Authors

  • Nilufar Avazova
  • Jasur Rizvonov
  • O'tkirbek G'oibov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.87095

Keywords:

qandli diabet insult miya qon aylanishi buzilishi yurak-qon tomir kasalliklari xavf omillari patofisiologiya profilaktika O'zbekiston.

Abstract

Ushbu maqolada qandli diabet bilan kasallangan bemorlarda insult rivojlanishi xavfi, patofisiologik mexanizmlari, va profilaktika choralarini o'z ichiga olgan adabiyotlar tahlili keltirilgan. Tadqiqotlar ko'rsatishicha, qandli diabet insult xavfini 2-4 barobar oshiradi, Markaziy Osiyo mintaqasida, jumladan O'zbekistonda ham bu muammo dolzarbdir. Rivojlanayotgan mamlakatlarda qandli diabet va insult kasalliklari soni rivojlangan mamlakatlarga qaraganda ko'proq bo'lib, bu holat aholining samarali profilaktika choralaridan xabardorligining pastligi bilan bog'liq.

background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

686

QANDLI DIABETLI BEMORLARDA INSULT XAVFI

Avazova Nilufar Baxtiyorovna

vrach endokrinolog. Turon Universiteti Tibbiyot kafedrasi assistent o‘qituvchisi.

Rizvonov Jasur Kurbonovich

Nevrolog. Qarshi Davlat universiteti Tibbiyot kafedra o’qituvchisi.

G'oibov O'tkirbek Abdullayevich

Qarshi harbiy hospitali terapevti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15390721

Annotatsiya. Ushbu maqolada qandli diabet bilan kasallangan bemorlarda insult

rivojlanishi xavfi, patofisiologik mexanizmlari, va profilaktika choralarini o'z ichiga olgan
adabiyotlar tahlili keltirilgan. Tadqiqotlar ko'rsatishicha, qandli diabet insult xavfini 2-4
barobar oshiradi, Markaziy Osiyo mintaqasida, jumladan O'zbekistonda ham bu muammo
dolzarbdir. Rivojlanayotgan mamlakatlarda qandli diabet va insult kasalliklari soni rivojlangan
mamlakatlarga qaraganda ko'proq bo'lib, bu holat aholining samarali profilaktika choralaridan
xabardorligining pastligi bilan bog'liq.

Kalit so'zlar: qandli diabet, insult, miya qon aylanishi buzilishi, yurak-qon tomir

kasalliklari, xavf omillari, patofisiologiya, profilaktika, O'zbekiston.

RISK OF STROKE IN PATIENTS WITH DIABETES

Abstract. This article presents an analysis of the literature that includes the risk of

developing stroke in diabetic patients, pathophysiological mechanisms, and preventive
measures. Studies have shown that diabetes increases the risk of stroke by 2-4 times, and this
problem is relevant in the Central Asian region, including Uzbekistan. The number of diabetes
and stroke diseases in developing countries is higher than in developed countries, a condition
associated with a lower awareness of the population of effective preventive measures.

Keywords: diabetes mellitus, stroke, cerebral circulation disorders, cardiovascular

diseases, risk factors, pathophysiology, prevention, Uzbekistan.

РИСК ИНСУЛЬТА У ПАЦИЕНТОВ С ДИАБЕТОМ

Аннотация. В этой статье представлен анализ литературы, включая риск

развития инсульта у пациентов с диабетом, патофизиологические механизмы, и
профилактические меры. Исследования показывают, что сахарный диабет повышает
риск инсульта в 2-4 раза, эта проблема актуальна в Среднеазиатском регионе, в том
числе и в Узбекистане. Число случаев диабета и инсульта в развивающихся странах
выше, чем в развитых странах, и это состояние связано с более низкой
осведомленностью населения об эффективных профилактических мерах.

Ключевые

слова:

сахарный

диабет,

инсульт,

нарушения

мозгового

кровообращения, сердечно-сосудистые заболевания, факторы риска, патофизиология,
профилактика, Узбекистан.

KIRISH

Qandli diabet dunyoda eng keng tarqalgan surunkali kasalliklardan biri bo'lib, Jahon

sog'liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, bu kasallik podjuledochno bezidan etarli insulin
ishlab chiqarilmaganda yoki organizmda insulin samarali foydalanilmaganda rivojlanadi [1].


