Authors

  • Hilola Soatova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.86428

Keywords:

ona tili boshlang’ich sinflar umumta’lim maktabi ona tili fanining ahamiyati o’z ona tiliga bo’lgan hurmat shaxsiy rivojlanish o‘quvchi shaxsi.

Abstract

Ushbu maqolada umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinf o‘quvchilariga ona tili fanini o‘qitishning pedagogik, ijtimoiy va shaxsiy rivojlanish nuqtai nazaridan ahamiyati chuqur tahlil etilgan. Ona tili fanining mazmuni, uslubi va metodik yondashuvlari orqali o‘quvchilarni ongli fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan, ma’naviy yetuk, ijtimoiy faolligi rivojlangan shaxs sifatida shakllantirish imkoniyatlari ochib beriladi. Maqolada boshlang’ich sinf o‘quvchilari uchun ona tili fanining beqiyos ahamiyatga ega ekani, ayniqsa bu bosqichda o‘quvchilarda mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish, o’z fikrini ona tilida aniq-ravon ifoda eta olishi, yoza olishi, o’qish davomida uqish kabi dolzarb masalalar kun tartibida turgani ta’kidlangan.

background image

36

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

YUQORI SINFLARDA ONA TILI FANINI O‘QITISHNING AHAMIYATI

Soatova Hilola Shuxrat qizi

Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti 1-bosqich magistranti

E-mail:

hilolasoatova789@gmail.com

Tel: +998940823038

https://doi.org/10.5281/zenodo.15353145

Annotatsiya.

Ushbu maqolada umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinf

o‘quvchilariga ona tili fanini o‘qitishning pedagogik, ijtimoiy va shaxsiy rivojlanish nuqtai
nazaridan ahamiyati chuqur tahlil etilgan. Ona tili fanining mazmuni, uslubi va metodik
yondashuvlari orqali o‘quvchilarni ongli fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan, ma’naviy yetuk,
ijtimoiy faolligi rivojlangan shaxs sifatida shakllantirish imkoniyatlari ochib beriladi. Maqolada
boshlang’ich sinf o‘quvchilari uchun ona tili fanining beqiyos ahamiyatga ega ekani, ayniqsa bu
bosqichda o‘quvchilarda mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirish, o’z fikrini ona tilida
aniq-ravon ifoda eta olishi, yoza olishi, o’qish davomida uqish kabi dolzarb masalalar kun
tartibida turgani ta’kidlangan.

Kalit so‘zlar:

ona tili, boshlang’ich sinflar, umumta’lim maktabi, ona tili fanining

ahamiyati, o’z ona tiliga bo’lgan hurmat, shaxsiy rivojlanish, o‘quvchi shaxsi.


Hozirgi davrda ta’lim jarayonida shaxsni har tomonlama rivojlantirish va uni jamiyatga

foydali inson sifatida shakllantirishga, u o’z ona tilini sevishni o’rgatishga alohida e’tibor
qaratilmoqda. Ayniqsa, maktab ta’limining boshlang’ich bosqichidan boshlab, ya’ni 1-4-
sinflardan boshlab ularni ona tilini bilishiga, tarixi bilan qiziqishiga, o’z ona tilida aniq, ravon
so’zlay olishi muhim ahamiyat kasb etadi. Shu jihatdan ona tili fanini o‘qitish – bu nafaqat
o‘quv dasturi bandini bajarayotganlik, balki yosh avlod ongiga ijtimoiy, axloqiy, madaniy va
milliy qadriyatlarni chuqur singdirish jarayonidir. Boshlang’ich sinf o‘quvchilari ilk maktabga
kirib kelgan kunidan boshlab ularga o’z ona tillari haqida dars soatlari shakllantiriladi. Maqsad
o’quvchi ongida vatanga bo’lgan muhabbatni kuchaytirish, uning milliy qadriyatlari, tilini asrab
avaylashga undash hisoblanadi. Shu bois, ona tili fanining mazmuni va uni o‘qitish metodikasi
o‘quvchilarning ehtiyojlari va zamonaviy hayot talablari bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi zarur. Bu
fanning ahamiyati shundaki, u o‘quvchilarni nafaqat “kim bo‘lish”ga, balki “haqiqiy vatanparvar
inson bo‘lish”ga o‘rgatadi.

