Authors

  • Mahbuba Abdumajidova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.86551

Keywords:

Janubiy Orolbo‘yi diniy e’tiqodlar moddiy madaniyat arxeologik topilmalar diniy ramzlar diniy san’at.

Abstract

Ushbu maqolada Janubiy Orolbo‘yi hududida yashovchi aholining diniy e’tiqodlari va ularning moddiy madaniyatda ifodalanishi tahlil etiladi. Diniy qarashlarning me’moriy yodgorliklar, kundalik turmush buyumlari, bezak san’ati hamda dafn marosimlariga oid ashyolarda qanday aks etgani ilmiy asosda o‘rganiladi. Shuningdek, diniy ramzlar, naqshlar va haykalchalar orqali aholining dunyoqarashi, qadriyatlari hamda e’tiqodiy an’analari yoritiladi. Maqolada tarixiy-arxeologik topilmalar misolida diniy tasavvurlar va ularning moddiy madaniyatdagi ko‘rinishlari chuqur tahlil qilinadi.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

344

JANUBIY OROLBO‘YI HUDUDI AHOLISI DINIY E’TIQODLARINING MODDIY

ASHYOLARDA AKS ETISHI

Abdumajidova Mahbuba Sirojiddin qizi

Urganch davlat universiteti

Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti 1-kurs magistranti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15367783

Annotatsiya. Ushbu maqolada Janubiy Orolbo‘yi hududida yashovchi aholining diniy

e’tiqodlari va ularning moddiy madaniyatda ifodalanishi tahlil etiladi. Diniy qarashlarning
me’moriy yodgorliklar, kundalik turmush buyumlari, bezak san’ati hamda dafn marosimlariga
oid ashyolarda qanday aks etgani ilmiy asosda o‘rganiladi. Shuningdek, diniy ramzlar, naqshlar
va haykalchalar orqali aholining dunyoqarashi, qadriyatlari hamda e’tiqodiy an’analari
yoritiladi. Maqolada tarixiy-arxeologik topilmalar misolida diniy tasavvurlar va ularning
moddiy madaniyatdagi ko‘rinishlari chuqur tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar: Janubiy Orolbo‘yi, diniy e’tiqodlar, moddiy madaniyat, arxeologik

topilmalar, diniy ramzlar, diniy san’at.

ОТРАЖЕНИЕ РЕЛИГИОЗНЫХ ВЕРОВАНИЙ НАСЕЛЕНИЯ ЮЖНОГО

ПРИАРАЛЬЯ В МАТЕРИАЛЬНЫХ ПАМЯТНИКАХ

Аннотация. В данной статье рассматриваются религиозные верования населения

южного Приаралья и их отражение в материальной культуре. На научной основе
изучается, как религиозные представления нашли выражение в архитектурных
памятниках, предметах повседневного быта, декоративном искусстве, а также в
погребальных обрядах. Кроме того, через религиозные символы, орнаменты и статуэтки
раскрываются мировоззрение, ценности и религиозные традиции населения. В статье
проводится глубокий анализ религиозных представлений и их проявлений в материальной
культуре на основе археологических находок.

Ключевые слова: южное Приаралье, религиозные верования, материальная

культура, археологические находки, религиозные символы, религиозное искусство.

MATERIAL EXPRESSIONS OF RELIGIOUS BELIEFS AMONG THE INHABITANTS

OF THE SOUTHERN ARAL SEA REGION

Abstract. This article explores the religious beliefs of the inhabitants of the Southern Aral

Sea region and their manifestations in material culture. It analyzes how religious concepts are
reflected in architectural monuments, everyday objects, decorative arts, and burial-related
artifacts. Through religious symbols, motifs, and figurines, the study reveals the worldview,
value system, and spiritual traditions of the local communities. Drawing on archaeological
findings, the article provides a comprehensive examination of the interplay between belief
systems and material expressions in this historical-cultural context.

Keywords: Southern Aral Sea region, religious beliefs, material culture, archaeological

evidence, religious symbols, spiritual traditions, cultural heritage.


