ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
427
ZAMONAVIY ARMIYADA RAQAMLI ALOQA TEXNOLOGIYALARINING
QO'LLANISH ISTIQBOLLARI. SOFTWARE-DEFINED NETWORKING
TEXNOLOGIYALARINING HARBIY SOHADAGI POTENSIAL IMKONIYATLARI
Narzullayev Sherbek Nematullayevich
University of Management and Future Technologies
Telekommunikatsiya injiniringi magistranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15372518
Annotatsiya. Ushbu maqolada Software-Defined Networking (SDN) texnologiyalarining
harbiy harakatlardagi taqdim etadigan imkoniyatlarini atroflicha yoritildi, shuningdek,
dunyodagi kuchli armiyalardan biri hisoblanadigan Amerika Qo'shma Shtatlari armiyasida
SDN texnologiyalarini tadbiq etishda erishilgan yutuqlar va ular taqdim etgan potentsial
imtiyozlar sanab o'tildi.
Kalit so'zlar: Software-Defined Networking (SDN), Software-defined wide-area
networking (SDWAN), Joint Information Environment (JIE), Advanced Battle Management
System (ABMS), visual, optimallashtirish, management, tarmoq resursi, xavfsizlik algoritimi,
anomaliya, kibertahdid
PROSPECTS FOR THE APPLICATION OF DIGITAL COMMUNICATION
TECHNOLOGIES IN THE MODERN ARMY. POTENTIAL OPPORTUNITIES OF
SOFTWARE-DEFINED NETWORKING TECHNOLOGIES IN THE MILITARY
FIELD
Abstract. This article provides a comprehensive overview of the capabilities of Software-
Defined Networking (SDN) technologies in military operations, as well as the achievements and
potential benefits of implementing SDN technologies in the United States Army, one of the most
powerful armies in the world.
Keywords: Software-Defined Networking (SDN), Software-defined wide-area networking
(SDWAN), Joint Information Environment (JIE), Advanced Battle Management System (ABMS),
visual, optimization, management, network resource, security algorithm, anomaly, cyber threat.
ПЕРСПЕКТИВЫ ПРИМЕНЕНИЯ ЦИФРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ СВЯЗИ В
СОВРЕМЕННОЙ АРМИИ. ВОЕННОЕ ПРИМЕНЕНИЕ ПРОГРАММНО-
ОПРЕДЕЛЯЕМЫХ СЕТЕВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ
ПОТЕНЦИАЛЬНЫЕ ВОЗМОЖНОСТИ В ЭТОЙ ОБЛАСТИ
Аннотация. В статье представлен всесторонний обзор возможностей
технологий программно-конфигурируемых сетей (SDN) в военных операциях, а также
достижений и потенциальных преимуществ внедрения технологий SDN в армии США,
одной из самых мощных армий в мире.
Ключевые
слова:
программно-определяемая
сеть
(SDN),
программно-
определяемая глобальная сеть (SDWAN), единая информационная среда (JIE),
усовершенствованная система управления боем (ABMS), визуальный, оптимизация,
управление, сетевой ресурс, алгоритм безопасности, аномалия, киберугроза.
Butun jahon raqamli aloqa texnologiyalarning rivojlanishi natijasida dunyoning deyarli
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
428
istalgan nuqtasidan bog'lanishlarni amalga oshirishning turli vositalari va texnologiyalari
yaratildi. Turli formatdagi ma'lumotlarning cheksiz oqimi va ularni qayta ishlash borasida katta
yutuqlarga erishlidi. Shu bilan bir qatorda alohida yo'nalishlar, xususan, harbiy sohada
ma'lumotlarni sifatli va xavfisiz uzatish, qabul qilish va qayta ishlash bo'yicha umumiy va
alohida talablar yuzaga kela boshladi. Ma'lumotlarning ma'zmuni va ahamiyatida kelib chiqib
ularni xavfsizligi va sifatiga nisbatan turli uzatish, qabul qilish va qayta ishlash muhitlari
yaratish texnologiyalari ustida qator yutuqlarga erishildi. Mazkur yutuqlardan biri bu Software-
Defined Networking (SDN) texnologiyasi hisoblanib, bugungi kunda bir qator yetakchi tijorat
kompaniyalari, rivojlangan davlat armiyalar ushbu texnologiyani amaliyotga tadbiq etish
bo'yicha ishlar olib bormoqda.
