Authors

  • Nasiba Nasriddinova
  • E’zoza Narzullayeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.87638

Keywords:

o'zbek tili o'qish savodxonligi boshlang‘ich sinf o'qitish usullari vizual materiallar interaktiv ta'lim kreativ yozuv.

Abstract

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qish savodxonligini shakllantirish usul va vositalari muhokama qilinadi. O‘qish savodxonligi nafaqat akademik muvaffaqiyat uchun, balki kelajakdagi hayotda ham muhim ahamiyatga ega. Maqolada o‘qituvchilar uchun faol o‘qitish, vizual materiallardan foydalanish, interaktiv ta’lim platformalari va kreativ yozuv mashqlari kabi turli usullar va vositalar tavsiflangan.

background image

2025

MAY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 5

315

BOSHLANG‘ICH SINF OʻQUVCHILARIDA OʼQISH SAVODXONLIGINI

SHAKLLANTIRISH USUL VA VOSITALARI

Nasriddinova Nasiba Alimjonovna

Guliston davlat universiteti ,,Boshlang’ich ta’lim uslubiyoti” kafedrasi o’qituvchisi

Narzullayeva E’zoza Shavkatjon qizi

Guliston davlat universiteti talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15399529

Anontatsiya.

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qish savodxonligini

shakllantirish usul va vositalari muhokama qilinadi. O‘qish savodxonligi nafaqat akademik

muvaffaqiyat uchun, balki kelajakdagi hayotda ham muhim ahamiyatga ega. Maqolada

o‘qituvchilar uchun faol o‘qitish, vizual materiallardan foydalanish, interaktiv ta’lim

platformalari va kreativ yozuv mashqlari kabi turli usullar va vositalar tavsiflangan.

Kalit so'zlar:

o'zbek tili, o'qish savodxonligi, boshlang‘ich sinf, o'qitish usullari, vizual

materiallar, interaktiv ta'lim, kreativ yozuv.

Аннотация.

В данной статье обсуждаются методы и средства формирования

читательской грамотности у учащихся начальных классов. Читательская

грамотность имеет важное значение не только для академического успеха, но и для

будущей жизни. В статье описаны различные методы и средства, такие как активное

обучение, использование визуальных материалов, интерактивные образовательные

платформы и креативные писательские задания.

Ключевые слова:

узбекский язык, грамотность чтения, начальная школа,

методы обучения, наглядные материалы, интерактивное обучение, творческое

письмо.

Abstract.

This article discusses the methods and tools for developing reading literacy

among primary school students. Reading literacy is crucial not only for academic success but

also for future life. The article describes various methods and tools, such as active teaching,

the use of visual materials, interactive educational platforms, and creative writing exercises.

Keywords:

Uzbek language, reading literacy, primary school, teaching methods,

visual materials, interactive learning, creative writing.

Jahonda tаʼlim oluvchilarning nutqiy kompetensiyasini shakllantirishda endilikda

“oʻqish” atamasini boshlangʻich sinfda egallanadigan harflarni tanib olish bilan bogʻliq

qobiliyat sifatida emas, balki oʻquvchining oʻqib tushunish orqali boshqa fanlarni


background image

2025

MAY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 5

316

oʻzlashtirishi, tayanch kompetensiyalarni egallashi uchun xizmat qiladigan muhim qobiliyatni

ifodalovchi tushuncha deb baholash qabul qilingan boʻlib, mazkur yoʻnalishning nazariy

masalalari tadqiq etilmoqda.

Funksional savodxonlik koʻnikmasi oʻquvchida yillar davomida rivojlanib boruvchi

ko‘nikma bo‘lib, u oʻqish savodxonligini rivojlantirish bilan bogʻliq mashq va topshiriqlarni

bajarish jarayonida yanada takomillashib boradi. Oʻqish nutqiy va aqliy jarayonlarning oʻzaro

hamkorlikdagi faoliyati natijasidir.

Mutaxassislar “bolani ona tili xazinalariga ongli ravishda yetkazish” zarurati, “oʻqish

tezligi”ni emas, balki “tushunish tezligi”ni rivojlantirish bilan oʻlchanishi, bunda mustaqil

oʻqish mashqlari muhimligini ta’kidlashadi [1].

