2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
228
INGLIZ TILIDAGI IQTISODIY MATNLARNI O‘ZBEK TILIGA TARJIMA QILISH
MASALALARI
Yuldosheva Sanam Turayevna
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Xorijiy til va adabiyoti yo`nalishi magistranti
Umida Turayeva Shuxratovna
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Fakultetlararo chet tili kafedrasi dotsent v.b.
filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)
https://doi.org/10.5281/zenodo.15391905
Annotatsiya.
Ushbu maqolada ingliz tilidagi iqtisodiy matnlarni o‘zbek tiliga tarjima
qilish jarayonida uchraydigan asosiy muammolar tahlil qilinadi. Xususan, terminologik
muammolar, nominal iboralar, qisqartmalar, stilistik farqlar va iboraviy birliklarning
tarjimasi bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqilgan. Har bir muammo aniq misollar asosida
tahlil qilinib, ularni tarjima qilishda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar yoritib berilgan.
Muallif iqtisodiy matnlarni to‘g‘ri tarjima qilish uchun tarjimon nafaqat til bilimiga, balki
iqtisodiyot sohasi bo‘yicha ham yetarli bilimga ega bo‘lishi kerakligini ta’kidlaydi. Maqola
iqtisodiy tarjima bilan shug‘ullanayotgan mutaxassislar va tarjima nazariyasini
o‘rganayotgan talabalar uchun foydali bo‘lishi mumkin.
Kalit so‘zlar:
iqtisodiy matnlar, tarjima muammolari, terminologiya, qisqartmalar,
stilistik farqlar, iboraviy birliklar, ingliz tili, o‘zbek tili, tarjima nazariyasi.
Abstract.
This article analyzes the main problems encountered in the translation of
English economic texts into Uzbek. Specifically, it addresses issues related to terminology,
nominal expressions, abbreviations, stylistic differences, and the translation of idiomatic
expressions. Each issue is analyzed with clear examples, and the aspects that should be
considered during the translation process are highlighted. The author emphasizes that a
translator must not only have linguistic knowledge but also a sufficient understanding of the
field of economics in order to translate economic texts accurately. The article may be useful
for specialists working in economic translation and students studying translation theory.
Keywords
: economic texts, translation issues, terminology, abbreviations, stylistic
differences, idiomatic expressions, English language, Uzbek language, translation theory.
Yaqin tariximizda, ayniqsa XVIII va XIX asrlarda, jamiyatda yangi ijtimoiy va ilmiy
o‘zgarishlar yuz berdi. Bu davr, o‘ziga xos taraqqiyot bosqichini bosib o‘tdi va, albatta, aniq
va tabiiy fanlar sohasidagi yutuqlar butun insoniyat tafakkurini yangi izlanishlarga olib keldi.
2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
229
Shu bilan birga, bu ilmiy yutuqlar ijtimoiy-gumanitar sohalarga, xususan, tilshunoslikka ham
o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Masalan, Charles Darvinning o‘simliklar olamiga oid kashfiyotlari
tilshunoslikda genealogik tasniflashning rivojlanishiga olib keldi. Bundan tashqari, kimyo
fanidagi atom-molekular ta’limot tilning morfemalar asosida tashkil topishi haqidagi
nazariyaning paydo bo‘lishiga zamin yaratdi.
XIX asrda fizikadagi maydon nazariyasining rivojlanishi, tilshunoslikda ham
“maydon” tushunchasining shakllanishiga sabab bo‘ldi. Bu nazariya tilni faqat grammatik
tizim sifatida emas, balki semantik jihatdan o‘zaro bog‘liq elementlar tarmog‘i sifatida ko‘rib
chiqishni taqozo etdi. Maydon nazariyasining tilshunoslikda tatbiq etilishiga hissa qo‘shgan
olimlar qatorida L. Vaysberger, V. Porsig, G. Ipsen, F. Dornseyf, V. Vartburg, A. A.
