May, 2025-Yil
151
USMONIYLAR IMPERIYASIDA XOTIN-QIZLAR TA’LIMI MASALASI: ISTANBUL
DORULFUNUNU (1914-1921)
Izzatova Ra’no Ulug‘bekovna
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti 2-kurs magistrant
https://doi.org/10.5281/zenodo.15347014
Annotatsiya.
Ushbu maqolada Usmoniylar imperiyasidagi oliy ta’lim islohotlari, xususan
Oliy ta’lim muossasasi hisoblangan, Istanbul Dorulfununining faoliyati to‘g‘risida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar:
Idadi, Sultani, Dorulfunun, Dorulmuallimot, Ittihod va Taraqqiy.
Usmoniylar davlatida 1914-yil 12-sentyabrda xotin-qizlar uchun mo‘ljallangan ilk
Universitet (Dorulfunun) tashkil etildi. Bu oliy ta’lim muassasasi Adabiyot, Matematika
(Riyoziyat) va Tabiiy fanlar (Tabiyat) bo‘limlaridan iborat edi
1
.
1914-yilda boshlangan va haftada to‘rt kun, tushdan keyin soat 14:00 dan 16:15 gacha
davom etgan darslar ayollar tomonidan katta qiziqish bilan kuzatildi va bu mashg‘ulotlar bir yilga
yaqin vaqt davom etdi. Ushbu darslar, rasmiy ravishda 1914-yil 12-sentabrda Zaynab Xonim uyida
tashkil etilgan Bu muassasaning tashkil topishi, Ittihod va Taraqqiy partiyasining ijtimoiy hamda
madaniy sohalardagi siyosatlarining uzviy davomidir. Ayniqsa, Dorulfununda ayollar va erkaklar
uchun alohida konferensiyalar tashkil etish g‘oyasi bilan bog‘liq edi. Bundan tashqari, yuqori
ta’lim olish istagida bo‘lgan qizlarning murojaatlari ham bu qarorning qabul qilinishida muhim rol
o‘ynagan. Ayol pedagoglar tayorlaydigan maktab (Dorulmuallimot) tizimiga qo‘shilgan holda
tashkil etilgan. Dorulfununning ta’lim muddati uch yil etib belgilangan bo‘lib, u adabiyot va tabiiy
fanlar bo‘limlaridan iborat edi. Tabiiy fanlar bo‘limi esa matematika (riyoziyat) va tabiiy fanlar
(tabiyat) yo‘nalishlariga bo‘lingan. 1914-yil 24-oktabrda 22 nafar talaba universitetga qabul
qilinib, darslar boshlangan. Talabalik uchun quyidagi shartlar belgilangan edi: nomzodlar
Dorulmuallimot, qizlar litseyi (Idadi) yoki (Sultani) maktablaridan bitirgan bo‘lishi va imtihonsiz
qabul qilinishi, yoki shaxsiy tahsil olgan bo‘lsa, belgilangan imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tishi
lozim edi. Shuningdek, 16–25 yosh oralig‘ida bo‘lish, Usmoniy pasporti va emlash guvohnomasini
taqdim etish ham zaruriy shartlardan edi. Matbuotda chiqqan xabarlarga ko‘ra, Bu Dorulfunun
rasmiy jihatdan Dorulmuallimot tarkibida tashkil etilgan. Darslar uchun zarur bo‘lgan jihozlar
xarajati ham Matbaa-i Amire orqali Dorulmuallimot byudjeti hisobidan amalga oshirilgan. Biroq
1
Ekmeleddin Ihsanoĝlu. Dârülfünun/ Türkiye Diyanet Vakfı İslâm Ansiklopedisi. Cilt.8. – Istanbul: TDV Yayınları,
1993.– S. 524
May, 2025-Yil
152
universitet ichki intizomini ta’minlash uchun ishlab chiqilgan olti bandli nizomga ko‘ra, talabalar
Dorulfunun bosh direktoriga bo‘ysundirilgan. Shu bilan birga, Zaynab Xonim uyida ta’lim
olayotgan talabalar o‘zlariga ajratilgan hududlardan tashqariga chiqmasliklari va maktab ichida
hamda tashqarisida kiyim-kechaklari milliy tarbiya mezonlariga mos bo‘lishi qat’iy belgilangan
edi
2
.
1914-1915 o‘quv yili bu Dorulfunun uchun birinchi ta’lim yili bo‘ldi. Ushbu yilda asosan
tayyorgarlik ishlari, jumladan o‘qituvchilarni tayinlash va o‘qituvchilarning o‘z vaqtida ta’lim
berishga tayyor emasligi sababli yangi o‘qituvchilarni izlash kabi muammolar yuzaga keldi.