“Oʻqish savodxonligi – jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan

qadrlanadigan yozma tilning shakllarini idrok etish va amaliyotda qoʻllay olish qobiliyatidir”

[2]. Koʻrinadiki, endilikda oʻqish savodxonligi shunchaki boshlangʻich ta’lim jarayonida

savodxonlik jarayoni (alifboni oʻrganish) bilan bogʻliq boʻlgan tor doiradagi tushuncha emas.

PIRLS xalqaro baholash dasturining asosiy maqsadi oʻqish savodxonligini shakllantirish

orqali oʻquvchilarning sinfda va sinfdan tashqari oʻqishining keng qamrovli vazifasi asosida,

ya’ni badiiy tajriba orttirish, muallifning nuqtayi nazari, matnda qoʻllangan badiiy tasvir

vositalarini aniqlash, ularning vazifasini tushunish, matnda berilgan voqea-hodisalarga

nisbatan munosabatini ifodalay olish, undagi ma’lumotlarni kelajak hayotning qaysidir

jabhasida qoʻllay olish bilan bogʻliq juda zarur hayotiy koʻnikmalarni shakllantirishdan iborat.

Oʻqish savodxonligi — bu insonning yozma matnlarni tushunish, talqin etish va

ulardan foydalanish qobiliyatidir. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qish savodxonligini

shakllantirish, ularning ta’lim olish jarayonida muhim ahamiyatga ega. Bu jarayon nafaqat

o‘quvchilarning akademik muvaffaqiyatiga, balki ularning kelajakdagi hayotida ham katta rol

o‘ynaydi.

Oʻqish savodxonligini shakllantirishning asosiy maqsadi o‘quvchilarda matnni

tushunish, uning mazmunini anglash, asosiy fikrlarni ajratib olish va ularni tahlil qilish

qobiliyatini rivojlantirishdir. Buning uchun o‘qituvchilar turli usul va vositalardan

foydalanadilar.

Oʻqish savodxonligini usullari:

1. Faol o'qitish usuli: O'quvchilarni faol ishtirok etishga undaydigan usul. Bu usulda

o'quvchilar matnni o'qish jarayonida savollar berish, fikr almashish va muhokama qilish orqali

o'z bilimlarini mustahkamlashadi.


background image

2025

MAY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 5

317

2. O'qituvchi tomonidan ko'rsatmalar berish: O'qituvchi o'quvchilarga qanday qilib

matnni to'g'ri o'qish, asosiy fikrlarni ajratib olish va ularni talqin qilish bo'yicha ko'rsatmalar

beradi.

3. O'yin orqali o'qitish: O'qish jarayonini qiziqarli qilish uchun o'yinlar va interaktiv

faoliyatlardan foydalanish. Masalan, "Kim tezroq o'qiydi?" yoki "O'qilgan matn asosida

savollar tuzish" kabi o'yinlar.

4. Vizual materiallardan foydalanish: Rasm, diagramma, video va boshqa vizual

materiallar yordamida o'quvchilarning e'tiborini jalb qilish va matnni yaxshiroq tushunishga

yordam berish.

5. Gruppada ishlash: O'quvchilarni kichik guruhlarga bo'lib, birgalikda matnni o'qib,

muhokama qilishga undash. Bu usul orqali ular bir-biridan o'rganadilar va fikr almashadilar.

Oʻqish savodxonligini vositalari:

1. Darsliklar va qo'shimcha adabiyotlar: O'qituvchilar darsliklardan tashqari,

qo'shimcha adabiyotlar, maqolalar va hikoyalar bilan tanishtirish orqali o'quvchilarning

qiziqishini oshirishi mumkin.

2. Interaktiv ta'lim platformalari: Internetda mavjud bo'lgan turli interaktiv ta'lim

platformalari orqali o'quvchilar mustaqil ravishda o'qish savodxonligini rivojlantirish

imkoniyatiga ega bo'lishadi.

