2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
214
JAHON EPOSLARIDA BAHODIRLIK, QAHRAMONLIK VA MARDLIK TALQINI
(“Alpomish” va “Odisseya” dostonlari misolida)
Sonniboyev Olim Nodirovich
SamDChTI Qiyosiy adabiyotshunoslik kafedrasi tadqiqotchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15368467
Annotatsiya.
Dunyo qiyosiy adabiyotshunosligida “Alpomish” va “Odisseya” dostoni
koʻp oʻrganilmagan. Ushbu maqolada “Alpomish” va “Odisseya” dostonlari pafosini yuzaga
chiqargan bahodirlik, qahramonlik va mardlik talqini masalasi tahlilga tortiladi. Unda
qahramonlar xarakterining oddiy va murakkab tomonlari, ular oʻrtasidagi jiddiy kurash va
raqobat dramatizmi, ikki epos syujetining oʻziga xos va mushtarak, farqli jihatlari misolida
ochib beriladi.
Kalit soʻzlar:
“Alpomish”, “Odisseya”, folklor, alplik talqini, qahramonlik va mardlik
motivi, realistik va afsonaviy talqin.
Аннотация.
В мировой сравнительной литературоведении эпос “Alpomish” и
“Odisseya” изучен мало. В данной статье анализируется вопрос интерпретации
оценочности, героизма и мужества, который вывел на поверхность пафос эпосов
“Alpomish” и “Odisseya”. В ней раскрываются простые и сложные аспекты характера
героев, драматизм серьёзной борьбы и соперничества между ними, на примере
специфических и общих, отличных аспектов сюжета двух эпосов.
Ключевые слова:
“Alpomish”, “Odisseya”, фольклор, альпийская интерпретация,
мотив героизма и мужества, реалистичная и легендарная интерпретация.
Abstract.
The epic “Alpomish” and “Odyssey” has not been studied much in the
comparative literature of the world. In this article, the question of the interpretation of valor,
heroism and bravery, which revealed the pathos of the epics “Alpomish” and “Odyssey”, will be
analyzed. It reveals the simple and complex aspects of the characters' character, the drama of
serious struggle and competition between them, the unique and common, different aspects of the
plot of the two epics.
Keywords:
“Alpomish”, “Odyssey”, folklore, alpine interpretation, heroic and
courageous motive, realistic and legendary interpretation.
Jahon xalqlari yaratgan qahramonlik eposlarida bahodirlik, qahramonlik va mardlik
motivi turlicha badiiy talqin etilgani bilan koʻzga tashlanadi. Bu ilmiy muammo “Alpomish” va
2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
215
“Odisseya” dostonlari misolida kuzatilganda Sharq va Gʻarb xalqlari soʻz san’atining muayyan
mezonlari mavjudligini koʻrsatadi.
“Alpomish” dostonida qahramonlarning bahodirlik va mardlik sifati “alp” ta’rifi orqali
beriladi. Bunda qahramonning alplik sifati uning jismonan qudratliligini, devqomat
pahlavonligini va albatta, uning barchani hayratda qoldiradigan qudrat namunasi koʻrsatishini
talab etadi. “Alpomish” dostonida bu motiv “Odisseya”ga qaraganda aniq-ravshan boʻrttirilib
tasvirlanadi. Masalan, Hakimbekning pahlavonlik, jismonan qudratligini olaylik:
Shunda Hakimbek yetti yoshiga kirgan. Alpinbiy bobosidan qolgan oʻn toʻrt botmon
birichdan boʻlgan parli yoyi bor edi. Ana shunda Hakimbek shul oʻn toʻrt botmon yoyni qoʻliga
ushlab, yetti yashar bola koʻtarib tortdi, tortib qoʻyib yubordi. Yoyning oʻqi yashinday boʻlib
ketdi. Asqar togʻining katta choʻqqilarini yulib oʻtdi, ovozasi olamga ketdi...
(dostonda 90 alp
oʻtganligi tilga olinadi)
Dostonda qalmoq alplarining ham jusmonan kuch-qudratda tengsizligi e’tirof etiladi.
