Authors

  • Nilufar Avazova
  • M Zaripova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.98472

Keywords:

shoirlik yurt dardi adabiy qahramon lirik chekinish badiiy san’atlar.

Abstract

Ushbu maqolada xalqimizning ardoqli shoiri, she’rlaridan har doim vatan va muhabbat mavzulari birinchi o’rinda tugan Muhammad Yusufning “Qora quyosh” dostonidagi ayrim parchalar g‘oyaviy badiiy jihatdan tahlilga tortilgan.

background image


May, 2025-Yil

760

XALQNING ORZULARIGA QANOT BOG‘LAGAN SHOIR

Avazova Nilufar Oqiljon qizi

BuxDPI O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi.

Zaripova M

O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 3-bosqich talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.15521089

Annotatsiya.

Ushbu maqolada xalqimizning ardoqli shoiri, she’rlaridan har doim vatan

va muhabbat mavzulari birinchi o’rinda tugan Muhammad Yusufning “Qora quyosh” dostonidagi
ayrim parchalar g‘oyaviy badiiy jihatdan tahlilga tortilgan.

Kalit so‘zlar:

shoirlik, yurt dardi, adabiy qahramon, lirik chekinish,badiiy san’atlar.

She’rlari inson qalbini junbushga keltiradigan, millat dardini o‘z dardidek ilg‘ay olgan,

so‘z orqali xalqning orzulariga qanot bog‘lay oladigan kuchga ega qalam sohiblaridan biri
Muhammad Yusufdir. Shoir so‘zga mehri baland, xalq tuyg‘ulariga yaqin, ichki dunyosi boy shoir
edi. Uning har bir misrasi oddiy so‘zlar bilan katta haqiqatni, sof tuyg‘ularni ifoda etadi. U xalq
tilida yozdi, xalq qalbidan chiqdi, xalq qalbiga kirdi. Shoirning yuragi keng edi — u xalqning
shodligiga ham, g‘amiga ham sherik bo‘ldi. Shu sababli ham qisqa umr ko'rishiga qaramay, u
o‘zbek adabiyotining eng ardoqli vakillaridan biriga aylandi.

Bizga tarixdan ma’lumki, o‘zbek xalqi dunyodagi eng qadimgi xalqlardan biri sanaladi. Va

bu xalq tarixda misli ko‘rilmagan hodisalarni boshdan kechirgan. Ikki daryo oralig‘ida joylashgan,
zamini hosildor, xalqi, mehnatkash, o‘troq madaniyatning noyob namunalarini yaratgan bu
diyorga kimlarning ko‘zi kuymagan deysiz. Bosqinchi ketidan, bosqinchilar kelib, bu go‘zal yurtni
g‘orat qilishga – boyliklarini talash, xalqini qullikka mubtalo qilishga urinardi. Xalqimiz bamisli
samandar (olovda tug‘ilib olovdan omon chiqadigan afsonaviy qush)dek barcha sinovlardan omon
chiqdi. Biroq bu kurashlar, ozodlikka bo‘lgan intilishlar, albattaki, qurbonlarsiz, yo‘qotishlarsiz
kechmadi. Millatning nene bahodirlari yurt ozodligini har narsadan ustun bilgan xalqning asl
farzandlari shu kurash maydonlarida jon berdilar. “Qora quyosh” dostoni aynan shu kurash
maydonida yuz bergan voqealardan so‘zlaydi. Muhammad Yusufning bu dostoni doston janridagi
boshqa asalar singari to‘liq bitta mavzuni qamrab olmagan. Asar qahramonlari ham bir yo‘sinda
harakat qilmaydi.