Software-Defined Networking (Sdn) Texnologiyasi: Ta’rif Va Asosiy Prinsiplar
Software-Defined Networking (SDN) — bu tarmoqni dasturiy ta’minot yordamida
boshqarish paradigmasidir. An’anaviy tarmoqlarda ma’lumotlar uzatish (data plane) va
boshqaruv (control plane) sathlari birlashtirilgan bo‘lsa, SDN ularni ajratib, boshqaruvni
markazlashtiradi.
SDN’ning ustunliklari:
•
Moslashuvchanlik: Tarmoq konfiguratsiyasini tez o‘zgartirish imkoniyati.
•
Markazlashtirilgan nazorat: Jang maydonida real vaqt tarmoq tahlili va boshqaruvi.
•
Xavfsizlik: Tarmoq trafikini aniqlash, filtrlash va hujumlarga javob berish imkoniyatlari.
•
Virtualizatsiya: Harbiy missiyalarga moslashtirilgan logik tarmoqlarni tezda yaratish.
Software-Defined Networking (SDN) texnologiyasi raqamli telekommunikatsiya
tarmoqlarini barpo etish, boshqarish va ularga xizmat ko'rsatish yo'nilishida o'ziga xos inqilob
qildi. SDN tarmoqni boshqarish muhiti, ma'lumotlarni uzatish, qabul qilish, saqlash va qayta
ishlash muhitlarini o'zaro ajratgan holda, tarmoq qurilmalarini markazlashtirilgan boshqaruvi va
ularni dasturlash imkonini beradi. SDN turli sohalarda, jumladan telekommunikatsiya,
ma'lumotlar markazlari va bulutli texnologiyalarda keng qo'llaniladi.
SDN texnologiyalaridan foydalanish bo'yicha bir qator rivojlangan davlatlar keng
ko'lamli dasturlar qabul qilishgan bo'lib, mazkur yo'nalishda Amerika Qo'shma Shtatlari
Mudofaa departamenti (The U.S. Department of Defense) sezilarni yutuqlarga erishgan.
Mudofaa departamenti harbiy tarmoqlarda SDN texnologiyalaridan foydalanishni
o'rganib chiqdi va harbiy sohada SDN texnologiyalaridan foydalanishni rivojlantirish uchun bir
nechta dasturlarni qabul qildi. Asosiy dasturlardan biri Qo'shma axborot muhiti (Joint
Information Environment) tashabbusi bo'lib, u butun Mudofaa departamenti bo'yicha yagona
axborot muhitini yaratishga qaratilgan. JIE dasturi Mudofaa departamenti bo'ylab yagona,
integratsiyalashgan tarmoq arxitekturasini yaratish uchun SDN texnologiyalarini joriy qilishni
o'z ichiga oladi. Bu dastur rivojlangan tarmoq imkoniyatlarini taqdim etish, tarmoq xavfsizligini
oshirish va tarmoq boshqaruvini yaxshilash imkonini beradi. SDN texnologiyalarini joriy etish
orqali Mudofaa departamenti o'z xodimlariga, ularning joylashgan joyidan qat'iy nazar, yanada
samarali tarmoq xizmatlarini taqdim etish imkonini yaratib berdi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
429
1-rasm. AQSh Mudofaa departamenti "Joint Information Environment" dasturining umumiy
topologiyasi.