Ufimtseva, N. I. Filichyeva, E. N. Karauov va G. S. Shchur kabi ilm-fan vakillari alohida
e’tirofga sazovordir. Ularning ilmiy ishlarida, tilshunoslikda semantik maydonlar,
makromaydonlar va mikromaydonlar kabi yangi tushunchalar shakllanib, keng qo‘llanila
boshlandi. Bu izlanishlar maydon nazariyasining tilshunoslikka qanday tatbiq etilishini
tushunishda muhim rol o‘ynadi
1
.
Iqtisodiyotning rivojlanishi, ayniqsa soliq va bojxona sohalarining kengayishi, har bir
sohaning o‘ziga xos leksik bazasining shakllanishiga olib keldi. Iqtisodiy sohalarda, shu
jumladan soliq va bojxona sohalarida ham, o‘ziga xos semantik maydonlar yuzaga keldi, bu
maydonlar har bir sohaning til birliklari va ularning o‘zaro aloqalarini yoritishda katta
ahamiyat kasb etdi. Shuning uchun, soliq va bojxona sohasining o‘ziga xos terminologiyasi,
nafaqat har bir sohaning o‘ziga xos leksik vositalari, balki bu sohalar o‘rtasidagi semantik
munosabatlarni tahlil qilish uchun zaruriy vosita hisoblanadi.
Til birligining har bir elementida sememalar, ya’ni ma’no bloklari mavjud. Bu
sememalar, til birliklaridan tortib, murakkab matnlar darajasigacha o‘zining semantik
ifodasini topadi. Tilning qatlamlari uch bosqichga ajratiladi va har bir qatlamda semantik
aloqalar aniqlanadi. Bu aloqalar, tilshunoslikda semalarning asosida amalga oshirilgan
tahlillar orqali o‘rganiladi. O‘zbek tilshunosligida semema shakllanishidagi ma’no bo‘laklari
"sema" deb ataladi. Profesor Sh. Rahmatullaev sema va sememaning o‘zaro aloqasini
quyidagicha tushuntiradi: “Bir turkum sememasi asosida boshqa bir turkum sememasi paydo
bo‘lishi uchun, turkumlik semasi (obyekt, belgi, harakat kabi) bu sememalarning tarkibida til
bosqichida birikkan bo‘lishi kerak. Agar bu bog‘lanish bo‘lmasa, bir turkum leksemasining
1
Щур Г.С. Теория поля в лингвистике. – М.: Наука, 1974. – С.19-21.
2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
230
boshqa turkum leksemasi sifatida ishlatilishi holati yuzaga keladi va bu holatda yangi semema
ham, yangi leksema ham shakllanmaydi”
2
.
Shunday qilib, soliq va bojxona sohalariga xos leksik birliklar, ularning semantik
maydonlari, hamda til birliklarining o‘zaro semantik aloqalarini chuqur tahlil qilish, sohaning
o‘ziga xos xususiyatlarini, tilning o‘zgaruvchan tabiati va rivojlanish jarayonlarini to‘liq
tushunishga yordam beradi. Bu esa, ayniqsa, tarjima jarayonida, o‘zbek tiliga inglizcha
matnlarni aniq va to‘g‘ri tarjima qilishda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Sh. Rahmatullaev sema va sememaning o‘zaro munosabatini quyidagi tarzda talqin
qiladi: "Bir turkum sememasi asosida boshqa bir turkum sememasi yuzaga kelishi uchun
turkumlik semasi (obyekt, belgi, harakat kabi) bu sememalarning tarkibiga til bosqichida
birikgan bo‘lishi kerak. Aks holda, bir turkum leksemasining boshqa bir turkum leksemasi
kabi (o‘rnida) ishlatilishi hodisasi yuz beradi, bunda yangi semema ham, yangi leksema ham
yuzaga kelmaydi
3
."
Bu fikr tilshunoslikda semantik munosabatlar va semantik strukturalarning aniq
ajratilishi muhimligini ko‘rsatadi. Sema va sememaning o‘zaro bog‘liqligi, til birikmalarining
ma'nolarini aniqlashda va ularni tarjima qilishda katta ahamiyat kasb etadi. Sememalarning
o‘zaro munosabati, so‘z va iboralar kontekstida qanday ishlatilishi, tarjimaga ta’sir qiladi.
