ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
415
O‘ZBEKISTONDA YOSH GANDBOLCHI DARVOZABONLARNI
TAYYORLASHNING ZAMONAVIY USULLARI VA YECHIMLARI
Zaribboyev Zafarbek Farxod o‘g‘li
Jismoniy tarbiya va sport ilmiy-tadqiqotlar institutining, 1-bosqich magistranti.
Elektron pochta:
zaribboyevzafarbek444@gmail.com
Telefon: +998-90-001-72-46.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15372109
Annotatsiya.
Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasida yosh gandbolchi
darvozabonlarni tayyorlashning hozirgi holatini tahlil qiladi, mavjud muammolarni aniqlaydi va
ularni bartaraf etish uchun innovatsion yechimlarni taklif etadi. Tadqiqotda jismoniy, texnik va
psixologik tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqilib, xalqaro va mahalliy tajribalar, amaliyotlar,
xususan, OKMK jamoasi misolida zamonaviy usullari muhokama qilinadi. Maqolada yosh
darvozabonlarning malakasini oshirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar berib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar: Yosh gandbolchilar, darvozabon tayyorgarligi, zamonaviy usullar,
biomehanik tahlil, psixologik tayyorgarlik, sport infratuzilmasi, xalqaro tajriba.
СОВРЕМЕННЫЕ МЕТОДЫ И РЕШЕНИЯ ДЛЯ ПОДГОТОВКИ МОЛОДЫХ
ВРАТАРЕЙ ГАНДБОЛА В УЗБЕКИСТАНЕ
Аннотация. Данная статья анализирует текущее состояние подготовки юных
гандбольных вратарей в Республике Узбекистан, выявляет существующие проблемы и
предлагает
инновационные
решения
для
их
устранения.
В
исследовании
рассматриваются вопросы физической, технической и психологической подготовки,
обсуждаются международные и местные практики, в частности, опыт команды
ОКМК, в контексте применения современных методов. В статье представлены
практические рекомендации, направленные на повышение квалификации юных вратарей.
Ключевые слова: Юные гандболисты, подготовка вратарей, современные
методы,
биомеханический
анализ,
психологическая
подготовка,
спортивная
инфраструктура, международный опыт.
MODERN METHODS AND SOLUTIONS FOR TRAINING YOUNG HANDBALL
GOALKEEPERS IN UZBEKISTAN
Abstract. This article analyzes the current state of training young handball goalkeepers
in the Republic of Uzbekistan, identifies existing challenges, and proposes innovative solutions
to address them. The study examines issues related to physical, technical, and psychological
preparation, discussing international and local practices, particularly the example of the OKMK
team, in the context of modern methods. The article provides practical recommendations aimed
at enhancing the skills of young goalkeepers.
Keywords: Young handball players, goalkeeper training, modern methods,
biomechanical analysis, psychological preparation, sports infrastructure, international
experience.
Dolzarbligi:
O‘zbekiston Respublikasida gandbol sporti so‘nggi yillarda, ayniqsa yoshlar
o‘rtasida sezilarli darajada rivojlanmoqda. Bu jarayonda davlatning faol ishtiroki muhim
ahamiyatga ega bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-noyabrdagi PQ-
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
416
4877-son “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va
ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori [1]. Ushbu tashabbuslar yoshlar
o‘rtasida gandbolning ommalashishiga va milliy musobaqalarning sifatini oshirishga xizmat
qiladi. Biroq, gandbolning eng muhim bo‘g‘inlaridan biri - darvozabonlarni tayyorlash
jarayonida bir qator jiddiy muammolar saqlanib qolayotganidir.
O‘zbekiston Gandbol Federatsiyasi ma’lumotlari va “Umid nihollari” hamda O‘zbekiston
chempionatlari kabi musobaqalarni tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, yosh darvozabonlarda asosiy
texnik ko‘nikmalar, xususan, to‘pni ushlash, qaytarish va tezkor reaksiya ko‘rsatish kabi
mahoratlar yetarlicha rivojlanmagan. Masalan, 2024-yilgi O‘zbekiston chempionatida
o‘tkazilgan o‘yinlarning video tahlillari shuni ko‘rsatadiki, darvozabonlarning 60% dan ortig‘i
raqibning o‘rtacha masofa (9m.)dan yo‘llagan zarbalarini qaytarishda qiyinchiliklarga
uchrashdi. Bu nafaqat texnik tayyorgarlikning yetishmasligi, shu bilan birga mashg‘ulotlar
zamonaviy usullarga asoslanmaganligidan kelib chiqadi. Ya’ni an-anaviy mashg‘ulotlar
hanuzgacha davom etib kelayotganidir.