3. Audiovizual materiallar: Videolar, audio kitoblar va boshqa audiovizual materiallar

yordamida o'qish jarayonini yanada qiziqarli qilish mumkin.

4. Kreativ yozuv mashqlari: O'quvchilarga o'z fikrlarini ifodalash imkonini beruvchi

yozuv mashqlari. Masalan, o'qilgan matn asosida qisqa hikoya yozish yoki yangi qahramon

yaratish.

Ushbu masala tadqiqi shug‘ullangan Rossiyaning ta’limni rivojlantirish strategiyalari

instituti boshlangʻich ta’lim laboratoriyasi tadqiqotchisisi M.Kuznetsova izlanishlari

natijasida boshlangʻich sinf oʻquvchilarining PIRLS xalqaro baholash dasturida yuqori

natijalarni qoʻlga kiritishiga quyidagi omillar ta’sir koʻrsatganini ta’kidlaydi [3]: –

oʻquvchilarda mavjud boʻlgan oʻqish savodxonligi qobiliyatiga nisbatan yuqori baho berish,

uning qay darajada muhim koʻrsatkich ekanini anglab yetish; – maktabgacha tayyorgarlikning

yaxshi olib borilgani, oʻqish savodxonligini shakllantirish jarayonlarida ota-onalarning

ishtiroki (maxsus koʻrik-tanlovlar, maxsus xonalarning ajratilgani, butun Rossiya davlati

boʻyicha “Kitobxon ona” loyihasining amalga oshirilishi); – oʻqish savodxonligiga barcha

fanlarni oʻzlashtiruvchi kalit sifatida qarash hamda shu asosda oʻquv dasturlarini ishlab


background image

2025

MAY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 5

318

chiqish; – oʻqish savodxonligini shakllantirishga yoʻnaltirilgan metodik qoʻllanma va

darsliklarning ishlab chiqilgani; – oʻqish savodxonligida muammosi boʻlgan oʻquvchilar bilan

alohida metodik tadbirlarning amalga oshirilgani.

M.I.Kuznetsova yuqori natijalarni qoʻlga kiritishda ta’lim mazmunidan quyidagilar

ham o‘rin olishini maqsadga muvofiq deb hisoblaydi:

1. Tanlangan matnning oʻqish koʻnikmasini shakllantirishning maqsadlariga mos

kelishi.

2. Muhim va ikkinchi darajali axborotlarni oʻzaro farqlash.

3. Grafik va yozma matnlar oʻrtasidagi aloqadorlikni aniqlash.

4. Matnda berilgan ma’lumotlarni kundalik hayotga talqin qila olish, foydalanish.

5. Matnning uslubi va strukturasidagi oʻziga xosliklarni tahlil qilish.

6. Refleksiv analiz qilish, oʻzida mavjud boʻlgan ma’lumotlar bilan matnda berilgan

ma’lumotlarni oʻzaro bogʻlay olish.

Mavzu bilan bogʻliq manbalar oʻrganilganda har qanday ta’lim vositasini tanlashning

oʻziga xos mezoni mavjud boʻlganidek, matn tanlashda ham e’tiborga olinishi kerak boʻlgan

jihatlar mavjud. Bunda quyidagilarni hisobga olish kerakligi alohida ta’kidlanadi: –

oʻquvchilarning mavjud bilim darajasi; – matnning hajmi va mazmuni; – ushbu matn orqali

qaysi koʻnikmani shakllantirish maqsad qilib olingani; – darsning umumiy maqsadi va ushbu

maqsadning qancha qismi oʻqish savodxonligini shakllantirishga qaratilgani; –

oʻquvchilarning yoshi, jinsi, millati, qaysi mamlakatda istiqomat qilayotgani, qiziqishlari; –

matnning uslubi va ushbu uslub bilan bogʻliq savol va topshiriqlarni ishlab chiqa olish

imkoniyatining borligi [6].

