145
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
DVIANT XULQ ATVORLI O`QUVCHILARDA ATOM ODATLARNI
SHAKLLANTIRISH VA KASB-HUNARGA YO`NALTIRISH
Qodirova Zebo Odilovna
Samarqand viloyati Oqdaryo tuman 19-maktab psixologi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15364516
Annotatsiya. Ushbu maqolada dviant xulqli o`quvchilarni psixokorreksiyasi va yangi
ijobiy atom odatlarni rivojlantirish va shu odatlar tarkibida kasb-hunarga yo`naltirishni yo`lga
qo`yish nazarda tutilgan.
Kalit so`zlar: atom odatlar, dviant xulq, psixokorreksiya, irodaviy kuch, psixologik
ta’sirlar.
ФОРМИРОВАНИЕ ПРИВЫЧЕК АТОМА И ПРОФОРИЕНТАЦИЯ У
СТУДЕНТОВ С ТРУДНЫМ ПОВЕДЕНИЕМ
Аннотация. В данной статьерассматриааютсиявопросы психокоррекции
учащихся с двиантым поведением и формирования у них новых позитивных привычекю.
Ключевые слова: атомные привычки, девиантное поведение, психокоррекция, сила
воли, психологические эффекты.
FORMATION OF ATOMIC HABITS AND CAREER GUIDANCE IN STUDENTS
WITH DEVIANT BEHAVIOR
Abstract. This article deals with the psychocorrection of students with deviant behavior
and the development of newpositive habits.
Keywords: atomic habits, deviant behavior, psychocorrection, willpower, psychological
effects.
Og`ishgan xulqni zamonaviy jamiyatning dolzarb muammosi deb atash mumkin.
Dviantlik og’ishgan xulq psixologlar, shifokorlar, pedagoglar, huquqni muhofaza
qiluvchi organ xodimlari tomonidan doimiy ravishda tadqiq qilinib, jamiyatda sog`lomlashtirish
choralari ko`rib kelingan. Og`ishgan xulq mavzusi sohalararo va munozarali xarakterga ega.
O.A.Klayberg og’ishgan xulqni uchta asosiy guruhga ajratadi, salbiy, ijobiy, ijtimoiy
xolis. Og`ishgan xulqli o`quvchilarning juda ko`p qismida odatda yomon odatlar shakllangan
bo`ladi.
Odat bu-muntazam ravishda aksariyat hollarda avtomatik ravishda takrorlanadigan xatti-
harakatlar yoki harakatdir. Jeyms Klir atom odatlar, ya’ni mitti ko`rinishidan oddiy bo`lgan atom
odatlar tushunchasini kiritdi.
Atom odatlar-bu katta odatlarning bir qismi bo’lgan kichik odat. Xuddi atomlar
molekulalarning kichik qurilish birligi bo`lgani kabi atom odatlari sezilarli natijalarning qurilish
bloklari hisoblanadi. Har qanday odatlarni shakllantirishda shaxsdagi ehtiyojlarni hisobga olish
lozim. Ehtiyojlar shaxsda stimullar vazifasini o’taydi.
Xulqi og’ishgan odam birdaniga yaxshi odamga aylanib qolishi mushkul. Dviant xulqli
o’quvchilarda to`g`ri yo`lga qaytish xohishi mavjud bo`ladi, lekin bu yo`lni tanlashida miya
po`stlog`ida chuqur iz qoldirgan odatlar va u tanlagan tizim doimiy ravishda halal berib keladi.
“Atom odatlar” to`g`ri yo`lga qaytish, o`sish va to`g`ri kasb-hunar egallash haqidagi fikrlarni
shakllantiradi. Dviant xulqli shaxs hayotida kichik-kichik o`zgarishlar har kuni qo`shib borilishi
natijasida birinchi navbatda dviatsiyadan qutulish va keying navbatda ijobiy hattoki katta
natijalarga ham erishish mumkin bo`ladi.
146
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
O`quvchilarni shu kichik muvafaqiyatidan ham rag’batlantirish dastlab ularda tashqi
tarafdan bu hech narsa emasdek tutsalarda psixikasida qilgan o`zgarishidan mamnunlik hissi
vujudga keladi va ikkinchi kuni shu kichik ijobiy o`zgarish yoniga boshqa bir atom odatni garchi
atrofdagilar sezmasa ham qo`shadi. Sekin asta o`quvchida maqsad bor yoki yo`qligini aniqlash
lozim bo`ladi.