Bundan tashqari, psixologik tayyorgarlikning yaxshi emasligi yosh darvozabonlarning
o‘yin davomidagi harakatlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. O‘yinning keskin daqiqalarida,
masalan,7 metrlik jarima zarbasi yoki muhim himoya paytida stressni boshqara olmaslik va
o‘ziga ishonchsizlik musobaqa natijalariga salbiy ta’sir qiladi. L.Z.Xolmurodovning tadqiqotlari
shuni ta’kidlaydiki, psixologik tayyorgarlik jismoniy sifatlar bilan birgalikda rivojlantirilmasa,
sportchilar o‘z salohiyatini to‘liq namoyon qila olmaydi [3].
Trenerlarning xalqaro tajribadan yetarlicha foydalanmasligi va zamonaviy metodikalarni
qo‘llashdagi sustkashligi ham muhim to‘siq hisoblanadi. Dunyoning gandbol bo‘yicha yetakchi
davlatlari, masalan, Daniya va Germaniya, darvozabonlarni tayyorlashda biomehanik tahlillar,
individual mashg‘ulotlar va video tahlil kabi ilg‘or usullardan foydalanadi. O‘zbekistonda esa
ko‘plab trenerlar an’anaviy usullarga tayanib, zamonaviy texnologiyalar va jihozlardan
foydalanishda orqada qolmoqda. Shu bilan birga, respublikaning chekka hududlaridagi sport
zallarining yetarlicha jihozlanmaganligi, masalan, maxsus trenajyorlar va video tahlil uskunalari
yo‘qligi mashg‘ulotlar samaradorligini o‘zgarishlarsiz qoldirmoqda.
O‘zbekistonda zamonaviy usullardan foydalanib keladigan murabbiylar va jamoalar bor
ulardan biri, OKMK jamoasi, ular darvozabonlarni tayyorlashda innovatsion yondashuvlarni
qo‘llashadi shu bilan birga individual mashg‘ulotlar va video tahlil usullari orqali yuqori
natijalarga erishmoqdalar [5]. Ushbu jamoaning Respublika chempionatlarida doimiy
yetakchiligi zamonaviy usullarning samaradorligini bilan ifodalanadi. Mazkur muammolarni
o‘rgangan xolda shuni aytish mumkinki, biomehanik tahlil, psixologik testlarni sportchilarda
o‘tkazib turish va xalqaro tajribalardan habardor bo‘lish va ularni mashg‘ulotlarda qo‘llab borish
dolzarblidir.
Tadqiqotning
metodologiyasi:
Tadqiqot O‘zbekiston Gandbol Federatsiyasi
(https://uzhandball.uz) va Sport vazirligi (https://gov.uz/oz/sport) ma’lumotlari, shuningdek,
“OKMKhandball” ijtimoiy tarmog‘idagi videolar tahliliga asoslanadi. Yosh darvozabonlarning
musobaqalardagi o‘yinlari video tahlil qilindi, ularning texnik va psixologik tayyorgarlik
darajalari baholandi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
417
Bundan tashqari, Daniya va Germaniya kabi gandbol bo‘yicha yetakchi mamlakatlarning
tajribasi o‘rganildi. A.Sh.Muminov [4] va L.Z.Xolmurodov [5] kabi mutaxasis va olimlarning
tadqiqotlari ham ushbu ishda asosiy manba sifatida foydalanildi.
Tadqiqotning
natijalari:
Texnik
tayyorgarlikdagi
muammolar
O‘zbekiston
chempionatlari va “Umid nihollari” musobaqalarida yosh darvozabonlarning o‘yinlarini tahlil
qilish shuni ko‘rsatdiki, ularning aksariyati to‘pni qaytarish, ushlash va tez reaksiya kabi asosiy
texnikalarda kamchiliklarga ega. Masalan, 2024-yilgi O‘zbekiston chempionatida o‘tkazilgan 10
ta o‘yinning video tahliliga ko‘ra, darvozabonlarning 60% dan ortig‘i raqibning o‘rtacha masofa
(9m.)dan darvozaga yo‘llagan zarbalarini qaytarishda qiyinchilikka uchraganlar. Bu muammo
A.Sh.Muminovning tadqiqotlarida ham tasdiqlanadi, unda yosh gandbolchilarning chaqqonlik va
texnik tayyorgarligidagi kamchiliklar ta’kidlanadi [4].
