Authors

  • Sabina Mahmudova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.86497

Keywords:

PIRLS xalqaro baholash dasturi tushunish darajasi tushunish ko'nikmasi o'qituvchi o'quvchi o'qish strategiyalari PIRLS formatidagi topshiriqlar.

Abstract

Ushbu maqolada PIRLS xalqaro baholash dasturining mazmuni, asosiy maqsadlari va ta’lim tizimidagi o‘rni yoritilgan. Maqolada o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini baholash orqali ta’lim sifatini aniqlash va uni takomillashtirishga qaratilgan imkoniyatlar tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekistonning ushbu dasturda ishtiroki va Prezidentning ta’limga oid fikrlari asosida mavzuning dolzarbligi ochib berilgan.

background image

2025

MAY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 5

142

PIRLS XALQARO BAHOLASH DASTURINING AHAMIYATI

Mahmudova Sabina Amriddin qizi

GulDPI Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 3-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15368188

Annotatsiya.

Ushbu maqolada PIRLS xalqaro baholash dasturining mazmuni, asosiy

maqsadlari va ta’lim tizimidagi o‘rni yoritilgan. Maqolada o‘quvchilarning o‘qish

savodxonligini baholash orqali ta’lim sifatini aniqlash va uni takomillashtirishga qaratilgan

imkoniyatlar tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekistonning ushbu dasturda ishtiroki va

Prezidentning ta’limga oid fikrlari asosida mavzuning dolzarbligi ochib berilgan.

Kalit so'zlar:

PIRLS xalqaro baholash dasturi, tushunish darajasi, tushunish

ko'nikmasi, o'qituvchi, o'quvchi, o'qish strategiyalari, PIRLS formatidagi topshiriqlar.

Аннотация.

В данной статье раскрывается содержание, цели и значение

международной программы оценки PIRLS в системе образования. Рассматриваются

возможности повышения качества образования через оценку грамотности чтения

школьников. Особое внимание уделено участию Узбекистана в данной программе, а

также актуальности темы на основе взглядов Президента на образование.

Ключевые слова:

международная программа оценки PIRLS, уровень понимания,

навыки понимания, учитель, ученик, стратегии чтения, задания в формате PIRLS.

Abstract.

This article highlights the content, main objectives, and significance of the

PIRLS international assessment program within the education system. It analyzes how

reading literacy assessment helps improve education quality. The paper also discusses

Uzbekistan’s participation in PIRLS and emphasizes the relevance of the topic through the

President's views on education.

Keywords:

PIRLS international assessment program, comprehension level,

comprehension skills, teacher, student, reading strategies, PIRLS-format tasks.

Kirish.

Bugungi kunda ilm-fan va zamonaviy texnologiyalar jadal rivojlanayotgan bir

davrda har bir davlatning taraqqiyoti, avvalo, uning ta’lim tizimi sifatiga bog‘liq.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’lim-tarbiya masalalariga alohida e’tibor qaratib,

quyidagicha ta’kidlaydi: “Yangi O‘zbekistonni barpo etish – avvalo, bilimli va intellektual

salohiyatga ega yosh avlodni tarbiyalash orqali amalga oshiriladi.” Ushbu fikr ta’lim sifatini

oshirish, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini xalqaro mezonlar asosida baholash

zaruratini yanada kuchaytiradi.Aynan shunday xalqaro baholash tizimlaridan biri – bu PIRLS


background image

2025

MAY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 5

143

(Progress in International Reading Literacy Study) dasturidir. Ushbu dastur orqali

o‘quvchilarning o‘qish savodxonligi, matnni tushunish va tahlil qilish qobiliyati aniqlanadi.

Bu esa o‘z navbatida ta’lim tizimining kuchli va zaif tomonlarini aniqlab, ularni

takomillashtirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. PIRLS dasturi nafaqat o‘quvchilarning

savodxonlik darajasini aniqlash, balki ta’lim sifatini oshirishga doir davlat siyosatini

shakllantirishga ham asos bo‘ladi. O‘zbekistonning ushbu dasturda ishtirok etishi xalqaro

maydonda raqobatbardosh bilimli avlodni tarbiyalashga bo‘lgan qat’iy intilishning yaqqol

dalilidir.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili.