Iqtisodiyot sohasiga doir ilmiy va ommabop maqolalarda, matnlar va maxsus so‘zlar
hamda atamalar bilan birga, keng tarqalgan va ko‘p ishlatiladigan so‘zlar ham mavjud. Ushbu
ko‘p ishlatiladigan so‘zlar orasida (work, company, office kabi) tarjimasi oddiy va soddaroq
bo‘lishi mumkin. Biroq, ba'zi atamalar, ayniqsa maxsus atamalar, tarjimada muammo
tug‘dirishi mumkin. Ushbu atamalarni turli guruhlarga ajratish mumkin, va bu guruhlar
asosida tarjimaning murakkabligini tahlil qilish kerak.
Kunlik foydalanishdan tashqari ma'nolarda ishlatiladigan so‘zlar. Masalan, ba'zi
maxsus matnlarda "to offer" fe'li "taklif qilish"dan ko‘ra "ta'minlash" (qarshilik) ma'nosida
ishlatiladi. Yoki, "to attack" fe'li "hujum qilish" emas, balki "hal qilish" (vazifalarni boshlash)
ma'nosida qo‘llanadi. "To happen" fe'li esa "sodir bo‘lish" ma'nosidan ko‘ra "to‘g‘ri kelish"
ma'nosida ishlatiladi.
Shunday qilib, so‘zlarning ma'nolari o‘zgargan holatda, ularni tarjimaga to‘g‘ri
joylashtirish, mazmunini to‘g‘ri anglash va o‘rganish talab etiladi. Misol uchun, inglizcha
2
Неъматов Ҳ., Расулов Р. Ўзбек тили систем лексикологияси. – Т., 1995. – Б. 58.
3
Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тили омонимларининг изоҳли луғати. – Т.: Ўқитувчи, 1984. – Б. 11-12
2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
231
"Chain management oversees the enterprise relationships in order to get the information
necessary to run the business, to get product delivered through the business, and to get the
cash that generates profits for the business.
4
" jumlasida "to run" fe'li, "yugurish" yoki "quvib
o‘tish" ma'nosidan farqli o‘laroq, "boshqarish" ma'nosini anglatadi. Bu misolda tarjima
qilishda fe'lning o‘zgargan ma'nosini to‘g‘ri aks ettirish kerak.
Shu bilan birga, maqolalarni tarjima qilishda ba'zi so‘zlarning asosiy ma'no
o‘zgarishlari quyidagi misollarda ko‘rinadi:
"In the rich world the job losses are starkest in
America, where the recession began
5
."
Bu jumlada "job losses" (ish o‘rinlarining yo‘qolishi)
ma'nosi iqtisodiy pasayish, ya'ni "recession" bilan bog‘liq holda ishlatiladi va bu atamaning
iqtisodiy kontekstdagi ma'nosi o‘zgaradi.
Bunday hollarda, so‘zlarning kontekstga qarab o‘zgarishi, ularning to‘g‘ri tarjima
qilinishi, nafaqat so‘zlarning o‘ziga xos ma’nolarini, balki ularning tilshunoslikdagi o‘zaro
bog‘liqligini ham hisobga olishni talab etadi.
Boylar dunyosida ish o‘rinlarining yo‘qolishi eng ko‘p turg‘unlik boshlangan
Amerikada kuzatiladi.
Mr. Obama called the bosses of the biggest US banks to the White House and told
them: “We are in this together.
6
”
Janob Obama AQShning eng yirik banklari boshliqlarini Oq uyga chaqirdi va ularga:
"Biz bu ishda birgamiz," dedi.
Tillararo muloqotning alohida turi bo‘lgan tarjima, turli tillar matnlarining mazmunan
teng qiymatliligini talab etadi. Tarjimada asliyat va tarjima matnlari o‘rtasidagi o‘zaro moslik
zarur bo‘lib, bu ekvivalentlikni tarjimaning asosiy sharti sifatida tan olishni taqozo etadi.
