ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
737
QORAQALPOQ XALQ OG‘ZAKI IJODIGA BIR NAZAR
Qudrat Yusupov
Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Nukus filiali
“Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi assistent o‘qituvchisi.
Dilbar Abdramanova
Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Nukus filiali
Folklor va etnografiya mutaxassisligi 1- kurs talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15401421
Annotasiya. Qoraqalpoq xalqining xalq og‘zaki ijodi, dostonlari, maqollari, og‘zaki
hikoyalari uning tarixiy, madaniy va ijtimoiy hayotini aks ettiruvchi muhim manbalardan biridir.
Ushbu maqolada qoraqalpoq folklorining turli janrlarida xalqimizning axloqiy
qadriyatlari, tarixi va madaniyati bilan bog‘liqligi tahlil qilinadi. Tadqiqotlarda qoraqalpoq
xalq og‘zaki ijodining boyligini o‘rganish, uning xalqni jipslashtirishdagi ahamiyati alohida
ta’kidlanadi.
Kalt so‘zlar: Qoraqalpoq xalq og‘zaki ijodi, dostonlari, maqollari, og‘zaki ijodi, xalq
nasri, ilmiy izlanishlar, milliy madaniyat, tarixiy qadriyatlar.
Qoraqalpoq xalq og‘zaki ijodi - qoraqalpoq xalqining boy ma’naviy merosi bo‘lib,
ularning tarixiy o‘tmishini o‘zida mujassam etgan asosiy ajdodlar boyligidir. Qoraqalpoq
xalqining dostonlari, maqollari, og‘zaki hikoyalari nafaqat ma’lum bir davr tarixi va
madaniyatini aks ettirish, balki xalqning bugungi hayoti, orzu-umidlari, axloqiy qadriyatlarini
aks ettirishda ham muhim ahamiyatga ega.
Uning tarixi, turmush tarzi, urf-odatlari, orzu-umidlari va badiiy didini aks ettiradi.
Qoraqalpoq folklori og‘izdan og‘izga, avloddan avlodga o‘tib kelganligi sababli, o‘ziga
xos xususiyatlarga ega.
qoʻshiqlar oʻz ichiga katta bir janrni qamrab oladi. Qoʻshiqlar
mavzusi boʻyicha har xil boʻlib, qoraqalpoq xalqining hayotida katta oʻrin tutgan. Ular odamzot
tugʻilganidan boshlab, umrining oxirigacha hayoti va hissiyotlari bilan mustahkam bogʻlanib
kelgan. Folklordagi qoʻshiqlar bilan yozma adabiyotdagi qoʻshiqlarning oʻzaro aloqasi boʻlgani
bilan ularni bir-biridan ajratib turadigan xususiyatlari bor. Folklordagi qoʻshiqlarning asosiy
xususiyatlari koʻpincha xalq ogʻzaki ijodida avloddan avlodga oʻtib kelgan, xalqning kun
kechirishi, urf-odat va dasturlari bilan uzviy bogʻlangan ogʻzaki ijro sanaladi.
Og‘zaki ijod namunalari xalqning ijtimoiy qatlamlarini, tarixiy voqealarini, turmush
tarzini tasvirlash imkoniyatini beradi. N. Dawqaraev, Q. Ayımbetov, O.Kojurov kabi olimlarning
ilmiy ishlari qoraqalpoq nasrini tasniflash, uni chuqur tahlil qilishga hissa qo‘shdi. Bu akademik
tadqiqotlar qoraqalpoq xalq nasrining rang-barangligini ko‘rsatish va uni ilmiy jihatdan tahlil
qilishda muhim ahamiyat kasb etdi. Qoraqalpoq xalq og‘zaki ijodi nafaqat xalq tarixini, balki
uning axloqiy qadriyatlarini, dunyoqarashini, ijtimoiy muhitini ham o‘zida mujassam etgan. Xalq
ijodi, xususan, doston va matallarda xalqning ruhiy holati, axloqiy me’yorlari, hayotga qarashlari
umumlashtiriladi. Bu asarlar madaniy meros sifatida nafaqat qoraqalpoq xalqi, balki butun O‘rta
Osiyo va Turkiston xalqlari uchun ahamiyatli bo‘lib, ularning madaniy birligi va o‘zaro ta’sirini
o‘zida aks ettiradi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
738
Qoraqalpoq folklorining to‘plangan va ilmiy tahlil qilingan namunalarini o‘rganish
xalqning tarixiy-madaniy merosini asrab-avaylash, milliy o‘zligini mustahkamlash, qadriyatlarini
kelajak avlodlarga yetkazishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Qoraqalpoq xalqining og‘zaki ijodi ularning xalqaro madaniyatlar bilan aloqalarini
chuqurlashtirishga, ularni yangi g‘oya va istiqbollar bilan boyitishiga yordam beradi. Bugungi
kunda qoraqalpoq folklori ilmiy izlanishlar orqali yosh avlodga xalq tarixi va madaniyatini
o‘rgatish, milliy merosni asrab-avaylashda muhim vosita bo‘lib xizmat qilmoqda.
