ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
310
TIJORAT BANKLARIDA MARKETINGNI RIVOJLANTIRISH
Nurmetova Aysha Kazakbayeva
O‘zbekiston Respublikasi Bank-Moliya Akademiyasi Banking mutaxassisligi magistranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15367689
Annotatsiya. Ushbu maqolada zamonaviy bank tizimining ajralmas tarkibiy qismi
bo‘lgan marketing faoliyatining mohiyati, ahamiyati va rivojlanish yo‘nalishlari keng qamrovda
o‘rganilgan. Bank sektorida yuzaga kelayotgan keskin raqobat sharoitida tijorat banklarining
barqaror faoliyat yuritishi, mijozlar sonini ko‘paytirish, ularning sodiqligini ta’minlash va
moliyaviy xizmatlar sifatini oshirishda marketingning tutgan o‘rni beqiyosdir. Ayniqsa, raqamli
texnologiyalar jadal rivojlanayotgan bugungi davrda an’anaviy marketing yondashuvlari bilan
bir qatorda innovatsion va raqamli marketing vositalarining joriy etilishi tijorat banklari uchun
strategik zaruratga aylanmoqda.
Maqolada bank marketingining asosiy yo‘nalishlari – bozorni segmentatsiyalash,
mijozlar bilan aloqalarni boshqarish, reklama va PR faoliyatini tashkil qilish, narx va xizmat
siyosatini shakllantirish hamda raqamli platformalarda xizmat ko‘rsatish tizimlari tahlil
qilingan. Shuningdek, bank marketingida uchrayotgan dolzarb muammolar, jumladan, marketing
strategiyalarining yetarlicha ishlab chiqilmagani, mijozlar ehtiyojlarini chuqur o‘rganish
tizimining sustligi, raqamli marketing vositalarining cheklangan qo‘llanilishi singari holatlar
batafsil ko‘rib chiqilgan. Xorijiy davlatlar tajribasi asosida ilgari surilgan taklif va tavsiyalar
esa O‘zbekiston tijorat banklari marketing siyosatini takomillashtirishda muhim amaliy asos
bo‘lib xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar: bank marketingi, tijorat banki, raqamli marketing, mijozlar ehtiyoji,
innovatsion xizmatlar, raqobat muhitida marketing strategiyasi, moliyaviy xizmatlar sifati.
DEVELOPMENT OF MARKETING IN COMMERCIAL BANKS
Abstract. This article comprehensively studies the essence, importance and development
directions of marketing activities, which are an integral part of the modern banking system. In
the conditions of fierce competition in the banking sector, the role of marketing in the sustainable
operation of commercial banks, increasing the number of customers, ensuring their loyalty and
improving the quality of financial services is incomparable. Especially in today's era of rapid
development of digital technologies, the introduction of innovative and digital marketing tools,
along with traditional marketing approaches, is becoming a strategic necessity for commercial
banks.
The article analyzes the main areas of bank marketing - market segmentation, customer
relationship management, organization of advertising and PR activities, formation of pricing and
service policies, and service systems on digital platforms. It also examines in detail the current
problems encountered in bank marketing, including insufficient development of marketing
strategies, a weak system for in-depth study of customer needs, and limited use of digital
marketing tools. The proposals and recommendations put forward based on the experience of
foreign countries serve as an important practical basis for improving the marketing policy of
commercial banks in Uzbekistan.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
311
Keywords: bank marketing, commercial bank, digital marketing, customer needs,
innovative services, marketing strategy in a competitive environment, quality of financial
services.
Kirish
Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy institutlar, xususan, tijorat banklari faoliyatining
muvaffaqiyati ko‘p jihatdan ularning marketing siyosati va strategik yondashuvlariga bog‘liq.
Bugungi globallashuv, raqobatning kuchayishi, iste’molchilar talabining o‘zgaruvchanligi
va texnologik innovatsiyalar bank sektorida ham an’anaviy ish uslublaridan voz kechib, mijozga
yo‘naltirilgan yondashuvga o‘tishni taqozo etmoqda. Ayniqsa, mijozlarni jalb etish, ularning
ehtiyojlarini o‘rganish va sodiqligini saqlab qolishda marketing faoliyati muhim rol o‘ynaydi.
