ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
551
KICHIK TADBIRKORLIKNING AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISHDAGI ROLI
Ulug‘bek Erkinovich Qurbanov
Yoshlar bilan ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari
Iqtisodiyot fakulteti O‘zbekiston milliy universiteti
Toshkent shahar Olmazor tumani universitet ko‘chasi 4.
Shamshiyev Abdumutal G‘ulomjon o‘g‘li
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlari
1-bosqich talabasi Iqtisodiyot fakulteti
O‘zbekiston milliy universiteti
Toshkent shahar Olmazor tumani universitet ko‘chasi 4.
E-mail:
https://doi.org/10.5281/zenodo.15376593
Annotatsiya.
Maqolada kichik tadbirkorlik faoliyatining nazariy asoslari va oʻziga xos
xususiyatlari yoritilgan. Kichik tadbirkorlikning iqtisodiyotni rivojlantirishga ijobiy ta'siri
asoslangan. Faoliyat koʻrsatayotgan kichik tadbirkorlik sub'ektlari soni, ularning mamlakat
yalpi ichki mahsuloti hajmidagi va jami bandlikdagi salmogʻi tahlil qilingan. Iqtisodiy faoliyat
turlari boʻyicha yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar soni hamda ularning
mahsulotlar (ishlar va xizmatlar) eksporti-import hajmi va ulushining oʻzgarish dinamikasi
tadqiq etilgan. Kichik tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatidagi oʻziga xos muammolar bayon
qilingan.
Kalit so’zlar:
tadbirkorlik, kichik biznes, aholi daromadlari, potensial imkoniyatlar,
infratuzulma.
THE ROLE OF SMALL BUSINESS IN INCREASING POPULATION INCOME
Abstract.
The article covers the theoretical foundations and specific features of small
business activities. The positive impact of small business on economic development is based on.
The number of operating small business entities, their share in the country's gross
domestic product and total employment is analyzed. The number of newly established small
enterprises and microfirms by type of economic activity, as well as the dynamics of changes in
the volume and share of their export-import of products (works and services), are studied.
Specific problems in the activities of small business entities are described.
Keywords:
entrepreneurship, small business, population income, potential opportunities,
infrastructure.
РОЛЬ МАЛОГО БИЗНЕСА В УВЕЛИЧЕНИИ ДОХОДОВ НАСЕЛЕНИЯ
Аннотация.
В статье рассматриваются теоретические основы и особенности
деятельности малого бизнеса. Положительное влияние малого бизнеса на экономическое
развитие общеизвестно.
Проанализировано количество действующих малых предприятий, их доля в
валовом внутреннем продукте страны и общей занятости. Изучена динамика изменения
количества вновь созданных малых предприятий и микрофирм по видам экономической
деятельности, а также объем и доля их экспорта и импорта продукции (работ и услуг).
Описаны конкретные проблемы в деятельности малого бизнеса.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
552
Ключевые слова:
предпринимательство, малый бизнес, доходы населения,
потенциальные возможности, инфраструктура.
Kirish
Dunyo mamlakatlarining ilg‘or tajribasi shundan dalolat beradiki, kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik mamlakat ijtimoiy taraqqiyotiga katta ijobiy ta’sir ko‘rsatib, millat
iqtisodiyotining samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikning mamlakat ijtimoiy taraqqiyotidagi alohida, o‘ziga ahamiyati shundan iboratki, u
aholi daromadlarining shakllanishida, mehnatga layoqatli kishilarni ish bilan ta’minlashda,
qashshoqlik va nochorlikni bartaraf etishda, o‘rta hol aholi qatlami saflarini kengaytirishda,
haqiqiy ishbilarmonlarni ro‘yobga chiqarish muammosini hal etishda aholining turli tuman
tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talablarini qondirishda muhim rol o‘ynaydi. U insonning yaxshi
va farovon turmush kechirishiga bo‘lgan tabiiy intilishlari bilan uning o‘zida mujassamlashgan
potensial imkoniyatlari va salohiyati o‘rtasida bevosita bog‘liqlikni ta’minlash asosida barcha
sotsial guruxlarni qanoatlantiradigan ijtimoiy muhit tug‘diradi, shaxs, davlat va jamiyat iqtisodiy
manfaatlarini uyg‘unlashtiradi va, shu tariqa, jamiyatda ijtimoiy adolat va siyosiy barqarorlik
o‘rnatishga ko‘maklashadi. Uning mamlakat iqtisodiy yuksalishidagi ahamiyati esa yalpi ichki
mahsulot ishlab chiqarish hajmining ko‘payishi va o‘sish sur’atlarining jadallashuvida (mutlaq
va nisbiy ko‘rsatkichlarda), bozorda raqobat muhitini kuchaytirishda, milliy iqtisodiyotning
eksport salohiyatini shakllantirishda, beqaror bozor tizimining moslashuvchanligini oshirishda,
ilmiy-texnika taraqqiyotini yangi marralarga olib chiqishda, yirik korxonalarga kerakli mahsulot
va xizmatlarni yetkazib berish orqali ularning uzluksiz ishlashini ta’minlashda, yangi ish
o‘rinlarini yaratish, resuslardan unumli foydalanish, davlat budjeti daromadlarini ko‘paytirish
kabilarda o‘z ifodasini topadi.