Toychi viloyatinda, Qalmoq muzofotinda bir Surxayil degan kampir bor edi. Juda haddili zoʻr
kampir edi, bu kampirning yetti oʻgʻli bor edi, yettovi ham nomdor alp edi. Kattasini Koʻkaldosh
der edi, undan kichkinasini Koʻkaman der edi, Koʻkqashqa derdi, Boyqashqa der edi, Toyqashqa
der edi, Qoʻshquloq (der edi ), kenjatoyini Qorajon der edi. Shu yettoviga tir qilgani
Qalmoqshoh har mamlakatlardan alplarni olib kelib, toʻqson alp qilib, Kashal gʻoridan joy
berib, bularni toʻqayistonda boqib yotar edi. Ul alplar qanday alp: yoyandoz, mergan alp, har
qaysisi toʻqson botmon temirdan sovut kiygan, har kuniga toʻqson shirbozning etini ta'til qilgan,
bosh-boshiga har qaysisi podshohlikdan har oyda besh yuz soʻm moyana olgan xoʻb birlanchi
zoʻr polvondir...
“Alpomish” dostonida alplar kurashi oʻziga xos talqinga ega. Unda qahramonlarning
kurashi faqat jismoniy bellashuvdangina iborat emas, balki qahramonlarning oʻzaro olib borgan
dahanaki jangida ham namoyon boʻladi. Bunga misol tariqasida Alpomish va Qultoy, Alpomish
va Qorajon, Barchinoy va Koʻkaman, Alpomish va Koʻkaldosh qarama-qarshiligini keltirish
mumkin. Shubhasiz, bu kurashlarning eng asosiysi Alpomish va Koʻkaldosh oʻrtasidagi
hisoblanadi. Alpomish va Koʻkaldosh nutqiga e’tibor beraylik:
Alpomish:
Tikilsam quriydi daryoning gumi,
Na'ra tortsam qular qoʻrgʻonning timi,
Buncha soʻzni lof urmagin bema'ni,
Otim Hakim, men ham Boysinning xoni...
2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
216
Nor kesar olmosni belga chotarman,
Qilichima qirmiz qonlar qotarman,
Duchor kelganingni koʻkka otarman,
Ish koʻrsatib, yorim olib ketarman.
Jafolar solarman tandagi jonga,
Xazon boʻlsa zogʻlar qoʻnar gulshanga,
Ajalli kasratki tegar ilonga,
Hazillashma, qalmoq, menday sultonga,
Sen mard boʻlsang, chiqa bergin maydonga,
Ot-potingman otayinmi osmonga?!
Alpomish der senga bermayman omon,
Qalmoqlarga solayin oxir zamon.
Koʻkaldosh:
Oʻzbak, eshit mening dodim,
Yerni bosgan siyosatim,
Bu yurtda qolar jasading,
Qaytib sen otasan otim,
Kimga keladi quvvating?!
Sen ham, oʻzbak, ajab depsan,
Guppi soʻz oʻrganib kepsan,
Necha soʻzni lof uribsan.
Qilarman yer bilan yakson,
Soʻz aytarman alvon-alvon,
Elingdan chiqibsan, polvon,
Mendan qutulmogʻing gumon.
Doston bosh qahramoni Alpomish kabi uning yori Barchinoy ham ta’rifda erkak
alplardan kam emas:
"Shul vaqtlarda Barchin ham barkamol, boʻyi yetgan, har yagʻrini oʻn besh
qarich keladi. Pirning nazari bilan paydo boʻlgan, bu ham alp...”
Barchindagi dushmandan
qoʻrqmaslik, mardlik sifatlari uning tilidan bir necha bor keltiriladi. Masalan, uning Koʻkamanga
aygan soʻzlarini olaylik:
Xabar borsa, bek Alpomish kelmaymi,
Xonim kelsa, senday qalmoq oʻlmaymi,
Holing bilib toʻgʻri yursang boʻlmaymi?!
2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
217
Kelsa kelar Qoʻngʻirot eldan Alpomish,
Kelmasa, men taqdirimdan koʻrarman,
Erkak libosini oʻzim kiyarman,
Bor kuchimni bilagima jiyarman,
Qirq mingini bir deb sanab qirarman.
Meni olmoq hadding bormi, badbaxtlar!
Barchin suluv deydi mening oʻzimdi...
Dostonda Alpomishning Koʻkaldoshni, Barchinoyning Koʻkamanni yengish epizodlari
xarakterlar kurashining dramatik talqini, voqealar shiddatining diqqatga molik yakunidir. Har
ikkala kurashda (jismoniy va ma’nan kurash) bosh qahramonlar oʻz raqiblaridan ustun keladi.