Tijorat banklarida marketing – bu oddiy reklama yoki xizmat targ‘ibotigina emas, balki
mijoz ehtiyojini tahlil qilish, bozorni segmentatsiyalash, xizmatlarni differensiyalash, raqamli
texnologiyalar asosida xizmatlar taklif etish, brendni mustahkamlash va eng muhimi, bank bilan
mijoz o‘rtasidagi ishonchli munosabatlarni shakllantirish vositasidir. Bu jihatlar bankning
nafaqat daromad salohiyatiga, balki umuman moliyaviy barqarorligiga ham bevosita ta’sir
ko‘rsatadi.
O‘zbekistonda bank tizimi islohotlari doirasida so‘nggi yillarda marketing
yondashuvlariga alohida e’tibor berilmoqda. Ayni paytda raqamli bank xizmatlari, mobil ilovalar,
onlayn banking, CRM tizimlar va sodiqlik dasturlarining joriy etilishi marketing faoliyatining
yangi bosqichga ko‘tarilishiga turtki bermoqda. Shunga qaramay, ba’zi tijorat banklarida
marketing strategiyalarining ilmiy asosda ishlab chiqilmagani, xodimlarning malaka darajasining
yetarli emasligi, mijoz ehtiyojlariga mos takliflarning yetishmasligi kabi muammolar mavjud.
Shu munosabat bilan, mazkur maqolada tijorat banklarining marketing faoliyatini chuqur
tahlil qilish, mavjud muammolarni aniqlash, raqamli va innovatsion marketing yondashuvlarini
tatbiq etish imkoniyatlari, xorijiy tajribani o‘rganish hamda O‘zbekiston banklari uchun amaliy
tavsiyalar ishlab chiqish asosiy maqsad qilib qo‘yilgan.
Metodologiya:
Tadqiqot metodologiyasi – bu muayyan ilmiy muammoni tahlil qilishda
qo‘llanilgan yondashuvlar, usullar va vositalar majmuasidir. Tijorat banklarida marketingni
rivojlantirishga doir ushbu ilmiy ishda zamonaviy iqtisodiy tahlil uslublaridan, marketing
strategiyasi nazariyasidan, empirik kuzatuvlardan va xorijiy amaliyotlarni o‘rganish
metodlaridan kompleks tarzda foydalanildi. Tadqiqot davomida bank marketingiga oid mavjud
adabiyotlar, amaliy tajribalar, statistik ma’lumotlar va internet resurslari tahlil qilindi.
Birinchi navbatda, bank marketingining nazariy asoslarini yoritish maqsadida deskriptiv
(ta’riflovchi) yondashuv qo‘llanildi. Bu orqali marketing faoliyatining mohiyati, uning tijorat
banklari uchun tutgan o‘rni, rivojlanish bosqichlari va asosiy tamoyillari aniqlab olindi. Tadqiqot
ob’ekti sifatida O‘zbekiston tijorat banklari, xususan, ularning mijozlar bilan aloqalarni
shakllantirish, xizmatlarni targ‘ib qilish, raqamli marketing vositalaridan foydalanish amaliyoti
o‘rganildi.
Ikkinchidan, analitik metod asosida banklarning mavjud marketing faoliyatidagi
muammolar tahlil qilindi. Bu bosqichda banklarning joriy marketing strategiyalari, reklama
siyosati, mijoz ehtiyojlarini o‘rganish darajasi va xizmat ko‘rsatish sifati haqida ma’lumotlar
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
312
solishtirildi. Analiz jarayonida raqobat muhitidagi o‘zgarishlar, iste’molchilar xatti-harakatlari va
banklarning ularga moslasha olish darajasi baholandi.
Uchinchidan, komparativ (solishtirma) yondashuv orqali xorijiy tajriba – AQSh,
Germaniya, Janubiy Koreya kabi davlatlardagi ilg‘or bank marketingi amaliyotlari tahlil qilindi.
Ularning raqamli marketing yondashuvlari, sodiqlik dasturlari, ijtimoiy tarmoqlardagi
faoliyati va mijozlarga yo‘naltirilgan xizmatlar siyosati O‘zbekiston banklari bilan solishtirildi.