Tadbirkorlik haqida nazariyalar
Tadbirkorlikning tarixi uzoq oʻtmishga borib taqalsada, mazkur tushuncha birinchi bor
“XVIII asrda irlandiyalik iqtisodchi R.Kantilonning “Ocherk o prirode torgovle” (1975 y.)
asarida “mulkdor” iborasi bilan bir ma’noda qoʻllanilgan”.
1
Uning fikricha: “tadbirkor – bu risk
sharoitida harakat qiluvchi shaxs’; “tadbirkor – bu foyda olishi chegaralanmagan va tovarlarni
arzon narxda sotib oladi-yu, lekin uni qimmatroq narxda sotadi, u tavakkalchi, taklifni talabga
moslovchi shaxsdir”.
2
“A.Smit tadbirkorni foyda olish uchun biron-bir tijorat gʻoyasini amalga
oshirish maqsadida tavakkal qilib ish koʻruvchi mulkdor, deb ta›riflaydi. A.Marshall
tadbirkorlarning tashkilotchilik qobiliyatiga e’tibor qaratadi va hisoblaydiki, har bir shaxs
tadbirkor boʻla olmaydi, buning uchun oʻziga xos qobiliyat zarur boʻladi”
3
Keyinchalik bu gʻoya
nemis iqtisodchisi Y.Tyunen (1783-1850) asarlarida yanada rivojlantirildi. U tadbirkorlikning
eng muhim xarakterli belgisi sifatida “yaratuvchanlik”
4
ni ilgari suradi.
1
Бусыгин А.В. Предпринимательство: Учебник. – 3-е изд. – М.: «Дело», 2001. – С. 72.
2
Чеберко Е.Ф. Основы предпринимательской деятельности. История предпринимательства: учебник и
практикум для СПО. – М.: «Юрайт», 2018. – С. 16.
3
Рубин Ю.Б. Основы предпринимательства. 3-е изд. перер. и доп. – М.: «Синергия», 2020. – С. 9-18.
https://studme.org/192830/ekonomika/teorii_predprinimatelstva_xviiixix
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
553
Tadbirkorlikning O‘zbekistondagi holati
2024- yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasi yalpi ichki mahsulot
(YaIM) hajmi joriy narxlarda 242 701,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2023- yilning mos davriga
nisbatan 6,2 % ga o‘sdi.
5
Shuningdek, 2024-yilda kichik biznes subyektlarining YaIMdagi ulushi
54,3% ni tashkil etdi.
Ushbu ko‘rsatkichlarni yanada yahshilash maqsadida mamlakatimizda tadbirkorlik
faoliyatini yanada rivojlantirish, sohada ortiqcha ma’muriy tartib tamoyillarni qisqartirishga,
tadbirkorlik subyektlariga qulay ishbilarmonlik hamda investitsiyaviy muhitni yaratishga
qaratilgan huquqiy islohotlar izchil amalga oshirib kelinmoqda.
Xusuan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan joriy yilning 19-martidagi
“Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 50-
sonli farmoni ham tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish maqsadida qabul qilingan.
6
Farmonga ko’ra, O‘zbekistonda 2025-yilda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun
kichik va o‘rta biznes subyektlarining yiriklashuvini rag‘batlantirish, kichik va o‘rta biznes
subyektlari uchun soddalashgan ma’muriy tartib-taomillarni joriy qilish, kichik va o‘rta biznes
uchun infratuzilmani yaxshilash, yangi biznes yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlash, qishloq
xo‘jaligi sohasida biznes uchun sharoitlarni yaxshilash va farmon ijrosini tashkil etish,
ta’minlash va nazorat qilish kabi aniq maqsadlar belgilandi.
Xulosa
Kichik tadbirkorlik aholining daromadini oshirishda katta ahamiyatga ega. Bu soha
ko‘plab odamlarga o‘z biznesini boshlash, oila byudjetini mustahkamlash va ish bilan
ta’minlanish imkonini beradi. Ayniqsa, hududlarda kichik tadbirkorlik orqali yangi ish o‘rinlari
yaratilmoqda, bu esa ishsizlikni kamaytirishga xizmat qilmoqda. Tadbirkorlik rivojlansa, aholi
daromadi ham barqaror bo‘ladi. Shu sababli, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash aholining
yashash darajasini yaxshilashda muhim vosita hisoblanadi.
REFERENCES
1.
Бусыгин А.В. Предпринимательство: Учебник. – 3-е изд. – М.: «Дело», 2001. – С. 72
2.
Чеберко
Е.Ф.
Основы
предпринимательской
деятельности.
История
предпринимательства: учебник и практикум для СПО. – М.: «Юрайт», 2018. – С. 16.
3.
Рубин Ю.Б. Основы предпринимательства. 3-е изд. перер. и доп. – М.: «Синергия»,
2020. – С. 9-18.
4.
https://studme.org/192830/ekonomika/teorii_predprinimatelstva_xviiixix
5.
6.
