Authors

  • Dinara Abdullayeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.86499

Keywords:

Diniy qadriyatlar zamonaviy jamiyat ijtimoiy o’zgarishlar globallashuv modernizatsiya ma’naviyat.

Abstract

Ushbu maqolada zamonaviy jamiyat sharoitida diniy qadriyatlarning saqlanishi masalasi tahlil etiladi. Maqolada diniy qadriyatlarning madaniy meros sifatida jamiyatdagi ahamiyati, ularni saqlab qolish uchun amalga oshirilayotgan ijtimoiy, madaniy va ta’limiy chora – tadbirlar ko’rib chiqiladi.

background image

2025

MAY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 5

151

ZAMONAVIY JAMIYATDA DINIY QADRIYATLARNING SAQLANISHI

Abdullayeva Dinara G’ayratjon qizi

studentkaabdullayeva@gmail.com

Farg’ona Davlat Universiteti Ijtimoiy ish yo’nalishi 23.83 – guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15368205

Annotatsiya.

Ushbu maqolada zamonaviy jamiyat sharoitida diniy qadriyatlarning

saqlanishi masalasi tahlil etiladi. Maqolada diniy qadriyatlarning madaniy meros

sifatida jamiyatdagi ahamiyati, ularni saqlab qolish uchun amalga oshirilayotgan

ijtimoiy, madaniy va ta’limiy chora – tadbirlar ko’rib chiqiladi.

Kalit so’zlar:

Diniy qadriyatlar, zamonaviy jamiyat, ijtimoiy o’zgarishlar,

globallashuv, modernizatsiya, ma’naviyat.

Zamonaviy jamiyatda diniy qadriyatlar o’zining ma’naviy va axloqiy ahamiyatini

saqlab qolishda davom etmoqda. Ammo shu bilan birga, globalizatsiya, texnologik

inqiloblar va ijtimoiy tarmoqlarning tez rivojlanishi din va diniy qadriyatlarning

ta’sirini kamaytirishi mumkin. Yangi avlod uchun diniy qadriyatlar ko’pincha “eskilik”

sifatida qaraladi, shu sababli diniy qadriyatlarni saqlash, ularni avlodlarga yetkazish

masalasi nihoyatda dolzarb bo’lib qolmoqda.

1

Maqolada diniy qadriyatlarning zamonaviy

jamiyatda saqlanishi, ularning hamiyati, yo’qolish xavfi va saqlash yo’llari haqida tahlil

qilinadi.

Diniy qadriyatlar insoniyat tarixining muhim qismi bo’lib, ular avloddan avlodga

o’tgach, jamiyatning ma’naviy poydevorini tashkil qiladi. Diniy qadriyatlarning asosiy

mazmuni insonning bir – biriga nisbatan mehr – oqibat, adolat, halollik, kechirimlilik va

sabr kabi fazilatlaridan iborat. O’zbekistonda ham Islom dini qadim zamonlardan buyon

xalqning axloqiy va ma’naviy poydevoriga aylanib, milliy madaniyat va urf – odatlar

bilan uyg’unlashgan. Diniy qadriyatlar eski tizim sifatida ko’rilishi mumkin, chunki

ularni yangi texnologiyalar va hayot tarzining tez o’zgarishlari bilan moslashtirish

qiyinlashmoqda. Diniy qadriyatlarning yo’qolish xavfi, ayniqsa, ijtimoiy va madaniy

hayotda yuksak darajada aks etmoqda. Avvalo, diniy qadriyatlarning saqlanishi uchun

oila muhim poydevor bo’lib xizmat qiladi. Oila ichida bolalarga diniy qadriyatlar,

axloqiy me’yorlar va insoniylik tamoyillari o’rgatiladi.

2

1

Abdullayev E.{2020}. Diniy qadryatlar va zamonaviy jamiyat: Xamohanglik muammolari. Toshkent Ma’naviyat

nashriyoti.

2

Mirboboyev X.[2017] GLoballashuv va milliy qadryatlar muammosi . Toshkent Muhammad al-Xorazmiy


background image

2025

MAY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 5

152

Zamonaviy jamiyatda diniy qadriyatlarning saqlanishi jamiyatning ma’naviy va

axloqiy barqarorligini ta’minlashda juda muhimdir. Diniy qadriyatlar nafaqat diniy

e’tiqodlarni, balki insonning kundalik hayotini, jamiyatda o’zaro munosabatlar va

ma’naviy yuksalishni ham belgilaydi. Shuning uchun, diniy qadriyatlarni saqlash va

yoshlar orasida ularni targ’ib qilish zarur. Oila, ta’lim muassasalari, diniy tashkilotlar

va jamiyatning boshqa qismi bu jarayonda birgalikda faoliyat yuritishi kerak. Faqat

shunda diniy qadriyatlar saqlanadi va zamonaviy jamiyatda yangi avlod uchun zarur

bo’lgan ma’naviy poydevor shakllanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Abdullayev E.{2020}. Diniy qadryatlar va zamonaviy jamiyatii

2.

Mirboboyev X.[2017] GLoballashuv va milliy qadryatlar muammosi .

3.

Asqarov Sh. O’zbekiston diniy bag’rikenglik an’analari.

References

Abdullayev E.{2020}. Diniy qadryatlar va zamonaviy jamiyatii

Mirboboyev X.[2017] GLoballashuv va milliy qadryatlar muammosi .

Asqarov Sh. O’zbekiston diniy bag’rikenglik an’analari.