Shuningdek, Amerika Qo'shma Shtatlari Harbiy-havo kuchlarining "Advanced Battle
Management System" dasturida SD-WAN texnologiyasini tadbiq etdi. AQSh havo kuchlari
tarmoq ulanishini yaxshilash va tarmoq murakkabligini kamaytirish uchun SDWAN
texnologiyasini joriy qilish ustida ishlamoqda. SDWAN dasturi Harbiy havo kuchlarini kerakli
ma'lumotlar bilan tezkorlik bilan ta'minlanishi va sohada yanada moslashuvchan va keng
imkoniyatli tarmoq infratuzilmasi bilan ta'minlaydi.
2-rasm. AQSh Harbiy havo kuchlari "Advanced Battle Management System" dasturining
umumiy topologiyasi.
Shu o'rinda NATO tomonidan ta'sis etilgan SDN texnologiyalar sinov maydoni ta'kidlab
o'tish lozim. NATO harbiy amaliyotlarda SDN texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini
o'rganish uchun SDN sinov maydonchasini yaratgan bo'lib, sinov maydoni SDN texnologiyalari
samaradorligini baholash va harbiy harakatlar uchun eng yaxshilaridan foydalanish bo'yicha
tajribalarni amalga oshirishfa yordam beradi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
430
SDN texnologiyalarini harbiy sohada joriy etishda katta potensial yutuqlarga erish
mumkin.
Jumladan, harbiy harakatlar va o'quv mashg'ulotlari davomidan mazkur texnologiyalarni
qo'llanish orqali bir qator operativ natijalarga erishish mumkin.
SDN Texnologiyalarining Harbiy Sohadagi Potensial Imkoniyatlari
1. Taktik darajadagi tarmoq boshqaruvi
Jangovar sharoitda, mobil komanda punktlar, sensorlar va dronlar o‘rtasidagi aloqani
moslashtirish SDN orqali optimallashtiriladi. Bu esa signal yo‘qolishi yoki kechikishini
kamaytiradi.
2. Kiberxavfsizlikni kuchaytirish
SDN yordamida an’anaviy tarmoqlarga nisbatan yanada chuqur va tezkor tarmoq
monitoringi amalga oshiriladi. Shubhali trafikni aniqlash, avtomatik segmentatsiya va
tajovuzkorlarni izolyatsiya qilish imkoniyati mavjud.
3. Tarmoq resurslarining dinamik taqsimoti
SDN arxitekturasi tarmoq bandligini real vaqt asosida tahlil qilib, resurslarni samarali
taqsimlash imkonini beradi. Bu, ayniqsa, ko‘p nuqtali operatsiyalarda strategik ustunlik beradi.
4. Sun’iy intellekt bilan integratsiya
SDN’ni AI (Artificial Intelligence) tizimlari bilan uyg‘unlashtirish orqali harbiy aloqa
tarmog‘i avtonom qaror qabul qilishga yaqinlashadi. Bu jangovar sharoitda inson omilidan
mustaqil operatsiyalarni bajarishni anglatadi.
SDN texnologiyasi harbiy harakatlarda tarmoq nazoratini kuchaytirish bo'yicha keng
imkoniyatlarga ega deya qayd etilmoqda. Uning yordamida tarmoq qurilmalaridagi dinamik
sozlamalar va tarmoq resurslarini doimiy optimallashtirish mumkin, bu esa harbiy haraktlardagi
o'zgaruvchan operatsion talablarga tezda moslashish imkonini beradi. Bundan tashqari, oldindan
kiritilgan turli algoritmlar asosida trafikni aqlli yo'naltirish orqali tarmoq ish faoliyatini
optimallashtirish imkonini beradi. Shuningdek, mazkur texnologiya tarmoqni virtualizatsiya
qilishga imkon beradi, bu esa tarmoq virtualizatsiyasi yordamida bitta jismoniy infratuzilmada
bir nechta virtual tarmoqlarni yaratish, natijada muhim ilovalar va ma'lumotlarni xavfsiz
izolyatsiyasini hosil qilish imkonini beradi. Virtual tarmoqlar dinamik ravishda yaratilishi va
boshqarilishi natijasida harbiy harakatlarda moslashuvchanlik imkoniyatlarini yanada
yaxshilanadi. Xavfsizlik nuqtai nazaridan harbiy harakatlarda turli bo'g'inlarga bo'lingan tarmoq
xavfsizligini ta'minlay olish qobilayti hozirgacha mavjud texnologiyalarga nisbatan kuchliligi
bilan ajralib turadi, albatta, buning uchun kerakli algoritmlar va dasturlash bo'yicha
mutaxassilardan yetarli bilim va qobilyatga ega bo'lish talab etiladi. SDN texnologiyasi
yordamida oldindan yaratilgan xavfsizlik siyosati butun tarmoq bo'ylab dinamik ravishda
qo'llanilishi mumkin, bu xavfsizlik tahdidlariga tezkor javob berishni zamoniv yodashuvlardan
biri sifatida e'tibordan chetda qoldirib bo'lmaydi.
