Authors

  • Dilshodjon Baxriddinov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.86599

Keywords:

Ombudsman milliy mexanizm yevropa kengashi demokratiya ustuvorligi konvensiya akramiya milliy xavfsizlik xizmati xalqaro amnitsiya hizb-ut-Tahrir.

Abstract

Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasida inson huquqlarini milliy mexanizm va milliy qonunchiligimizga asoslangan holda himoya qilish, hukumatimiz tomonidan inson huquqlarini himoya qilish bilan bo’g’liq yangi tizimlarni muhokama qilish bilan bir qatorda, inson huquqlarini himoya qiluvchi organlar, tuzulmalarning bu borada faoliytini yanada barqarorlashtirish, shuningdek, xalqaro hujjatlar va xalqaro sudda ko’rilgan ishlar ham tahlil qilgan.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

488

O’ZBEKISTONDA INSON HUQUQLARINI HIMOYA QILISH: MILLIY

QONUNCHILIK VA UNING AMALIYOTDAGI SAMARADORLIGI

Baxriddinov Dilshodjon Ozodjon o’g’li

Toshkent davlat yuridik universiteti

Jinoiy odil sudlov fakulteti 2-kurs.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15373193

Annotatsiya. Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasida inson huquqlarini milliy

mexanizm va milliy qonunchiligimizga asoslangan holda himoya qilish, hukumatimiz tomonidan
inson huquqlarini himoya qilish bilan bo’g’liq yangi tizimlarni muhokama qilish bilan bir
qatorda, inson huquqlarini himoya qiluvchi organlar, tuzulmalarning bu borada faoliytini
yanada barqarorlashtirish, shuningdek, xalqaro hujjatlar va xalqaro sudda ko’rilgan ishlar ham
tahlil qilgan.

Kalit so’zlari: Ombudsman, milliy mexanizm, yevropa kengashi, demokratiya ustuvorligi,

konvensiya, akramiya, milliy xavfsizlik xizmati, xalqaro amnitsiya, hizb-ut-Tahrir.

ЗАЩИТА ПРАВ ЧЕЛОВЕКА В УЗБЕКИСТАНЕ: НАЦИОНАЛЬНОЕ

ЗАКОНОДАТЕЛЬСТВО И ЕГО ЭФФЕКТИВНОСТЬ НА ПРАКТИКЕ

Аннотация. В данной статье рассматриваются вопросы защиты прав человека в

Республике Узбекистан на основе национальных механизмов и законодательства. Наряду
с обсуждением новых систем, внедряемых правительством для защиты прав человека,
анализируется деятельность органов и структур, ответственных за защиту прав, с
целью их дальнейшей стабилизации и совершенствования. Также проводится анализ
международных документов и дел, рассмотренных в международных судах.

Ключевые слова: Омбудсман, национальный механизм, Совет Европы,

верховенство демократии, конвенция, Акрамия, Служба национальной безопасности,
Международная амнистия, Хизб ут-Тахрир.

PROTECTION OF HUMAN RIGHTS IN UZBEKISTAN: NATIONAL LEGISLATION

AND ITS PRACTICAL EFFECTIVENESS

Abstract. This article analyzes the national legislation of Uzbekistan regarding the

protection of human rights and its effectiveness in practice. The author examines the main
mechanisms for ensuring human rights based on national laws and regulations, identifies
existing challenges in implementation, and suggests ways to overcome them. Special attention is
given to compliance with international standards, international cooperation, and judicial
practices.

Keywords: Human rights, national legislation, legal mechanisms, Ombudsman,

international standards, democratic reforms


Kirish

Hozirgi kunda davlatimiz tomonidan ishlab chiqilayotgan yangi qonunlar, normativ-

huquqiy hujjatlar, shuningdek, ularga kiritilayotgan o’zgarishlar bevosita inson huquqlari,
ularning manfaatlari bilan bog’liq. Sud hokimiyati faoliyati bilan bog’liq yangiliklar va
qilinayotgan o’zgarishlar ham O’zbekiston Respublikasi hududidagi barcha insonlar foydasi
uchun amalga oshirilayotganini ham takidlab o’tishimiz darkor.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

489

Hattoki, sudning qarorisiz shaxsni oldin yetmish ikki soat ushlab turish keltirib o’tilgan

bo’lsa, hozirgi yangi tahrirdagi yangi qabul qilingan Konstitutsiyamizning 27-moddasida bu
holat qirq sakkiz soatga o’zgarganini ham e’tibordan chetda qoldirmasligimiz lozim. Faqatgina
bu misol bilan chekalnib qolmay, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda “Advokatura” bobining
ham kiritilishi yangi O’zbekistonda inson huquqlariga yangicha nigoh bilan qarash, ularning
huquq va erkinliklarini taminlash borasidagi ishlarni takomillashtirishga alohida qaralmoqda.