"Ekvivalentlik" tushunchasi "yaxshi", "sifatli", "bajirilgan" tarjima ma’nosini anglatadi.
Ammo, ekvivalentlik, ya'ni "adekvatlik" yoki "to‘laqonlilik" tushunchalari, har doim ham
amaliy nuqtai nazardan o‘zini oqlayvermaydi. Alohida so‘z yoki iboraning tarjimasi bo‘yicha
erishilgan ekvivalentlik, har doim ham matn tarjimasi bo‘yicha mukammallikni ta’minlay
olmaydi.
Shuning uchun, matnning alohida qismlari uchun ekvivalentlik (adekvatlik,
to‘laqonlilik) mumkin bo‘lsa-da, katta matnlar misolida bu hamisha amalga oshishi mumkin
4
Lambert D. The Principles of Supply Chain Management. The International Journal of Logistics Management,
Vol. 9, No. 2, - 2003.
5
Obama tells banks 'work together’, BBC NEWS. - 2009.- 20 March
6
Obama tells banks 'work together’, BBC NEWS. - 2009.- 20 March
2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
232
emas. Tarjima jarayoni, asar yoki matnning to‘laqonli tarjimasi haqida gapirganda, bu
jarayonni mukammal bajarish ko‘pincha qiyin, ammo amaliy jihatdan mumkin bo‘ladi.
Tarjimoni to‘liq amalga oshirishga intilish, albatta, tarjimonning chuqur bilimga ega, sabr-
toqatli, ijodkor va ko‘p qirrali bo‘lishini talab qiladi. Shu bilan birga, har qanday til o‘ziga xos
lisoniy va lisoniy bo‘lmagan omillarni tasvirlashga qodir ekanligi unutmasligi kerak
7
.
Bu yerda muhim jihat shundaki, tarjimaning to‘liq yoki mukammal bo‘lishi doimo
mumkin emas. Katta hajmdagi asarni yoki matnni to‘laqonli tarjima qilish, uni aniq va
mukammal tarzda o‘zgartirish juda murakkab ijodiy jarayon bo‘lib, bu ishni amalga oshirish
faqatgina yuqori malakali va juda o‘ylangan yondashuvni talab qiladi. Tarjimon bu jarayonni
bajarishda barcha matnning ruhi, ma'nosi va uslubiga e'tibor berishi kerak.
Ikki til vositalarini nutqiy darajada qiyoslash tarjima nazariyasi va amaliyoti uchun
alohida ahamiyat kasb etadi, chunki bu jarayon ikki tilning nutqiy ifodalari o‘rtasidagi
munosabatni aniqlash imkonini beradi. Shu sababli, tarjima nutqiy muloqotning alohida turi
hisoblanadi. Bunday holatlarda, tarjimaviy qiyos turli xil qiyosiy tadqiqotlardan ancha farq
qiladi. Masalan, tilning oddiy strukturalik qiyosidan, ya'ni sof lingvistik qiyosiy tadqiqotdan
farqli ravishda, tarjimaviy qiyos til tizimlarining elementlarining material jihatdan mos
kelmasligi yoki farq qilishi haqida gapirishni talab etmaydi, aksincha, qiyoslanayotgan tillar
vositalarining badiiy-tasviriy, vazifaviy-uslubiy va pragmatik jihatlari o‘rtasidagi moslik yoki
tafovutlarni hisobga olish kerak.
Shunday qilib, tilning strukturalarini qiyoslash tadqiqoti tarjimaviy qiyosning
boshlang‘ich nuqtasi bo‘ladi. Bu tadqiqot qiyoslanayotgan tillardagi ba'zi jihatlarning
o‘xshash yoki farqlanuvchi tomonlarini ko‘rsatgan holda, tarjimaviy qonuniyatlarni yaratish
uchun boy materiallar taqdim etadi. Yaratilgan qonuniyatlar, aynan ma'lum kontekstlarda
ma'lum nutqiy vositalarni boshqa tilga tarjima qilishning imkoniyatli yo‘llarini belgilab
beradi
8
.