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

687

Insulin qondagi glyukoza miqdorini nazorat qiluvchi gormon bo'lib, uning etishmasligi

qondagi qand miqdorining oshib ketishiga (giperglikemiya) olib keladi. Qandli diabet yurak-qon
tomir kasalliklari, buyrak etishmovchiligi va insult kabi jiddiy asoratlarni keltirib chiqaradi.

Jahon Sog'liqni Saqlash Tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, 2022-yilda qandli diabet va

buyrаk kasalliklari tufayli 2 milliondan ortiq kishi vafot etgan. Bundan tashqari, yurak-qon tomir
kasalliklari tufayli sodir bo'lgan o'limlarning 11% qondagi qand miqdorining yuqori bo'lishi
natijasida yuzaga kelgan [1].

Insult - miyada qon aylanishining o'tkir buzilishi bo'lib, miya to'qimalarining

shikastlanishi va neurologik defitsitga olib keladi. Butun dunyoda insult nogironlikning eng ko'p
uchraydigan sababi va o'limning ikkinchi asosiy sababidir [2]. Insult ikki asosiy turga bo'linadi:
ishemik (miya qon tomirlarining tiqilib qolishi) va gemorragik (miya qon tomirlarining
yorilishi). Qandli diabet insult rivojlanish xavfini sezilarli darajada oshiradi va kasallikning
kechishi va oqibatlariga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

Tadqiqotlar ko'rsatishicha, qandli diabet bilan kasallangan bemorlarda insult rivojlanish

xavfi 2-4 barobar ortadi, va ular yoshi kattaroq bemorlarga nisbatan yoshroq yoshda insult bilan
kasallanadilar [3]. Qandli diabetli bemorlarning 20% dan ortig'i aynan insult tufayli vafot etadi,
va qandli diabet bilan og'rigan bemorlarning 65-70% i yurak-qon tomir kasalliklaridan, jumladan
insult va yurak infarktidan vafot etadi [4]. Bundan tashqari, qandli diabeti bor bemorlarda
insultdan keyingi tiklash davrida qiyinchiliklar ko'proq kuzatiladi, nogironlik darajasi yuqoriroq
bo'ladi va takroriy insult xavfi ham kattaroqdir.

METODOLOGIYA VA ADABIYOTLAR TAHLILI

Tahlil jarayonida qandli diabetli bemorlarda insult rivojlanishining epidemiologik

ma'lumotlari, patofisiologik mexanizmlari, xavf omillari, va profilaktika choralari o'rganildi.

Alohida e'tibor O'zbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasida qandli diabet va yurak-qon

tomir kasalliklari epidemiologiyasiga qaratildi. Shuningdek, qandli diabetli bemorlarda insult
oldini olish va davolash bo'yicha zamonaviy yondashuvlar tahlil qilindi.

Tahlil natijasida qandli diabetli bemorlarda insult rivojlanish xavfi, patofisiologik

mexanizmlari, va profilaktika choralari bo'yicha ma'lumotlar tizimlashtirilib, O'zbekiston va
Markaziy Osiyo mintaqasidagi holat haqida xulosalar chiqarildi.

Qandli diabet insult uchun mustaqil va muhim xavf omili hisoblanadi. Tadqiqotlar

ko'rsatishicha, qandli diabet bilan kasallangan odamlarda insult xavfi diabet bo'lmagan
shaxslarga nisbatan 2-4 marta yuqori [3]. Qandli diabet nafaqat insult chastotasini oshiradi, balki
uning kechishini ham og'irlashtiradi. Qandli diabetli bemorlarda insult kattaroq hajmda va
murakkab klinik manzara bilan kechadi, ularda tiklanish davrida qiyinchiliklar ko'proq
kuzatiladi, va takroriy insult xavfi ham yuqori bo'ladi [6].

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Epidemiologik ma'lumotlarga ko'ra, dunyoda 2021-yilda 537 million kishi qandli diabet

bilan kasallangan, va bu ko'rsatkich 2030-yilga kelib 643 milliongacha oshishi kutilmoqda [7].