Shu bilan bir qatorda mazkur texnologiya harbiy harakatlarda tezkor tarmoq qurish
imkonini berishi mumkin. Ushbu texnologiya yordamida tarmoq resurslarini dinamik ravishda
ta'qsimlash, joylashtirish va qurish mumkin, bu esa o'zgaruvchan operatsion talablarga javoban
tarmoq resurslarini tezkor qurish va ishga tushirish imkonini beradi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
431
Bundan tashqari, SDN texnologiyasi avtomatlashtirilgan tarmoq sozlamalarini amalga
oshira oladi, buning natijasida tarmoqni qo'lda sozlash uchun zarur bo'lgan vaqt va resurslar
qisqartirilishi mumkin. Harbiy harakatlarda tarmoqdagi jarayonlar haqida kerakli ma'lumotlarni
doimiy olish va kuzatib turish imkoniyati ham mavjud bo'lib, SDN texnologiyasi yordamida
tarmoq trafigini real vaqt rejimida tahlil qilish mumkin, bu esa turli anomaliyalar va xavfsizlik
tahdidlarini tezda aniqlash imkonini beradi. Bundan tashqari, mazkur texnologiya tarmoq trafigi
va topologiyasining vizual tasvirini hosil qilish, tarmoq qatlamlarini yaratishga imkon beradi.
Xulosa
So'ngi so'z o'rnidan shuni aytish lozim-ki, SDN texnologiyasi jadal rivojlanmoqda va
harbiy
sohada
foydalanish
uchun
katta
imkoniyatlarga
ega.
Tarmoq resurslarini
markazlashtirilgan tarzda boshqarish va dinamik nazorat qilish qobiliyati harbiy harakatlarda
ko'proq moslashuvchanlik, chaqqonlik va xavfsizlikni ta'minlaydi. SDN texnologiyasi
rivojlanishda davom etar ekan, harbiy amaliyotlarda yanada innovatsion yangiliklar vujudga
kelishi aniq, mazkur yangililarning barchasi SDN texnologiyalariga asoslanish yoki uning aynan
kerakli imkoniyatlarini o'zida mujjasam etishi, mazkur texnologiyani tadbiq etish va chuqur
izlanishlar olib borish zaruratini yuzga keltiradi.
REFERENCES
1.
"Software Defined Networking (SDN) for Defense Applications" Nathan K. Johnson,
Kalyan P. Chandrasekaran, IEEE Communications Magazine (2015)
2.
"Software-Defined Networking and the Future of Military Communications" Scott
Newman. Signal Magazine (2015)
3.
"The Benefits of Software-Defined Networking for Military Networks" Tim Cox.
C4ISRNET (2016)
4.
"The Evolution of Software-Defined Networking for Defense Networks" Andrew Lund,
Brad Woodford. Military Embedded Systems (2017)
5.
"Software-Defined Networking: An Overview and Implementation for Military Networks"
Shubhi Asthana, Pramod Kumar. International Journal of Computer Science and Mobile
Computing (2017)