Yuqorida keltirib o’tgan misollarimizdan kelib chiqib, hozirgi yozadigan mavzumiz

ham “O’zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish: Milliy qonunchilik va uning amaliyotdagi
samaradorligi” to’g’risida bo’lib o’tadi. Bu ilmiy ishni o’rganishda O’zbekiston hududidagi
insonlar va ularning huquqlari bilan bo’g’liq milliy qonunchiliklar, shuningdek, davlatimiz
tashqarisida bo’lgan migrantlarning ham xalqaro hujjatlar orqali huquq va erkinliklarini himoya
qilishda davlatimiz tomonidan olib borilayotgan ammalarni o’rganib chiqish va ularni tahlil
qilishdan iborat. Shuningdek, ushbu mavzu boshqa o’quvchilarga mana shu mavzu doirasida
yetarlicha ma’lumotlarni o’rganishda, davlatimiz izlanuvchilarining O’zbekistonda inson
huquqlarini himoya qilish va milliy qonunchiligimiz, shuningdek uning amaliyotidagi
samaradorligi haqida qanday fikrda ekanligi to’g’risida ham ma’lumot olishiga xizmat qiladi.

Ilmiy-nazariy

Mavuzga ba’tafsil yondoshishimiz uchun O’zbekistonda inson huquqlarini himoya

qilish va milliy qonunchilikmiz tog’risida izlanuvchilar tomonidan yozilgan bir qancha imiy-
nazariy ishlarni ko’rib chiqsak.

Inson huquqlarini himoya qilinishida Oliy Majlisning inson huquqlari bo’yicha vakil

Feruza Eshmatovaning “Inson huquqlari va erkinliklari himoya qilishdagi davlat siyosati
ombudsman faoliyatida” nomli maqolaasi bo’yicha keltirib o’sak. Bunda keltirilishicha “So’nggi
yillarda Ombudsmanning qiynoq holatlarini aniqlash va ularni bartaraf etishga doir faoliyati
yana-da kuchaytirilmoqda. O’zbekiston Resoublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq 2022-
yildan Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillari doimiy asosda faoliyat yurita
boshladi, murojaatlar bilan ishlash tizimi raqamlashtirilib, fuqarolarga qo’shimcha imkoniyatlar
yaratildi.

Konstitutsiya asosida Ombudsmanga qonunchilik takliflarini qonunchilik tashabbusi

tartibida parlament quyi palatasiga kiritish huquqi berildi. Hozirgi kunda fuqarolar bilan tezkor
bog’lanish maqsadidaa zamon talablariga mos bo’lgan Ombudsman mobil ilovasi ishlab
chiqilmoqda. Shuningdek, yurtimizda inson huquqlarini ta’minlashdagi amaliy tajriba va bu
bo’yicha

qonunchilikning

takomillashuvi,

shuningdek

Ombudsman

faoliyatining

kuchaytirilayotganligi natijasida nufuzli xalqaro maqomini oshirish bo’yicha tavsiyalar berildi.

Boshqacha aytganda, Ombudsmanning Parij prinsiplariga muvofiqligi bo’yicha “A”

maqomiga da’vogarlik qilishiga zamin yaratildi. Parij tamoyillari inson huquqlari bo’yicha milliy
institutlarning xalqaro maydonda tan olinishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu institutlar ushbu
tamoyillarga rioya qilish orqali inson huquqlarini samarali himoya qilish va ilgari surishda
muhim ro’l o’ynaydi”

1

1

https://ombudsman.uz/oz/docs/inson-huquqlari-va-erkinliklarini-himoya-qilishdagi-davlat-siyosati-ombudsman-

faoliyatida


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

490

Yuqorida keltirilgan fikrlarga ko’ra, O’zbekistonda inson huquqlarini himoya qilishda

jahon tan olgan chet el prinsip va tamoillardan foydalanishi, ularning inson huquqlarini himoya
qilishda yangi mexanizmlarning yo’lga qo’yilganligi va bu yo’l bilan shu soha bo’yicha jahon
mamlakatlarida inson huquqlarini himoya qilishda yuqorilab borayotganimizni ko’rishimiz
mumkin. Shuningdek, yuqoridagilarga qo’shimcha tarzda “

Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash

va ularning oldini olish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori chiqarilganligi, qonunlarda
noaniqliklar vujudga kelgan hollarda fuqaroning foydasiga hal etilishi, “sukut saqlash”
huquqining berilishi, shuningdek inson huquqi bilan bog’liq yangi o’zgarishlarni qandaydir
ma’noda mamlakatimizda inson huquqlari bilan bog’liq muammolarni oldini olish, ularning
huquqlari himoya qilishda yangicha qadamlar tashlanayotgani va keng ko’lamli ishlar olib
borilayotganini ko’rishimiz mumkin.