Ushbu metod O‘zbekiston tijorat banklari uchun amaliy takliflar ishlab chiqishda asos
bo‘lib xizmat qildi.
Tadqiqot yakunida esa, sintetik yondashuv asosida aniqlangan muammolar yechimi
bo‘yicha taklif va tavsiyalar shakllantirildi. Ilgari surilgan takliflar banklarda marketing
bo‘limlari faoliyatini kuchaytirish, raqamli xizmatlarni kengaytirish va mijozlar ehtiyojiga mos
strategiyalar ishlab chiqishga qaratilgan.
Shuningdek, ma’lumotlarni yig‘ishda ikkilamchi manbalar – banklarning rasmiy
saytlarida e’lon qilingan hisobotlar, marketing tadqiqotlari natijalari, O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy banki ma’lumotlari, xalqaro konsalting kompaniyalarning tahliliy hisobotlaridan
foydalanildi. Zarur hollarda ekspert suhbatlari, amaliyotdagi bank xodimlari bilan fikr almashish
shakllari ham tadqiqotda qo‘llanildi.
Yuqoridagi metodologik yondashuvlar tadqiqot natijalarining ishonchliligini oshirish,
xolis va amaliy takliflar ishlab chiqish imkonini berdi.
Mavzuga oid adabiyotlar sharhi:
Tijorat banklarining marketing faoliyati bo‘yicha olib
borilgan ilmiy tadqiqotlar, darsliklar, xorijiy va mahalliy manbalar tahlili shuni ko‘rsatadiki,
bank marketingi so‘nggi o‘n yillikda alohida tadqiqot sohasi sifatida shakllanib, tobora dolzarb
ahamiyat kasb etmoqda. Marketing bo‘yicha yetakchi mutaxassislardan biri bo‘lgan F.
Kotlerning “Marketing management” asarida xizmatlar marketingi, xususan, moliyaviy sektor
uchun moslashtirilgan yondashuvlar, iste’molchi xatti-harakatini o‘rganish va individual mijozlar
bilan ishlash tamoyillari keng yoritilgan. Ushbu manba bank xizmatlari uchun mijozga
yo‘naltirilgan strategiyaning zarurligini asoslab beradi.
Mahalliy manbalar orasida O‘zbekiston bank tizimiga moslashtirilgan “Bank marketingi”
nomli o‘quv qo‘llanma va monografiyalarda bank marketingining asosiy tamoyillari, xizmatlar
bozorining xususiyatlari, bank mahsulotlarining reklama va tarqatish mexanizmlari bo‘yicha
batafsil tushunchalar berilgan. Xususan, T. Qodirov, Sh. Jo‘rayev, N. Xalilova kabi olimlarning
asarlarida O‘zbekistonda bank marketingi amaliyotidagi muammolar – marketing bo‘limlarining
zaifligi,
marketing
strategiyalarining umumiylik xususiyatga ega bo‘lishi, mijoz
segmentatsiyasining past darajada qo‘llanilishi tanqidiy yondashuv bilan tahlil etilgan.
Shuningdek, bank xizmatlari marketingi bo‘yicha xalqaro tajribalarga bag‘ishlangan
Deloitte, PwC va McKinsey & Company kabi yirik konsalting kompaniyalarning so‘nggi
yillardagi hisobotlari raqamli bank xizmatlari marketingi, mijoz tajribasi (customer experience),
omnichannel yondashuvlar, CRM va big data asosidagi tahlil usullari bo‘yicha boy ma’lumotlar
beradi. Bu manbalar orqali raqamli marketingning nafaqat bank xizmatlarining qulayligini
oshirishi, balki sodiqlikni mustahkamlash va xarajatlarni kamaytirishdagi roli ham asoslab
beriladi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
313
Internet manbalaridan, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy sayti,
tijorat banklari (Ipoteka-bank, Xalq banki, O‘zmilliybank)ning yillik hisobotlari, marketing
kampaniyalarining sharhlari ham amaliy tajriba sifatida foydalanilgan. Ular orqali har bir
bankning marketing yondashuvi, ommaviy axborot vositalaridagi faoliyati, ijtimoiy
tarmoqlardagi ishtiroki tahlil qilindi.