KIRISH

Janubiy Orolbo‘yi hududi qadimdan ko‘plab etnos va madaniy qatlamlarning

chorrahasida joylashgan bo‘lib, ushbu hududda yashagan qadimgi aholining diniy e’tiqodlari


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

345

moddiy madaniyat yodgorliklarida o‘z ifodasini topgan. Temir davri arxeologik yodgorliklari,
ayniqsa, Qo‘yqirilgan qal’a, Kazakliyatkan, Tuproqqal’a va Ayazqal’a kabi joylardagi
topilmalar, ushbu hududda rivojlangan diniy tasavvurlar va marosimlarning izlarini aniq
ko‘rsatadi. Janubiy Orol bo‘yi mintaqasida temir asriga tegishli bo‘lgan ko‘plab yodgorliklar
bo‘lib, ular har tomonlama chuqur o‘rganilayotgani shubhasiz. Ko‘plab yodgorliklarda tadqiqot
ishlari davom etmoqda.

Tadqiqotning maqsadi temir davrida Xorazm vohasi aholsining diniy qarashlari hamda

vohadagi diniy qarashlarning moddiy ashyolarda aks etishini o‘rganishdan iborat. Bu maqsadga
erishish uchun quyidagi vazifalar belgilangan: Janubiy Orolbo‘yi hududi aholisi diniy
e’tiqodlarining moddiy ashyolarda aks etishi masalasini arxeologik va yozma manbalar asosida
ko‘rib chiqish, voha aholisi diniy e’tiqodlari tarixshunosligini ochib berish, temir davri arafasida
ijtimoiy-etnomadaniy munosabatlar tarixini yoritish, aholi diniy e’tiqodlarining Avesto
kitobidagi tahlili (zardushtiylik dini xususiyatlari)ni tahlil qilish.

METODOLOGIYA VA ADABIYOTLAR TAHLILI

Tadqiqot metodologiyasi tarixiy-qiyosiy tahlil, tizimli yondashuv va antropologik

tadqiqot usullariga asoslangan. Asosiy manba sifatida arxeologik materiallar, etnografik
tadqiqotlar va tarixiy hujjatlar tahlil qilingan.

Janubiy Orolbo‘yi hududi aholisi diniy e’tiqodlarini o‘rganishda arxeologik, etnologik va

tarixiy manbalar muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Xususan, S.P.Tolstovning «По следам
древнехорезмийской цивилизации» asarida qadimgi Xorazmda shakllangan diniy tizim, uning
moddiy va madaniy yodgorliklardagi izlari haqida muhim ma’lumotlar keltirilgan.[2] A.Asqarov
va T.Shirinov tomonidan Jarqo‘ton yodgorligida olib borilgan qazilma ishlari natijalari diniy
marosimlar, me’moriy inshootlar va muqaddas joylar haqida qimmatli dalillarni beradi.[3]
M.G.Vorobyevaning izlanishlari ham diniy tasavvurlarni tushunishga xizmat qiladi.[4]
Shuningdek, A.Sagdullayev tomonidan «Avesto»ga oid diniy qarashlarning dastlabki shakllari
va ularning moddiy madaniyatda aks etishi tahlil qilingan bo‘lib, bu holat Janubiy Orolbo‘yi
aholisi qadimgi e’tiqod tizimlari bilan uyg‘un holda rivojlanganini ko‘rsatadi.[5]

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Ilk temir davri yodgorliklarining o‘rganilishi natijasida O‘rta Osiyoning turli

viloyatlarida xonadon o‘chog‘i qadrlanganligini tasdiqlovchi dalillar aniqlangan. Surxon
vohasidagi Kuchuktepadan muqaddas o‘choq topilgan. Qadimgi voha aholisi o‘choq
kuyindilariga ehtirom bilan qaraganlar va kulni maxsus o‘ralarga to‘kkanlar.[5] Xuddi shunday
urf-odat izlari Ko‘zaliqirda aniqlangan.[6]

S.P.Tolstov Xorazm vohasini zardushtiylik vatani sifatida ta’riflagan edi.[7]

