy hodisa va jarayonlarni tadqiq etib
jamiyat tizimosti institutlari faoliyatiga daxldor muhim ilmiy xulosalarni beradi. Empirik
sotsiologiyaning institusionallashuvi 1920 yillarda sodir bo’lib, mashhur Chikago sotsiologik
maktabi faoliyati bilan bog’liq
1
. Bugungi kunga qadar aynan ushbu maktab vakillari tomonidan
taklif etilgan sotsiologik tadqiqot metodlari va ma’lumotlarni qayta ishlash usullaridan asarali
foydalanilmoqda. Ushbu usullar mohiyatan pragmatik xususiyatga ega bo’lib, aniq sotsial faktlar
va jarayonlarni o’rganish va tavsiflashga yo’naltirilgan. G’arb davlatlarida empirik sotsiologiya
mikrosotsiologiya deb nomlanib u jamiyatda sodir bo’layotgan mikro jarayonlarni tadqiq
qilishga yo’naltirilgan. Shu tariqa empirik tadqiqotlar – bu metodologik, metodik va tashkiliy-
texnik protseduralarning mantiqiy ketma-ketligi bo’lib, ular bir biri bilan yagona maqsad atrofida
May, 2025-Yil
32
birlashtirilgan. Ya’ni o’rganilayotgan ijtimoiy voqea va hodisalar borasida ishonchli
ma’lumotlarni olish va ulardan keyingi amaliy faoliyatda samarali foydalanish.
1
Sotsiologiya tarixida AQSh sotsiologiyasi va undagi empirizm haqida gapirishdan oldin
empirik sotsiologiyaning mazmunmohiyatiga oydinlik kiritish lozim bo‘ladi. Shuningdek, nima
uchun AQSh sotsiologiyasida empirizmga urg‘u berilishining asosiy sabab va shart-sharoitlari
nimalardan iborat ekanligini tahlil qilish lozim. Birinchidan, empirik sotsiologiya deganda,
maxsus empirik tadqiqotlarni o‘tkazish natijasida faktografik bilimlarga ega bo‘lish bilan bog‘liq
sotsiologiya fanining rivojlanish sohasini tushunamiz. Bugungi kunda empirik tadqiqot aniq
ijtimoiy muammolami o^ganishni anglatib, ham nazariy, ham amaliy vazifalami hal etishga,
guruhlararo va guruhlar ichidagi munosabatlar hamda ijtimoiy jarayonlami boshqarishga
qaratiladi. Empirik tadqiqotni o‘tkazishda maxsus miqdoriy va sifatiy usullardan foydalanishm
nazarda tutadi, masalan: so‘rov, kuzatish, tajriba, hujjatlami o‘rganish va h.k. Empirik
sotsiologiya sotsiologning professional faoliyatining muhim bir turi hisoblanib, usiz
sotsiologiyani fan sifatida tasawur 301 qilish mumkin emas. U nazariy sotsiologiya bilan
chambarchas bog‘liq. Nazariy sotsiologiya va empirik tadqiqotlar sotsiologiyaning o‘zaro bir-
birini taqazo etuvchi ikki jihati hisoblanadi. Zero, sotsiologik faoliyat nafaqat empirik tadqiqotlar
o‘tkazishni, balki boshqacha ish turlarini, birinchi navbatda ilmiy umumlashtirish va axborot
tahlilini, turli darajadagi nazariyalami yaratish va rivojlantirishni ham o‘z ichiga oladi
2
.