Xulosa shuki, mavjud adabiyotlar bank marketingi nazariyasi va amaliyotini o‘rganish
uchun keng imkoniyat yaratadi. Biroq, O‘zbekiston bank tizimi o‘ziga xos xususiyatlarga ega
bo‘lgani sababli, xorijiy adabiyotlardan olingan yondashuvlar mahalliy sharoitga moslashtirilgan
holda qo‘llanilishi lozim. Shu bois, bank marketingini yanada chuqur o‘rganish va ilmiy
yondashuvlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Tahlil va natijalar
Tadqiqot davomida O‘zbekiston tijorat banklarining marketing faoliyati chuqur tahlil
qilinar ekan, amaliyotda mavjud holat, yutuqlar va kamchiliklar bo‘yicha muhim natijalarga
erishildi. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, so‘nggi yillarda respublika tijorat banklari marketing
faoliyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Xususan, banklar mijozlar bilan
muloqotni mustahkamlash, xizmatlar doirasini kengaytirish, raqamli platformalarni joriy etish
orqali o‘z faoliyatini bozorga moslashtirishga harakat qilmoqda.
Birinchidan, mijozlar ehtiyojlarini o‘rganish va ularni qoniqtirish bo‘yicha bir qator
banklar ilg‘or tajribalarni qo‘llamoqda. Jumladan, “Ipoteka-bank”, “Xalq banki”, “Agrobank” va
“Kapitalbank” kabi tijorat banklari o‘zlarining mobil ilovalari, internet-banking tizimlari,
chatbotlar va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali interaktiv aloqa mexanizmlarini yo‘lga
qo‘ygan. Bu esa mijozlar sonining ortishi va ularning sodiqligini mustahkamlashga xizmat
qilmoqda.
Ikkinchidan, bank marketingi sohasida segmentatsiya va target marketing yondashuvlari
tobora keng qo‘llanila boshlagan. Aholining yosh toifasi, daromad darajasi va xizmatlar
ehtiyojlariga qarab alohida xizmatlar paketi ishlab chiqilmoqda. Masalan, talaba-yoshlar uchun
imtiyozli kartalar, nafaqaxo‘rlar uchun ijtimoiy to‘lov xizmatlari, tadbirkorlar uchun maxsus
biznes-paketlar bank marketingining differensial yondashuv asosida amalga oshirilayotganini
ko‘rsatadi.
Shunga qaramay, o‘tkazilgan tahlillar ba’zi kamchiliklar va tizimli muammolarni ham
aniqladi. Jumladan:
•
Ko‘plab banklarda marketing bo‘limlari hali ham reklamachilik darajasidan nariga
o‘tmagan;
•
Marketing strategiyasi asosan umumiy xarajatlar tarkibida kichik ulushni egallaydi;
•
Mijozlar ehtiyojlari bo‘yicha chuqur tahlil va feedback mexanizmlari yetarli darajada
ishlab chiqilmagan;
•
Raqamli marketing vositalari (SEO, kontekstli reklama, big data asosidagi individual
takliflar) amaliyotda kam qo‘llaniladi;
•
Banklarning ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi marketing maqsadlariga to‘liq xizmat
qilmaydi.
Shuningdek, xalqaro tajriba tahliliga asoslanib aytish mumkinki, xorijiy tijorat banklari
marketing faoliyatida chuqur raqamlashtirish, avtomatlashtirish va mijoz tajribasiga asoslangan
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
314
strategiyalarni qo‘llab kelmoqda. Masalan, AQShdagi JPMorgan Chase yoki Germaniyadagi
Deutsche Bank singari yirik moliyaviy institutlar har bir mijozga individual xizmat ko‘rsatish va
sun’iy intellekt asosida takliflar ishlab chiqish orqali marketing samaradorligini sezilarli darajada
oshirgan.