Shunday qilib, asl nusxa va tarjima tillarining hodisalarini lisoniy-uslubiy jihatdan
qiyosiy o‘rganish, tarjimon uchun mazkur tillar o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlanishning
umumiy qonuniyatlarini aniqlash imkoniyatini yaratadi. Bu esa tarjima jarayonida tilning
7
Левый, И. (1974). Состояние теоретической мысли в области перевода // Искусство перевода. –
М.: Издательство «Прогресс», 1974. (Переводс чешского и предисловие Вл. Россельса). – С.97.
8
Жўраев, К. (2002). Қиёсий адабиётшунослик сарвари // Ғайбуллоҳ асСалом замондошлари
хотирасида. Тошкент ислом университети
2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
233
struktura va uslubini aniq tushunishga, har bir tilning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga
olishga yordam beradi.
Tarjimadagi eng keng tarqalgan o‘zgarish turi bu grammatikalik o‘zgartirishlar bo‘lib,
tarjima jarayonida grammatik birliklarning: so‘z shakllari, gap bo‘laklari, gap a'zolari,
sintaktik bog‘lanish turlari va boshqalar almashtiriladi. Bundan tashqari, faqat alohida bir
birliklar emas, balki butun tuzilmalar ham almashtirilishi mumkin.
Misol uchun, gazeta maqolalaridan olingan iqtisodiy matnlar bilan bog‘liq
almashtirish turlarini ko‘rib chiqamiz: “Given how fast European economies are shrinking,
nodiv doubts that worse lies ahead.
9
” –
"Yevropa iqtisodiyoti qancha tez qisqarayotganini
hisobga olsak, bunday holatning yanada yomonlashgani oldinda ekanligiga hech kim shubha
qilmaydi."
Bu yerda ingliz tilidagi sifat va otlarning o‘zgarishi, ya'ni "shrinking" (qisqarayotgan)
fe’lidan foydalanish, o‘zbek tilidagi otlashgan fe’llar bilan almashtirilgan. Bu almashtirish
iqtisodiy matnning mazmunini aniq va to‘liq ifodalashga yordam beradi, shuningdek, tilning
pragmatik va uslubiy xususiyatlariga mos keladi.
Shunday qilib, tarjima jarayonida tilning sintaktik, semantik va pragmatik aspektlarini
hisobga olish, o‘zgarishlarni to‘g‘ri va samarali tarzda amalga oshirishni ta’minlaydi.
Qiyosiy daraja shaklidagi ingliz sifatlari o‘zbek tiliga tarjima qilinayotganda, ba'zan
fe'llashgan otlar bilan almashtirilishi mumkin. Bu, ayniqsa, sifatlar va otlarning sintaktik
funksiyalari va semantik ma'nolari o‘rtasidagi o‘zgarishlarga bog‘liq. Ingliz tilidagi
sifatlarning o‘zbek tiliga tarjimasi, ba'zan sintaktik struktura va ma'no o‘zgarishini talab
qiladi, shuningdek, ba'zi hollarda ingliz tilidagi sifatlar fe'lga yoki fe'llashgan otga
aylantiriladi.Ingliz tilidagi qiyosiy darajadagi sifatlar o‘zbek tilida fe’llashgan otga
aylantirilishi mumkin, bu esa tarjimaning aniq va tabiiy bo‘lishini ta’minlaydi.
"The stoppage, which is in support of higher pay and shorter working hours, began on
Monday
10
." –
"
Юқори иш ҳақи ва қисқароқ иш вақтини қўллаб-қувватлашни тўхтатиш
душанба куни бошланди."
Ingliz tilida jumladagi so‘zlarning tartibi asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ladi, ya'ni, ega
ko‘pincha kesimdan oldin keladi, to‘ldiruvchi esa kesimdan keyin joylashadi. Biroq, ba'zan
gapni sintaktik jihatdan qayta qurish zarurati tug‘iladi. Misol uchun, yuqoridagi jumlada
9
The jobs crisis. The Economist. - 2009.-12 March
10
The jobs crisis. The Economist. - 2009.-12 March
2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
234
inglizcha struktura to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilinsa ham, o‘zbek tilida ba'zi o‘zgarishlar
kiritiladi, chunki o‘zbek tilidagi jumlaning sintaksisi ingliz tilidagidan farq qiladi.