Markaziy Osiyo mintaqasida, jumladan O'zbekistonda, qandli diabet tarqalishi oshib

bormoqda. O'zbekistonda o'tkazilgan skrining tadqiqotlari ko'rsatishicha, 35 yoshdan oshgan
aholi orasida qandli diabet tarqalishi 7.9% ni tashkil etadi, lekin bu kasallikning 71% i oldin
aniqlanmagan va skrining paytida birinchi marta aniqlangan [5].


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

688

O'zbekistonda har 100,000 aholiga 650 ta qandli diabet bilan kasallangan bemorlar to'g'ri

keladi, lekin bu ko'rsatkich qo'shni mamlakatlarga nisbatan pastroq bo'lib, bu esa ko'p hollarda
kasallik aniqlanmasdan qolayotganini ko'rsatadi [5].

Qazog'istonda o'tkazilgan tadqiqot ko'rsatishicha, shahar aholisi orasida qandli diabet

tarqalishi (16.3%) qishloq aholisiga (8.6%) nisbatan ikki baravar yuqori [8]. Bu holat
shaharlashgan hayot tarzi va sog'liqni saqlash tizimiga murojaat qilish imkoniyatlari bilan bog'liq
bo'lishi mumkin. Markaziy Osiyo mintaqasida qandli diabet va yurak-qon tomir kasalliklari
yuqori darajada tarqalgan bo'lib, bu kasalliklar bilan bog'liq o'lim ko'rsatkichlari Evropa
mamlakatlariga nisbatan yuqoriroqdir [9].

Qandli diabet bilan insult o'rtasidagi bog'liqlik bir nechta patofisiologik mexanizmlarga

asoslangan. Qandli diabetda qondagi qand miqdorining doimiy ravishda yuqori bo'lishi qon
tomir endoteliysi funksiyasining buzilishiga, ateroskleroz rivojlanishiga, kichik qon tomirlar
kasalligiga, trombotsitlar agregatsiyasining kuchayishiga va qon ivishining oshishiga olib keladi
[3]. Diabetli bemorlarda miya qon tomirlarining aterosklerotik o'zgarishlari, ayniqsa katta va
o'rta kalibrli arteriyalarda keng tarqalgan. Bundan tashqari, qandli diabetda lakunar insultlar
xavfi oshadi, chunki kichik qon tomirlar zararlanishi (mikroangiopatiya) ko'p uchraydi [6].

Qandli diabet insult uchun mustaqil xavf omili hisoblanadi, lekin qandli diabetli

bemorlarda insult xavfini yanada oshiradigan qo'shimcha omillar ham mavjud. Bular qatoriga
arterial gipertenziya, dislipidemiya, semizlik, chekish, metabolik sindrom va qandli diabetning
davomiyligi kiradi. Arterial gipertenziya qandli diabetli bemorlarda ko'p uchraydi va bu ikki
kasallik birgalikda insult xavfini sezilarli darajada oshiradi [3]. Tadqiqotlar ko'rsatishicha, agar
qandli diabet va gipertenziya bir vaqtda mavjud bo'lsa, insult xavfi 5-6 barobar oshadi.

Dislipidemiya ham qandli diabetli bemorlarda keng tarqalgan bo'lib, yog' almashinuvi

buzilishi ateroskleroz rivojlanishini tezlashtiradi. Xolesterinni nazorat qilish diabetli bemorlarda
insult xavfini 25% gacha kamaytirishi mumkin [10].

O'zbekiston va Markaziy Osiyoda qandli diabet va insult bilan bog'liq muammolar

kompleks yondashuvni talab qiladi. Birinchidan, qandli diabetni erta aniqlash va davolash
tizimini yaxshilash kerak. O'zbekistonda 2019-2021 yillarga mo'ljallangan "O'zbekiston
Respublikasi aholisiga endokrinologik yordam ko'rsatishni takomillashtirish bo'yicha milliy
dastur" qabul qilingan bo'lib, uning doirasida qandli diabetni erta aniqlash va davolash uchun
chora-tadbirlar ko'rilmoqda [5]. Jahon Diabet Fondi O'zbekiston va Qirg'iziston uchun yuqumli
bo'lmagan kasalliklar, shu jumladan qandli diabetni nazorat qilish va oldini olish uchun dastur
moliyalashtirilmoqda [7].