Keyingi o’rinda “Inson huquqlari himoyasini ta’minlash: zamonaviy chaqiriqlar va ilmiy

tashabbuslar” mavzusidagi

ilmiy-amaliy konferensiya

materiallarida Narimonov.Bning “Inson

huquqlarini ta’minlashda Ombudsman institutining roli” to’g’risida yozgan ishini tahlil qilib
chiqamiz. Bunda “Yangi tahrirdagi qonunning qabul qilinishi Ombudsman institutining mustaqil
milliy institut sifatidagi ro’lini yanada oshirib, Ombudsman faoliyatining institutsional asoslari
takomillashtirilishiga, uning inson huquq va erkinliklariga rioya etilishini ta’minlash borasidagi
vakolatlarning kengayishiga va Ombudsmanning parlament nazorati institut sifatida hududlarda
inson huquqlarini himoya qilish bo’yicha faolligini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Fikrimizni isboti sifatida ta’kidlash joizki murojaatlar o’rganilishi natijasida Ombudsman

tomonidan davlat organlari va tashkilotlari hamda sudlarga fuqarolarning buzilgan huquqlarini
tiklash yuzasidan kiritilgan ta’sir choralari, 2020-yilda qirqta bo’lgan bo’lsa, 2023-yilda bu
ko’rsatkich bir yuz yetmishtani tashkil etmoqda. Shuningdek, O’zbekistonda shaxsning murojaat
qilish huquqi konstitutsiyaviy kafolatlangan bo’lib, bu sohada qonunchilik bazasi muntazam
takomillasahtirilishi natijasida aholining murojaatlari bilan ishlash tizimi samarali yo’lga
qo’yildi, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni birlamchi bo’g’inida, tezkor hal qilish imkonini
berdi. Bunga yaqqol misol sifatida fuqarolarning Ombudsmanga yo’llayotgan murojaatlari yildan
yilga o’zish sur’atlari qayd etilmoqda. Birgina mehnat huquqlrini tiklashga oid
murojaatlarning ko’rib chiqilishi natijasida 2021-yilda o’n nafar, 2022-yilda o’n uch nafar va
2023-yilda o’ttiz sakkiz nafar fuqaro ishga tiklandi”

2

.

Yuqorida keltirib o’tgan ma’lumotimizda esa Ombudsmanning hozirgi kunda inson

huquqlarini himoya qilishdagi ro’li, qanday natijalarga erishilayotgani, yildan yilga inson
huquqlarini himoya qilish bilan bo’g’liq yangi o’zgarishlar qabul qilinayotganiga qarab o’sib
borayotgani va shuningdek fuqarolarning murojaatlari ham ijobiy tomonga hal bo’layotganini
ham ko’rishimiz mumkin.

Yuqoridgi ikki ma’lmotni bo’g’laydigan bo’lsak, ya’ni

Feruza Eshmatova hamda

Narimanov.Bning bergan ma’lumotlarnida bo’g’liqni ko’rishimiz mumkin. Bunda birinchi
ma’lumotda inson huquqlarini himoya qilish uchun qonunchilikda qanday ijobiy o’zgarishlar,
yangi mexanizmlar asosida huquqlar himoya qilinayotganligi va shuning natijasida bu sohada

2

Inson huquqlari himoyasini ta’minlash: zamonaviy chaqiriqlar va ilmiy tashabbuslar” mavzusidagi ilmiy-amaliy

konferensiya materiallari (2024-yil 12-dekabr). – Т.: TDYU, elektron nashr, 2025-y. – 66- 67-betlar


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

491

yuqori o’rinlarga ko’tarilayotganimizni ko’rayotgan bo’lsak, ikkinchi bergan ma’lumotimizda
esa buning natijalarini ko’rishimiz mumkin. Ya’ni mana shu Parijning prinsiplarini qo’llash,
“A” maqomga yetishishda amalga oshirililayotgan amaliy natijalarni ko’rishimiz mumkin.

