404
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
“OVERTON TUYNIGI” NAZARIYASINING MAZMUNI VA MOHIYATI
S.X. Turayeva
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti,
To‘g‘on va Qudrat Ernazarovlar nomidagi Jamoatchilik bilan aloqalar kafedrasi o‘qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15384397
Annotatsiya. Maqolada “Overton tuynigi” nazariyasining kelib chiqishi, asl mazmuni
haqida ma’lumot berilgan. Bugungi globallashuv sharoitida jamiyat ongiga turli yot g‘oyalarni
singdirishda, ularning turmush tarziga qabul qilinishida sababchi bo‘layotgani ochib berishga
harakat qilingan.
Kalit so‘zlar: “Overton tuynigi”, “Overton window” immunitet, mafkuraviy immunitet,
globallashuv, manipulyatsiya,
KIRISH
Har bir davlatning yuksak taraqqiyoti va rivojlanishi inson omiliga, asosan, yosh
avlodning ilmiy, ijodiy va ma’naviy kamolotiga bog‘liqligi barchamizga ma’lum. Davlatlar
istiqbolida yoshlar ma’naviyatini har tomonlama yuksaltirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Yurtimizda yoshlarning ezgu maqsadlarini amalga oshirish uchun barcha sharoitlar
yaratib berilmoqda, ularning muammolari davlat siyosati darajasida hal etilmoqda.
Jamiyatimiz
uchun
mafkura,
mafkuraviy profilaktika,
mafkuraviy immunitet
tushunchalari anchagina tanish bo‘lsada, lekin bugungi globallashuv davrida ijtimoiy hayotda
ko‘plab yangicha masalalar va munosabatlar vujudga kelmoqda. Axborot almashinuvining
osonlashuvi va tezlashuvi xalqlar ma’naviyatiga, axloqiga, turmush tarziga zid bo‘lgan
g‘oyalarning kirib kelishini ancha yengillashtirmoqda. Turli zid g‘oyalar ortidan ergashmaslik,
ularni qabul qilmaslik uchun insonlarda ularga qarshi immunitet shakllangan bo‘lishi lozim.
“Immunitet” so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, “ozod bo‘lish” ma’nosini anglatadi. Ya’ni
insonni turli zararli ta’sirlarda himoyalovchi tizim demakdir. Ushbu tushuncha dastlab tibbiyotda
foydalanilgan bo‘lib, organizmning o‘zini-o‘zi turli kasalliklardan himoya qila olish qobiliyatini
anglatgan. “Immunitet” so‘ziga O‘zbekiston milliy ensiklopediyasida quyidagicha ta’rif berilgan:
(lot. – biror narsadan xolos, ozod bo‘lish, qutilish) – tirik mavjudotlarning o‘z butunligi va
biologik noyobligini buzuvchi yot omillardan himoyalanishi, qarshilik ko‘rsatishi, rezistentligi.
1
Bugungi kunda ham manipulyatsiya jarayonlarida yangicha usullar, inson aqlini shoshirib
qo‘yuvchi turli dasturlardan foydalanilmoqda. Ularga qarshi insonlar faqat o‘zlarining yuqori
mafkuraviy immunitetlari bilan javob bera olishlari mumkin. Aks holda ularning qurboniga
aylanishadi. Shunday zid g‘oya, fikr, amallarni insonlar ongida qabul qildirib, ularning hayot
tarziga aylantirishda sababchi bo‘luvchi usullardan biri “Overton tuynigi” hisoblanadi.
ASOSIY QISM
Har qaysi mamlakatni tobe qilish uchun uning xalqi ma`naviyatini yemirishning o‘zi
kifoya. Juda ko‘plab xalqlar ma`naviyatiga tajovuzlarni boshidan kechirganini va ularning
asoratlari hali ham bitmagani barchamizga ma’lum. Zamonaviy psixologiya, sosiologiya
yutuqlari, imkoniyatlari nafaqat ezgulik yo`lida, balki yovuzlik yo`lida ham ishlatilmoqda.
Urushlarning asosiy qismi onglarda, tafakkurda kechmoqda. Mamlakatlarning hududini
emas, ular aholisining ongini zabt etish yovuz kuchlarning bosh maqsadiga aylangan. Bunda,
avvalo, insonlar ongi, ma`naviy qadriyatlariga zarba berish orqali erishilmoqda.