Asarda arxiv materiallaridan ham foydalaniladi. Masalan, dastlab

Akmal

ismli bir tarixiy

shaxsning singlisiga yozgan xati keltiriladi, so‘ng esa dialog shaklida yozilgan she’r:

— Umr nima, ey odam?
— Umr yo‘ldir bir quloch.
— Armon nima, ey odam?
— Armon ham bir ehtiyoj.
Ushbu satrlar orqali muallif umrning qisqaligini (qulochdek) va insonning doimiy armonlar

bilan yashashini tasvirlaydi. Armon “ehtiyoj” deb ataladi — bu, orzularning amalga oshmay
qolgan shakli emas, balki doimiy hayotiy zarurat sifatida tasvirlangan.

— Omad nima, ey odam?
— Ayvondagi qaldirg‘och.
— Orzu nima, ey odam?


background image


May, 2025-Yil

761

— Bo‘ldi, mening qornim och…

Bu yerda omad qaldirg‘ochga o‘xshatiladi — vaqtinchalik, uchib ketadigan. Ayniqsa,

“mening qornim och” degan satr jamiyatda moddiy ehtiyojlar orzulardan ustun qo‘yilayotganini
ko‘rsatadi. Bu, ocharchilik davrlariga (jumladan, 1930-yillarda SSSRda yuz bergan qahatchiliklar)
ishora bo‘lishi mumkin.

— Yolg‘on nima, ey odam?
— Yolg‘on — o‘t o‘smas dala.
— Haq nimadir, ey odam?
— Haqiqat — yetim bola…

Tarixiy haqiqatning yo‘qolib ketishi, yolg‘onning esa jamiyatga chuqur ildiz otganini ochib

beradi. “Haqiqat — yetim bola” deyilishi, ayniqsa, haqiqatning parvarishsizligi va qadrsizligini
ko‘rsatadi. Bu Sovet davridagi mafkuraviy senzura va yolg‘on axborotlar fonida talqin qilinadi.

— Sevgi nima, ey odam?
— Sevgiga yo‘q hafsala.
— Baxt nimadir, ey odam?
— Baxt — bir kosa atala…
Tolkosada atala…

Bu yerda sevgi qadrsiz, baxt esa juda oddiy — hatto arzon ovqat sifatida ko‘rsatilgan.

“Atala” bu yerda nafaqat ocharchilik davridagi muhim taom, balki ijtimoiy ehtiyojlar tug‘yonida
insoniyat tushunchalarining qadrsizlanish belgisi sifatida talqin etiladi.

— Tolkosa nima, ey odam?
— Tolkosa hayot, jo‘ra.
— Atala nima, ey odam?
— Stalin bobongdan so‘ra!..

She’r yakunida ochiq tarixiy ishora mavjud. “Stalin bobongdan so‘ra!” degan ibora orqali

muallif ochiq tanqidiy ohangda o‘tmishdagi zo‘ravonlik siyosatini eslatadi. Bu satrda Stalinning
ocharchilik yillari, repressiyalar, ommaviy jabrlar va moddiy qashshoqlik davri nazarda tutilgan.

She’rda hayotiy tushunchalar soddalik orqali chuqur falsafiy va tarixiy ma’noga ega

bo‘lgan tarzda tasvirlanadi. Har bir savol-javob zamirida insoniy qadriyatlarning qadrsizlanishi,
tarixiy adolatsizliklar va jamiyatdagi beqarorlik yotadi. She’r ijtimoiy tanqid va tarixiy xotiraning
uyg‘unlashgan badiiy ifodasidir.

”Uning uchun qamoqxonada eng tansiq narsa qog‘oz edi. U hamma joydan faqat qog‘oz

qidirardi. Bir daqiqa sayrga olib chiqishsa, devorlar tagida sarg‘ayib, g‘ijim bo‘lib yotgan bir
parcha qog‘oz topib olib, boshi osmonda, yana zax xonaга qaytardi. Tergov paytida ham ilinj shu.

Ovqat payti ham. Ana shunday ming mashaqqatlar bilan yiqqan qog‘ozlari bir kuni

qo‘lyozmaga aylandi. Endi uni nima qilib bo‘lsa ham tashqariga, odamlarga yetkazish zarur edi.