•
Uning hayotdagi asosiy maqsadi nima?
•
Uning do`stlari hayotda erishish mumkin bo`lgan qanday maqsadlarni qo`ymoqda. Uning
harakatlari shu maqsadga yo’nalganmi?
•
U maqsadi yo`lida nimalarni amalga oshirishi kerak?
•
U nimalarni odat qilishi maqsadi sari yetaklaydi?
Maqsadlar o`quvchining yo`nalishini belgilaydi. Dviant xulqli o`quvchida maqsadlarni
shakllantirish uni kasb-hunarga yo`naltirishni osonlashtiradi. Sportda shunday gap bor-
g’oliblarning ham mag’lublarning ham maqsadi bir xil bo`ladi. Oliy ta’limga tayyorlanuvchi
abituriyentlarning ham maqsadi bitta. Oily ta’limga muvafaqiyatli test sinovlari topshirish.
Bunda psixolog o`quvchida ketma-ket erishayotgan natijalarni yaxshilanishi lozimligini
uning xohish va istaklarini hisobga olgan holda uning ongiga singdirib borishi lozim. Kechagi
natijadan bugungisi yaxshiroq va samaraliroq bo`lishi lozim. Agar o`quvchi hunar egallashni
maqsad qilgan bo`lsa u holda hunar mahsuli ikkinchi, uchinchi va keyingi martalarda
oldingisidan yaxshiroq bo`lishi va samarali bo`lib borishini tizimlashtirish lozim. Natija har gal
oldingisidan yaxshiroq.
Odatlarni shakllantirish jarayonini oddiy to`rtta bosqichga bo`lish mumkin:
rag`batlantirish, istak hosil bo`lishi, javob, mukofot
1-bosqich rag`batlantirish
o`quvchini muayyan xatti-harakatni boshlashga undaydi va
istakni hosil qiladi.
2-bosqich istak hosil bo`lishi
nazriy ahamiyatga egadir. Bunda o`quvchida biror bir
kasb-hunar egallash istagi shakllangani bilan unga qayta rag’bat berilishi, shu istakni amalga
oshirish yo`llari ko`rsatilgandagina amaliy natija yoki javob bo`ladi.
3-bosqich reaksiya
. Reaksiya muntazam odat bo`lib o`quvchi istaklar natijasida harakat
yoki xatti-harakatni boshlaydi. Maqsadi sari ketma ket harakat qiladi. Kitobni birinchi marta
o`qib tushunmasligi yoki kasbni birinchi marta qilib ko`rganda bajara olmasligi mumkin, lekin
qayta qayta shu odat takrorlanishi kelajakda natija bera boshlaydi.
4-bosqich-mukofot.
Natija esa mukofotlanadi. Natija shu kasbni egallash yoki Oliy
ta’limga o`qishga kirish bo`lishi mumkin.
Har kuni bittadan odatlarni qo`shib borish va va mustahkamlab borish o`quvchilarda
shaxsiy sifatlarni va maqsadi sari bajarayotgan faoliyat turini shakllantirish imkonini berib
boraveradi. Odatlarni qoplash formulasini yaratish esa o`quvchida “Hozir qilaman”, “Ertaga
qilaman” ko’rinishida amalga oshiriladi.
Dviant xulqli o`quvchi xulqidagi va faoliyatidagi kichik-kichik o’zgarishlar vaqt o`tishi
bilan sezilarli, ko`zga ko`rinarli o`zgarishni yuzaga keltiradi. Yomon odatlar yaxshi odatlar bilan
o`rin almashinadi. Shuni ham unutmasligimiz kerakki odatlar umuman yo`q bo`lib ketmaydi.
Takrorlanishi kamayishi natijasida izlar xiralashadi va yaxshi odat izlari yaxshiroq
konsalidatsiyalanadi va dominant bo`lib turadi.
Yaxshi odatlar orqali maqsadga erishilganda insonda katarsis holati yuzaga keladi.
Abituriyent yoki biror kasb egallayotgan shogird o`z faoliyati natijasidan zavqlanadi.
147
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
REFERENCES
1.
E.G`oziyev “Ontoginez psixologiyasi” 2014 yil
2.
E.G’oziyev “Umumiy psixologiya” 2014-yil
3.
Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazining “Xulqi og`ishgan bolalar
psixologiyasi” uslubiy qo`llanmasi. Toshkent 2008-yil
4.
Jeyms Klir “Atom odatlar” 2018-yil O’zbek tilidagi nashri 2021-yil
