ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
497
FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI TIZIMIDA ZAMONAVIY ELEKTRON
TARTIBDA HUJJATLAR BILAN ISHLASH TIZIMINI ZAMONAVIY USLUBLAR
ASOSIDA RIVOJLANTIRISH VA YO‘LGA QO‘YISH
Z.M. Mirzaaxmedov
O‘zbekiston Respublikasi FVV Akademiyasi katta o‘qituvchisi, dotsent.
Sh.U Qutlimuratov
FVV Akademiyasi 5-batalyon kursanti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15373226
Annotatsiya. Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining tegishli Farmon va Qarorlarini o‘rgangan holda Favqulodda
vaziyatlar vazirligi Markaziy apparati boshqarmalari, mustaqil bo‘lim va xizmatlari, hududiy va
tarkibiy tuzilmalari hamda oliy harbiy bilim yurtlari tomonidan tizimda nomaxfiy ish yuritish va
hujjatlar ijrosi ustidan nazoratni tashkil etish borasida ko‘nikma hosil qilishdan hamda ularni
O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida ish yuritish va ijro
nazoratini tashkil etish bo‘yicha normativ hujjatlar va zamonaviy elektron tartibda hujjatlar
bilan ishlash tizimini zamonaviy uslublar asosida rivojlantirish va yo‘lga qo‘yishning yangicha
usullarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy qarashlar va takliflarni o‘z ichiga oladi.
Kalit soʻzlar: Prezident qarori, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, elektrоn hujjatlar,
elektrоn murоjaat, huquq normalari, davlat muassasasi, ariza, taklif.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) tizimi ko‘plab davlat idoralari, tashkilotlar va
fuqarolar o‘rtasida tezkor va samarali axborot almashish zaruriyatini talab etadi. Hujjatlarni
elektron tarzda yuritish FVV tizimida jarayonlarni tezlashtiradi, xatoliklarni kamaytiradi va
samaradorlikni oshiradi.
Bugungi kunda raqamli texnologiyalar favqulodda vaziyatlar boshqaruvida sezilarli ta’sir
ko‘rsatmoqda. Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimini zamonaviy davlat ish yuritish nazariyasi
va amaliyoti asoslariga tayanib boshqaruv tizimini me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlash orqali
zamonaviy talablarga javob beruvchi malakali ish yurituvchi mutaxassislarni tayyorlashga hissa
qo‘shishdan iborat.
Hujjatlar bilan ishlash tizimini zamonaviy uslublar asosida rivojlantirish orqali ish
unumdorligi va boshqaruvni samarali tashkil etilishi hamda FVV tizimi shaxsiy tarkibini
saviyasini oshirishni o‘z zimmasiga oladi.
Zamonaviy davlat ish yuritish nazariyasi va amaliyoti asoslari, boshqaruv tizimini
me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlashning maqsad va vazifalari, ish yuritish tili va uslubi, hujjat
turlari, ish yuritishni tashkil etishning dolzarb muammolarini o‘rganishni talab etadi.
Tadqiqotning maqsadi
.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Markaziy apparati, boshqarmalari, mustaqil bo‘lim va xizmatlari, hududiy va tarkibiy tuzilmalari
hamda oliy harbiy bilim yurtlari harbiy xizmatchilari tomonidan tizimda nomahfiy ish yuritish va
hujjatlar ijrosi ustidan nazoratni tashkil etish borasida zamonaviy ko‘nikma hosil qilishdan
iboratdir.
Tadqiqotning vazifalari.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilandi:
tizimda mavjud professional tayyorgarlikning salohiyatini oshirish; favqulodda vaziyatlar
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
498
tizimini zamonaviy dasturlar bilan ta’minlash; rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganish,
mahalliy dastur ishlab chiqaruvchilar bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish; yong‘in-qutqaruv
bo‘linmalari shaxsiy tarkibi tomonidan insonlarni favqulodda vaziyatlardan qutqarish usullarini
takomillashtirish; respublikamizdagi boshqa turdosh davlat organlari bilan mavzuga dahldor
masalalar yuzasidan tajriba almashish; favqulodda vaziyatlar tizimiga malakali professional
tayyorgarlik va mutaxassisligiga ega kadrlarni jalb etish; sohada ishlayotgan iqtidorli
xizmatchilarga yеtarli darajada shart-sharoit yaratib berish, ularni moddiy qo‘llab quvvatlash
masalalarini ko‘rib chiqishdan iborat bo‘ldi.
Tadqiqot obyekti.
Tadqiqot obyekti sifatida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda
vaziyatlar vazirligi
Markaziy apparati, boshqarmalari, mustaqil bo‘lim va xizmatlari, hududiy va
tarkibiy tuzilmalari tanlangan.
Tadqiqot predmeti.
Predmeti sifadida Favqulodda vaziyatlar vazirligida hujjatlar bilan
ishlash va ish yuritish usullarini takomillashtirish olingan.
