May, 2025-Yil
174
ZAMOVAVIY TA’LIM METODLARIDA INDIVIDUAL TA’LIMNING AHAMIYATI
Qosimova Zamira Shoniyoz qizi
O’zbekiston Milliy Universiteti, Jurnalistika va o’zbek filologiyasi
fakulteti tillarni o’qitish: O’zbek tili yo’nalishi 1-kurs talabasi
e-mail:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15368001
Annotatsiya.
Mazkur maqolada individual taʼlimning mazmun-mohiyati, uning
zamonaviy taʼlim jarayonidagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv
orqali o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, bilimga bo‘lgan qiziqishi va faolligi qanday
shakllanishi tahlil qilingan. Shuningdek, individual taʼlim o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi
aloqani mustahkamlash, o‘quvchining shaxsiy imkoniyatlarini inobatga olish orqali taʼlim
samaradorligini oshirishdagi roli ilmiy asosda ko‘rsatib berilgan. Maqolada tegishli adabiyotlar
va nazariy qarashlarga tayanilgan holda amaliy tavsiyalar ham ilgari surilgan.
Kalit so’zlar:
Individual ta’lim , mustaqil fikrlash , shaxsiy tajriba , psixologik
yondashuv, o’zlashtirish .
THE IMPORTANCE OF INDIVIDUALIZED LEARNING IN MODERN
EDUCATIONAL METHODS
Abstract.
This article explores the essence and significance of individual learning in the
context of modern education. It analyzes how a learner-centered approach fosters students’
independent thinking, interest in knowledge, and active participation. Furthermore, the study
highlights the role of individual learning in strengthening the interaction between teacher and
student, as well as in enhancing the effectiveness of education by considering each learner’s
personal abilities. The article also presents practical recommendations based on relevant
literature and theoretical perspectives.
Keywords:
Individualized learning, independent thinking , personal experience ,
psychological approach , assimilation.
ЗНАЧЕНИЕ ИНДИВИДУАЛЬНОГО ОБУЧЕНИЯ В СОВРЕМЕННЫХ МЕТОДАХ
ОБРАЗОВАНИЯ
Аннотация
: В данной статье раскрываются сущность и значение
индивидуального обучения в современной образовательной системе. Анализируется, как
личностно-ориентированный подход способствует развитию самостоятельного
мышления, интереса к знаниям и активности учащихся. Также показана роль
индивидуального обучения в укреплении взаимодействия между учителем и учеником, а
May, 2025-Yil
175
также в повышении эффективности образования с учётом индивидуальных
возможностей обучающихся. В статье приведены практические рекомендации,
основанные на соответствующей литературе и теоретических взглядах.
Ключевые слова
: Индивидуальное обучение ,cамостоятельное мышление, личный
опыт , психологический подход , усвоение.
Bugungi kunda ta’lim rivoji uchun ustuvor yo’nalishlardan biri bu o’quvchining bilim
darajasi va shaxsiy imkoniyatlarini inobatga olgan holda sifatli ta’lim berishdir. Ta’lim-
tarbiyadagi individual yondashuv, bolani boshqalardan ajratib individual o‘qitishni bildirmaydi,
balki shaxsning u yoki bu xislatlarining shakllanishida maxsus sharoitlarni hisobga olish, har bir
o‘quvchining individual psixologik xususiyatlarini ilmiy asosda tushunishni anglatadi
.Psixologiyada shaxsning individual xususiyatlari deganda bir shaxsni ikkinchi shaxsdan
farqlaydigan xususiyatlar tushuniladi. Individual yondashuvning vazifasi – rivojlanishning
individual usullarini aniqlash bolaning imkoniyatlarini har bir shaxsning faolligini ta’minlashdan
iborat.[1] Bu borada ikki xil qarash mavjud bo’lib, ba’zi odamlar har bir o’quvchining o’rganish
ulubiga va o’zlashtirish darajasiga qarab individual ta’lim berish kerak deb hisoblaydilar, ammo
aksariyat odamlar o’quchilarda o’rgatish tizimi jamoaviy tarzda ancha samarali bo’lishini
ta’kidlaydilar.
Zamonaviy ta’lim tizimi har bir o’quvchining shaxsiy ehtiyoj va qobiliyatlariga
moslashtirilgan yondashuvlarni talab qilmoqda. Ana shunday yondashuvlardan biri biri-
individual ta’lim. Bu usulning afzalliklari quyidagilar: birinchidan, o’quvchining qobiliyatlaiga
moslashuvchanlik, ya’ni har bir o’quvchi turli darajadagi bilim, o’zlashtirish qobiliyativa o’ziga
xos o’rganish uslubiga ega. Individual ta’limana shu farqlarni hisobga olib, o’quv jarayonini
moslashtiradi. Bu esa o’quvchiga o’ziga qulay sur’atda o’rgnish imkonini beradi.
Ikkinchidan esa mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. Individual ta’limda o’rganuvchi
o’zining shaxsiy maqsadlarini aniq belgilab, ularni amalga oshirish uchun mustaqil harakat
qiladi. Bu jarayon esa ma’suliyatni his qilishga undaydi, qolaversa, qaror qabul qilishni
o’rganadi va mustaqil fikrlash malakasini oshiradi. “Ta’lim jarayoni o‘quvchining shaxsiy
tajribasi va faol ishtirokiga asoslangandagina, u mustaqil fikrlash va muammolarni hal qilish
qobiliyatini
rivojlantiraoladi.”[2]
Uchinchidan, o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida yaqin aloqani ta’minlaydi. Individual
yondashuvda o’qituvchi har bir o’quvchiga alohida e’tibor qaratadi. Bu esa o’quvchi uchun
qulay v ishonchli muhit yaratib, yanada samarali bilim olishga yordam beradi. “Individual taʼlim
May, 2025-Yil
176
o‘qituvchining o‘quvchi bilan bevosita va shaxsiy aloqa o‘rnatishiga imkon yaratadi, bu esa dars
samaradorligini oshiradi”[3]. Eng muhimlaridan biri biri bu zaif tomonlarni bartaraf etish
imkoniyatidir. Bu ta’lim yo’nalishi o’quvchining kuchli va zaif tomonlarini aniqlab, zaif
tomonlari ustida tizimli ishlashga imkon yaratadi. Natijada esa bilim bo’shliqlari bartaraf etilib,
umumiy o’zlashtirish darajasi oshadi.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, individual ta’lim har bir o’quvchining o’ziga xosligini hurmat
qilgan holda, unga eng samarali yo’l bilan bilim berishni maqsad qiladi. Bu uslub o’uvchilarni
nafaqat bilimli , balki mustaqil fikrlaydigan, o’z imkoniyatlarini biladigan shaxs sifatida
tarbiyalaydi. Shu sababli ham, individual ta’lim nafaqat bilimlarni chuqur egallash, balki shaxsiy
rivojlanish, kasbiy tayyorgarlik va hayotiy faoliyatga tayyorlanishda ham muhim omil
hisoblanadi. Shunday ekan , individual ta’limga e’tiborni kuchaytirish, uni amaliyotga keng joriy
etish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
1
Muxtarova Sh.M. Turg’unpo’latov D. R. “Talim sifatini oshirishda individual ta’lim
mohiyati”. – Toshkent. 2023
2.
Dewey J. “Experience and Education”. -New York: Marcmillan. 1938
3.
Qurbonova M. Q. “Pedogogik mahorat asoslari”. -Toshkent. 2020