Ona tili fanining boshlang’ich sinflardagi tutgan o‘rni

Ona tili fani maktab ta’limining ajralmas qismi bo‘lib, uning vazifasi o‘quvchilarni bilim

bilan birga, o’zbek tilini biluvchi haqiqiy yetuk inson bo‘lib shakllanishiga xizmat qilishdir.
Ayniqsa,1-4-sinflarda bu fanning ahamiyati yanada ortadi, chunki o‘quvchilar:

Aynan shu yoshda o’quvchi bilim olishga chanqoq bo’ladi ;

jamiyatdagi tengdoshlari bilan muloqatga kirisha boshlaydi;

bir qancha xorijiy tillarni o’rganishni boshlaydi va o’z ona tiliga bo’lgan

muhabbat oshadi.

Shunday muhim bosqichda ona tili fanining mavjudligi o‘quvchilarda mustahkam til

me’yorlarni shakllantirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida ona tiliga bo’lgan cheksiz
muhabbati oshib boradi.

Boshlang’ich sinflarda ona tili fanining mashg’ulotlari turi va mazmuni

Boshlang’ich sinflarda ona tili fani quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:


background image

37

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

o’qish, yozuv, grammatik materiallarni o’rganish, kuzatishlar ham

o’quvchilarning ijtimoiy faoliyati bilan bog’liq holda ularning og’zaki va yozma nutqini
o’stirish.

Birinchi sinfga kelgan bolalarga savod o’rgatish, ya’ni ularning elementar o’qish

va yozishga o’rgatish, bu kamchiliklarni malakaga aylantirish

Adabiy til normalarini, ya’ni ularning imloviy va punktuatsion savodli yozuvini,

orfoepik to’g’ri talaffuzini o’rganish nutq va uslubiy elementlarini egallash.

Grammatika, fonetika, leksikadan nazariy materiallarni o’rganish, tildan ilmiy

tushunchalarni shakllantirish.

O’quvchilarni o’qish va Grammatika darslari orqali badiiy, ilmiy-ommabop va

boshqa adabiyotlar namunasi bilan tanishtirish, ularda adabiy asarni idrik etish ko’nikmasini
hosil qilish.

Yuqoridagi vazifalarning barchasini ona tili fani asosiy predmet sifatida o’rgatadi. Ularda

ifodalangan barcha mashg’ulotlar ona tili dasturida aks etgan. Dastur davomida hujjati
hisoblanib, unda boshlang’ich sinf o’quvchisi o’rganishi lozim bo’lgan barcha bilim, ko’nikma
va malakalar berilgan bo’ladi. O’qituvchi va o’quvchilar ona tili fanini shu dastur asosida olib
boradilar va unda berilgan talablarga ko’ra ish tutadi.

O‘qituvchining roli va metodik yondashuvlar

Ona tili fanining samaradorligi ko‘p jihatdan o‘qituvchining shaxsiga va metodik

yondashuvlariga bog‘liq. Boshlang’ich sinf o‘quvchilari bilan ishlashda o‘qituvchi:

Interfaol usullar (munozara, rolli o‘yin, loyiha ishlari) orqali darslarni qiziqarli

tashkil etishi;

Shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida har bir o‘quvchining ehtiyoj va

qiziqishlarini inobatga olishi;

Zamonaviy texnologiyalar, media vositalaridan samarali foydalanishi kerak.

O‘qituvchi o‘z shaxsi, muomalasi, hayotga munosabati orqali o‘quvchilar uchun namuna

bo‘lishi lozim. Shuning uchun tarbiyaviy faoliyatda pedagogning madaniyati, kommunikativ
ko‘nikmalari va ijtimoiy faolligi muhim omillardan hisoblanadi.

Boshlang’ich sinflarning ona tili fani dasturi ikki qismdan iborat:

Uqtirish xati

Asosiy qism

Uqtirish xatida ona tili fanining tutgan o’rni, uning vazifalari ko’rsatilib, metodik yo’l

yo’riqlari beriladi.