Dorulfunun, Dorulmuallimot tizimiga qarashli bo‘lsa-da, boshqa muassasalar bilan yozishmalarni
asosan Dorulfunun boshqaruvi olib borardi. Biroq, barcha xarajatlar Dorulmuallimotning byudjeti
hisobidan qoplanardi. Shu bilan birga, talabalarga 1913-yilda qabul qilingan Dorulfunun Nizomiga
muvofiq o‘qish majburiyati yuklatilgan edi. 1914-yil 28-sentabrda boshlanadigan o‘quv yilidagi
dasturda, o‘qituvchilar va ularning ta’lim beradigan fanlari quyidagicha edi:
Adabiyat bo‘limi: Ferid Bey, Turkiya adabiyoti Ahmed Agayef, Umumiy tarix Efdaluddin
Bey, Usmoniylar tarixi, Faik Sabri, Geografiya va etnografiya, Ismoil Haqqi, Tarbiya fani, Aziz
Bey, Yozuvchilik, Ziya Bey,
Tabiyat bo‘limi: Said Bey, Fizika, Hulusi Bey, Hayvon anatomiya, Mushtak Bey,
O‘simliklar, mineralshunoslik, Yûsuf Ragip, Sog‘liqni saqlash, Neshet Efendi, Kimyo va madaniy
minerallar, İsmail Hakki, Tarbiya fani
Riyoziyat bo‘limi: Said Bey, Fizika, SHukru Bey, Geometriya, Salih Zeki Bey, Algebra va
musallasat, Mushtak Bey, O‘simliklar va minerallar, Salim Bey, Hisoblash ilmi, İsmail Hakki,
Tarbiya fani
Bu dastur, Dorulfununning ta’lim tizimining tashkil topganligini va har bir bo‘limning
o‘ziga xos darslari va o‘qituvchilari bilan faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga xizmat qilgan
3
.
Dorulfunun 1917-yili ilk bitiruvchilarini bergan. Talabalar ko‘rsatgan muvaffaqiyat
darajasiga qarab, Adabiyot bo‘limidan Lamia, Adolat, Aliye, Safiye, Oysha Meliha, Shazamand,
Maqbul va Saliha ismli sakkiz kishi bitirgan. Tabiyat bo‘limida esa muvaffaqiyat tartibida
Hamdiya, Zehra, Shekibe, Havva Saniya, Oysha Saniya, Nezohat, Muammer, Azizе, Fotima Arife
ismli to‘qqiz nafar talabani bitirganligi qayd etilgan. Xadichs Sabiha, Behije va ismli uch nafar
2
Bahar Baskin. II. Meşrutiyet’te Kadin Eğitimine Yönelik Bir Girişim: Inas Darülfünunu (Ikkinchi Mashrutiyat
davrida ayollar taʼlimiga qaratilgan bir tashabbus: xotin-qizlar Dorulfununu) // İ.Ü. Siyasal Bilgiler Fakültesi Dergisi.
Sayı. 38. – Mart, 2008. – S. 92-93
3
Mustafa Gündüz. İnâs Dârülfünunu(1914-1921) // https://turkmaarifansiklopedisi.org.tr
May, 2025-Yil
153
talaba Riyoziyat bo‘limidan – yana muvaffaqiyat tartibida – bitirgan. 1917-yilda Dorulfununni
tamomlagan yigirma nafar ayol, Istanbul yoki boshqa viloyatlardagi joylarga tayinlangan. Ular
Turkiyada oliy ta’lim olgan ilk ayollar sifatida tarixda qolgan. 1918-yilda Dorulfununni xotin-
qizlar ikkinchi marta bitirgan. Dorulfununning muvaffaqiyat tartibida, Riyoziyat bo‘limidan:
Saodat, Oysha Suat, Bahriya; Tabiyat bo‘limidan: Sayime, Nasiya, Huriya, Lutfiyya, Robiya,
Fatiya, Naime, Atife va Efsar; Adabiyot bo‘limidan: Emine Aliye, Shoziye Ibrohim, Mediye,
Oysha Siddika ismli talabalarni bitirgan. 1918-yilgi bitiruvchilar soniga qaralganda, oldingi yilga
nisbatan kamayish ko‘zga tashlanadi
4
.