Psixologik tayyorgarlikning yetishmasligi:
Psixologik tayyorgarlik darvozabonlar
uchun muhim ahamiyatga ega, chunki ular o‘yinning eng keskin va stressli vaziyatlarida ishtirok
etadilar. O‘yin tahlillari shuni ko‘rsatadiki, yosh darvozabonlarning 60% ga yaqini 7 metrli
jarima zarbasi paytida o‘zini harakatlarini no aniq tutish holatlari yuz berdi, bu esa o‘yin
natijasiga salbiy ta’sir ko‘rsatishiga sabab bo‘ldi.
OKMK jamoasi:
O‘zbekistonda yuqori natijalar ko‘rsatayotgan OKMK jamoasi
darvozabonlarni tayyorlashda model sifatida alohida e’tiborga loyiq. Ushbu jamoa trenerlari
darvozabonlar bilan individual mashg‘ulotlar olib boradi, video tahlil va maxsus jihozlardan
foydalanadi. “OKMKhandball” Instagram sahifasida joylashtirilgan mashg‘ulot videolari shuni
ko‘rsatadiki, darvozabonlar uchun alohida murabbiylar jalb qilingan bo‘lib, ular sportchilarning
texnik va taktik ko‘nikmalarini yuqori darajaga yetkazmoqdalar. Natijada, OKMK jamoasi
Respublika chempionatlarida doimiy ravishda yetakchi o‘rinlarni egallab kelmoqda.
Xulosalar:
O‘zbekistonda yosh gandbolchi darvozabonlarni tayyorlash jarayonida
texnik, psixologik va infratuzilmaviy muammolar saqlanib qolmoqda. Trenerlarning xalqaro
tajribadan kam foydalanishi, an’anaviy mashg‘ulot usullariga tayanib qolishi va sport zallarining
yetarlicha jihozlanmaganligi ushbu jarayonni qiyinlashtiradi. Biroq, OKMK jamoasining
tajribasi va Daniya kabi yetakchi mamlakatlarning ilg‘or usullari ushbu muammolarni bartaraf
etish imkonini beradi. Quyidagi tavsiyalar amalga oshirilsa, yosh darvozabonlarning malakasini
oshirish mumkin bo‘ladi
1.
Biomehanik tahlilni joriy etish
: Kinovea kabi bepul dasturlardan foydalanib,
darvozabonlarning harakatlaridagi xatolarni aniqlash va xatolarni bartaraf qilish uchun maxsus
mashqlar ishlab chiqish mumkin.
2.
Individual mashg‘ulotlarni ko‘paytirish
: Har bir darvozabon uchun alohida murabbiy
tayinlash va ularning texnik va psixologik tayyorgarligiga e’tibor qaratish kerak. Chunki
darvozabon yarim jamoa degani.
3.
Xalqaro tajribani o‘rganish
: Daniya va Germaniya kabi mamlakatlarning mashg‘ulot
usullarini o‘rganish va mashg‘ulotlarga moslashtirish lozim.
4.
Psixologik tayyorgarlikni oshirish
: Stressli vaziyatlarda o‘zini boshqarish va o‘ziga
ishonchni oshirish bo‘yicha maxsus mashg‘ulotlar tashkil qilish shu bilan birga psixologik testlar
o‘tkazib turish kerak.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
418
Ushbu yondashuvlar nafaqat yosh darvozabonlarning malakasini oshiradi, balki
O‘zbekiston gandbolining xalqaro maydondagi raqobatbardoshligini ham oshirishga xizmat
qiladi.
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-noyabrdagi PQ-4877-son “Jismoniy
tarbiya va sport sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va ilmiy salohiyatni
oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
2.
Muminov A.Sh. Turli malakali gandbolchilarning chaqqonlik sifati ko‘rsatkichlarini
tahliliy o‘rganish. “Fan-sportga” ilmiy-nazariy jurnal, 2021, №1, 23-25-bet.
3.
Xolmurodov L.Z. Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish.
“Fan-sportga”, 2021, №1, 46-49-bet.
4.
Yusupov Z.Z. Boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida yosh gandbolchilarni saralash
texnologiyasi. Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi
avtoreferati. Chirchiq, 2020, 56-bet.
Internet sahifalar
5.
http://lex.uz
6.
7.
https://www.instagram.com/OKMKhandball