Tadqiqotning usullari.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida hujjatlar bilan ishlash va
ish yuritish nazariyasini hamda hujjatlar almashinuvini takomillashtirishning yangicha usullarini
ishlab chiqish bo‘yicha malakaviy bitiruv ishida umumilmiy metodlar, tahlil, sintez,
umumlashtiruv, shuningdek, juz’iy metodlar, tarixiy, mantiqiy, statistik metodlar ishlatildi.
Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili).
Hozirgi vaqtda vazirliklar va
idoralar, davlat hokimiyati mahalliy organlari apparatlarida ijro intizomini mustahkamlash, ish
yuritishni takomillashtirish boshqaruvning barcha darajalarida xizmat olib borayotgan rahbarlar
va mutaxassislar javobgarligini yanada oshirishni taqazo etmoqda.
Aynan
mamlakatimizda
shu
yo‘nalish
bo‘yicha
Z.M.Mirzaahmedov,
B.T.Akramxodjayev, G‘.A.Alimov, Z.M.Jo‘raev, M.Aminov, A.Madvaliev va boshqalar
Zamonaviy davlat ish yuritish nazariyasi, amaliyoti va boshqaruvni me’yoriy hujjatlarini ishlab
chiqishda o‘zlarini hissalarini qo‘shganlar. Shu bilan birga yuqorida qayd etilgan
mutaxassislarning ilmiy nashrlari hozirgi davrda O‘zbekiston Respublikasi FVV tizimida
boshqaruvni tashkil etish va ish yuritish tizimini takomillashtirish ishlarida o‘zining ijobiy
samarasini berayotganligiga qaramay, bugungi kunda hujjatlar bilan ishlash tizimini zamovaviy
uslublarini yo‘lga qo‘yish bitiruv malakaviy ishning dolzarblik darajasini oshiradi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi
.
Favqulodda vaziyatlarga tezkor javob berish
imkoniyatlarini samarali oshirish borasida elektron tizimlarda avtomatik ravishda zarur
hujjatlarni yaratish va tarqatishni tezlashtirish, hujjatlarni qog‘ozga nisbatan tezroq va aniqroq
ishlab chiqish, arxivlash va tarqatish imkoniyatlari amalga oshirishda yangicha usul va
texnikalardan foydalanishni amaliyotda joriy etish.
Xulosa:
Elektron hujjatlar tizimi qog‘oz hujjatlarni qisqartiradi va resurslarni tejashga
yordam beradi. Bu ekologik nuqtai nazardan ham muhimdir, chunki qog‘oz ishlab chiqarish
uchun katta miqdorda daraxtlar kesiladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2010 yil 22 iyuldagi № 155-sonli “Respublikada qog‘ozni tejash va undan oqilona foydalanishga
doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan. Bugungi kunda davlat
idoralarida elektron hujjat aylanish borasida ko‘plab hujjatlar qabul qilinib, hayotga tatbiq
etilmoqda.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
499
Biroq, ayrim holatlarda kelib tushgan elektron hujjat qog‘ozga chiqarilib, ushbu qog‘oz
ijrosi ta’minlangandan keyin yana qog‘ozga chop etib, tasdiqlangan holda skanerdan o‘tkazishga
to‘g‘ri kelmoqda. Bitta kelib tushgan elektron hujjat agar bir varaq bo‘lsa, uning chiqarish va ijro
etish uchun ikki dona qog‘oz ishlatilmoqda.
Agarda kelib tushgan elektron hujjat 10 varaq bo‘lsa, buning uchun 20 dona qog‘oz
ishlatilishi tabiiy. Favqulodda vaziyatlar tizimida sun'iy intellekt yordamida hujjatlarni avtomatik
ravishda tasniflash va tahlil qilishni joriy etish orqali hujjatlar tarkibini o‘rganib, kerakli
ma’lumotlarni avtomatik tarzda ajratib olish, natijalarga asoslangan qarorlar qabul qilishda
yordam berishi mumkin.
Favqulodda vaziyatlarda tezkor va aniq qarorlar qabul qilishni ta’minlash uchun tahlil
qilish va tasniflash jarayonlari avtomatlashtirilgan bo‘lishi kerak. Sun’iy intellekt yordamida bu
jarayonlarni tezlashtirish va xatoliklarni kamaytirish mumkin.
REFERENCES
1.
Z.M.Jo‘raev. Zamonaviy davlat ish yuritish nazariyasi, amaliyoti va boshqaruvni me’yoriy
hujjatlar bilan ta’minlash. O‘quv qo‘llanma. T-2011.
2.
N.Mahmudov, A.Madvalixeva, Ye.Mahkamov, M.Aminov. O‘zbek tilida ish yuritish. - T:
1990.
3.
Z.M.Mirzaahmedov, “Favqulodda vaziyatlar vazirligida boshqaruvni tashkil etish” [Matn]:
Darslik O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi, 2023-yil.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 22-iyuldagi “Respublikada
qog‘ozni tejash va undan oqilona foydalanishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi 155-sonli Qarori.
5.
Internet ma’lumotlari. Lex.uz elektron tizimi.