Shu o’rinda berilgan ma’lumotlarimizdan farqli ravishda o’zimni ham fikrimni keltirib

o’tsam. To’g’ri, inson huquqlarini himoya qilishda mana shunday organlar bo’lgani demokratik
davlat ekanligimizni, qolaversa inson huquqlarini himoya qilish bilan bog’liq amaliy ishlar olib
borilayotganini ko’rishimiz mumkin. Biroq, mana shunday organlarni tashkil etish va ish
faoliyatini takomillashtirilishi bilan bir qatorda sud hokimiyatiga, uning ko’rilayotgan har bir
ishlari shaffof, odilona va obyektiv jihattan to’g’ri malakalashishiga, qonuniy va adolatli qaror
va hukm chiqarishi uchun ham bir qancha amaliy ishlarni amalga oshirish kerak. Shundagina
inson huquqlari himoyalanishi mustahkam bo’lar edi. Shuni ham e’tiborga olishimiz kerakki,
yuqirisdagi fikrlarimdan, inson huquqlarini himoya qilishda “Ombudsman kerak emas” yokida
“Faoliyatini boshqacha tarzda to’xtatishi kerak” demoqchi emasman. Biroq, yuqoridagi ishlar
amalga oshirilsa, fuqarolarning Ombudsmanga murojaat qilish va boshqa ovvoragarchiliklarga
barham berilgan bo’lar edi.

Mamlakatimizda inson huquqlarini himoya qilish, oldini olish va buzilgan huquqlarini

tiklash bo’yicha qonunchiligimizda turli xil yangiliklar va o’zgarishlar amalga oshiririb
kelinmoqda. Bunga misol qilib, yuqorida aytib o’tganimizdek yangi tahrirdagi Konstitutsiya,
“Qiynoqlarga solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirishga
doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” Prezidentimizning qarori, “Alohida ta’lim
ehtiyojlari bo’lgan bolalarga ta’lim berishga oid -huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida”
vazirlar mahkamasining qarori, “Tazyiq va zo’ravonlikka uchragan xotin-qizlar va ularning
voyaga yetmagan farzandlariga ijtimoiy xizmatlarni ko’rsatish tizimini yo’lga qo’yish chora-
tadbirlari to’g’risida”gi vazirlar mahkamasi qarorlari, Shuningdek holi kuchga kirmagan
“Bolalarni zo’ravonlikning barcha shaklidan himoya qilish to’g’risida”gi qonunni keltirib
o’tishimiz mumkin. Shuningdek, yuqorida sanab o’tgan milliy qonunhchiliklarimizga alohida
to’xtalib o’tamiz.

Yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiyamizda inson huquqlari bilan bo’g’liq bir

nechta yangi o’zgarishlar amalga oshirildi. Bunga misol qilib, Konstitutsiyamizning 20-moddasi
beshinchi qismida shunday keltiriladi, “Inson bilan davlat organlarining o’zaro munosabatlarida
yuzaga keladigan qonunchilikdagi barcha ziddiyatlar va noaniqliklar inson foydasiga talqin
etiladi

3

Bu normani sharhlaydigan bo’lsak, fuqarodan farqli olaroq yaxshigina kuchga ega

bo’lgan davlat bilan muammolar yuzaga kelgan hollarda, nizolashayotgan vaqtda shu ish
bo’yicha qonunchilikda ziddiyatlar yuzaga kelgan taqdirda davlatning emas, balki fuqaroning
foydasiga hal bo’lishi, adolatlilik jihatdan ham to’g’riligi ko’rsatib o’tilgan. Huddi shu moddaga
misol sifatida Prezidentning tomonidan chiqarilgan “Davlat organlari bilan munosabatlarda
fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquqlarining samarali himoya etilishi ta’minlash hamda
aholining sudlarga bo’lgan ishonchini yanada oshirish chora-tadbirlati to’g’risida”gi 107-sonli
qarorda ma’muriy sudda davlat organlari va fuqaro o’rtasidagi kelib chiqadigan nizolarda

3

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

https://lex.uz/docs/-6445145


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

492

“Sudning faol ishtiroki” ya’ni fuqarolar bergan dalillar bilan cheklanib qolmasdan sudlarning
o’zlari ham dalil to’plashda tashabbuskorlik qiladi deb keltirib o’tilgan

4

. Bundan ko’rinib

turibdiki fuqaro va davlat sudda teng kuchga ega emasliklari va davlatning mustaqil hokimiyati
fuqaroni foydasiga harakat qilayotganini ko’rishimiz mumkin.

So’nggi besh yil ichida fuqarolarning huquqlarini himoya qilish va erkinliklarini

kafolatlash bo’yicha mamlakatimizda yana bir muhim qonunlardan biri, “Qiynoqlarga solish
holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-
tadbirlar to’g’risida” Prezidentimizning qarori e’lon qilindi va bunga ko’ra qiynoqqa
solinayotgan shaxslarni himoya qilish, shafqatsiz va qadr-qimmatini kamsituvchi muomala
hamda boshqacha tartibdagi zo’ravoliklarga yo’l qo’yilmasliklari keltirib o’tilgan. Qarorda
keltirilishicha “Qiynoqqa solishdan jabrlanganlarga ijtimoiy, huquqiy, psixologik va tibbiy
yordam ko‘rsatilishini hamda ularga yetkazilgan zararning kompensatsiya qilinishini
ta’minlash” deb keltirib o’tilgan

5

.