Lekin qanday qilib? U turma boshlig‘iga murojaat qildi. Meni qabul qilishingizni

so‘rayman, deb qayta-qayta so‘rayverdi. Nihoyat boshliq zerikdi. Qahraton qish kunlarining birida
boshliq issiq pechka oldida, oyoqlarini chalishtirib o‘tirib, uning arzini tingladi.

— Sizdan o‘tinib so‘rayman. Shu qo‘lyozmani odamlar o‘qisin. Mayli, keyinroq, oqlanib

ketsam yoki…

— Bu yoqqa ber, — dedi boshliq o‘rnidan turmay.


background image


May, 2025-Yil

762

Soddadil adib, unga qo‘lyozmani uzatdi. Boshliq qo‘lyozmani oldiyu gurillab yonib turgan

pechkaning ichiga ot-di…

U yana o‘sha zax va qorong‘i xonada o‘ziga keldi. «Bu ablahning oldiga meni kim boshlab

bordi? Oyoqlarimmi? Men ularni hoziroq kesib tashlayman. Nahot shuncha xo‘rliklarni ko‘rib
ham ko‘zim ochilmadi! Nahot, bu boshda zarra aql bo‘lmasa! Nahotki, u meni jalloddan yordam
so‘rab borishga undadi! Hozir… Hozir!.. “U dast o‘rnidan turib, yugurib borib, zarb bilan boshini
devorga urdi. Urdi va yana uraverdi. Joni chiqib ketguncha uraverdi!..

Kim edi bu adib? Qodiriymi?.. Cho‘lponmi? Yoki Usmon Nosirmi?!“
Ushbu matn, o‘zbek adabiyotining buyuk yozuvchilarining ijodiga oid tarixiy va badiiy

kontekstni aks ettiradi. Tarixiy manbalar asosida matnni tahlil qilganda, uning sovet davrining
repressiv siyosatiga qarshi yozuvchi va adiblarning ruhiy holatini qanday ifodalashga
qaratilganligini ko‘ramiz. Matnda tasvirlangan voqea va personajlarning tajribalari aynan sovet
davri adabiyotining og‘ir sharoitlarini o‘zida mujassam etadi. Sovet Ittifoqining repressiv siyosati
o‘zbek adabiyoti va yozuvchilarini kuchli tazyiqqa solgan. Adiblarning ijodi faqat yozuvchilarning
o‘zini emas, balki butun jamiyatni ham ta’sir qilardi. Sovet rejimi adabiyot va san’atni siyosiy
manfaati uchun ishlatishni maqsad qilib qo‘ygan, va bunday siyosiy tazyiq ostida ijodkorlar o‘z
fikrlarini erkin ifodalashda og‘ir sharoitlarga duch kelishgan. Qamoqxonadagi qog‘oz qidirish –
bu o‘z ichida yozuvchining ijodiy erkinlikka bo‘lgan ehtiyojini, o‘z asarlarini saqlash va
boshqalarga yetkazish istagini ko‘rsatadi. Qog‘oz bu yerda shunchaki moddiy predmet emas, balki
yozuvchining fikr va ijodini saqlashning yagona vositasi sifatida qaraladi. Sovet davrida
yozuvchilar o‘z asarlarini saqlash va ulardan foydalanish imkoniyatidan mahrum edilar. Bu
sharoitda yozuvchining har bir qog‘oz bo‘lagiga umid bilan qarashi juda tabiiy. Yozuvchi
qamoqda bo‘lib, o‘z asarini tashqariga chiqarish uchun kurashadi. Boshliqning qo‘lyozmani
pechka ichiga otishi esa bu yozuvchining ijodiga nisbatan keltirilgan sovet rejimining
yondashuvini ko‘rsatadi. Bu yerda pechka — yo‘q qilish va jazolash ramzi sifatida ishlatiladi.