Ushbu dasturning ko'p yillar davomida

muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotganiga 2021-yilda 20 yil to'ladi. Progress in International

Reading and Literacy Study (PIRLS) – boshlang'ich 4-sinf o'quvchilarining matnni o'qish va

tushunish darajasini baholash uchun; Boshqacha qilib aytganda, boshlang'ich sinf

o'quvchilarining o'qib tushunish ko'nikmalarini qay darajada rivojlanganligi haqidagi

ma'lumotlarni xalqaro miqyosda taqqoslash imkonini beradigan, o'qish va o'qitishni

yaxshilash uchun ta'lim sohasidagi davlat siyosatiga oid ma'lumotlarni taqdim etadigan yirik

xalqaro baholash dasturidir.

Samariddin Qorayev va Sarvinoz Allayorovalarning fikriga ko'ra, PIRLS, yosh

o'quvchilar tomonidan maktabda va maktabdan tashqarida ta'lim olishning katta qismini

tashkil etuvchi, ya'ni badiiy tajriba orttirish, ma'lumot olish va undan foydalanish

ko'nikmalarini baholash kabi ikkita keng qamrovli maqsadlarni ifodalaydi. Yana shuni aytish

mumkinki, ushbu dastur zamon bilan hamnafas qadam tashlaydi hamda o'zining baholash

mezonlarini zamonaviy talablarga muvofiq ravishda takomillashtirib boradi. Bunga misol

sifatida, 2021-yilda o'tkazilgan tadqiqotda o'quvchilarga birinchi marta raqamli formatdagi

topshiriqlarni taqdim etganini aytish o'rinlidir. Raqamli formatga o'tish bilan birga, internet

muhitida boshqariladigan ePIRLS onlayn o'qishni kompyuterda baholash kabi o'zgarishlar

ham ko'zda tutilgan.[3-445]

Tadqiqot metodologiyasi.

2021-yilda PIRLS xalqaro baholash dasturi bo’yicha

o’tkazilgan tadqiqotda dunyoning 60 ga yaqin davlati qatnashdi. PIRLS tadqiqoti butun dunyo

bo’ylab 4-sinf o’quvchilarining o’qish savodxonligi bo’yicha qiyosiy tahlil o’tkazadi. PIRLS-

2021 tadqiqotiga mamlakatimizdan 180 ta maktabdan 6000ga yaqin o’quvchilar va ularning

ota-onalari, maktab direktorlari va sinf rahbarlari qatnashishdi. Tadqiqot doirasida 4-sinf

o’quvchilarining matnni o’qish, tushunish, xulosalar chiqarish, matnlardagi g’oyalar va

fikrlarni o’zaro bog’lash darajalarini aniqlashga qaratilgan topshiriqlarni bajarish bilan


background image

2025

MAY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 5

144

birgalikda o’quv jarayonidagi muhitni aniqlashga qaratilgan so’rovnomalarda qatnashish ham

talab etiladi. Shuningdek, ota-onalar ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi omillar, o’quvchining

uyidagi muhit va ta’lim muassasasi bilan munosabatlariga oid so’rovnomada qatnashdilar.

Tadqiqotda qatnashuvchi maktablar va o’quvchilar ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash

xalqaro assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda tasodifiylik tamoyiliga asoslanib tanlab olingan.

Ushbu tanlovda ta’lim tili, o’quvchilarning soniga ko’ra katta-kichiklik mezonlari ham

inobatga olingan.PIRLS-2021 xalqaro tadqiqotida o’zbekistonlik o’quvchilar 437 ball

to’plashdi.

PIRLS o'qish savodxonligini baholovchi dastur. O'qish savodxonligi esa, tushunish va

shaxs tomonidan qadrlanadigan va/yoki jamiyat tomonidan talab etiladigan barcha yozma til

shakllaridan foydalana olish qobiliyatidir. O‘quvchi turli shakldagi matnlardan mazmun hosil

qiladi. Ular o‘rganish, maktab va kundalik hayotda o‘zlari kabi boshqa o‘quvchilar jamoasiga

qo‘shilish va vaqtini samarali o‘tkazish uchun o‘qiydilar[1]

Tahlil va natijalar.