1
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi
405
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
Manipulyatsiya jarayonlarida yanada yangicha usullar, inson aqlini shoshirib qo‘yuvchi
dasturlar qo‘llanilmoqdaki, ularga qarshi shaxs faqat o‘zining yuqori mafkuraviy immuniteti
bilangina javob bera olishi mumkin. Aks holda ularning qurboniga aylanadi. Masalan xavfliligini
bugungi kunda isbotlagan “Overton tuynigi yohud yo‘q qilish dasturi” bunga yaqqol misol
bo‘laoladi.
“Overton tuynigi” nima?
“Overton tuynigi” bu - biror bir jamiyatga yoki uning axloqiga butunlay yot g‘oyani olib
kirib, jamiyat tomonidan unga nisbatan xotirjam munosabatni shakllantirish, jamoatchilikning
shu narsani meyoriy hol sifatida qabul qilinishiga erishish uchun asosan siyosiy jarayonlarda
foydalaniladigan texnologiyalardan biridir.
Ushbu nazariya 90-yillarda amerikalik sosiolog Jozef Overton(1960-2003) tomonidan
bishlab chiqilgan. Keyinchalik amerikalik siyosiy sharhlovchi Jorshua Trevino tomonidan
mukammallashtirilib, olti bosqichli baholash tizimi yaratiladi. Olim vafot etgach nazariyaning
nomi ham uning sharafiga “Overton Windov” nazariyasi deya nomlangan. Uni bugungacha
mavjuda bo‘lgan o‘zbek tilidagi manbalarda turlicha tarjima ko‘rinishlari qo‘llanilgan. Masalan,
“Overton oynasi”, “Overton tuynigi”, “Overton darchasi” va boshqlar. Overton nazariyasida yot
g‘oyalarning jamiyatga qanday qilib yetkazib berilishi va jamoatchilik tomonidan bu g‘oyalar
qanday qabul qilishiga erishilishi haqida ko‘rsatib berilgan.
2
Overton nazariyasiga ko‘ra, yangi g‘oyalarni jamiyat ichiga olib kirish, singdirish va
qabul qildirish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
1.
Hatto o‘ylab bo‘lmaydigan darajadagi, jamiyatda muhokama qilinmaydigan g‘oya.
2.
Radikal ravishda rad etiladigan g‘oya.
3.
Oylab korsa boladigan g‘oya.
4.
Asosi bor, bekor gap bo‘lmagan g‘oya.
5.
Odatiy hol.
6.
Rostan ham shunday.
3
Keling endi bu bosqichlarda hayotiy misolni ko‘rib chiqamiz. Yurtimizning yaqin
tarixida bo‘lgan ommaviy chinorlar kesilishi jarayonini ushbu nazariyada tahlil qilib ko‘ramiz.
1.
Dastlab chinorlarning kesilishi aqlga sig‘maydigan g‘oya bo‘lib, odamlar bu haqida
o‘ylab ko‘rishni ham istamaydigan darajada bo‘lishadi.
2.
Sekin-sekin bu g‘oya kichik guruhlar uchun muhokama mavzusiga aylantiriladi.
Jamiyatda chinorlarning inon sog‘ligiga zararlari haqida gap so‘zlar tarqala boshlaydi.
3.
Yetakchi ilmiy markazlar, labaratoriyalar ko‘payib borayotgan alergik kasalliklarning
oldini olishda chinorlar kesilishi birdan-bir yo‘lligi haqida ma’lumot bera boshlashadi.
4.
Ushbu g‘oyaning yaxshi va yomon tomonlari isbotlanib, uning zararli tomonlari,
zararlangan insonlar OAVlar, rasmiy va norasmiy internet sahifalari tomonidan omma e’tiboriga
olib chiqila boshlaydi
5.
Aksariyat insonlar tomonidan bu g‘oya qo‘llab-quvvatlana boshlanadi. Jamiyatda bu
mavzu yuzaga chiqarilib, ommaviy muhokama qilishlar boshlanadi.
4
2
MAFKURAVIY IMMUNITET TUSHUNCHASINING MAZMUN-MOHIYATI B. M. Jo‘raqo‘ziyev
3
https:// ru.wikipedia.org/wiki/Окно_Овертона
4
The overton window: A tool for information warfar George-Daniel Bobric ICCWS 2021 16th International
Conference on Cyber Warfare and Security, 20, 2021
406
ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 5
6.