1-jadval
Tijorat banklarining marketingga ajratgan mablag‘lari (mlrd so‘m)
№
Bank nomi
2021-yil
2022-yil
2023-yil
1
Ipoteka-bank
12.5
14.1
16.4
2
Agrobank
10.8
11.3
12.9
3
Xalq banki
14.2
15.6
17.3
4
Kapitalbank
18.7
20.1
22.8
5
Hamkorbank
9.5
10.2
11.5
Manba: Markaziy bank yillik hisoboti
O‘zbekiston banklarida esa ushbu yondashuvlar hali yangi bosqichda. Shunga qaramay,
ayrim banklar CRM tizimlarini joriy qilgan, sodiqlik dasturlari yaratgan, mijozlar hayotiy sikli
asosida reklama strategiyalarini yo‘lga qo‘ygan. Bu ijobiy yondashuvlar zamonaviy bank
marketingining shakllanayotganidan dalolat beradi.
Yuqoridagilarga asoslanib, shuni xulosa qilish mumkinki, tijorat banklarining barqaror
rivojlanishi va raqobatbardoshligini ta’minlashda marketing faoliyatining chuqur o‘ylangan,
ilmiy asoslangan va amaliy jihatdan takomillashgan bo‘lishi zarur. Faqatgina reklama emas,
balki strategik yondashuv, raqamli vositalardan keng foydalanish va mijoz ehtiyojiga asoslangan
xizmatlar orqali banklar nafaqat daromadlarini oshiradi, balki mijozlar ishonchini
mustahkamlash orqali uzoq muddatli barqarorlikka erishadi.
Muhokama
Tijorat banklarining muvaffaqiyatli faoliyati, ayniqsa bozor iqtisodiyoti sharoitida,
marketing strategiyasining nechog‘li samarali tashkil etilganiga bevosita bog‘liqdir. Marketing –
bu faqat reklama yoki mahsulotni mijozga taklif qilish vositasi emas, balki bankning umumiy
strategiyasining yuragi hisoblanadi. Ushbu tadqiqotda olib borilgan tahlillar, mavjud tajribalar va
xalqaro amaliyotlar asosida shunday xulosaga kelish mumkinki, marketing banklar uchun
nafaqat xarajat emas, balki sarmoyadir.
Muhokama jarayonida aniqlanishicha, O‘zbekiston tijorat banklari oxirgi yillarda
marketing faoliyatini rivojlantirishda sezilarli harakatlarni amalga oshirmoqda. Biroq bu
yondashuvlar ba’zan tizimli bo‘lmay, muayyan loyihalarga bog‘langan, ya’ni kampaniya
shaklida cheklanib qolmoqda. Vaholanki, marketing bankda doimiy, analitik va innovatsion
fikrlashga asoslangan strategik jarayon bo‘lishi kerak.
Shuningdek, banklarning ko‘pchiligi marketing faoliyatini asosiy daromad manbalaridan
biri deb emas, balki qo‘shimcha xizmat sifatida ko‘rmoqda. Bu esa resurslarning yetarlicha
ajratilmasligiga,
marketing
xodimlarining
malaka
darajasi
pastligiga,
zamonaviy
texnologiyalarning cheklangan joriy etilishiga olib kelmoqda. Bunday holat bankning brend
qadriyatini yaratish, mijozlar bilan ishonchli va mustahkam aloqalarni yo‘lga qo‘yish
imkoniyatini susaytiradi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
315
2-jadval
Tijorat banklarida marketing faoliyati: holati, yo‘nalishlari va muammolar
№
Yo‘nalish
Amaldagi holat
(O‘zbekiston banklari
misolida)
Muammolar va cheklovlar
1
Mijozlar ehtiyojini tahlil
qilish
Ba’zi yirik banklar CRM
tizimlarini joriy etgan
Kichik banklarda mijoz tahlili
yetarli darajada emas
2
Raqamli marketing
Mobil ilovalar, SMS
marketing, ijtimoiy
tarmoqdagi faoliyat
mavjud
SEO, big data, sun’iy intellekt
vositalari kam joriy qilingan
3
Segmentatsiya va target
marketing
Talabaga, nafaqaxo‘rga,
tadbirkorga mo‘ljallangan
xizmatlar mavjud
Bozor segmentlari chuqur tahlil
qilinmagan
4
Sodiqlik dasturlari
Ayrim banklarda
cashback, bonus tizimlari
bor
Ularni boshqarish tizimi
markazlashmagan
5
Brend strategiyasi
Bank logotipi va dizayn
yangilanmoqda
Brend voqeasining (brand story)