Bu turdagi sintaktik o‘zgartirishning eng keng tarqalgan misollaridan biri ingliz
tilidagi majhul nisbatli konstruktsiyani o‘zbek tilidagi aniq nisbat bilan almashtirishdir. Misol
uchun:
"The motives of invest and savings of the various participants of the economic
relations
are
defined
both
by
the
factors
of
microenvironment"
– "Иқтисодий муносабатлар турли иштирокчиларининг инвестициялари ва
жамғармалари мотивларини микромуҳит омиллари орқали белгилайди."
Bu yerda ingliz tilidagi "are defined by" konstruktsiyasi o‘zbek tilida aniq nisbat bilan
almashtirilgan ("belgilaydi").
S.B. matnlarida tarjima qilingan ba'zi iboralar:
"Free baggage allowance" – "бепул рухсат берилган багаж нормаси" yoki "рухсат
берилган багаж миқдори","Delay in handing over cargo" – "юкни етказиб беришдаги
кечикиш" yoki "юк ташишдаги узилиш","Levy charges" – "йиғимларни териб
олмоқ",,"Checked luggage" – "рўйхатга олинган багаж" yoki "қайд қилинган юк","Things
liable to duty" – "солиққа тортиладиган буюмлар", "Receipt" – "чек, квитанция", "Take
off weight" – "учишга рухсат берилган оғирлик", "Contract cargo" – "контракт юки",
"Railway container" – "темирйўл контейнери", "Certify a manifest" – "манифестни
тасдиқламоқ".
Ikkinchi guruh – Tarjimasi ko‘pincha mantiqiy va tushunarli ko‘rinsa-da, kontekstga
qarab bir nechta ma'noga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar va iboralar:
Misol sifatida, Myullerning lug‘atiga ko‘ra "tag" so‘zi bir nechta ma'nolarni anglatadi.
Birinchi ma'nosi –
"yorliq"
. Shunday qilib, quyidagi misolda so‘zning ma'nosi kontekstga
qarab tarjima qilinadi:
"Accordingly, the advocacy organization Seafood Watch currently gives all RAS-
farmed fish a 'Best Choice' tag." – "Шунинг учун Seafood Watch ахборот ташвиқот
ташкилоти ҳозирги кунда барча турдаги балиқларга RAS методикаси орқали «Энг яхши
танлов» ёрлиғини бермоқда.Bu holatda "tag" so‘zi "yorliq" deb tarjima qilingan, chunki u
badiiy va pragmatik jihatdan to‘g‘ri keladi.
Tarjimaning to‘g‘ri va aniq bo‘lishi uchun, har bir ibora va so‘zning ma'nosi
kontekstga qarab aniq belgilanishi kerak. Tarjima jarayonida bu kabi qo‘shimcha izohlar va
tushunchalar tarjimaning aniqligini ta'minlaydi.
2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
235
Tijorat va bojxona sohasiga oid matnlarni tarjima qilishda ko'plab muammolar yuzaga
keladi, chunki ba'zi so‘zlar va iboralar, o‘z kontekstida turlicha ma’nolarga ega bo‘lishi
mumkin. Bu, ayniqsa, bojxona terminologiyasi bilan bog‘liq so‘zlar uchun xosdir. Shunday
qilib, inglizcha atamalarni o‘zbek tiliga tarjima qilishda ko‘proq e'tibor talab etiladi. Masalan,
tag
so‘zi bojxona matnlarida "birka" ma'nosida ishlatiladi, ammo boshqa sohalarda u turli xil
ma'nolarni anglatishi mumkin. "What I did, I plucked the tag out and put it underneath the
microscope" jumlasidagi
tag
so‘zi "birka" sifatida tarjima qilinadi.