XX asr boshida empirik sotsiologiyaning vujudga kelishi O. Kont tomonidan e'lon
qilingan, lekin mantiqiy yakuniga yetkazilmagan pozitivistik sotsiologiya tamoyillarini
o‘zgartirishga intilish bilan bog‘liq edi. Bundan oldin ham yevropada ma’lum darajada
tadqiqotlar o‘tkazilgan bo‘lsada, XVU-XIX asrlarda ulami tayyorlash va o‘tkazish uslubiyati
yaxshi ishlab chiqilmagan edi. Sotsiologiya nazariyalari, bir tomondan, birmuncha mavhum
tusga ega bo‘lgani sababli aniq empirik tadqiqotlami o'tkazish uchun sharoit yaratmagandi,
chunki bu nazariyalarda avvalambor global tarixiyevolyutsiya sxemalarini yaratish vazifasi
qo‘уilgan edi. Boshqa tomondan esa, bu nazariyalar yuqorida aytilgan xususiyati tufayli,
tekshiruvga va aniq empirik dalillarga muhtoj emasdi. Shu bilan birga, yuqorida aytib o‘tilgan
empirik tadqiqotlarsiz, ayniqsa Tennis, Dyurkgeym, Veber kabi sotsiologlaming muhim nazariy
xulosalari ham bo‘lmasligi ta’kidlanardi. Empirik sotsiologiya pozitiv ahamiyatga ega, chunki u
ko‘pgina juda muhim sotsial muammolar va ulami hal etish yo‘llari haqida aniq, ilmiy
asoslangan bilimlar beradi. Ular sotsiologiyaga nafaqat nazariy, balki sezilarli, foydali natija
2
May, 2025-Yil
33
keltirishga qodir bo‘lgan amaliy faoliyat sohasi xususiyatini baxsh etadi. Bu esa ko‘pincha hatto
iqtisodiy samara – mablag’ tejalishi yoki ularni oqilona sarflash bilan ham o‘lchanishi mumkin.
Shu o‘rinda empirik sotsiologiyaning strukturasiga e'tibor qaratib o‘tsak.
3
Empirik sotsiologiyaning ikki - amaliy va akademik - turini farqlanib, bunda amaliy
sotsiologiya ijtimoiy muhandislik vazifasini bajaradi. Sotsiologik ijtimoiy-muhandislik faoliyati
asosida esa, ikki asosiy tamoyil - empirizm va pragmatizm yotadi. Ular bu faoliyatning aniq,
haqiqiy seziladigan natija olishga qaratilgani haqida dalolat beradi.
Amaliy sotsiologiya aniq
dasturlar va tavsiyalami, ijtimoiy texnologiyalami ishlab chiqadi. Aslini olganda, amaliy
tadqiqotlar - 302 aniq buyurtmachi sifatida ish yuritadigan hamda sotsiolog o‘tkazgan ish uchun
bevosita pul to‘laydigan odamlar uchun mo‘ljaIlangan tadqiqotlardir deydi G.Zborovskiy1.
Akademik sotsiologiya esa uni vers itetlarda rivojlanadi, va u buyurtmachidan nisbatan
mustaqildir. Akademik tusdagi empirik tadqiqotlar shunday muammolami ko‘tarishi mumkinki,
ulami hal etish bevosita iqtisodiy foyda keltirmaydi. Akademik sotsiologiya amaliy
sotsiologiyadan farqli o‘laroq, awalambor, fan rivojlanishini, bilimlar kengayishini ko‘zlaydi.
Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinib turibdiki, empirik sotsiologiyaning yuqorida to‘xtalib o‘tgan ikki
turidan dastawal ulaming birinchisi paydo bo‘lganligini ko‘rish mumkin. Aynan AQShdagi
universitet tadqiqotlaridan empirik sotsiologiya shakllana boshladi. Buni asoslash uchun bir
necha sabablami keltirib o‘tamiz. Bular: shiddatli sanoatlashuv; ommaviy immigratsiya; jadal
urbanizatsiya; sotsial differensiatsiya. Birinchi navbatda, XX asr boshida AQSh iqtisodiy
taraqqiyotining shiddatli sur’atlarini aytib o‘tish lozim. Bu sur'atlar bilan bironta yevropa
mamlakati tenglasha olmadi. AQShda iqtisodiy va moddiy-texnika taraqqiyotiga turtki bergan
ulkan kapital to‘planib qolgan edi. Iqtisodiyotning yuksalishi bilan birga ishchilaming moddiy
farovonligi ham ortib bordi. Yirik sanoaming rivojlanishi va kapitalning to‘planishi ijtimoiy
differensiatsiyaning chuqurlashuviga, bu esa o‘znavbatida bir qator sotsial muammolarga olib
keldi: ijtimoiy adolatsizlik, poraxo‘rlik va h.k. Bu davrda Amerikada shaharlar ham sezilarli
darajada kengaydi. Ko‘plab mamlakatlardan, jumladan yevropa, Osiyo, Afrika va Lotin
Amerikasi mamlakatlaridan muhojirlar kelib, shaharlarga o‘rnashishga qaror qildi. Bu esa
shaharlar qiyofasini tamomila o‘zgartirdi. Ishbilarmonlik markazi (daun-taun) bilan bir qatorda
aholisi terisining rangi va millatlariga ko‘ra turlicha rayonlar paydo bo‘ldi, hatto gettolar02,
shahar atrofida ham turaijoylar vujudga keldi. Demak, XX asr boshida yuz bergan yuqorida
sanab o‘tilgan jarayonlar yutuqlar bilan bir qatorda o ‘ziga xos muammolami keltirib
May, 2025-Yil
34
chiqarganligi va ulaming ilmiy asosdagi yechimi bo‘lgan ehtiyoji AQShda empirik
sotsiologiyaning shakllanishi va rivojlanishiga asosiy turtki bo‘ldi, deksak xato bo‘lmaydi
4
.
Natijada sotsiologiyaning institutsiallashuviga ilk turtki berildi, u o‘quv fani sifatida
nafaqat oliy, balki o‘rta o‘quv yurtlari, kollejlarga ham kiritildi. Sotsiologiyaning jadal
rivojlanishiga va Amerika jamiyatiga oson moslashishiga asosiy sabab - bu pragmatizm va
instrumentalizm mafkurasi va falsafasi edi. Shu o‘rinda, neopozitivizm haqida to‘xtalib o‘tish
zarur bo‘ladi, chunki aynan uning ta’siri bu davrda AQSh sotsiologiyasida amaliy tadqiqotlami
mutlaqlashtirishga asbab bo‘lgan. Sotsiologiyada neopozitivizm - falsafaning mantiqiy
pozitivizmiga tayanuvchi nazariy-metodologik yo‘nalishdir. O.Kont tomonidan taqdim etilgan
poztivizmning asosiy tamoyillar to‘rtta bo‘lgan bo‘lsa, neopozitivistlar uni yana ikki tamoyil
bilan boyitadilar. Neopozitivizmning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
1) ijtimoiy voqyea-hodisalar butun bir borliq uchun umumiy bo‘lgan tabiiy va ijtimoiy-
tarixiy qonunlarga bo‘ysunadi (naturalizm);
2) sotsial tadqiqot usullari tabiatshunoslik fanlari usullari kabi aniq, qat'iy va ob'ektiv
bo‘lishi lozim (ssientizm);
3) inson xulq-atvorining “subyektiv jihatlari” faqatgina ochiq xulq-atvor orqali tadqiq
etilishi lozim (bixeviorizm);
4) barcha ilmiy tushunchalar operatsional tarzda aniqlanishi lozim (operatsionalizm);
5) barcha ijtimoiy voqyea-hodisalar miqdoriy jihatdan qayd etilishi va o‘rganilishi lozim
(kvantifikatsiya);
6) sotsiologiya fan sifatida qadriyatli hukmlardan va mafkuradan xoli bo‘lmog‘i lozim
(metodologik obyektivizm).
5
Ushbu tamoyillar asosida neopozitivizm vakillari inson xulqatvori motivlarini faqatgina
konkret xatti-harakatlami kuzatish orqaligina tadqiq etish mumkinligini ta’kidlaydilar.
Shuningdek, bu xatti-harakatlarda faqatgina moddiy-texnik omillaming rolini aynanlashtiradilar.