Yunon eposi “Odisseya” da yuqoridagi motiv butunlay boshqacha talqinga ega. Bu
doston voqealarining asosiy qismi Odissey sarguzashtlari bilan bogʻliq. Odisseyning Troya
urushida koʻrsatgan jasorati koʻp yurtlarga keng tarqaladi. Odissey oʻzi haqidagi e’tirof va
maqtovlarni oʻzgalar tilidan eshitadi va oʻz qahramonligini boshqalarga aytib berish orqali ochib
beriladi. Xususan, dostonning 7-qoʻshigʻida uning dengiz toʻfonidan keyin Sxeriya oroliga
tushib qolgani voqelari beriladi. Orolning dono podshosi Alkinoy Odisseyni izzat-ikromlar bilan
kutib oladi, uning sharafiga bazm-u jamshid beradi. 8-qoʻshigʻida Koʻr qoʻshiqchi (rapsod)
Demodok Odisseyning Troya jangidagi qahramonliklarini kuylaydi.
Kuylay ketdi: axeylar shoh Odisseyning boshchiligida
Eng dilovar jangchilarni yogʻoch ot qornida qoldirib,
Oʻzlari oʻt qoʻyib qarorgohlariga choʻng kemalarda
Suzib keta boshlaydilar; yogʻoch otni troyaliklar
Kiriturlar shaharga va yogʻoch otning atrofin oʻrab
Bir qarorga kela olmay turadilar boshlari qotib.
Uchta fikr tugʻilgandi troyaliklarning dilida:
Yo mahvkor mis silohlar bilan yogʻoch otni majaqlash,
Yoki uni tortib borib tepalikka, jarga qulatish,
Yo sulh nishonasi bilib Troyaning qoq markaziga
Oʻrnatish va uni boqiy tangrilarga baxshida qilish;
Hamma oxirgi taklifni ma'qulladi, zero taqdirda
Yozilgandi: gar qorniga axeylarning sara kuchlari
Yashiringan yogʻoch otni kiritsalar shahar ichiga,
Troyaning halokatga uchramogʻi muqarrar, deya.
2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
218
Soʻng axeylar tap-tap sakrab tushadilar otning qornidan;
Gʻazabnoklar shaharni oʻz bilganicha gʻorat qiladi;
Shoh Odissey jangda gʻoyat qahri qattiq Menelay bilan
Deifobning yotogʻiga chaqmoq yangligʻ kirib boradi
Va Afina koʻmagida qonli jangda zafar quchadi.
9-qoʻshiqda Odissey oʻzini kimligini feaklarga aytadi va boshidan oʻtgan ajoyib, gʻaroyib
sarguzashtlarni bayon etadi:
Odisseyman, Daert oʻgʻli, ajib koshif karomatligim
Ham antiqa nayranglarim butun elga boʻlgan ovoza.
Porloq orol Itakadir ota yurtim; ul zamindagi
Choʻqqilari quyuq oʻrmon Nerion togʻ koʻzga tashlanur
Dengizning har tarafidan; chor atrofda yana bir talay
Bizga yaqin qoʻshni boʻlgan orollar bor: Zam va Dulixiy,
Oʻrmonga boy Zakinf yana; Itaka eng chekka magʻribda
(Koʻp orollar kumush Eos va Gelios balqib chiquvchi
Mashriq yoqda); yeri toshloq boʻlsa hamki, yigit-qizlari
Zabardastdir; Itakadek aziz yer yoʻq menga dunyoda…
Shunday qilib, turkiy xalqlarning milliy eposi sanalgan “Alpomish” dostonida
qahramonlar xarakteridagi qahramonlik, mardik va bahodirlik sifatlari matndagi an’anaviy
ta’riflardan tashqari qahramonlarning oʻzaro ogʻzaki, dahanaki olib borgan(aytishuvida) jangida
va jismoniy kurashida yaqqol koʻrinadi, “Odisseya” dostonida esa Odissey qahramonliklarining
turli toifa kishilar va qahramon tilidan bayon qilingani bilan xarakterlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Alpomish: Xalq ogʻzaki ijodi / “Alpomish” dostonlari turkumidan/ - Toshkent:
“ZUKKO KITOBXON”, 2023. -576 bet.
2.
Алимуҳамедов А. Антик адабиёт тарихи. – Тошкент: Ўқитувчи, 1975. 415 б.
3.
Жаббор Эшонқул. Миф ва бадиий тафаккур. – Тошкент, 2019. -245 б.
4.
Жаббор Эшонқул. Фольклор, образ ва талқин. – Қарши: Насаф нашриёти 1999. -
169 б.
5.
Жирмунский В.М. Сравнительное литературовидение: Восток и запад. –
Ленинград: Наука, 1979.
2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
219
6.
Маҳмудов М. Ҳайрат ва тафаккур. – Т.: Ғ.Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат
нашриёти, 1990. 186 б.
7.
Сулаймонова Ф. Шарқ ва ғарб. – Тошкент: Ўзбекистон, 1997.
8.
Ҳомер. “Одиссея”. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2016.