Bundan tashqari,
articles
so‘zining tarjimasi ham qiyin bo‘lishi mumkin, chunki u
iqtisodiy matnlarda bir nechta ma'nolarga ega. Masalan, birinchi ma'nosi "maqolalar" bo‘lsa,
bojxona matnlarida bu so‘z "buyumlar" ma'nosini bildirishi mumkin. "Breakable articles
should be packed carefully" jumlasidagi
articles
so‘zi "buyumlar" deb tarjima qilinadi.
Stowage
so‘zi ham o‘zbek tiliga turlicha tarjima qilinishi mumkin. "Need of
information for stowage and segregation purposes" jumlasida bu so‘z "ukladka" yoki
"taxlanish" ma'nosida ishlatilgan, lekin bojxona sohasida u "skladochnoe mesto" (ombor joyi)
ma'nosini ham anglatishi mumkin. "There's a lot of stowage below deck" jumlasida
stowage
"yuqori palubada yuk joylashtirish uchun joy" deb tarjima qilinadi.
Yana bir misol
rejects
so‘zi bilan bog‘liq. "They felt that they were society's rejects"
jumlasida
rejects
so‘zi "chiqindilar" deb tarjima qilinadi, lekin bojxona matnlarida "barkod
tovar" deb tarjima qilish to‘g‘ri bo‘ladi.
Seizure
so‘zi ham o‘zgarishi mumkin. "Not all searches and seizures by the police
require a warrant" jumlasida bu so‘z "müsodara" ma'nosida ishlatilgan bo‘lsa, boshqa
kontekstda u "bosib olish" yoki "egallash" deb tarjima qilinadi.
Tarjimada shuningdek, stilistik vositalar va so‘z boyligi ham muhim rol o‘ynaydi.
Yaxshi tarjimon, asar va matnning o‘ziga xosligini saqlab qolish uchun asliyatdagi stilistik
vositalarni tarjimaga kiritishga harakat qiladi. Agar bu qiyin bo‘lsa, tarjimon o‘zining stilistik
yechimini yaratadi, bu orqali original matnning hissiy ta'siri va ruhini saqlashga intiladi.
Shu bilan birga, iqtisodiy va bojxona matnlarini tarjima qilishda ularning
xususiyatlariga e'tibor berish zarur. Iqtisodiy matnlar, odatda, maxsus lug‘atlar,
terminologiyalar va kasbiy jargonlarga boy bo‘lib, umumiy lug‘atga nisbatan ko‘proq aniq
ma'nolarni talab qiladi. Shuning uchun, bunday matnlarni tarjima qilishda, nafaqat lug‘at,
balki ma'no va kontekstni hisobga olish juda muhimdir.
Umuman olganda, bojxona va iqtisodiy sohalarga oid matnlarni tarjima qilish, tilning
maxsus va amaliy jihatlarini hisobga olishni taqozo etadi, chunki bu sohalarda ishlatiladigan
2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
236
atamalar va iboralar ko‘pincha o‘ziga xos bo‘lib, ularning ma'no va qo‘llanilishi kontekstdan
qat'i nazar o‘zgarib turadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Щур Г.С. Теория поля в лингвистике. Москва: Наука, 1974. – С.19-21.
2.
Неъматов Ҳ., Расулов Р. Ўзбек тили систем лексикологияси. Тошкент:
Ўқитувчи, 1995. – Б. 58.
3.
Раҳматуллаев Ш. Ўзбек тили омонимларининг изоҳли луғати. Тошкент:
Ўқитувчи, 1984. – Б. 11-12.
4.
Lambert D. "The Principles of Supply Chain Management." The International Journal
of Logistics Management, Vol. 9, No. 2, 2003.
5.
BBC NEWS. "Obama tells banks 'work together’," 20 March 2009.
https://www.bbc.com.
6.
Левый, И. Состояние теоретической мысли в области перевода. Искусство
перевода. Москва: Издательство «Прогресс», 1974. – С.97.
7.
Жўраев, К. (2002). Қиёсий адабиётшунослик сарвари. Ғайбуллоҳ асСалом
замондошлари.
8.
The jobs crisis. The Economist, 12 March 2009.