2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
42
EGZISTENSIALIST MOTIVLAR
Shirinmoh To‘rayeva
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15346200
Annotatsiya.
O. Genrining “So‘nggi yaproq” va Jan Dominik Bobbining “Skafandr va
kapalak” asarlarida uchraydigan bemorlik motivi adabiy tahlil etilgan. Bunda “bemor”
tushunchasining etimologiyasi, psixologiya, tibbiyot, falsafa va adabiyotdagi talqinlari chuqur
yoritiladi. Bemorlik bu ikki asarda nafaqat jismoniy kasallik, balki insonning ichki ruhiy holati,
umid va najot istagini ifodalovchi badiiy vosita sifatida ko‘riladi. Asarlardagi qahramonlarning
ruhiy sinovlari va iroda kuchi bemorlik motivi orqali tahlil qilinadi. Tezisda bemorlik motivining
adabiy asar mazmunini boyitishdagi ahamiyati, uning ramziy va estetik yuklamalari asoslangan
holda tadqiq etilgan.
Kalit so‘zlar:
egzistensialist motivlar; “So‘nggi yaproq”; “Skafandr va kapalak”;
qadriyat; o‘zlikni anglash.
Insoniyat qadimdan beri salomatlik va kasallik, hayot va o‘lim muammolari bilan yuzma-
yuz bo‘lib kelgan. Har bir davrda bu holat nafaqat tibbiy, balki falsafiy, ruhiy, va estetik nuqtai
nazardan ham tahlil etilgan. Adabiyot esa inson ichki kechinmalarining eng nozik qatlamlarini aks
ettiruvchi san’at turi sifatida bemorlik holatini chuqur yoritib beradi. Chunki bemorlik — bu
nafaqat jismoniy holat, balki insonning ruhiy dunyosi, umid, iztirob, najot va iroda kabi murakkab
ichki jarayonlarining badiiy ifodasidir. Adabiyot inson qalbi, ruhiyati va hayot haqidagi
mushohadalarini badiiy shakllarda ifoda etuvchi kuchli vositadir. Unda bemorlik holati faqat
jismoniy dard emas, balki chuqur ruhiy, ijtimoiy va falsafiy ma’nolar bilan boyitilgan.
Egzistensialist motivlar — bu adabiyotda insonning borliqdagi holati, ma’no izlash, yolg‘izlik,
erksizlik va tanlov oldidagi azob kabi egzistensial (ya’ni mavjudlikka oid) tushunchalarni
yorituvchi g‘oyaviy-badiiy yo‘nalishdir. Bemor obrazlar orqali muallif hayot va o‘lim o‘rtasidagi
nozik chegarani, insonni ruhiy zaiflashishdan najotga olib chiqadigan kuchlarni namoyon qilar
ekan, bu jihatdan bemorlik motivi ko‘plab jahon adabiyotidagi asarlarning markazida turadi.
Jumladan, O. Genrining “So‘nggi yaproq” hikoyasi va Jan Dominik Bobbining “Skagandr va
kapalak” asari zamirida ham aynan bemorlik holati insoniylik, umid va ijodiy qudrat mavzulari
bilan bog‘langan holda tasvirlanadi. Mazkur ishimizda aynan bemorlik tushunchasining genezisi,
tibbiyot, psixologiya, falsafa va adabiyotdagi talqinlari hamda yuqoridagi ikki asarda u qanday
badiiy vazifani bajarayotgani atroflicha tahlil qilinadi.
2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
43
O. Genrining “So‘nggi yaproq” novellasi va Jan Dominik Bobbining “Skafandr va
kapalak” asarlari ana shunday badiiy-falsafiy uyg‘unlikda bemorlikni markaziy motiv sifatida
qamrab oladi. So‘zimiz avvalida bemorlik haqida to‘xtalsak. Bemorlik bu odam organizmida
normal holatning buzilishi bo‘lib, sog‘liqnimg yomonlashuvi, jismoniy yoki ruhiy noqulaylik,
faoliyatning cheklanishi bilan ifodalanadi. U turli sabablarga ko‘ra yuzaga keladi: infeksiyalar,
stress, jarohatlar, ruhiy bosim va boshqalar. Bemorlik bu shunchaki kasallik emas, balki odamning
o‘zini sog‘lom his qilmasligi, oddiy hayot tarzini davom ettira olmasligi holatidir. U vaqtinchalik
ham surunkali ham bo‘lishi mumkin. Umuman olganda bemorlik bu inson tanasi yoki ruhiyatida
yuzaga kelgan muvozanatning buzilishi holatidir. Bemor so‘zining genezisi ya’ni kelib chiqishi
fors tilidan kirgan bo‘lib, “be” (inkor qo‘shimchasi – yo‘q, emas) va “-mor” (mehr, ahvol, sog‘liq,
muhabbat) so‘zlaridan tashkil topgan. Bu so‘z aslida “mehrdan, sog‘liqdan mahrum bo‘lgan kishi”
degan ma’noni anglatadi. Fors tilida “mor”(ilon) so‘zi bilan “bemor” so‘zidagi “-mor” o‘xshash
tovushlarga ega bo‘lsa-da, ular har xil ildizlardan kelib chiqqan. Ammo forslar “mor” ya’ni ilonga
ham “kasallik tarqatuvchi jonivor” sifatida qaraydilar… O‘zbek tilida esa u “kasal”, “dardman”,
“davolanishga muhtoj inson” ma’nolarida ishlatiladi. Bemor nafaqat tibbiy, balki psixologik,
falsafiy va badiiy mazmunni o‘zida mujassam etgan muhim semantik birlik hisoblanadi.