Quyida keltirilgan rasmda esa

“The globalEconomy.com”

O’zbekistonda inson

huquqlari va qonun ustuvorligi indeksi ko’rsatilgan va bu to’g’risida quyidagicha keltirib

o’tiladi. “2024-yildagi oxirgi qiymat 7,4 indeks
punktini tashkil etadi, bu 2022-yildagi 7,6 indeks
punktidan pasayishdir. Taqqoslash uchun, 176
mamlakat maʼlumotlariga asoslanib, jahon
oʻrtacha koʻrsatkichi 5.41 indeks punktini tashkil
etadi. Tarixan O‘zbekiston bo‘yicha 2007-2024
yillardagi o‘rtacha ko‘rsatkich 8,69 indeks
punktini tashkil qiladi. Minimal qiymatga, ya’ni

7,4 indeks punktiga 2024-yilda erishilgan bo’lsa, maksimal 9,4 indeks punkti 2016-yilda qayd
etilgan”

6

. Bundan shuni xulosa qilishimiz mumkinki, mamlakatimizda yildan yilga inson

huquqlarini himoya qilish bilan sohasi kuchaytirilib, inson huquqlari buzilish bilan bo’g’liq
holatlar kamayib bormoqda.

Shu bilan birga xalqaro huquq sohasida ham inson huquqlarini himoya qilish bilan

bo’g’liq bir qancha hujjatlar ishlab chiqarilmoqda. Bularga yaqqol misol sifatida 2024-yilda
qabul qilingan

“Yevropa Kengashining sun’iy intellekt, inson huquqlari, Demokratiya

ustuvorligi”

bo’yicha asosiy konvensiya chiqarilgan. Bu konvensiyada hozirgi texnologiyalar

rivojlarngan bir davrda sun’iy intellektlarni hayotga tatbiq qilish va manashu qo’llanish
jarayonida inson huquqlariga zarar keltirmasligi, boshqacha tarzda daxl qilmasligi va shu bilan
birga davlat hokimiyatiga ham hech qanday muammolar tug’dirmasligi bo’yicha yoritilgan.

Konvensiyaning 7-moddasida (Inson qadir-qimmati va shaxsiy avtonomiya)

keltirilishicha “Har bir taraf sun’iy intellekt tizimlarining hayotiy davri doirasidagi faoliyatlar
bilan bog‘liq ravishda inson qadr-qimmati va shaxsiy avtonomiyani hurmat qilishni ta’minlash

4

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “"Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik

subyektlari huquqlarining samarali himoya etilishini ta’minlash hamda aholining sudlarga bo‘lgan ishonchini
yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori.

https://www.lex.uz/docs/-5841287

55

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini

takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori.

https://lex.uz/docs/-5475607

6

https://www.theglobaleconomy.com/Uzbekistan/human_rights_rule_law_index/


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

493

uchun tegishli choralarni qabul qiladi yoki saqlab qoladi” deb keltirib o’tilgan

7

. Bu shuni

anglatadiki, har qanday holatda ham, sun’iy intelektdan foydalanish davomida inson
huquqlarini hurmat qilishda, kamsitilishga yo’l qo’ymasliki talab sifatida keltirib o’tayapti.

Bundan tashqari shu konvensiyaning 4- moddasida sun’iy intellektning tizimlaridan

foydalanishda inson huquqlarini himoya qilish majburiyatiga mos kelishini ta’minlash, uchun
kerakli choralarni ko’rishligi, 9-moddada esa agar sun’iy intellektdan foydalanish vaqtida
demokratiyaga va inson huquqlariga har qanday holatda daxl qiladigan bo’lsa, bunday sa’lbiy
ta’sirlar uchun hisobdorlik va ma’suliyatni ta’minlash maqsadida tegishli choralarni ko’rishligi
keltirib o’tilgan.

Bu konvensiya bo’yicha quyidagicha xulosaga kelishimiz mumkin. Zamonaviy

texnologiyalardan foydalanish holatida ham, boshqa yangicha o’zgarishlar vaqtida ham inson
huquqlari har doim birinchi darajali bo’lib qolishi, huquqlar buzilgan taqdirda esa zarur
choralar ko’rilishi belgilangan.

Sudlov organlari amaliyoti

Mashhur yozuvchi va faylasuf

Baltasar Grasian

o’zining “Ortiqcha ehtiyotkorlik – eng

katta xavf” asarida shunday degan edi “Qonunlar aylanib o’tish uchun chiqariladi”.

