Authors

  • B.B. Axmedov
  • E. Abduraxmonov
  • J.S. Shukurov
  • Sh.B Suvonqulov
  • J.N. Begimqulov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.87296

Keywords:

elektrod faol birikmasi natriy tetrafenilborat mis (II) xlorid mis (II) tetrafenilborat spirt ionofor erituvchi.

Abstract

Ushbu mis (II) xlorid va natriy tetrafenilboratdan ion-selektiv membranalar uchun ionoforlarning sintez jarayonlari va sharoitlari o'rganildi. Sintez qilish maqsadida suvda erimaydigan va organik erituvchilarda eriydigan yuqori molekulyar kompleks birikmalarni sintez qilish va sintezlangan kompleks tuzlarni eritmadan ajratish bosqichlari o‘rganildi. Olingan yangi birikmaning mavjudligi kimyoviy va fizik-kimyoviy usullar bilan tahlil qilindi. Oxirgi bosqichda erituvchidan ionoforlarni ajratish uchun eritmalar 40 0C haroratda va 5 atmosfera bosimida vakumli bug'latgichda bug'landi.

background image


“TABIIY FANLAR: DOLZARB MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMLARI”

101

TETRAFENIL BORAT ASOSIDAGI ELEKTROD FAOL BIRIKMA SINTEZINING

EKSPEREMENTAL TADQIQOTI

1

Axmedov B.B.,

1

Abduraxmonov E.,

2

ShukurovJ.S.,

1

Suvonqulov Sh.B,

1

Begimqulov J.N.

1

Sh. Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti. Samarqand, O’zbekiston

2

O’zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti. Toshkent, O’zbekiston

Е-mail: bakhtiyor.akhmedov.11@gmail.com

Anotatsiya.

Ushbu mis (II) xlorid va natriy tetrafenilboratdan ion-selektiv membranalar

uchun ionoforlarning sintez jarayonlari va sharoitlari o'rganildi. Sintez qilish maqsadida suvda
erimaydigan va organik erituvchilarda eriydigan yuqori molekulyar kompleks birikmalarni sintez
qilish va sintezlangan kompleks tuzlarni eritmadan ajratish bosqichlari o‘rganildi. Olingan yangi
birikmaning mavjudligi kimyoviy va fizik-kimyoviy usullar bilan tahlil qilindi. Oxirgi bosqichda
erituvchidan ionoforlarni ajratish uchun eritmalar 40

0

C haroratda va 5 atmosfera bosimida

vakumli bug'latgichda bug'landi.

Kalit so‘zlar:

elektrod faol birikmasi, natriy tetrafenilborat, mis (II) xlorid, mis (II)

tetrafenilborat, spirt, ionofor, erituvchi.

Bugungi kunda elektrodlarni ishlab chiqarishda ionoforlarga ehtiyoj yuqoriligicha qolmoqda.

Yangicha tarkibli, sezuvchgan, yuqori selektivlik namoyon qiluvchi elektrodlar yaratishda ushbu
parametrlarni taminlaydigan asosiy komponent membrana tarkibidagi elektrod faol birikmalar
sanaladi. Membranada tarkibida ionofor miqdorini oshirish membrananing sezuvchanligini oshiradi
va shu bilan elektrodning harakatiga ta'sir qiladi [1, 509 b.].

Bundan tashqari mis ionlarini suvli eritmalarda, turli eritmalar tarkibidan juda kichik

konsentratsiyalarini selektiv va tezkor aniqlash, turli sanoat va ishlab chiqarish jarayonlarida ushbu
ionlarni nazoratini taminlash muhim hisoblanadi [2, 2423 b.]. Shu maqsadda mis ionlariga selektiv
va tezkorlik namoyon etuvchi ion selektiv elektrodlar ishlab chiqish muhim hisoblanadi [3, 854 b.].

Yuqoridagilarni hisobga olib, yangi, sezgir, selektiv mis elektrodini yaratish maqsadida

tetrafenilborat va rux sulfat, mis (II) xlorid tuzlari asosidagi ionoforlar sintezi ilk bor mualliflar
tomonidan o’rganildi

Cu[B(C

6

H

5

)

4

]

2

sintezi.