Qandli diabetli bemorlarda insult oldini olishning asosiy strategiyalari qondagi qand

miqdorini nazorat qilish, arterial gipertenziyani davolash, dislipidemiyani to'g'rilash, sog'lom
turmush tarzini targ'ib qilish, va antitrombotsitar terapiyani o'z ichiga oladi. Qondagi qand
miqdorini nazorat qilish qandli diabetning barcha asoratlarini, shu jumladan insultni oldini
olishda muhim ahamiyatga ega. Heart Protection Study (HPS) tadqiqoti ko'rsatishicha, qandli
diabetli bemorlarda simvastatin qabul qilish insult xavfini 24% ga kamaytirgan [10]. The
Collaborative AtoRvastatin Diabetes Study (CARDS) tadqiqotida ham atorvastatin qabul qilish
insult xavfini 48% ga kamaytirishi aniqlangan [10].


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

689

O'zbekistonda qandli diabet va insult profilaktikasi borasida bir qator chora-tadbirlar

amalga oshirilmoqda. O'zbekiston Endokrinologiya va Diabetologiya Assotsiatsiyasi aholi
orasida qandli diabet va uning asoratlari haqida ma'lumot tarqatish, bemorlarni o'qitish va
qo'llab-quvvatlash borasida faol ish olib bormoqda [5]. Jahon Sog'liqni Saqlash Tashkiloti va
Xalqaro Diabet Federatsiyasi bilan hamkorlikda O'zbekistonda qandli diabet bo'yicha dasturlar
amalga oshirilmoqda. Lekin bu chora-tadbirlar etarli emas va qandli diabet va insult kabi
asoratlarni samarali nazorat qilish uchun ularni kengaytirish va kuchaytirish zarur.

XULOSA

Qandli diabet insult rivojlanishida muhim xavf omili bo'lib, uning rivojlanish xavfini 2-4

barobar oshiradi. O'zbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasida qandli diabet va yurak-qon tomir
kasalliklari, jumladan insult bilan bog'liq muammolar jiddiy bo'lib qolmoqda, va bu
muammolarni hal qilish uchun kompleks yondashuv zarur. Qandli diabetli bemorlarda insult
oldini olish uchun qondagi qand miqdorini nazorat qilish, arterial gipertenziyani davolash,
dislipidemiyani to'g'rilash, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, va kerak bo'lganda
antitrombotsitar terapiyani qo'llash zarur.

O'zbekistonda qandli diabet va insult profilaktikasi borasida qilinayotgan ishlarni

kuchaytirish kerak. Bular qatoriga quyidagilar kiradi: qandli diabetni erta aniqlash uchun
skrining dasturlarini kengaytirish; qandli diabetli bemorlarni davolash sifatini yaxshilash; aholi
orasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish; tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish; va
ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish. Milliy darajada qandli diabet va insult profilaktikasi bo'yicha
dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, shuningdek xalqaro hamkorlikni kuchaytirish
zarur.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, qandli diabetli bemorlarda insult xavfini kamaytirish

uchun qandli diabetni erta aniqlash va samarali davolash, yurak-qon tomir kasalliklari xavf
omillarini nazorat qilish, va bemorlar hamda aholi orasida ma'lumot tarqatish va profilaktika
choralarini kuchaytirish zarur. Bu chora-tadbirlar O'zbekiston va Markaziy Osiyo mintaqasida
qandli diabet va insult bilan bog'liq kasallanish va o'lim ko'rsatkichlarini kamaytirish imkonini
beradi.

REFERENCES

1.

World Health Organization. (2024). Diabetes. Retrieved from

https://www.who.int/news-

room/fact-sheets/detail/diabetes

2.

Chen, R., Ovbiagele, B., & Feng, W. (2016). Diabetes and Stroke: Epidemiology,
Pathophysiology, Pharmaceuticals and Outcomes. The American Journal of the Medical
Sciences, 351(4), 380-386.

3.

Peters, S. A., Huxley, R. R., & Woodward, M. (2014). Diabetes as a risk factor for stroke
in women compared with men: a systematic review and meta-analysis of 64 cohorts,
including 775,385 individuals and 12,539 strokes. The Lancet, 383(9933), 1973-1980.