Barcha noxush va ko’ngilsiz ishlarni oldini olish uchun davlat qonun hujjatlari ishlab

chiqarsa ham uni noto’gri talqin qilinishi va amaliyotda o’rinsiz qo’llanilishiga ko’p guvohi
bo’lganmiz. Hozirgi yoritayotgan mavzumizda ham O’zbekiston Respublikasi fuqarosi bilan
bo’g’liq holatni xalqaro sudda ko’rib chiqilganligini tahlil qilib chiqamiz.

“Ilhomjon Ismoilov va boshqalar Rossiyaga qarshi”

Holatda aniqlanishicha hozirgi keltirmoqchi bo’lgan masalamiz 2004-2005 yillardagi

Andijon voqealari bilan bog’liq. Amnesty international va HumanRights Watchning arizachiar
tomonidan taqdim e’tilgan hisobotlarga ko’ra, 2004-yil iyun, avgust oylarida Andijon
viloyatida yigirma uchta tadbirkor va shu yilning sentabr oylarida ularning yigirma nafar
xodimi Toshkentda hibsga olinadi. 2005-yilda esa o’n uch nafar tadbirkorlar guruhi hibsga
olinadi. Bularning sababi esa

Akramiya

nomli tashkilotga aloqadorligi bahonalari edi.

Usmonov, Naimov, Mahmudov va Alimov Toshkent va Andijondagi xususiy

kompaniyalarda sherik bo’lgan. Xususiy korxona xodimlari esa Ismoilov, Ulug’xo’jayev va
Sabirovlar bo’lgan.2004-yil kuzida soliq idoralari

Milliy xavfsizlik xizmati

( keyingi o’rinlarda

MXX) bilan birgalikda kompaniyalarning soliq ishi bo’yicha surishtiruv o’tkazdilar. Shu
bahona Akramiya faoliyatida gumon qilinib, 2005-yil yanvar oyida ulardan uch kishisi hibsga
olingan. Janob Naimov 2004-yil sentabrida MXX tomonidan hibsga olingan va o‘n besh kun
hibsda saqlangan. U bir necha bor kaltaklangan va biznesi va Akramiyaga a'zoligi haqida so'roq
qilingan. Ozodlikka chiqqanidan keyin uni bir necha bor MXX idorasiga chaqirishgan, u yerda
MXX xodimlari unga va uning oilasiga tahdid qilgan. Shundan so’ng Usmonov, Naimov,
Mahmudov, Alimov, Ismoilov, Ulug‘xo‘jaev va Sobirov 2005-yilning yanvar-mart oylari
orasida ta’qib qilinishidan qo‘rqib O‘zbekistondan Rossiyaga ketishgan.

2005-yilda fevral oyida Toshkent prokuraturasi Naimovni Akramiyaga a'zolikda ayblab,

uni jinoiy til biriktirish, O'zbekiston konstitutsiyaviy tuzumini ag'darishga urinish, noqonuniy

7

https://rm.coe.int/1680afae3c


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

494

tashkilotga a'zolik va buzg'unchilik adabiyotlarini saqlash va tarqatishda aybladi va hibsga olish
to’g’risida qaror qabul qildi. Shuningdek, Shu yilning iyun oyida O‘zbekiston prokuraturasi
boshqa arizachilarni

“Akramiya”

,

“Hizb-ut-Tahrir”

va

“Turkiston islomiy harakati”

kabi

ekstremistik tashkilotlarga a’zolikda, terrorchilik faoliyatini moliyalashtirganlikda, O‘zbekiston
konstitutsiyaviy tuzumini zo‘ravonlik yo‘li bilan ag‘darishga urinishda, ommaviy tartibsizliklar
uyushtirganlikda, tartibsizliklar uyushtirganlikda aybladi.

Arizachilarga bir qator ayblovlar qo’yilganidan so’ng, ular 2005-yil 18-iyunda

Ivanovoda hibsga olingan. Ularni hibsga olish sabablari haqida ma'lumot berilmagan. 2005-yil
20-iyunda ular O'zbekistondagi MXX xodimlari tomonidan so'roq qilingan va ular
O'zbekistonda qiynoqlarga duchor bo'lishlari, turli jinoyatlarga iqror bo'lishlari va uzoq
muddatga qamoq yoki o'lim jazosiga hukm qilinishi bilan tahdid qilishgan.