Quyidagi talablarga javob bergandagina sotsial voqyea-hodisalar tadqiqoti o‘zining
haqqoniyligini namoyon etadi:
a) miqdoriy jihatdan, matematik usullar asosida qayd etish mumkin bo‘lganda;
b) hissiy ma’lumotlarga asoslanganda;
d) empirik jihatdan tekshirish mumkin bo‘lganda
answ
4
May, 2025-Yil
35
Shuni ta’kidlash lozimki, ijtimoiy hayotning barcha voqyeahodisalarini ham (masalan,
psixik jarayonlar) miqdoriy jihatdan qayd etish va o‘rganish, ijtimoiy qonuniyatlami ratsional
tafakkur tushunchalarisiz tadqiq etish, ko‘pgina nazariy mushohadalaming (masalan, jamiyatning
kelajakdagi taraqqiyoti istiqbollari haqidagi) haqqoniyligini bevosita verifikatsiya orqali
tekshirish mumkin emas.
6
Neopozitivizm o‘zlarini “ilmiy sotsiologiya” vakillari yoki sotsiologiyada “tabiiy-ilmiy”
yo‘nalish vakillari, deb hisoblovchi umumiy bir g‘oyada birlashgan alohida bir necha
maktablardan tashkil topgan yo‘nalishdir. Vena to‘garagi tarkibida shakllangan bu oqim
keyinchalik AQSh sotsiologiyasiga kuchli ta’sir o‘tkazib, XX asr boshlaridan empirik
sotsiologiyaning rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi. Natijada, bevosita amaliy ishlarga e'tiboming
kuchayishi oqibatida, sotsiologiya ijtimoiy ish bilan tenglashtirildi. Nazariy va metodologik
bazaning yetishmovchiligi - ushbu davr kamchiligi sifatida empirizm va pragmatizm kabi
xususiyatlarni namoyon qildi. Buning natijasida empirik tadqiqotlarni sotsiologik nazariyalarga
qarshi qo‘yish hisobiga, ulaming sotsiologik nazariyalami ma’lum bir muddatda (15-20 yil)
butun sotsiologiya sahnasidan surib chiqarishga imkoniyat berdi.
7
Empirik sotsiologiyaning vujudga kelish tarixi sotsiologiya fanining amaliy, kuzatuv va
tajriba asosidagi shakllanishini ifodalaydi. XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida bu yo‘nalish
G‘arbiy Yevropada, ayniqsa Germaniya va AQShda rivojlana boshladi. Uning asosiy maqsadi
jamiyatdagi ijtimoiy hodisalarni nazariy mulohazalardan tashqari, real hayotiy ma’lumotlar,
statistikalar va so‘rovnomalar orqali o‘rganish edi.
8
Xulosa shuki, empirik sotsiologiya nazariy bilimlarni amaliy tadqiqotlar bilan boyitdi,
ilmiy aniqlik va obyektivlikni kuchaytirdi. Bu yo‘nalish jamiyatni chuqurroq tushunish, ijtimoiy
muammolarni aniqlash va ularga yechim topish imkoniyatini yaratdi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Gulnoz J. Sotsiologiya tarixi.–T.: Innovatsiya-Ziyo, 2020.–466 b.
2.
Jiyanmuratova G. Sh. Huquq sotsiologiyasi: O'quv qo'llanma. – Toshkent: "Oltin qalam"
nashriyoti,
2024.
–
180
b.
//
https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=fdboTmYAA
AAJ&sortby=pubdate&citation_for_view=fdboTmYAAAAJ:QD3KBmkZPeQC
May, 2025-Yil
36
3.
Jiyanmuratova G. Sh. Zamonaviy sotsiologik nazariyalar va maktablar: Darslik. –
Toshkent:
"Oltin
qalam"
nashriyoti,
2024.
–
340
b.
//
https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=fdboTmYAA
AAJ&sortby=pubdate&citation_for_view=fdboTmYAAAAJ:jL-93Qbq4QoC
4.