Folklor asarlarining ijro etilish xususiyati ularning adabiy asarlardan, san’atning boshqa
yo‘nalishlaridan farqini ko‘rsatib qolmay, ular bilan bog‘lanishini va har bir folklor janrining
o‘ziga xos ekanligini ko‘rsatib turadi. Folklor namunalarining ijrosi ma’lum bir kuyda musiqa
asbobi bilan, asbobsiz o‘tirishlarda, to‘y-marosim yig‘inida ham ijro etiladi. Shu jihatdan ular
musiqa bilan yaqinlashibgina qolmay, xalqning etnografik an’analari bilan ham bog‘liqdir.
Masalan, dostonlar to‘y-marosimlarda qo‘biz yoki dutor bilan ijro etilsa, qo‘shiqlar dutor
bilan yoki dutorsiz soz ovozda aytiladi.
Aytish javob shakli ham to‘y-marosimda qiz-yigitlar orasida, ikki shoir o‘rtasida
improvizatsion usulda o‘tkaziladigan bo‘lgan. Maqol-matallar, topishmoq, tez aytishlar har xil
muhitga bog‘liq suhbatlashish, uchrashuv vaqtlarida foydalanilgan. Bu xalq ijodiyoti
namunalarining ijrosi qanday darajada bo‘lmasin musiqiylik va kuyga solib kuylash kerakligi
muhim ahamiyatga ega bo‘lgan.
Maqol- matallar xalqning so‘z boyligining qanchalik boy ekanligini ko‘rsatadi.
Bugungi istiqlol davriga kelib xalqimizning milliy merosi, shu jumladan donishmandlik
sanalmish naql-maqollari insonlar turmush tarizida yanada chuqurroq ifodasini ko‘rsatib
bermoqda. Xalqning o‘tgan davrda yaratgan naql-maqollari uning kelajagi bo‘lmish
yoshlarimizni taʼlim-tarbiyaga, odab-axloqli etib tarbiyalashda ahamiyati katta desak mubolag‘a
bo‘lmaydi.
Dostonlarga kelsak, “Qirq qiz” dostoni qoraqalpoq xalqining vatanparvarlik, vatanga
muhabbat, qahramonlik ruhini aks ettirgan dostonlaridan biridir. Bu dostonda Vatanga
muhabbat, Vatan uchun kurash, xalq manfaatlarini himoya qilish mavzulari aniq ifodalangan.
Qahramonlarning jasorati, fidoyiligi, xalq manfaatlariga sadoqati ko‘pchilikning qalbiga
chuqur ta’sir qiladi. Dostondan ko‘rinib turibdiki, qahramonlar o‘z vatanini, xalqini himoya
qilish uchun kurashgan. Tuproqni, unda yashovchi xalqni sevish, qiyinchiliklarga qarshi turish,
xalq erkinligini ta’minlash dostonning asosiy mavzularini tashkil etadi. Doston o‘zining tuzilishi
va teran falsafasi bilan adabiy qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan, xalqning ma’naviy, axloqiy
qarashlarini taqdim etadi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, qoraqalpoq xalq og‘zaki ijodini uning dostonlari,
maqollari va xalq nasri orqali o‘rganish nafaqat ilmiy, balki madaniy-ma’naviy jihatdan ham
muhimdir. Bu asarlarni to‘plash va ilmiy tahlil qilish, kelajak avlodlarga yetkazish, qoraqalpoq
xalqining madaniy merosini asrab-avaylash va rivojlantirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Qoraqalpoq xalq og‘zaki ijodi xalqning milliy o‘zligini shakllantirishga, uning axloqiy
qadriyatlari va dunyoqarashini asrab-avaylashga xizmat qiluvchi bebaho boylik bo‘lib xizmat
qiladi.
ISSN:
2181-3906
2025
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
739
REFERENCES
1.
Q.Jarimbetov, J.Nzamatdinov, I.Allambergenova Qaraqalpaq Folklori. Tashkent-2018
2.
K. Palímbetov, P. Allashov
Ádebiyat 6-Klass Ushín Sabaqlíq-Xrestomatiya Nókis-2017
3.
Q.Ayimbetov Xaliq Danalíǵí. Nókis-1983
4.
K. Mámbetnazarov Qaraqalpaq Awízeki Dóretpeleri. Nókis-1990
5.
Q_Maqsetov,_Á_Tájimuratov_Qaraqalpaq_Folklori_1979
6.
Google.File:///C:/Users/User/Desktop/Qoraqalpoq-Folklorida-Naql-Va-Maqollarning-
O‘Rni