Turli davlat organlaritomonidan keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra, Arizachilar ma’muiriy

qoidabuzarlik qilganligi sababli hibsga olingan va qidiruvda ekanligini bilganliklaridan so’ng
2006-yil 16-yanvardagi xat bilan Ivanovo viloyat politsiya boshqarmasi barcha arizachilar
2005-yil 19-iyunda hibsga olinganligini ta'kidladi. Bir kundan so’ng ushbu shaxslar hibsga
olinganligi to’g’risida Toshkent politsiyasiga xabar bergan va ekstraditsiya qilingunga qadar
hibsda saqlash so’ralgan. Shu bilan birga 2005-yil 21-iyulda O'zbekiston Bosh prokurorining
birinchi o'rinbosari tomonidan keyingi kafolatlar berildi. U arizachilar o'lim jazosi, qiynoqlar,
zo'ravonlik yoki g'ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala yoki jazoning boshqa
shakllariga duchor bo'lmasligini o'z zimmasiga oldi. Ularning mudofaa huquqi hurmat qilinadi
va ularga maslahat beriladi. U, shuningdek, Oʻzbekiston rasmiylari arizachilarni siyosiy
motivlar, irqi, etnik kelib chiqishi, diniy yoki siyosiy eʼtiqodiga koʻra taʼqib qilish niyatida
emasligiga ishontirdi. Ularning maqsadi arizachilarni o'ta og'ir jinoyat sodir etganlik uchun
javobgarlikka tortish edi.

Asil holatda esa arizachilar noqonuniy hibsga olinganligi, hibsga olish to’g’risida hech

qanday qaror yo’qligini asos qilib arizachilarning advakatlari Ivonova shahridagi Sovetskiy va
Frunzenskiy tuman sudlariga ariza bilan murojaat qilgan. Lekin sud arizachilarning shikoyatini
qaytardi va arizachilar hech qanday apellyatsiya berishmadi.

Arizachilar hibsda saqlanaverdi, Advokatlari ozodlikka chiqarishga qanchalik harakat

qilishmasin, davlat organlari turli xil bahonalarni keltirib, ularni saqlab turaverdilar.

Arizachilarning advokatlari sudga shikoyat qilishgan, biroq sudlar ham shikoyatni

qaytarishgan.

Shundan so’ng arizachilar boshqacha yo’l tutadilar, ya’ni qochqin ma’qomini olish uchun

ariza yuboradilar, Bunga sabab qilib tadbirkorlik faoliyati bilan bo’g’liq ta’qiblardan qochib shu
yerga kelganliklarini Rossiya Federal Migratsiya Xizmatiga tushuntirishadi. Shuningdek, BMT
tomonidan “

Akramiya”

faoliyatida ham hech qanday ekstremistik faoliyat yo’qligini ham

ta’kidladilar. BMT qochqinlar bo’yicha Oliy komissarligi yana Andijon voqealaridan keyin
ta’qiblar xavfi ortganini ham keltirib o’tdi. Shundan so’ng Rossiya qonunchiligiga muvofiq
jazolandilar. Shunda ham bu ariza qanoatlantirilmadi. Arizachilar sudga murojaat qilishdilar va
sudda “Andijon voqealari va ularning oqibatlarini toʻgʻri eʼtiborga olmadi, deb hisoblaydi,
chunki oʻsha voqealarga aloqadorligini rad etgan va ular Rossiyaga voqealar sodir boʻlishidan
ancha oldin kelgan” degan e’tirozni kiritishgan. Biroq sud ham buni tan olmagan.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

495

Ushbu vaziyyatga mos ravishda tegishli xalqaro va ichki huquq va amaliyotlar bo’lib

o’tgan va O’zbekiston respublikasi Konstitutsiyaviy sudi ekstraditsiya masalalarini ko’rib,
muddatlar masalasi qonuniy emasligini, “Minsk konvensiyasi”, Jinoyat-protsessual kodeksining
ushlab turish asoslari, 1951-yildagi “Jeneva konvensiyasi”, “Qochqinlar to’g’risida”gi qonunni
ko’rib chiqilgan va hech birida Rossiyaning xatti-harakatlari asosli bo’lib chiqmagan. Shunga
mos ravishda Xalqaro Amnistiya tashkilotining O’zbekistondagi hisobotlarida ham quyidagicha
keltirilgan. “Xalqaro Amnistiya Andijon voqealari bilan bogʻliq holda hibsga olingan barcha
shaxslarning xavfsizligi uchun qaygʻuradi. Bu xavotirlar Oʻzbekistonning milliy xavfsizlik
nomidan inson huquqlari buzilishining yaxshi hujjatlashtirilgan tarixiga asoslanadi. Xalqaro
Amnistiya bu kabi barcha hibsga olingan shaxslarni qiynoqqa solish va Xalqaro Amnistiyaga
qarshi jinoyat sodir etgan deb hisoblagan boshqa yomon muomalalarga duchor boʻlish xavfi
ostida deb hisoblaydi. Xalqaro adolatli sudlash standartlarini buzadigan tarzda sudlanganlik
xavfi ostida bo'lish, o'lim jinoyatlarida ayblangan shaxs, adolatsiz sud jarayonidan keyin o'lim
jazosi qo'llanilishi natijasida o'z yashash huquqining buzilishi xavfi ostidadir.”

