May, 2025-Yil
236
TURLI MIQDORDA KADMIY BILAN IFLOSLANGAN OZIQALAR BILAN
QUYONLARNI OZIQLANTIRISH ORQALI RATSIONNING TO‘YIMLILIK
QIYMATINI BAHOLASH
Kamalova Surayyo Hasan qizi
Qoraqalpoq davlat universiteti II bosqich magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15391813
Quyonlar asosan ko‘k o‘tlar, shirador yemlar, dag‘al yemlar, kuchli boyitilgan yemlar
kabilar bilan oziqlanadi. Shu bois, katta magistral yo‘llar atrofidagi maydonlardan tayyorlangan
dala pichanlari, bo‘g‘doy somonlari tarkibidagi kadmiy va qo‘rg‘oshinlar miqdori aniqlanib, ular
tarkibida saqlanishi mumkin bo‘lgan og‘ir metallaring miqdori bilan solishtirib ko‘rilib, tajriba
hayvonlari tomonidan iste’mol qilingan oziqalar tarkibidagi miqdorini hayvonlar organizmidagi
metabolik jarayonlarga, aynan qon tarkibidagi shaklli elementlaring miqdorining o‘zgarishiga
ta’siri o‘rganildi.
Tajribadagi quyonlar uchta davri boshidan kechirdi nazorat davri - ratsion tarkibidagi
quruq moddaning tarkibidagi kadmiyning miqdori 0,164 mg/kg tashkil etganida, I- tajriba davri
yuqoridagi kadmiy miqdori 3 martaga orttirilganida -0,492 mg/kg ni tashkil etganida va II-
tajriba davri – quyonlar ratsionidagi kadmiyning miqdori nazorat davridagiga nisbatan 6 marta
orttirilganida - 0.984 mg/kg ni tashkil etdi.
Umuman olganda, barcha solishtirilayotgan davrlar lotin kvadrati bo‘yicha 5 bosh
quyonlarda bajarildi. Demak, tajribadagi hayvonlar yoshi, jinsi va tirik vazni bo‘yicha analog
hayvonlar bo‘lib, tajribalarini o‘tkazish tartib va qoidalariga to‘liq javob berdi.
Tajribalar guruhlar va davrlar usuli bo‘yicha bajarildi.
Tajribalardan ko‘zlangan maqsadga erishish uchun, norma asosida tuzilgan ratsionlar
bilan oziqlantirish davomida nazorat bilan tajriba guruhlari hayvonlari organizmidagi moddalar
almashinuvini aniqlash uchun tarkibidagi og‘ir metallaring miqdorlari har xil bo‘lgan ratsionlar
tuzildi va ular quyidagi jadvalda keltirilgan.
Ratsion tarkibidagi og‘ir metallardan tashqari barcha to‘yimli moddalar har ikkala
solishtirilayotgan guruhlarda ham bir xilda bo‘lishi ta’minlandi. Bu esa, rejalashtirilgan
maqsadga erishish imkoniyati bo‘lganligidan dalolat beradi.
Har ikkala guruh hayvonlari ratsionidagi oziqalaring turlari va ularing tarkibidagi
to‘yimli moddalaring miqdori bir xil bo‘lganligi bois, ratsion tarkibini tashkil qiluvchi biologik
qiymatga ega bo‘lgan moddalar miqdori ham bir xil bo‘ldi.
May, 2025-Yil
237
Olingan ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, ratsionning to‘yimlilik qiymati - 0,12 oziqa
birligi, 1,21 mDj almashinuvchi energiyani, 7,3 gramm hazmlanuvchi oqsil, Ca-0,27 va P -0,15
grammni tashkil etdi.
1-jadval
Tajriba hayvonlarining oziqlantirish ratsionlari
T/r
Oziqalaring
nomi
Guruhlar
Nazorat
I tajriba
II tajriba
1
Beda
0,3
0,3
0,3
2
Dala pichani
0,2
0,2
0,2
3
Konsentrat
0,2
0,2
0,2
4
Tuz
yalama
yalama
yalama
5
Oziqa birligi
0,12
0,12
0,12
6
Almashinuvchi
energiya, mDj
1,21
1,21
1,21
7
Hazmlanuvchi
oqsil, g
7,3
7,3
7,3
8
Ca, g
0,27
0,27
0,27
9
P, g
0,15
0,15
0,15
10
Kadmiy mg/kg
0,164
0,492
0,984
Solishtirilayotgan guruhlar orasidagi farq faqatgina, ratsiondagi kadmiymiqdorida bo‘ldi.
Nazorat guruhi hayvonlari ratsionidagi 1 kg quruq modda hisobiga 0,164 mg/kg kadmiy to‘g‘ri
kelgan bo‘lsa, I-tajriba guruhi hayvonlari ratsionidagi kadmiyning miqdori 3 martabaga yoki
0,492 mg/kg va II-tajriba guruhi hayvonlari ratsionidagi kadmiyning miqdori 6 martaga ya’ni
0,984 mg/kg ga oshirildi. Ratsion tarkibidagi kadmiyning miqdori ratsiondagi konsentrat
tarkibiga xlorid kadmiyning suvdagi eritmasini qo‘shib aralashtirilgan konsentratni quyonlarga
yedirish hisobiga erishildi.
May, 2025-Yil
238
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Викторов П.И. Методика и организация зоотехнических опытов // - М.
Агропромиздат, 1991. - С 38-65.
2.
Георгиевский В.И. Физиология с.-х. животных // М. Колос. - 1991. 591 с.
3.
3. Кашкина Т.А. Влияние тяжелых металлов на биохимические процессы в
организме // Матариалы науч. прак. конфр. ГБОУ СПО «БПК», г.
Благовещенск, 2012. - С. 43-46.
4.
Xamraqulov R., Karibayev K.K. “Qishloq xo‘jalik hayvonlarini oziqlantirish” Toshkent,
1999. 27-31 b.