1918-yilda Dorulfunun uchun oltita bo‘lim va jami 33 moddadan iborat bo‘lgan ichki
nizom ishlab chiqildi. Ushbu nizomda quyidagi jihatlar aniq belgilab qo‘yilgan edi: muallimlar
kengashining tashkil topishi va vazifalari (1–2-moddalar); boshqaruv hay’ati va o‘qituvchilarning
asosiy fazilatlari hamda majburiyatlari (3–9-moddalar); talabalar rioya qilishi lozim bo‘lgan
qoidalar (9–11-moddalar); maktab ichki intizomi va umumiy tartib-qoidalari (12–19-moddalar);
shuningdek, qabul jarayoni, ro‘yxatdan o‘tish va imtihonlar bilan bog‘liq tartiblar (20–33-
moddalar). O‘sha davrning murakkab sharoitlariga qaramay, mazkur talimatnoma yuqori aniqlik
va mas’uliyat bilan amaliyotga joriy etilgani qayd etilgan
5
.
1914-yil 12-sentyabrda ayollar uchun tashkil etilgan Dorulfunun, Birinchi jahon urushida
Usmoniylar imperiyasi mag‘lubiyatga uchraganidan so‘ng, 1919-yilda yopildi. Ittifoqchi
davlatlarning Istanbulni bosib olishi ortidan hukumat universitetning direktor va
o‘qituvchilarining maoshlarini to‘xtatdi. Oradan ko‘p o‘tmay, Maorif naziri Ali Kemal,
Dorulfunun direktori Ahmad Naimga murojaat qilib, Dorulfunun rasman yopilganini va ayol
talabalar bundan buyon erkak talabalar bilan birga Dorulfununning Fan va Adabiyot fakultetlarida
o‘qishini ma’lum qildi. Biroq Dorulfunun direktori erkak va ayol talabalar uchun aralash ta’limga
qarshi chiqdi. Shu sababli ayollar va erkaklar uchun bir binoda, ammo alohida vaqt – ertalab
ayollar, tushdan keyin erkaklar uchun alohida dars jadvali tuzildi. 1919-yilda Maorif Nazirligi
bitiruvchi ayol talabalarni tanlov imkoniyati bilan ta’minladi: ular istasa Ayollar Universiteti
diplomini, istasa erkaklar uchun mo‘ljallangan Dorulfunun diplomini olish huquqiga ega edilar.
Ularning uch nafari erkaklar o‘qiydigan Dorulfununning Geografiya bo‘limiga o‘tdi. 1919–1920
o‘quv yilida o‘qituvchilar bir xil mavzudagi darsni ikki guruh – ayollar va erkaklar uchun alohida-
4
Çağhan Uyar, Esen Ertuğrul. Türkiye’de Kadinlarin Yükseköğrenim Hakkini Elde Etmesi: Darülfünun’da Kadin ve
İnas Darülfünunu (Turkiyada ayollarning oliy taʼlim huquqini qo‘lga kiritishi: Dorulfunun‘da ayol va qiz
Dorulfununu) // ESOGÜ Tarih Dergisi Cilt 3. Sayı 1. – Mayıs, 2020. – S. 80
5
Mustafa Gündüz. İnâs Dârülfünunu(1914-1921) //
May, 2025-Yil
154
alohida o‘qitishni istamadi. Natijada Dorulfunun Kengashi Adabiyot, Fan va Huquq fakultetlarida
aralash ta’lim joriy qilishga qaror qildi. 1921–1922 o‘quv yilidan boshlab esa universitetda rasmiy
ravishda aralash ta’lim tizimi yo‘lga qo‘yildi. Dastlab 22 nafar talaba bilan faoliyat boshlagan
Dorulfunun 1919-yilda yopilguniga qadar jami 129 nafar ayol talaba tahsil olgan
6
.
Usmoniylar imperiyasining so‘nggi davridagi modernizatsiya harakatlaridan biri bo‘lgan
Dorulfunun, ayollarning ijtimoiylashuvi jarayonida tutgan o‘rni jihatidan muhim ahamiyat kasb
etadi. Ayollar nuqtai nazaridan qaralganda, oliy ta’lim olish huquqining qo‘lga kiritilishi muhim
bir yutuq bo‘lgan bo‘lsa-da, shu davrda kuchayib borayotgan va ziyoli qatlam orqali tarqalgan
millatchi-pozitivist g‘oyalar uchun ham ayollar ta’limi nihoyatda muhim sanalgan. Ayollarni
o‘qitish masalasi, ayniqsa, ularning ona sifatidagi roli bois, yangi avlodni ongli tarzda tarbiyalash,
vatan va millat g‘oyalari bilan tarbiyalash uchun zarur deb topilgan. Ayollar ta’limi masalasi o‘sha
davr muhokamalarining asosiy mavzularidan biri bo‘lgani bois, bu mavzu ayollar jurnallarida ham
tez-tez tilga olingan
7
.