PIRLS o‘quvchilar o‘qish savodxonligining uch jihatiga

qaratilgan:

— O‘qish maqsadlari;

—Tushunish jarayonlari;

—O‘qish va munosabat.

Tushunish jarayonining to‘rt turi PIRLSda baholanadi:

1) Aniq bayon qilingan ma’lumotlarga e’tibor qaratish;

2) To‘g‘ri xulosalar qilish;

3) G‘oyalar va ma’lumotlarni sharhlash va birlashtirish;

4) Tarkib, til va matn elementlarini o‘rganish va baholash.[2-30]

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini PIRLS baholashiga tayyorlash ko‘p bosqichli va

tizimli yondashuvni talab etadi.

1. O‘qishga bo‘lgan qiziqishni shakllantirish. O‘quvchilarning o‘qishga bo‘lgan ijobiy

munosabati — PIRLS natijalari uchun muhim omillardandir. Buning uchun sinfda o‘quv

burchaklari, kichik kutubxonalar tashkil etilishi, o‘qish mashg‘ulotlari esa qiziqarli va

interaktiv shaklda o‘tkazilishi kerak.

2. O‘qish strategiyalarini o‘rgatish. Matndan asosiy g‘oya va tafsilotlarni ajratish,

tushunmagan so‘zlarni aniqlash, matnga nisbatan munosabat bildirish kabi ko‘nikmalar

o‘quvchilarda bosqichma-bosqich shakllantiriladi. Bu orqali ular nafaqat o‘qishni, balki

fikrlab o‘qishni o‘rganadilar.


background image

2025

MAY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 5

145

3. PIRLS formatidagi topshiriqlar bilan ishlash. O‘quvchilarni PIRLS formatidagi test

topshiriqlari bilan tanishtirish, savol tuzilishini tushuntirish va javob variantlarini to‘g‘ri tahlil

qilishni o‘rgatish zarur. Variantli, erkin javobli hamda matn asosida taxmin qilish talab

qilinadigan savollar bilan mashq qilish foydali bo‘ladi.

Xulosa va takliflar.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini PIRLS xalqaro baholash

dasturiga tayyorlash – bu nafaqat ularning matnni tushunish va tahlil qilish ko‘nikmalarini

rivojlantirish, balki o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, tanqidiy fikrlashni shakllantirish, va

zamonaviy o‘qitish metodlariga asoslangan ta’lim muhitini yaratishni ham nazarda tutadi.

Mazkur tayyorgarlik jarayonida o‘qituvchilarning malakasini oshirish, metodik

qo‘llanmalarni takomillashtirish hamda oilaviy va ijtimoiy muhit bilan hamkorlik qilish

muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, o‘quvchilarga ko‘proq mustaqil fikrlash, savol

berish va javob topishga yo‘naltirilgan topshiriqlar berish ularning xalqaro baholash

mezonlariga tayyorligini oshiradi. Demak, PIRLSga tayyorlov bu ta’lim sifatini xalqaro

darajada baholash imkonini beruvchi va milliy ta’lim tizimini yanada yuksaltiruvchi muhim

bosqichdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Ina V.S. Mullis va Michael O. Martin. PIRLS-2021 bahоlash qamrov doirasi.

Toshkent- 2021.

2.

2.Kintsch, W. (2012). Psychological models of reading comprehension and their

implications for assessment. In J.P. Sabatini, E.R. Albro, & T. O’Reilly (Eds.),

Measuring up: Advances in how to assess reading ability (pp. 21–37).

3.

Samariddin Qorayev, Sarvinoz Allayorova " Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini

pirls xalqaro baholash dasturiga tayyorlash ". Maqola// Academic Research in

educational science 2021.[ 443-448]

References

Ina V.S. Mullis va Michael O. Martin. PIRLS-2021 bahоlash qamrov doirasi. Toshkent- 2021.

2.Kintsch, W. (2012). Psychological models of reading comprehension and their implications for assessment. In J.P. Sabatini, E.R. Albro, & T. O’Reilly (Eds.), Measuring up: Advances in how to assess reading ability (pp. 21–37).

Samariddin Qorayev, Sarvinoz Allayorova " Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini pirls xalqaro baholash dasturiga tayyorlash ". Maqola// Academic Research in educational science 2021.[ 443-448]