Bekmurodov, M.B.; Raximova, N.X.; Jiyanmuratova, G.Sh.; Nurqulov, B.G'.
Jamoatchilik fikri sotsiologiyasi: O'quv qo'llanma. – Toshkent, 2025. – 160 b. //
https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=fdboTmYAA
AAJ&sortby=pubdate&citation_for_view=fdboTmYAAAAJ:48xauSegjOkC
5.
Sh J. G. Gofurov O. Ul. Mehnat bozori. Bandlik va ishsizlik muammolari. Risola.–
Toshkent: O ‘zMU, 2023.–117 b.
6.
Gulnоz J., Bunyоd N. YОSHLАR IJTIMОIY-SIYОSIY FАОLLIGINI ОSHIRISH–
USTUVОR VАZIFА //ZAMONAVIY DUNYONING IJTIMOIY MANZARASI VA
JAMIYAT TUZILMALARI TRANSFORMATSIYASI. – 2024. – Т. 1. – №. 1.
7.
Sherbutayevna J. G. et al. YOSHLAR HUQUQIY MADANIYATINI YUKSALTIRISH–
DAVLAT SIYOSATINING USTUVOR VAZIFASI //ZAMONAVIY DUNYONING
IJTIMOIY MANZARASI VA JAMIYAT TUZILMALARI TRANSFORMATSIYASI. –
2024. – Т. 1. – №. 1.
8.
Джиянмуратова Г. YOSHLARNING SIYOSIY INSTITUTLARGA NISBATAN
ISHONCHI MUAMMOSI: NAZARIY ASOSLAR //ЖУРНАЛ СОЦИАЛЬНЫХ
ИССЛЕДОВАНИЙ. – 2024. – №. SI-1.
9.
Sherbutayevna J. G. et al. ABSENTEIZM IJTIMOIY HODISA SIFATIDA //Tafakkur
manzili. – 2023. – Т. 2. – С. 4-10.
10.
Жиянмуратова Г. Ш. Ёш сайловчи электорал хулқ-атворига таъсир кўрсатувчи
омиллар/ЎзМУ хабарлари.–Тошкент, 2022. – № 1/11/1.–Б. 86-89./https://scholar.
google. com/citations.
11.
Джиянмуратова
Г.
Ш.
ELEKTORAL
XULQ-ATVORGA
RATSIONAL-
INSTRUMENTAL YONDASHUVNING PAYDO BO ‘LISHI VA RIVOJLANISHI
TARIXI //ЖУРНАЛ СОЦИАЛЬНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ. – 2022. – Т. 5. – №. 3. //
https://scholar.google.com/citations?view_op=view_citation&hl=ru&user=fdboTmYAA
AAJ&cstart=20&pagesize=80&sortby=pubdate&citation_for_view=fdboTmYAAAAJ:H
12.
Жиянмуратова Г. Ўзбекистон ёшларининг электорал маданияти. Монография.–
Тошкент, 2021.–122 б.
May, 2025-Yil
37
13.
Sh J. G. The Issue Of Youth Trust In Political Institutions In Sociology //Sotsiologiya va
huquq/Sociology and law. – 2024. – Т. 2. – №. 3/1. – С. 1.
14.
Jiyanmuratova G. S. ZAMONAVIY YOSHLARNING SIYOSIY INSTITUTLARGA
ISHONCHI TADQIQOTLARI: XORIJ TAJRIBASI //Academic research in educational
sciences. – 2024. – №. 3. – С. 190-197.
исчерпывающий ответ на свои вопросы о том, что такое эмпирическая социология.
Это пригодится вам при болееглубоком изучении социологии. Под эмпирической
социологией мы понимаем область развития социологической науки, связа знаний в
результате проведения специальных эмпирических исследований. Эмпирическая
социология считается важным видом профессиональной деятельности социолога, без
которого невозможно представить социологию как науку. Зарождение эмпирической
социологии в начале XX века было провозглашено на стороне Огюста Конта.