Mis selektiv elektrod uchun elektrod faol birikma (EFB) sintez

qilishda boshlang‘ich modda sifatida natriy tetrafenil borat Na[B(C

6

H

5

)

4

] va mis xlorid CuCl

2

eritmalari stixiometrik nisbatda aralashtirilgan.

Na[B(C

6

H

5

)

4

]

+ CuCl

2

→ Cu[B(C

6

H

5

)

4

]

2

+ NaCl

(1)

Yuqoridagilarni hisobga olgan holda tegishli ravishda NaBC

24

H

20

va

CuCl

2

ning 284.9 ml 0.1

M va 142.45 ml 0.1 M etanoldagi eritmalaridan foydalanildi.

Dastlab kam miqdorda qo‘ng‘ir rangli cho‘kma hosil bo‘lishi kuzatildi sababi tahmin

qilinayotgan EFM organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Erituvchi sifatida 96% li spirt ishlatilgan
bo‘lib (1) reaksiya natijasida 2 xil tuzlar aralashmasi (Cu[B(C

6

H

5

)

4

]

2

va NaCl) hosil bo’ldi.

Sintez qilingan EFBni to‘liq va toza holda ajratish jarayonida erituvchi bosqichma bosqich

IKA RV 8 V 0010003482 markali vakumli bug‘latish qurilmasida 40

0

C harorat va 5 atmosfera

bosim ostida bug‘latildi. Natijada erituvchilarni bug‘latib hosil bo‘lgan tuzlar aralashmasini
distirlangan suv ishtirokida bir necha martta yuvish orqali toza va to‘liq holda EFB lar sintez


background image


RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 7-8-MAY 2025-YIL

102

qilingan va ajratib olingan. Cho‘kma NaCl dan to‘liq holi bo‘lganligi kumush nitrat eritmasi
yordamida tahlil qilindi va tasdiqlandi. So‘ngi bosqichda EFB sifatida ajratilgan cho‘kma soat
oynasiga o‘tkazilib 3 kun davomida quritildi. Quritilgan cho‘kmal kukun holiga kelguncha
maydalandi. Sintez qilingan elektrod faol moddalarning ko’rinishi 1-rasmda keltirilgan

1-rasm. Sintez qilingan mis (II) tetrafenil borat Cu[B(C

6

H

5

)

4

]

2

1-jadval

Sintez qilingan elektrod faol moddalarning elementar tarkibini aniqlash natijalari

Komponentlar miqdori

Komponentlar

Metall

Bor

Uglerod

Vodorod

Cu[B(C

6

H

5

)

4

]

2

)

2

Hisoblangan, %

9.06

3.08

82.12

5.74

Topilgan, %

8.92

2.99

82.16

5.93

1-jadvalda keltirilgan elektrod-faol birikmalarning element tarkibini aniqlashning hisoblangan

va tajribaviy natijalarini solishtirishdan olingan ionofor birikmalarining tarkibi ularning formulasiga
to‘liq mos kelishini yana bir bor tasdiqlaydi.

Xulosa.

Ushbu ishda ion-selektiv membranalarni qurish maqsadida yangi tarkibga ega

ionoforlarning sintez sharoitlari va sintez qonuniyatlari o‘rganildi. Sintezlangan mis (II)
tetrafenilborat mavjudligi zamonaviy fizik-kimyoviy va kimyoviy tahlil natijalari bilan isbotlangan.
Tadqiqotlar natijasida yangi gidrofobik, yuqori molekulyar massali elektrodli faol birikmalar sintez
qilindi va ionoforlar sifatida taklif qilindi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Kumar, V., Suri, R. & Mittal, S. Review on new ionophore species for membrane ion

selective electrodes.

J IRAN CHEM SOC

20, 509–540 (2023). https://doi.org/10.1007/s13738-

022-02708-3

2.

K. Pietrzak, C. Wardak, B. Cristóvão, Copper ion-selective electrodes based on

newly synthesized salen-type Schiff bases and their complexes. Ionics 28, 2423
(2022). https://doi.org/10.1007/s11581-022-04482-x

3.

W. Al Zoubi, N. Al Mohanna, Membrane sensors based on Schiff bases as chelating

ionophores—A

review.

Spectrochim.

Acta,

Part

A 132,

854

(2014). https://doi.org/10.1016/j.saa.2014.04.176

Most read articles by the same author(s)