Oxir-oqibatda keltirilgan ilmiy va tibbiy asoslarga tayanib, ushbu fikrga siyosatchilar
yordamida qonuniy tus beriladi va natijada jamiyat tasavvur ham qilmagan g‘oya odatiy holatga
aylantiriladi.
“Overton tuynigi” nazariyasi o‘z-o‘zidan amalga oshmaydi. Uning rivojlanishida media,
ijtimoiy fikr yetakchilari va ijtimoiy harakatlar vosita bo‘lib xizmat qiladi.
XULOSA
“Overton tuynigi” nazariyasidan yaxshi va yomon maqsadlarda ham birdek foydalanish
mumkin. G‘oyalarni bir-biridan farqlash, ular ta’siriga tushmaslik insonning mafkuraviy
immunitetiga bog‘liq. Inson erkin yashashi uchun u avvalo o‘zining mustaqil fikriga ega bo‘lishi
kerak. Bugungi kunda barcha jamiyatlarda bo‘lgani kabi bizning jamiyatimizda ham yot g‘oyalar
qurboniga aylanayotgan insonlar afsuski ko‘plab ucharaydi. Har bir jamiyat oʻziga zarur shaxsni
tarbiyalaydi. Unga oʻz taraqqiyoti darajasi va tendensiyalaridan kelib chiqib axloqiy, eʼtiqodiy,
kasbiy-professional, huquqiy va boshqa bir qator talablar qoʻyadi. Jamiyat taraqqiyotining asosiy
maqsadi ham inson, uning farovon, erkin va xavfsiz turmush kechirishidir.
XXI asr yoshlari turli-tuman axborotlar, mafkuralar tajovuzi kuchayib borayotgan
sharoitda yashamoqdalar. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov “Fidokor” gazetasi muxbiri
savollariga bergan javoblarida yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish masalasini
ko‘tardi va “Mafkuraviy immunitet” tushunchasining ijtimoiy-siyosiy mohiyati haqida:
“Ma’lumki, har qanday kasallikni oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmida unga qarshi
immunitet hosil qilinadi. Biz ham Vatanga, otabobolarimizning muqaddas diniga sog`lom
munosabatni qaror toptirishimiz, ta`bir joiz bo`lsa, ularning mafkuraviy immunitetini
kuchaytirishimiz zarur. Ana shunda johil aqidaparastlikning «da’vati» ham, ahloqni rad
etadigan, biz uchun mutlaqo begona g`oyalar ham o`z ta`sirini o`tkaza olmaydi”
, deya
ta’kidlagan edilar.
5
Bugungi tezkor axborot oqimi davrida “Overton tuynigi” nazariyasi juda nozik va kuchli
vosita hisoblanadi. Shunday ekan, Overton tuynigining jamiyatga ta’sirini anglashda insonlar
uning ijobiy va salbiy tomonlarini farqlay olishlari muhimdir. Buning uchun ular media
savodxonligini oshirishi, tanqidiy fikrlashni rivojlantirishi va har qanday g‘oyani tarixiy hamda
madaniy da baholay olishi kerak. Fikrlar oqimida yo‘qolib qolmaslik uchun har bir g‘oya
ortidagi maqsad va manbani tahlil qilish, jamiyatda ochiq va sog‘lom bahs yuritish muhimdir.
Zero, ongli fuqarolik pozitsiyasi Overton oynasining ko‘r-ko‘rona ta’siridan saqlovchi
eng kuchli qalqondir.
REFERENCES
1.
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi.
2.
MAFKURAVIY IMMUNITET TUSHUNCHASINING MAZMUN-MOHIYATI B. M.
Jo‘raqo‘ziyev
3.
https:// ru.wikipedia.org/wiki/Окно_Овертона
4.
The overton window: A tool for information warfar George-Daniel Bobric ICCWS 2021
16th International Conference on Cyber Warfare and Security, 20, 2021
5.
Karimov I. A. Milliy istiqlol mafkurasi-xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir.
“Fidokor” gazetasi muxbiri savollariga javoblar-T; «O`zbekiston», 2000 yil, 40 bet.
5
Karimov I. A. Milliy istiqlol mafkurasi-xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. “Fidokor” gazetasi muxbiri
savollariga javoblar-T; «O`zbekiston», 2000 yil, 40 bet.