A.A.Asqarov S.P.Tolstov tomonidan ilgari surilgan masalalarni qayta ko‘rib chiqib, ularga
tegishli o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. А.А.Асқаровning fikriga ko‘ra, Xorazmni zardushtiylik
paydo bo‘lgan yurt, deb talqin qilish maqsadga muvofiq emas. A.A.Asqarov va T.Sh.Shirinov
tomonidan Jarqo‘ton olov ibodatxonasini o‘rganish asosida dastlab olovga sig‘inish tarzida
vujudga kelgan zardushtiylik ta’limoti mil. avv. II ming yillik o‘rtalariga mansubdir, degan
xulosaga kelingan.[3]

Shuningdek, O‘rta Osiyoning turli viloyatlarida istiqomat qilgan aholining diniy

qarashlari va urf-odatlari har doim bir-biriga mos kelavermagan.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

346

Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, O‘rta Osiyo o‘troq ziroatchi va ko‘chmanchi chorvador

aholisining diniy tasavvurlari va marosimlarining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud bo‘lgan.

Ko‘zaliqir madaniyatiga oid san’at namunalarida turli tasviriy an’analarning ta’siri

kuzatiladi. Ushbu an’analar qush boshli oltin taqinchoq, kiyik boshli oltin qubba, muhrdagi
halqaga o‘ralgan ilon, xalsedon toshidan yasalgan muhrdagi sher va bronza uzuk-muhrdagi
o‘qchi tasvirlarida o‘z aksini topgan. Saklarning tasviriy san’atida qoplon va yo‘lbarslarning
bug‘u va kiyiklarni yorib qiynashi tasvirlari keng tarqalgan. Tabiat kuchlariga ehtirom
ko‘rsatishga, quyoshga va olovga topinishga chorlovchi qadimgi madhiyalar “Avesto”ning
tarkibiy qismlarini tashkil etib, zardushtiylik marosimlarida kohinlar tomonidan ijro etilgan.

Yozuvsiz zamonlarda shakllangan va “Avesto”ga kirgan tasavvurlar ko‘p asrlik tarixiy

taraqqiyotga ega bo‘lib, xalq og‘zaki ijodida saqlangan. Jumladan, Xorazm vohasi folklorida
turli darajada aks etgan.[8]

Qadimgi Ko‘zaliqir, Qal’aliqir, Jonbosqal’a, Tuproqqal’a, Ayozqal’a, Bozorqal’a,

Qangaqal’a, Qirqqiz kabi ko‘plab qal’alarda olib borilgan arxeologik izlanishlar qadimgi
Xorazmning nafaqat moddiy madaniyati, balki arxitektura va amaliy bezak san’ati ham yuksak
darajada rivojlanganligidan dalolat beradi. Birgina Tuproqqal’adagi izlanishlarning o‘zi qadimgi
Xorazm shaharlarining puxta reja asosida qurilganligini, qurilish san’ati yuksak darajada
bo‘lganligini ko‘rsatadi. Qal’adagi saroy nihoyatda mahobatli va go‘zal bunyod etilgan. Saroy
ichida joylashgan “Podsho zali”, “Askar zali”, “Raqqoslar zali”, “G‘alaba zali” kabi ko‘plab
zallarning har biri o‘ziga xos tarzda bezatilgan.

Xorazm vohasidagi ko‘plab qadimgi qal’alar o‘z qa’rida xorazmliklarning badiiy

dunyoqarashi namunalarini saqlab kelgan. Mashhur arxeolog S.P.Tolstov Jonbosqal’a va
Tuproqqal’a xarobalarini o‘rganib, Jonbosqal’adan ko‘plab terrakota haykalchalari,
Tuproqqal’adan esa qadimgi xorazm hukmdorlari tomonidan zarb qilingan tangalarni topadi. Shu
boisdan ham S.P.Tolstov Jonbosqal’ani “Haykallar muzeyi”, Tuproqqal’ani esa “Behisob
tangalar muzeyi” deb atagan.