Oliy ta’lim sohasida esa 1914-yilda tashkil etilgan Dorulfunun – xotin-qizlar
universitetining ochilishi alohida tarixiy ahamiyatga ega voqea bo‘ldi. Bu muassasa ayollarga
ilmiy bilim olish huquqini bergan holda, ularni oliy ta’lim bilan ta’minlash yo‘lida katta qadam
bo‘ldi. Talabalar soni kam bo‘lishiga qaramay, bu universitet ayollarning ilm-fan sohasiga kirib
borishini boshladi va keyinchalik Turkiya Respublikasi davrida oliy ta’limning shakllanishiga
zamin yaratdi. Xotin-qizlar tabiiy fanlar, adabiyot va pedagogika yo‘nalishlarida ta’lim olib, o‘z
intellektual salohiyatlarini oshirishga muvaffaq bo‘lishdi. Ikkinchi Konstitutsiyaviy monarxiya
davrida ayol yozuvchilar tomonidan ayollar ta’limining sifati, shakli va ta’limdan kutilgan
maqsadlar ifoda etilganini ko‘rish mumkin. Ayol avvalo yaxshi turmush o‘rtoq, yaxshi ona
bo‘lishi, sog‘lom avlodlar tarbiyalashi, isrofdan saqlanishi, vatanga sadoqatli farzandlar
yetishtirishi, mahalliy mahsulotlardan mamlakat iqtisodiyoti uchun foydalanishi va moda
bahonasida G‘arb ayollari tipini taqlid qilmasligi faqat ta’lim va maktab tarbiyasi orqali amalga
oshishi mumkinligi ayol yozuvchilar tomonidan ta’kidlanganini ko‘rish mumkin
8
.
7
Bahar Baskın. II. Meşrutiyet’te Eğitim, Kadın ve İnas Darülfünunu(İlk Kadın Üniversitesi) (Ikkinchi Mashrutiyat
davrida taʼlim, ayol va Inos Dorulfununu (birinchi ayollar universiteti). Diss. MD. – İstanbul, 2007. – S. 119-120
8
Savaş Karagöz, Mustafa Şanal. Ikinci Meşrutiyet Dönemi Kadın gözüyle kadın Eĝitimi (Ikkinchi Mashrutiyat
davrida ayol nigohida ayollar taʼlimi) // Uluslararası sosyal Araştırmalar dergisi. Sayı 39. Cilt 8. –Ağustos 2025. –S.
689
May, 2025-Yil
155
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.
Bahar Baskın. II. Meşrutiyet’te Eğitim, Kadın ve İnas Darülfünunu(İlk Kadın Üniversitesi)
(Ikkinchi Mashrutiyat davrida taʼlim, ayol va Inos Dorulfununu (birinchi ayollar
universiteti). Diss. MD. – İstanbul, 2007. – S. 119-120
2.
Bahar Baskin. II. Meşrutiyet’te Kadin Eğitimine Yönelik Bir Girişim: Inas Darülfünunu
(Ikkinchi Mashrutiyat davrida ayollar taʼlimiga qaratilgan bir tashabbus: xotin-qizlar
Dorulfununu) // İ.Ü. Siyasal Bilgiler Fakültesi Dergisi. Sayı. 38. – Mart, 2008. – S. 92-93
3.
Çağhan Uyar, Esen Ertuğrul. Türkiye’de Kadinlarin Yükseköğrenim Hakkini Elde Etmesi:
Darülfünun’da Kadin ve İnas Darülfünunu (Turkiyada ayollarning oliy taʼlim huquqini
qo‘lga kiritishi: Dorulfunun‘da ayol va qiz Dorulfununu) // ESOGÜ Tarih Dergisi Cilt 3.
Sayı 1. – Mayıs, 2020. – S. 80
4.
Ekmeleddin Ihsanoĝlu. Dârülfünun/ Türkiye Diyanet Vakfı İslâm Ansiklopedisi. Cilt.8. –
Istanbul: TDV Yayınları, 1993.– S. 524
5.
Mustafa Gündüz. İnâs Dârülfünunu(1914-1921) //
https://turkmaarifansiklopedisi.org.tr
https://www.milligazete.com.tr/amp/haber/2852695/turkiyenin-ilk-kadin-universitesi-
inas-Dorulfunun-1914te-kuruldu