Yozuvchining ijodi va o‘z fikrlarini ifodalashni istashi, biroq bunga qarshi bo‘lgan kuchlar

tomonidan bu orzularning yo‘q qilinishi, adabiyotshunoslarning sovet repressiyalariga nisbatan
qayg‘u va nafratni aks ettiradi. Yozuvchining boshliq bilan suhbatida davom etgan psixologik
holat, uning ruhiy izolyatsiyasini, yolg‘izlikni va umidsizlikni ko‘rsatadi. Yozuvchi, asarini
boshqa odamlarga yetkazishni xohlaganida, boshliq unga qarshi chiqadi. Boshliqning javobi – bu
nafaqat yozuvchi uchun, balki butun jamiyat uchun og‘ir bir voqea. Repressiya davrida, bunday
qiyinchiliklar nafaqat yozuvchilar, balki butun xalqning ijodiy va fikriy rivojlanishiga salbiy ta’sir
ko‘rsatdi. Yozuvchining zarb bilan boshini devorga urishi — bu uning ichki ruhiy azoblarini, o‘z
ijodi va erkinligini qayta tiklashga bo‘lgan ehtiyojini aks ettiradi. Bu voqea yozuvchining faqat
tashqi jismoniy emas, balki ichki ruhiy va psixologik zo‘riqishlarga qarshi kurashini ko‘rsatadi.

Yozuvchining o‘ziga berilgan zarbalarni, tazyiqlarni qabul qilishga qarshi kurashishi

adabiyotdagi insoniylik va erkinlikni izlash motivining muhim ifodasi sifatida tahlil qilinishi
mumkin.

”Yozuvchi Kim? matnning oxirida kim edi bu adib?“ - degan savolni berish, adibni

aniqlashga qaratilgan bir tahlilni ifodalaydi. Tasvirlangan holatlar – bu o‘zbek yozuvchilarining
jamiyatdagi o‘z o‘rnini va erkinlik uchun kurashini aks ettiradi. Savolga javob izlayotganda,
quyidagi adiblar xotiraga keladi: Abdulla Qodiriy, Cho'lpon, Usmon Nosir...


background image


May, 2025-Yil

763

Sovet davrida repressiya va siyosiy tazyiqlar ostida bo‘lsa-da, Usmon Nosir, Cho‘lpon, va

Abdulla Qodiriy kabi yozuvchilar o‘z ijodi orqali xalqning ma'rifatini oshirish, ilm-fan va ta'limni
rivojlantirishga yordam berishga harakat qilishdi. Ularning g‘oyalari va asarlari o‘zbek
jamiyatining ijtimoiy va madaniy taraqqiyotiga katta ta'sir ko‘rsatdi, ammo bu yo‘lda ular ko‘plab
siyosiy to‘siqlarga duch kelishdi. Ularning o‘rni va roli bugungi kunda ham o‘zbek adabiyotining
rivojida muhim ahamiyatga ega.

Bundan tashqari ”Qora quyosh“dostonida keltirilgan ” Ikki yashar xalq dushmanlari“ she'ri

faqat badiiy emas, balki tarixiy jihatdan ham katta ahamiyatga ega. Shoir o‘zining she’rlari orqali
Sovet davridagi ziddiyatlarni, bolalar va boshqa aybsiz odamlarning qiynoqlarini, tizimning
nohaqligini tanqid qiladi. She’r nafaqat yosh bolalar, balki butun bir xalqning taqdiri va erkinligi
haqida qayg‘uradi. Yozuvchining asarlari tarixiy va siyosiy muhitga chuqur ta’sir ko‘rsatgan, bu
esa uning she’rlari bugungi kunda ham o‘quvchilarga siyosiy erkinlik va ijtimoiy adolatni talab
qilishda ilhomlantiruvchi manba bo‘lib xizmat qiladi. Quyida she‘rdan parcha keltirdik:

...Yo'q aybiga iqror bo'lar hammasi
Elning suyuk bolalarin bolasi.
Elning buyuk bolalarin bolasi,
Ikki yashar ”xalq dushmanlari“