yetishmasligi
6
Reklama va PR
TV, radio, ijtimoiy
tarmoqlar orqali ommaviy
reklama
Mahsulotga moslashtirilgan
reklama strategiyasi yo‘q
7
Marketing bo‘limining
holati
Yirik banklarda mavjud,
malakali kadrlar bilan
to‘ldirilgan
O‘rta va kichik banklarda
marketing xodimlari tajribasiz
8
Foydalanuvchi tajribasi
(UX)
Mobil ilovalar interfeysi
soddalashmoqda
Foydalanuvchi fikriga asoslangan
UX tadqiqotlar yo‘q
Manba: Mualif ishlanmasi
Muhokamada yana bir muhim jihat — mijoz markazligiga asoslangan yondashuvning
yetishmasligi bo‘ldi. Raqobatbardosh marketing strategiyasi mijoz bilan uzoq muddatli aloqani
nazarda tutadi. Bu, o‘z navbatida, mijozlarning ehtiyojini doimiy o‘rganish, takliflarni
moslashtirish, servis sifatini oshirish va har bir aloqa nuqtasini strategik vositaga aylantirish
orqali amalga oshadi. Raqamli transformatsiya sharoitida esa bu jarayon yanada shiddatli va
murakkab tus oladi.
Xorijiy banklar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, muvaffaqiyatli banklar o‘z marketing
faoliyatini raqamli texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirib, big data, sun’iy intellekt va mijoz xatti-
harakatlarini bashorat qilish algoritmlaridan faol foydalanmoqda. Bu banklarga nafaqat
mijozlarni jalb qilish, balki ularni saqlab qolish va ularning hayotiy siklini uzaytirishga imkon
bermoqda.
O‘zbekiston banklarida bu boradagi dastlabki bosqichdagi harakatlar — mobil banking,
sodiqlik dasturlari, elektron xizmatlar va onlayn reklama platformalari — ijobiy natijalar
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
316
bermoqda. Ammo bu jarayonni yanada chuqurlashtirish, ilmiy asoslash va har bir bank
faoliyatining tarkibiy qismlariga integratsiya qilish zarur.
Ayniqsa, mijozlar uchun qiymat yaratish (value proposition), brend voqeasini
shakllantirish va xizmatlar dizaynida marketing tamoyillarini qo‘llash dolzarbdir.
Umuman olganda, bank marketingi endi an’anaviy yondashuvlardan chiqib, strategik
boshqaruv, innovatsiya, raqamli texnologiyalar, foydalanuvchi tajribasi (UX) va xizmatlar
dizayni elementlarini o‘zida mujassam etgan zamonaviy sohaga aylangan. Shu bois, tijorat
banklarining harakatlari ham aynan shu yo‘nalishga yo‘naltirilishi lozim.
Xulosa:
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, tijorat banklarining muvaffaqiyatli
faoliyati va raqobatbardoshligini ta’minlashda marketing strategiyalarining o‘rni beqiyosdir.
Bugungi kunda banklar nafaqat moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar, balki
mijozlar ehtiyojlarini chuqur tahlil qiluvchi va ularga mos yechimlar taklif etuvchi innovatsion
markazlarga aylanishi zarur. Marketing faoliyatining samarali tashkil etilishi bank xizmatlarining
sifatini oshirish, mijozlar sodiqligini mustahkamlash va yangi mijozlarni jalb etishda muhim rol
o‘ynaydi.
O‘zbekiston tijorat banklarida marketing faoliyati so‘nggi yillarda sezilarli darajada
rivojlanmoqda. Xususan, raqamli texnologiyalarni joriy etish, mijozlarga yo‘naltirilgan xizmatlar
ko‘lamini kengaytirish va innovatsion mahsulotlar ishlab chiqish orqali banklar o‘z
pozitsiyalarini mustahkamlashga harakat qilmoqda. Biroq, hali ham marketing strategiyalarining
chuqur tahlil qilinmasligi, mijoz ehtiyojlarini o‘rganish mexanizmlarining yetarli darajada
rivojlanmaganligi va raqamli marketing vositalarining to‘liq joriy etilmaganligi kabi muammolar
mavjud.
Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, muvaffaqiyatli banklar marketing faoliyatini strategik
darajada olib boradi. Ular mijozlar ehtiyojlarini chuqur o‘rganadi, raqamli texnologiyalarni faol
qo‘llaydi va marketing faoliyatini bankning umumiy strategiyasi bilan uyg‘unlashtiradi.
Masalan, AQSh va Yevropa banklari sun’iy intellekt, katta ma’lumotlar (big data) va
mijozlar bilan aloqalarni boshqarish tizimlari (CRM) orqali marketing samaradorligini
oshirmoqda.
Shu asosda, O‘zbekiston tijorat banklari uchun quyidagi tavsiyalarni ilgari surish
mumkin:
✓
Marketing strategiyalarini qayta ko‘rib chiqish
: Banklar marketing faoliyatini
strategik darajada rejalashtirishi, bozor tahlillari asosida maqsadli segmentlarni aniqlashi va
ularga mos mahsulotlar ishlab chiqishi zarur.
✓
Raqamli marketing vositalarini joriy etish
: Internet marketing, ijtimoiy tarmoqlar,
mobil ilovalar va boshqa raqamli platformalar orqali mijozlar bilan samarali aloqalar o‘rnatilishi
lozim.
✓
Mijozlar ehtiyojlarini o‘rganish
: Mijozlar ehtiyojlari va xatti-harakatlarini muntazam
tahlil qilish, ularning fikr-mulohazalarini inobatga olgan holda xizmatlar ko‘rsatish sifati
oshirilishi kerak.
✓
Xodimlar malakasini oshirish
: Marketing bo‘limi xodimlarining malakasini oshirish,
ularni zamonaviy marketing yondashuvlari va texnologiyalari bilan tanishtirish muhim
ahamiyatga ega.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
317
✓
Innovatsion mahsulotlar ishlab chiqish
: Bozor talablariga mos, innovatsion va
raqobatbardosh bank mahsulotlarini ishlab chiqish orqali mijozlar ehtiyojlarini qondirish
mumkin.
Xulosa qilib aytganda, tijorat banklarining marketing faoliyatini rivojlantirish orqali
nafaqat banklarning raqobatbardoshligi oshadi, balki mijozlar ehtiyojlari ham yuqori darajada
qondiriladi. Bu esa, o‘z navbatida, bank tizimining barqarorligi va iqtisodiy o‘sishiga xizmat
qiladi.
REFERENCES
1.
Batra, R., Myers, J.G. and Aaker, D.A. (2007)
Advertising Management
. 5th ed. Upper
Saddle River, NJ: Prentice Hall.
2.
Dibb, S. and Simkin, L. (2013)
Marketing Planning: Strategy, Environment and Context
.
2nd ed. Andover: Cengage Learning.
3.
Deloitte
(2024)
Global
Banking
Industry
Outlook
.
[Online]
Available
at:
4.
G‘ulomov, S.S. and Abdullayeva, M.I. (2022)
Marketing asoslari
. Toshkent: Iqtisodiyot va
moliya.
5.
Jo‘rayev, Sh.T. (2020)
Bank marketingi
. Toshkent: Iqtisodiyot nashriyoti.
6.
Kotler, P. (2016)
Marketing Management
. 15th ed. Harlow: Pearson Education.
7.
McKinsey & Company (2023)
The Future of Bank Marketing
. [Online] Available at:
8.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki (2025)
Rasmiy axborotlar va statistika
. [Online]
9.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori (2021)
PQ–4962-son, 12-fevral
. [Online]
10.
O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi (2024)
Rasmiy statistika ma’lumotlari
.
11.
PwC (2020)
Retail Banking 2020: Evolution or Revolution?
[Online] Available at:
12.
Qodirov, T. and Xalilova, N. (2021)
Bank ishi va marketing
. Toshkent: Iqtisodiyot.
13.
Zeithaml, V.A. and Bitner, M.J. (2018)
Services Marketing: Integrating Customer Focus
Across the Firm
. 7th ed. New York: McGraw-Hill Education.
14.
“Ipoteka-bank” ATB (2025)
Rasmiy veb-sayt
[Accessed 20 Apr. 2025].