Tibbiyotda u organizmning normal holatidan chetlanishi, sog‘liqni buzilishi holatini bildirsa,
psixologiyada insonning ruhiy holati, stress, tushkunlik yoki umidsizlik kabi ichki kechinmalari
bilan bevosita bog‘liq holda talqin etiladi. Falsafada esa bemorlik inson hayotining
cheklanganligi, o‘lim va mavjudlik muammolari, zaiflik va ongning uyg‘onishi holati bilan
qamrab olinadi. Egzistensialistlar fikricha bemorlik holati ko‘pincha insonni o‘z hayotining
mohiyatini chuqur anglash sari boshlaydi. Badiiy adabiyotda esa bemorlik kuchli badiiy vosita
sifatida ishlatiladi. U orqali muallif insoniy mehr, fidoiylik, umid, sabr-toqat, ruhiy sinovlar va
hayotga bo‘lgan ichki intilishni yoritadi. “So‘nggi yaproq” va “Skafandr va kapalak” asarlarida
bemorlik motivini ko‘rib chiqishimiz mumkin.
O. Genrining “So‘nggi yaproq” novellasidagi qahramon Jonsi zotiljam (o‘pka
yallig‘lanishi) kasaliga chalinib yotib qoladi. Yaproqlar to‘kilsa men ham o‘laman degan
tushkunlik kayfiyati – ruhiy bemorlikni ifodalaydi. Rassom Berman derazaga oxirgi yaproqni
chizadi va shu bilan umid uyg‘otadi. Bu yerda bemorlik – mehr, fidoiylik, san’atning jonlanishi
orqali uning qudrati namoyon bo‘lishi hamda inson qalbida to‘g‘ri qadriyatni shakllantirib, uning
hayotini qutqarish orqali ko‘rsatiladi.
Jan Dominik Bobbining “Skafandr va kapalak” asarida esa Bobbi (locked in sindirome)
ya’ni miya insultiga uchrab butun tanasi falaj bo‘lib qoladi. Bu jismoniy cheklovlar bilan yuzma-
2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
44
yuz kelgan inson obrazi. Ammo u ichki dunyosini kapalakka qiyoslaydi – bu tasavvur, tafakkur va
ijod erkinligidir. Uning faqat bir (chap) ko‘zi harakat qiladi va u bu orqali o‘z asarini yozadi. Bu
esa iroda va ruh kuchining g‘alabasi. Bemorlik bu yerda ruh erkinligi va tafakkur abadiyatining
timsoli bo‘lish bilan birga qahramonni o‘zini anglashi, o‘z qadriyatlarini shakllantirishga undaydi.
Ikkala asarda ham bemorlik insoniylik, irodaviy kuch, ruhiy uyg‘onish, o‘zini anglash, to‘g‘ri
qadriyatlarni tushunib uni shakllantirish sifatida namoyon bo‘ladi. Shuningdek, asarlarda bemorlik
insonning o‘ziga, atrofdagilariga, hayotga bo‘lgan munosabatini o‘zgartiradi. Ruhiy qo‘llab-
quvvatlash va umid bemorlikdan qutilishning asosiy kaliti sifatida talqin qilinadi va har ikki
asarda ham san’at va fikr dardga qarshi quroldir. “So‘nggi yaproq” va “Skafandr va kapalak”
asarlarida bemorlik nafaqat jismoniy kasallik sifatida, balki inson ruhiyatiga irodasi va hayotga
bo‘lgan munosabatiga ta’sir etuvchi chuqur falsafiy va badiiy motiv sifatida talqin etiladi.
Asarlarda bemorlik orqali ruhiy sinov, ichki o‘zgarish, o‘zini anglash, to‘g‘ri qadriyatlarni
shakllantirish aks ettiriladi. San’at va fikrning shifo beruvchi kuchi yoritiladi.
O. Genrining “So‘nggi yaproq” asarida bemorlik muhabbat va san’at kuchi, qudrati bilan
yengilsa, Jan Dominik Bobbining “Skafandr va kapalak” asarida esa bemorlik iroda, tafakkur va
ichki ozodlik orqali yengiladi. Bemorlik bu asarlarda sinov emas, balki insoniylikni isbotlash
maydoniga aylanadi. Shu jihatdan bemorlik motivi o‘zida tibbiy, psixologik, falsafiy va badiiy
qatlamlarni mujassam etgan kuchli semantik birlikdir. Bu motiv orqali inson hayotining har bir
onini qadrlash, uni sabr va iroda bilan boyitish, hayot oldidagi e’tiqod, qadriyatlarini yuqotmaslik
kerakligi anglatiladi. Demak, bemorlik badiiy asarlarda nafaqat dard, balki ruhiy uyg‘onish,
o‘zligini topish, to‘g‘ri qadriyatlarni shakllantirish orqali insoniy yuksalishdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Jan-Dominik Bobi. “Skafandr va kapalak” (xotira-asar). – Toshkent: “Yangi asr avlodi”,
2020.
2.
O. Genri. “So‘nggi yaproq” (hikoya). – Toshkent: G‘. G‘ulom nomidagi Adabiyot va
san’at nashriyoti, turli to‘plamlar.
3.
Camus A. “Begona”. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2015. (yoki rus tilida: Камю А.
«Посторонний»).
4.
(Egzistensializm adabiyotidagi asosiy g‘oyalar, yolg‘izlik, o‘lim va ruhiy holatlar talqini
uchun mukammal misol.)
5.
Dehkhoda ensiklopedik lug‘at. Eron nashri 2018.