O'lsa o'zi o'lar, So'zi o'lmaydi,
Hamisha barhayot nasl shoirlar.
Haqiqiy shoirning qabri bo'lmaydi,
Yurakka ko'milar asl shoirlar.
" Cho'lpon" she'ridan

Yuqoridagi she'rda keltirilganidek Muhammad Yusuf ijodi bugun ham barhayot. U o‘z

she’rlari bilan yashaydi, har bir yurakda tiriklik topadi. Uning she’rlari yodlanadi, katta
minbarlarda o‘qiladi, Vatan haqida, ona haqida, xalq haqida eng samimiy ifodalar sifatida tillarda
yangraydi.

Chinakam shoirning qabri tuproq ostida emas — u el yuragida, xotiralar bag‘rida, she’r

satrlarida yashaydi. Muhammad Yusuf ham aynan ana shunday, yuraklarga ko‘milgan, el qalbida
barhayot shoirdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Nilufar, A. (2023). G ‘IJDUVON SHEVASIDAGI AYRIM SO ‘ZLARINING “DEVONU
LUG ‘OTIT TURK” ASARIDA IFODALANISHI. UNIVERSAL JOURNAL OF SOCIAL
SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE, 1(1), 219-225.

2.

Avazova, N., & Jalilova, O. (2024). ULUGʻBEK HAMDAMNING “OTA” ROMANIDAGI
AYRIM OBRAZLAR TAVSIFI. Theoretical aspects in the formation of pedagogical
sciences, 3(1), 20-24.

3.

Avazova, N. (2024). TA’LIM VA INNOVATSION TADQIQOTLAR: ANVAR OBIDJON
IJODIDA TO ‘RTLIK SHAKLIGA YANGICHA POETIK MUNOSABAT IFODASI.
Buxoro davlat pedagogika instituti jurnali, 4(4).


background image


May, 2025-Yil

764

4.

Avazova, N. (2024). THE ROLE OF THE QUATRAINS IN NAVOI PROSE AND
SCIENTIFIC WORKS. Modern Science and Research, 3(10), 176-179.

5.

SO, N. A. S. L. D. SHEVA LEKSIKASIDA DIALEKTAL SO ‘Z TURLARI (Buxoro
viloyati, G ‘ijduvon tuman shevasi misolida). THEORETICAL ISSUES OF UZBEK
LINGUISTICS, 248.

6.

Eshqulova, G., Musurmonova, M., & Axmedova, D. B. (2022). Boshlang ‘ich sinf ona tili
darslarida nutqiy ko ‘nikmalarni rivojlantiruvchi o ‘quv topshiriqlarini ishlab chiqishning
ilmiy-metodik asoslari.

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali

,

1

(1А), 72-75.

7.

Axmedova, D. (2023, May). O ‘ZBEK TILI KORPUSLARI SEMANTIK
KENGAYTMASIDA “BOSH” LEKSEMASINING SEMANTIK IZOHLARIDAN
FOYDALANISH

XUSUSIDA.

In

«УЗБЕКСКИЕ

НАЦИОНАЛЬНЫЕ

ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ
ВОПРОСЫ" Международная научно-практическая конференция

(Vol. 2, No. 2).

8.

Axmedova, D., & Eshqulova, G. (2022, June). TIL BIRLIKLARINI SEMANTIK
TEGLASHDA

SEMEMA

MASALASI.

In

«УЗБЕКСКИЕ НАЦИОНАЛЬНЫЕ

ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ
ВОПРОСЫ" Международная научно-практическая конференция

(Vol. 1, No. 1).

9.

Qizi, Y. B. A., Qizi, Y. H. A., & Axmedova, D. B. (2022). 2-SINF “ONA TILI VA OʻQISH
SAVODXONLIGI”

DARSLARIDA

OʻQUVCHILARNING

LINGVISTIK

KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH.

Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy

jurnali

,

1

(15), 51-56.

10.

Qizi, S. M. A., & Axmedova, D. B. (2022). BOSHLANG ‘ICH SINF
O‘QUVCHILARINING

BILIM

EGALLASHGA

DOIR

QARASHLARINI

SHAKLLANTIRISHDA DIDAKTIK ASARLARNING O ‘RNI.

Talqin va tadqiqotlar

ilmiy-uslubiy jurnali

,

1

(1А), 43-46.

11.

Axmedova,

D.

(2021).

СЕМАНТИЧЕСКАЯ

СИСТЕМА

СИСТЕМА

И

МОДЕЛЬ.

COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS

,

1

(1).

12.

Ахмедова, Д. (2020). Семантик разметка тизимида тег гуруҳлари.

Oriental Art and

Culture

, (III), 440-444.

13.

Akhmedova, D. B. (2020). SET OF SEMANTIC TAGS FOR UZBEK LANGUAGE UNITS:
CONSTANTS AND OPERATOR CLASSIFIER.

Theoretical & Applied Science

, (2), 177-

179.

14.

Bahodirovna, D. A. (2020). SEMANTIC TAG CATEGORY IN CORPUS LINGUISTICS:
EXPERIENCE AND ANALYSIS.

Scientific reports of Bukhara State University

,

4

(1), 152-

160.

15.

Bahodirovna, A. D., & Khamidjanovna, A. F. IDEOLOGICAL AND ARTISTIC ASPECTS
OF SAHBO LYRICAL HERITAGE.

Zbiór artykułów naukowych recenzowanych.

, 235.

16.

Sharipova M. ЭПОСА" АЛПОМИШЬ"-ИСТОЧНИК НАРОДНОГО ВОСПИТАНИЯ,
ВЕДУЩИЙ

ПОКОЛЕНИЕ

К

СОВЕРШЕНСТВУ

//ЦЕНТР

НАУЧНЫХ

ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2022. – Т. 12. – №. 12.


background image


May, 2025-Yil

765

17.

Sharipova M. B., Muslimova L. M. Q. XALQ DOSTONLARINI O’RGATISHNING
AMALIY AHAMIYATI HAMDA DOLZARBLIGI (“ALPOMISH” DOSTONI
MISOLIDA) //Scientific progress. – 2021. – Т. 2. – №. 7. – С. 1130-1134.

18.

Sharipova M. B. Xursand Nuriddinovna Mirzayeva XALQIMIZ MADANIYATINING
HAYOTBAXSH SARCHASHMASI //Scientific progress. – 2021. – №. 7.

19.

Sharipova

M.

B.

Gulshoda

Fazliddin

Qizi

Ravshanova

QAHRAMONLIK

DOSTONLARINING O’ZIGA XOSLIGI: MILLIY RUH VA AN’ANALAR //Scientific
progress. – 2021. – №. 7.

20.

Шарипова М.Б., Неьматова Ш.Н. ФОРМИРОВАНИЕ ЭСТЕТИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ
ВОСПИТАННИКОВ ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЙ //
Вестник

магистратуры.

2020.

№3-3

(102).

URL:

https://cyberleninka.ru/article/n/formirovanie-esteticheskoy-kultury-vospitannikov-
doshkolnyh-obrazovatelnyh-uchrezhdeniy (дата обращения: 07.10.2022).

21.

Шарипова М. Б., Саьдуллаева М. Модульное обучение в системе образования
//Вестник магистратуры. – 2019. – №. 4-3. – С. 72.

22.

Sharipova M. B., Marg’Uba Fazliddin Qizi Jomurodova X., IFODASI D. S. M. B. Scientific
progress. 2021. № 7 //URL: https://cyberleninka. ru/article/n/xalqdostonlarida-sovchilik-
marosimi-badiiy-ifodasi-alpomish-dostoni-misolida (дата обращения: 22.12. 2021).

23.

MA’NAVIY Y. A. R. V. A., O’RNI D. B. Q. E. DOI: 10.53885/edinres. 2021.17. 14.046
Sharipova Maxbuba Baxshilloyevna BuxDU //Maktabgacha ta’lim.

24.

Sharipova, Maxbuba Baxshilloyevna. "Gulasal Shavkat Qizi Farmonova NIKOHDAN
SO’NG ADO ETILADIGAN URF-ODATLAR TASVIRI (“ALPOMISH” DOSTONI
MISOLIDA)."

Scientific progress

7 (2021).

25.

Sharipova M. B., Jalolova S. Z. Q. HOZIRGI MAISHIY TURMUSHDA O’Z O’RNIGA
TO’LA EGA BO’LGAN MAROSIMLAR (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA)
//Scientific progress. – 2021. – Т. 2. – №. 7. – С. 1114-1119.




References

Nilufar, A. (2023). G ‘IJDUVON SHEVASIDAGI AYRIM SO ‘ZLARINING “DEVONU LUG ‘OTIT TURK” ASARIDA IFODALANISHI. UNIVERSAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE, 1(1), 219-225.

Avazova, N., & Jalilova, O. (2024). ULUGʻBEK HAMDAMNING “OTA” ROMANIDAGI AYRIM OBRAZLAR TAVSIFI. Theoretical aspects in the formation of pedagogical sciences, 3(1), 20-24.

Avazova, N. (2024). TA’LIM VA INNOVATSION TADQIQOTLAR: ANVAR OBIDJON IJODIDA TO ‘RTLIK SHAKLIGA YANGICHA POETIK MUNOSABAT IFODASI. Buxoro davlat pedagogika instituti jurnali, 4(4).

Avazova, N. (2024). THE ROLE OF THE QUATRAINS IN NAVOI PROSE AND SCIENTIFIC WORKS. Modern Science and Research, 3(10), 176-179.

SO, N. A. S. L. D. SHEVA LEKSIKASIDA DIALEKTAL SO ‘Z TURLARI (Buxoro viloyati, G ‘ijduvon tuman shevasi misolida). THEORETICAL ISSUES OF UZBEK LINGUISTICS, 248.

Eshqulova, G., Musurmonova, M., & Axmedova, D. B. (2022). Boshlang ‘ich sinf ona tili darslarida nutqiy ko ‘nikmalarni rivojlantiruvchi o ‘quv topshiriqlarini ishlab chiqishning ilmiy-metodik asoslari. Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali, 1(1А), 72-75.

Axmedova, D. (2023, May). O ‘ZBEK TILI KORPUSLARI SEMANTIK KENGAYTMASIDA “BOSH” LEKSEMASINING SEMANTIK IZOHLARIDAN FOYDALANISH XUSUSIDA. In «УЗБЕКСКИЕ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ ВОПРОСЫ" Международная научно-практическая конференция (Vol. 2, No. 2).

Axmedova, D., & Eshqulova, G. (2022, June). TIL BIRLIKLARINI SEMANTIK TEGLASHDA SEMEMA MASALASI. In «УЗБЕКСКИЕ НАЦИОНАЛЬНЫЕ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ЗДАНИЯ ТЕОРЕТИЧЕСКОЕ И ПРАКТИЧЕСКОЕ СОЗДАНИЕ ВОПРОСЫ" Международная научно-практическая конференция (Vol. 1, No. 1).

Qizi, Y. B. A., Qizi, Y. H. A., & Axmedova, D. B. (2022). 2-SINF “ONA TILI VA OʻQISH SAVODXONLIGI” DARSLARIDA OʻQUVCHILARNING LINGVISTIK KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH. Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali, 1(15), 51-56.

Qizi, S. M. A., & Axmedova, D. B. (2022). BOSHLANG ‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING BILIM EGALLASHGA DOIR QARASHLARINI SHAKLLANTIRISHDA DIDAKTIK ASARLARNING O ‘RNI. Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali, 1(1А), 43-46.

Axmedova, D. (2021). СЕМАНТИЧЕСКАЯ СИСТЕМА СИСТЕМА И МОДЕЛЬ. COMPUTER LINGUISTICS: PROBLEMS, SOLUTIONS, PROSPECTS, 1(1).

Ахмедова, Д. (2020). Семантик разметка тизимида тег гуруҳлари. Oriental Art and Culture, (III), 440-444.

Akhmedova, D. B. (2020). SET OF SEMANTIC TAGS FOR UZBEK LANGUAGE UNITS: CONSTANTS AND OPERATOR CLASSIFIER. Theoretical & Applied Science, (2), 177-179.

Bahodirovna, D. A. (2020). SEMANTIC TAG CATEGORY IN CORPUS LINGUISTICS: EXPERIENCE AND ANALYSIS. Scientific reports of Bukhara State University, 4(1), 152-160.

Bahodirovna, A. D., & Khamidjanovna, A. F. IDEOLOGICAL AND ARTISTIC ASPECTS OF SAHBO LYRICAL HERITAGE. Zbiór artykułów naukowych recenzowanych., 235.

Sharipova M. ЭПОСА" АЛПОМИШЬ"-ИСТОЧНИК НАРОДНОГО ВОСПИТАНИЯ, ВЕДУЩИЙ ПОКОЛЕНИЕ К СОВЕРШЕНСТВУ //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). – 2022. – Т. 12. – №. 12.

Sharipova M. B., Muslimova L. M. Q. XALQ DOSTONLARINI O’RGATISHNING AMALIY AHAMIYATI HAMDA DOLZARBLIGI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA) //Scientific progress. – 2021. – Т. 2. – №. 7. – С. 1130-1134.

Sharipova M. B. Xursand Nuriddinovna Mirzayeva XALQIMIZ MADANIYATINING HAYOTBAXSH SARCHASHMASI //Scientific progress. – 2021. – №. 7.

Sharipova M. B. Gulshoda Fazliddin Qizi Ravshanova QAHRAMONLIK DOSTONLARINING O’ZIGA XOSLIGI: MILLIY RUH VA AN’ANALAR //Scientific progress. – 2021. – №. 7.

Шарипова М.Б., Неьматова Ш.Н. ФОРМИРОВАНИЕ ЭСТЕТИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ ВОСПИТАННИКОВ ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЙ // Вестник магистратуры. 2020. №3-3 (102). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/formirovanie-esteticheskoy-kultury-vospitannikov-doshkolnyh-obrazovatelnyh-uchrezhdeniy (дата обращения: 07.10.2022).

Шарипова М. Б., Саьдуллаева М. Модульное обучение в системе образования //Вестник магистратуры. – 2019. – №. 4-3. – С. 72.

Sharipova M. B., Marg’Uba Fazliddin Qizi Jomurodova X., IFODASI D. S. M. B. Scientific progress. 2021. № 7 //URL: https://cyberleninka. ru/article/n/xalqdostonlarida-sovchilik-marosimi-badiiy-ifodasi-alpomish-dostoni-misolida (дата обращения: 22.12. 2021).

MA’NAVIY Y. A. R. V. A., O’RNI D. B. Q. E. DOI: 10.53885/edinres. 2021.17. 14.046 Sharipova Maxbuba Baxshilloyevna BuxDU //Maktabgacha ta’lim.

Sharipova, Maxbuba Baxshilloyevna. "Gulasal Shavkat Qizi Farmonova NIKOHDAN SO’NG ADO ETILADIGAN URF-ODATLAR TASVIRI (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA)." Scientific progress 7 (2021).

Sharipova M. B., Jalolova S. Z. Q. HOZIRGI MAISHIY TURMUSHDA O’Z O’RNIGA TO’LA EGA BO’LGAN MAROSIMLAR (“ALPOMISH” DOSTONI MISOLIDA) //Scientific progress. – 2021. – Т. 2. – №. 7. – С. 1114-1119.