4.

Li, H. W., Yang, M. C., & Chung, K. P. (2011). Predictors for readmission of acute
ischemic stroke in Taiwan. Journal of the Formosan Medical Association, 110(10), 627-
633.


background image

ISSN:

2181-3906

2025

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

690

5.

Alieva, A. V., & Ismailov, S. I. (2018). Epidemiology of Diabetes and Prediabetes in
Uzbekistan: Screening Results. International Journal of Endocrinology, 14(1), 20-24.

6.

Echouffo-Tcheugui, J. B., Xu, H., Matsouaka, R. A., Xian, Y., Schwamm, L. H., Smith, E.
E., & Fonarow, G. C. (2018). Diabetes and long-term outcomes of ischaemic stroke:
findings from Get With The Guidelines-Stroke. European Heart Journal, 39(25), 2376-
2386.

7.

International Diabetes Federation. (2021). IDF Diabetes Atlas, 10th edition. Brussels,
Belgium: International Diabetes Federation.

8.

Supiyev, A., Kossumov, A., Kassenova, A., Nurgozhin, T., Zhumadilov, Z., Peasey, A., &
Bobak, M. (2016). Diabetes prevalence, awareness and treatment and their correlates in
older persons in urban and rural population in the Astana region, Kazakhstan. Diabetes
Research and Clinical Practice, 112, 6-12.

9.

Adilova, K., Nurmagambetov, T., Turgambayeva, A., Tazhiyeva, A., & Kadyrzhanovna, S.
(2020). Burden of the Cardiovascular Diseases in Central Asia. Central Asian Journal of
Global Health, 9(1), e321.

10.

Bell, D. S. H., & Goncalves, E. (2020). Stroke prevention in patients with type 2 diabetes:
a review of the efficacy and safety of the various diabetes medications. Diabetes Research
and Clinical Practice, 164, 108193.

References

World Health Organization. (2024). Diabetes. Retrieved from https://www.who.int/news-room/fact-sheets/detail/diabetes

Chen, R., Ovbiagele, B., & Feng, W. (2016). Diabetes and Stroke: Epidemiology, Pathophysiology, Pharmaceuticals and Outcomes. The American Journal of the Medical Sciences, 351(4), 380-386.

Peters, S. A., Huxley, R. R., & Woodward, M. (2014). Diabetes as a risk factor for stroke in women compared with men: a systematic review and meta-analysis of 64 cohorts, including 775,385 individuals and 12,539 strokes. The Lancet, 383(9933), 1973-1980.

Li, H. W., Yang, M. C., & Chung, K. P. (2011). Predictors for readmission of acute ischemic stroke in Taiwan. Journal of the Formosan Medical Association, 110(10), 627-633.

Alieva, A. V., & Ismailov, S. I. (2018). Epidemiology of Diabetes and Prediabetes in Uzbekistan: Screening Results. International Journal of Endocrinology, 14(1), 20-24.

Echouffo-Tcheugui, J. B., Xu, H., Matsouaka, R. A., Xian, Y., Schwamm, L. H., Smith, E. E., & Fonarow, G. C. (2018). Diabetes and long-term outcomes of ischaemic stroke: findings from Get With The Guidelines-Stroke. European Heart Journal, 39(25), 2376-2386.

International Diabetes Federation. (2021). IDF Diabetes Atlas, 10th edition. Brussels, Belgium: International Diabetes Federation.

Supiyev, A., Kossumov, A., Kassenova, A., Nurgozhin, T., Zhumadilov, Z., Peasey, A., & Bobak, M. (2016). Diabetes prevalence, awareness and treatment and their correlates in older persons in urban and rural population in the Astana region, Kazakhstan. Diabetes Research and Clinical Practice, 112, 6-12.

Adilova, K., Nurmagambetov, T., Turgambayeva, A., Tazhiyeva, A., & Kadyrzhanovna, S. (2020). Burden of the Cardiovascular Diseases in Central Asia. Central Asian Journal of Global Health, 9(1), e321.

Bell, D. S. H., & Goncalves, E. (2020). Stroke prevention in patients with type 2 diabetes: a review of the efficacy and safety of the various diabetes medications. Diabetes Research and Clinical Practice, 164, 108193.