Asosiy qismda esa darslik bo’yicha berilgan mavzular bayoni, uning o’quvchi shaxsiga

qaratilgan ta’limy-tarbiyaviy jihatlari ko’rsatiladi.

Bugungi kun yoshlari ertangi jamiyatning tayanchi ekanini inobatga olib aytganda,

tarbiya fanini yuqori sinflarda chuqurlashtirilgan holda o‘qitish — bu jamiyatning ertangi
barqarorligini ta’minlash deganidir.

Xulosa qilib aytganda, ona tili fanining boshlang’ich sinflarda o‘qitilishi – bu oddiy dars

jarayoni emas, balki jamiyatning ma’naviy poydevorini mustahkamlashga qaratilgan strategik
ahamiyatga ega faoliyatdir. O‘quvchilar bu bosqichda ayni bilim chanqoq, bilishni xohlaydiga
yoshda, juda qiziquvchan bo’lishadi. Aynan ona tili fani esa bu jarayonda bosh yo‘riqnoma
bo‘lib xizmat qiladi. Ona tili fanining sifatli o‘qitilishi uchun zamonaviy, kreativ va mas’uliyatli
pedagoglar zarur. O‘qituvchi o‘zining bilim va ko‘nikmalariga tayangan holda o‘quvchilarning
qalbiga ona tilimizni jo qilishi, ularda ijobiy fazilatlar shakllantirishi kerak. Darslar faqat og‘zaki


background image

38

ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5

nazariy ma’lumotlar emas, balki real hayotiy vaziyatlar, amaliy topshiriqlar, ochiq muloqotlar
orqali olib borilishi lozim. Shunday ekan, boshlang’ich sinflarda ona tili fanini o‘qitish – bu
nafaqat o‘quvchining bugungi kuniga, balki uning ertangi kuniga, jamiyatning istiqboliga
qo‘yilgan mustahkam poydevordir. Ona tili darslari orqali shakllanadigan shaxs – bu Vatan
ravnaqi va kelajak taraqqiyotining asosiy kuchidir.

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. Toshkent: Adolat, 2021.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PQ–60-son qarori
“O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sifatini oshirish va ta’lim sohasini yangi bosqichga
olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”.

3.

G’ulomov A, Qodirov M, Ernazarova M, Bobomurodova A, Alavudinova N,
Karimjonova V. ONA TILI O’QITISH METODIKASI.Toshkent-2012.

4.

Axmedov, M. A., Juraev, J. A. Pedagogika: nazariya va amaliyot. – Toshkent:
O‘qituvchi, 2019. – 304 b.

5.

Karimova, G. A. Ma’naviy tarbiya asoslari. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2021. – 180
b.

6.

Qosimova K. Matchonov S. G’ulomova X. Yo’ldosheva Sh. Sariyev Sh. ONA TILI
O’QITISH METODIKASI.”Bayoz”Toshkent.2022.12-13-bet

7.

Normatov U. “Ona tili o‘qitishning dolzarb muammolari”, -T.: 2008 y

8.

www.pedagog.uz www.tdpu.uz https://uz.wikipedia.org/wiki/Ona_tili







References

O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. Toshkent: Adolat, 2021.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PQ–60-son qarori “O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sifatini oshirish va ta’lim sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”.

G’ulomov A, Qodirov M, Ernazarova M, Bobomurodova A, Alavudinova N, Karimjonova V. ONA TILI O’QITISH METODIKASI.Toshkent-2012.

Axmedov, M. A., Juraev, J. A. Pedagogika: nazariya va amaliyot. – Toshkent: O‘qituvchi, 2019. – 304 b.

Karimova, G. A. Ma’naviy tarbiya asoslari. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2021. – 180 b.

Qosimova K. Matchonov S. G’ulomova X. Yo’ldosheva Sh. Sariyev Sh. ONA TILI O’QITISH METODIKASI.”Bayoz”Toshkent.2022.12-13-bet

Normatov U. “Ona tili o‘qitishning dolzarb muammolari”, -T.: 2008 y

www.pedagog.uz www.tdpu.uz https://uz.wikipedia.org/wiki/Ona_tili