Shundan so’ng arizachilar jazoni g’ayriinsoniy sharoitlarda o’tashlarini da’vo qilishgan.

Bunda hibsga olish va hibsda ushlab turilishi noqonuniy ekanligi, ushlab turish sabablari to’liq
keltirilmaganligi va arizachilarga berilmaganligi, hibsda ushlab turish muddatlariga rioya
qilinmaganligi to’g’risida keltirib o’tilgan. Sud arizani ish yuritishga qabul qilgan va bu borada
javobgar davlatda moliyaviy sanksiya qo’llaydi.

8

Yuqoridagi keltirilgan sud ishida O’zbekistonlik fuqarolarga qay darajada muomalada

bo’lganliklari, O’sha vaqtlardagi O’zbekiston Respublikasi va Rosiyya Federatsiyalarining
sudlov, organlari va boshqa qonunga zid bo’lgan holatlarni guvohi bo’ldik.

Biroq xalqaro sudda o’z haq-huquqini e’tibordan chetda qoldirmaydigan, o’ziga

e’tiborli shaxslar o’zining huquqlari, erkinliklari buzulganligini, davlat noto’g’ri ish
qilayotganini isbotlash uchun himoya qilishning barcha bosqichlaridan o’tdi va o’z haq-
huquqlarini talab qilib oldi. Shunga yarasha sud ham kerakli bo’lgan sanksiyani qo’llab
arizachilarning shikoyatlarini qanoatlantirdi va bularni kompensatsiya ko’rinishida qoplab
berish to’g’risida hal qiluv qarorini odilona va adolatli chiqarib berdi.

Ishimiz yakunida yuqorida keltirib o’tgan ilmiy munozaralar, turli xil nazariyalar,

mamlakatimizda inson huquqlarini himoya qilish borasida qonunchiligimizda bo’layotgan
o’zgarishlar va yangilanishlarga asoslanib quyidagicha xulosaga kelishimiz mumkin.

Inson huquqlari buzulgan taqdirda ham qanday yo’l bilan bo’lmasin, yakunida jabr

chekkanlarga nisbatan ularning foydasiga davlat albatta yon bosadi, ularga g’amxo’rlik
qiladi. Chunki nafaqat bizning mamlakatimizda, balki butun dunyoda insonning huquqlari
va uning erkinliklari doimo birinchi darajali bo’lib hisoblanadi.

8

https://hudoc.echr.coe.int/eng#{%22itemid%22:[%22001-78766%22]}


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

496

REFERENCES

I.Adabiyotlar:

1.1.

Inson huquqlari himoyasini ta’minlash: zamonaviy chaqiriqlar va ilmiy tashabbuslar”

mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (2024-yil 12- dekabr). – Т.: TDYU,
elektron nashr, 2025-y. – 66-67-betlar.

II.Qonunchilik hujjatlari:

1.2.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.

1.3.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari bilan munosabatlarda

fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquqlarining samarali himoya etilishini
ta’minlash hamda aholining sudlarga bo’lgan ishonchini yanada oshirish chora-
tadbirlari to’g’risida”gi qarori.

1.4.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va

ularning oldini olish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi qarori.

1.5.

“Yevropa Kengashining sun'iy intellekt va inson huquqlari, demokratiya va qonun

ustuvorligi to'g'risida”gi doiraviy konventsiyasi

III.Web-saytlar:

1.6.

https://lex.uz/

1.7.

https://library-tsul.uz/

1.8.

https://ombudsman.uz/uz

1.9.

https://www.theglobaleconomy.com/

1.10.

https://www.coe.int/en/web/portal/home

1.11.

https://www.echr.coe.int/

References

1. Inson huquqlari himoyasini ta’minlash: zamonaviy chaqiriqlar va ilmiy tashabbuslar” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (2024-yil 12- dekabr). – Т.: TDYU, elektron nashr, 2025-y. – 66-67-betlar.

II.Qonunchilik hujjatlari:

2. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.

3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari huquqlarining samarali himoya etilishini ta’minlash hamda aholining sudlarga bo’lgan ishonchini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori.

4. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qiynoqqa solish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori.

5. “Yevropa Kengashining sun'iy intellekt va inson huquqlari, demokratiya va qonun ustuvorligi to'g'risida”gi doiraviy konventsiyasi

III.Web-saytlar: