Authors

  • B.B. Axmedov
  • J.S. Shukurov
  • Sh.B Suvonqulov
  • J.N. Begimqulov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.87295

Keywords:

fiziologik faol modda eruvchanlik diagrammasi kristallanish harorati nitratkarbamido monoetanolammoniy mis kuporosi.

Abstract

Ushbu ishda СuSO4·5H2O - H5CN3O4 · HOCH2CH2NH2 - H2O sistemasidagi komponentlarning o’zaro tasiri -33 °С dan 12 °C harorat oralig’ida vizual politermik usulda o’rganilgan. Tizimning politermik eruvchanlig diagrammasi qurildi va diagrammada muzning, karbamidning, nitrat karbamidmono-etanolammoniyning va mis (II) sulfat pentagidratining kristallanish maydonlari ajratildi. Eruvchanlik diagrammasida ajratilgan fazalar chiziqlarining ikkilamchi va uchlamchi nuqtalari hamda ikki tomonlama proyeksiyalari chizildi va tekshirildi.

background image


“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”

99

СuSO

4

·5H

2

O - H

5

CN

3

O

4

·

HOCH

2

CH

2

NH

2

- H

2

O POLITERMIK

ERUVCHANLIG SISTEMASI

1

Axmedov B.B.,

2

ShukurovJ.S.

1

Suvonqulov Sh.B,

1

Begimqulov J.N.

1

Sh. Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti. Samarqand, O’zbekiston

2

O’zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti. Toshkent, O’zbekiston

Е-mail: bakhtiyor.akhmedov.11@gmail.com

Anotatsiya.

Ushbu ishda СuSO

4

·5H

2

O - H

5

CN

3

O

4

· HOCH

2

CH

2

NH

2

- H

2

O

sistemasidagi

komponentlarning o’zaro tasiri -33 °С dan 12 °C harorat oralig’ida vizual politermik usulda
o’rganilgan. Tizimning politermik eruvchanlig diagrammasi qurildi va diagrammada muzning,
karbamidning, nitrat karbamidmono-etanolammoniyning va mis (II) sulfat pentagidratining
kristallanish maydonlari ajratildi. Eruvchanlik diagrammasida ajratilgan fazalar chiziqlarining
ikkilamchi va uchlamchi nuqtalari hamda ikki tomonlama proyeksiyalari chizildi va tekshirildi.

Kalit so‘zlar:

fiziologik faol modda, eruvchanlik diagrammasi, kristallanish harorati,

nitratkarbamido monoetanolammoniy, mis kuporosi.


Mis sulfat - oltingugurtni mis bilan birlashtirgan noorganik birikma. U bakteriyalarni, suv

o'tlarini, ildizlarni, o'simliklarni, salyangozlarni va zamburug'larni o'ldirishi mumkin. Mis (Cu)
sakkizta muhim o'simlik mikroelementlaridan biridir. Mis o'simliklardagi ko'plab fermentativ
faolliklar, xlorofill va urug' ishlab chiqarish uchun zarurdir. Misning etishmasligi ergot kabi
kasalliklarga moyillikning oshishiga olib kelishi mumkin, bu esa mayda donalarning hosildorligini
sezilarli darajada yo'qotishiga olib kelishi mumkin [1, 33 b.].

Karbamid – uzoq yillardan beri samarali o'g'it sifatida qishloq xo'jaligida qo’llanilib

kelmoqda. Karbamid ko`p miqdorda azot saqlagan bo`lib, suvda yaxshi eriydi va o`simlik bargidan
oziqlantirish uchun qo`llash mumkin bo`lgan muhim moddalardan biri hisoblanadi. Karbamidni
purkab berish yo’li bilan o'simlik bargi orqali qo'llanilganda ham barg yuzasida tez so'rilib o'z
ta'sirini namoyon qiladi [2, 902 b.].

Etanolaminlar – o'simliklarda o'sish va rivojlanish, stimulyatorlik, samarali sinergistlik kabi

bir qator muhum vazifalarni bajaradi. Etanolaminning tuzlari bilan ishlov berilgan qishloq xo’jaligi
ekinlari tanasida etilen miqdori ortishi kuzatiladi, natijada o'simlik bandi bilan barg orasidagi
absision zonada etilen faolligi ortadi, bu esa o'simlik bargini o'z vaqtidan ertaroq to'kilishiga olib
keladi [3, 387 b.].

H

5

CN

3

O

4

· HOCH

2

CH

2

NH

2

tarkibida etilen, karbamid va nitrat guruhlarining mavjudligi

o'simliklarning vegetatsion rivojlanishiga ta'sir ko'rsatib, komponentlar xossalariga bog’liq tarzda
o'simlikni o'sishini va qarishini boshqarish mumkinligini ko’rsatadi. Bu esa ushbu moddadan tarkib
topgan preparatdan fiziologik faol modda sifatida foydalanishga imkon yaratadi.

Yuqoridagilarni hisobga olgan holda oziqlantiruvchi hossaga ega bo’lgan fiziologik faol

moddalar olish maqsadida СuSO

4

·5H

2

O - H

5

CN

3

O

4

·

HOCH

2

CH

2

NH

2

- H

2

O sistemasini o’rganish

bizda qiziqish uyg’otdi.


background image


RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL

100

1-rasm. СuSO

4

·5H

2

O – H

5

CN

3

O

4

·HOCH

2

CH

2

NH

2

– H

2

O sistemasining politermik

eruvchanlik diagrammasi

СuSO

4

·5H

2

O - H

5

CN

3

O

4

·

HOCH

2

CH

2

NH

2

- H

2

O sistemasi o‘nta ichki kesmalar va dastlabk

moddalarning ikkilik tizimlari yordamida -33 °С dan 12 °С oralig‘ida o‘rganildi va politermik
eruvchanlik diagrammasi qurildi (1-rasm.).

Sistemani o’rganish davomida

diagrammada muzning, karbamidning, nitrat karbamidmono-

etanolammoniyning va mis sulfatning kristallanish maydonlari chegaralandi. Ushbu kristallanish
maydonlari bitta uchlamchi nuqtada tutashadi va bu nuqta karbamid, mis sulfat va muzning
kristallanish maydonlari birgalikda chegaralanadi.

CuSO

4

·5H

2

O - H

5

CN

3

O

4

· HOCH

2

CH

2

NH

2

- H

2

O dan iborat politermik eruvchanlik

diagrammasini qurish davomida proyeksion usulda ushbu sistemaning politerma eruvchanlik egri
chiziqlarining proyeksiyalari chizildi va mutonosibligi qayd qilindi.

Xulosa.

CuSO

4

·5H

2

O - H

5

CN

3

O

4

· HOCH

2

CH

2

NH

2

- H

2

O dan iborat uchlik tizimi

komponentlarning o’zaro tasini suvli eritmada ilmiy asoslash maqsadida o‘rganildi va politermik
eruvchanlik diagrammasi qurildi. Diagramma oddiy evtonik tipga mansub bo’lib komponentlar o‘z
individualligini saqlashi va yangi birikma hosil bo‘lmasligi aniqlandi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

B.B. Akhmedov, Zh.S. Shukhurov, N.K. Olimov, Study of the polythermic solubility of

the H

5

CN

3

O

4

· HOCH

2

CH

2

NH

2

- [10 % C

10

H

11

ClN

4

+ 90%C

2

H

5

OH] - H

2

O system, J.

Chem.Technol. Metall., 60, 1, 2025, 33-42. https://doi.org/10.59957/jctm.v60.i1.2025.4

2.

Zh.S. Shukurov, E.S. Khusanov, M.S. Mukhitdinova and A.S. Togasharov, Component

Solubilities in the Acetic Acid – Monoethanolamine – Water System, Russ. J. Inorg. Chem. 66,
2021, 902-908. https://doi.org/10.1134/S0036023621060176

3.

S.V. Veselova, G.F. Burkhanova, T.V. Nuzhnaya, S.D. Rumyantsev, I.V. Maksimov,

Influence of ethylene and reactive oxygen species on the growth of the pathogen stagonospora
nodorum berk. in wheat plant tissue. Biomika 10, 2018, 387-399. https://doi.org/10.31301/2221-
6197.bmcs.2018-50

Most read articles by the same author(s)