Xulosa.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qish savodxonligini shakllantirish — bu

murakkab va ko‘p jihatli jarayon. O‘qituvchilar turli usul va vositalardan foydalanib,

o‘quvchilarning qiziqishini oshirishi, ularni faol ishtirok etishga undashi va bilimlarini

mustahkamlashi lozim. O‘qish savodxonligi nafaqat ta’lim jarayonining muhim qismi, balki

kelajakda muvaffaqiyatli hayot kechirish uchun zaruriy ko‘nikmadir. Oʻqish savodxonligining

qay darajada shakllanganiga oid 2018-yilda olib borilgan tahlillar natijasi oʻrganilganda

boshlangʻich sinf oʻquvchilarining oʻqish savodxonligi bilan bogʻliq eng yuqori natijani

rossiyalik oʻquvchilar ko‘rsatgani aniqlangan.


background image

2025

MAY

NEW RENAISSANCE

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

VOLUME 2

|

ISSUE 5

319

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Asqarova M. “Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida oʻqish va matnni tushunish

koʻnikmalarini rivojlantirish” Pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)

dissertatsiyasi avtoreferati. Namangan. –2020. – 54 b.

2.

A.Oʻ.Mirzayev. Oʻquvchilarning raqamli dunyoda oʻrganish konsepsiyasi boʻyicha

savodxonligini rivojlantirish. Scientific Progress. Volume 2. ISSUE 8

ǀ

2021. – P. 832.

3.

Karima Qosimova ,Safo Matjonov “Ona tili oʻqitish metodikasi” Toshkent “ NOSIR”

nashr 2009, 128 bet

4.

Xalqaro tadqiqotlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini

baholash. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, metodistlar va soha mutaxassislari uchun

metodik qo‘llanma. – Toshkent: Sharq, 2019.

5.

Nasriddinova N. A. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini

shakllantirishda PIRLS xalqaro baholash dasturining ahamiyati. / J. Ta’lim, fan va

innovatsiyalar. – Toshkent, 2023. – № 5. –410-413 betlar

6.

Abduraxmonova N.N. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini metodik

tayyorgarligini takomillashtirish muammosining pedagogik zaruriyati // Science and

innovation international scientific journal volume 1 Issue 8 UIF-2022: 8.2\ISSN:2181-

3337.2114-2121 betlar.

7.

http://scientists.uz/view.php?id=3348http://scientists.uz/uploads/202208/B-432.pdf

8.

Abdurakhmanova N.N. Structural and substantive features of improving the

methodological preparation of future elementary school teachers for the intellectual

development of students

//

The field of scientific research International scientific-

online conference Part 4 November 30

th

Colletions of scientific works Warsaw 2022. /

115-121 betlar.

https://interonconf.org/index.php/pol/article/download/646/607/595

References

Asqarova M. “Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida oʻqish va matnni tushunish koʻnikmalarini rivojlantirish” Peda¬gogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. Namangan. –2020. – 54 b.

A.Oʻ.Mirzayev. Oʻquvchilarning raqamli dunyoda oʻrganish konsepsiyasi boʻyicha savodxonligini rivojlantirish. Scientific Progress. Volume 2. ISSUE 8 ǀ 2021. – P. 832.

Karima Qosimova ,Safo Matjonov “Ona tili oʻqitish metodikasi” Toshkent “ NOSIR” nashr 2009, 128 bet

Xalqaro tadqiqotlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini baholash. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, metodistlar va soha mutaxassislari uchun metodik qo‘llanma. – Toshkent: Sharq, 2019.

Nasriddinova N. A. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini shakllantirishda PIRLS xalqaro baholash dasturining ahamiyati. / J. Ta’lim, fan va innovatsiyalar. – Toshkent, 2023. – № 5. –410-413 betlar

Abduraxmonova N.N. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini metodik tayyorgarligini takomillashtirish muammosining pedagogik zaruriyati // Science and innovation international scientific journal volume 1 Issue 8 UIF-2022: 8.2ISSN:2181-3337.2114-2121 betlar.

Abdurakhmanova N.N. Structural and substantive features of improving the methodological preparation of future elementary school teachers for the intellectual development of students // The field of scientific research International scientific-online conference Part 4 November 30th Colletions of scientific works Warsaw 2022. / 115-121 betlar. https://interonconf.org/index.php/pol/article/download/646/607/595