XULOSA

Umuman olganda, qadimgi xorazmliklarning afsonalari, yozuvi va diniy qarashlari

qal’alardan topilgan san’at va hunarmandchilik namunalari bu o‘lka xalqlarining ma’naviy
madaniyati, estetik didi va dunyoqarashi nihoyatda yuqori bo‘lganligini ko‘rsatadi. Beruniyning
ma’lumotlariga ko‘ra va olimlarning tasdiqlashicha, eramizdan avvalgi III-II asrlarda Xorazmda
Qo‘yqirilganqal’a mustaqil astranomik kuzatish ishlari olib borilgan markaz va yulduz jadvali
mavjud bo‘lgan. Janubiy Orolbo‘yi hududi aholisi diniy qarashlarini o‘rganish, uning moddiy
madaniyatdagi aks etishini chuqur tahlil qilishda arxeologik, etnologik va tarixiy manbalar
muhim rol o‘ynaydi.

Qadimgi Xorazmning diniy an’analari va dunyoqarashlari, shu jumladan, “Аvesto”ning

dastlabki diniy tushunchalari va ularning me’moriy yodgorliklarda aks etishi, tahlil qilingan
manbalar orqali aniq ravishda ochib berilgan. Arxeologik topilmalar, yodgorliklar va marosim
buyumlari orqali ajdodlarimizning diniy e’tiqodlari, ramzlari va tasavvurlarining qanday
shakllanganini tushunish mumkin.

Ushbu o‘rganishlar Janubiy Orolbo‘yi hududidagi diniy madaniyatning boy va xilma-xil

tarixi haqida muhim ilmiy ma’lumotlar taqdim etadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

347

Shu bilan birga, mintaqaning diniy madaniyatini o‘rganish, uning zamonaviy etnologik

va tarixiy ahamiyatini yanada chuqurroq anglashga imkon yaratadi. Kelgusidagi tadqiqotlar,
yangi arxeologik topilmalar va ilmiy izlanishlar bu sohadagi bilimlarni yanada boyitishi
kutilmoqda.


REFERENCES

1.

Asqarov A. (2019). O'zbekiston tarixi: Eng qadimgi davrlardan mustaqillikkacha.
Toshkent: O'qituvchi.

2.

Толстов С.П. По следам древнехорезмийской цивилизации. – М., 1948. – С. 88

3.

Асқаров А. Ширинов Т. Раскопки монументального храма на Джаркутантепе //
Творческое наследие народов Средней Азии в памятниках искуства, архитектуры и
археологии. – Ташкент, 1982. – С.17.

4.

Воробьева М.Г. Проблема «Большого Хорезма» и археология // Археология и
этнография Средней Азии. – М.: Наука, 1979.– С. 40

5.

Сагдуллаев А. «Авесто»нинг илк диний ... – Б. 7-8

6.

Мирзаев Т., Жўраев М. «Авесто» мифологияси ва ўзбек халқ оғзаки ижоди //
O‟zbekiston tarixi. – 2001. – № 3. – Б. 30-37; Абдуллаев Ҳ.«Авесто» ва Хоразм воҳаси
фольклори // O‟zbekiston tarixi. – 2001. – № 3. – Б. 38-42.

7.

Abdullaev H. “Avesto” va Xorazm Vohasi folklori // O‘zbekiston tarixi, 2001. – № 3. – B.
38-42. 230

References

Asqarov A. (2019). O'zbekiston tarixi: Eng qadimgi davrlardan mustaqillikkacha. Toshkent: O'qituvchi.

Толстов С.П. По следам древнехорезмийской цивилизации. – М., 1948. – С. 88

Асқаров А. Ширинов Т. Раскопки монументального храма на Джаркутантепе // Творческое наследие народов Средней Азии в памятниках искуства, архитектуры и археологии. – Ташкент, 1982. – С.17.

Воробьева М.Г. Проблема «Большого Хорезма» и археология // Археология и этнография Средней Азии. – М.: Наука, 1979.– С. 40

Сагдуллаев А. «Авесто»нинг илк диний ... – Б. 7-8

Мирзаев Т., Жўраев М. «Авесто» мифологияси ва ўзбек халқ оғзаки ижоди // O‟zbekiston tarixi. – 2001. – № 3. – Б. 30-37; Абдуллаев Ҳ.«Авесто» ва Хоразм воҳаси фольклори // O‟zbekiston tarixi. – 2001. – № 3. – Б. 38-42.

Abdullaev H. “Avesto” va Xorazm Vohasi folklori // O‘zbekiston tarixi, 2001. – № 3. – B. 38-42. 230