2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
325
SARBAST POETIK JANRINING O’ZBEK ADABIYOTIDAGI O’RNI
N.Saitova
SVPMM Akademik faoliyatni
muvofiqlashtirish bo’limi yetakchi mutaxassisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15399565
Annotatsiya.
Ushbu maqolada
Erkin she’r o’zbek adabiyotiga qachon va qaysi xalq
adaiyoti ta’sirida kirib kelganligi hamda Kimlarning ijodida bu janr ko’zga tashlanishi; erkin
she’r imkoniyatlari haqida so’z boradi.
Odamiyat yaralibdiki, go’zallik yaratmoq istaydi. Qishda bahorni, ko’klamda qorni,
yiroqda yorni, yaqinda vaslni qo’msaydi. Bu ko’ngil mavjlarini qaysidir san’atida ifoda
etishga harakat qiladi. She’r bu insoniyat ehtiyoji ila yaralgan yerdagi bir mo’jizadir.
Belinskiy tili bilan aytganda “Poeziya, asosan, hayot, mohiyat, tabiri joiz bo’lsa, hayotning
nafis efiri”dir
1
. Qalam ustalari bu “efirlar”ni turli shakl va janrlarda bayon qilishadi.
Shoirlarning ilhom to’lqinini “kesmaydigan” poetik janrlardan biri bu-sarbastdir.
Adabiyotda erkin she'r yoki sarbast deb ataluvchi ushbu janr she’riyat
olamida misralardagi hijolar miqdori, ularning cho'ziq yoki qisqaligi hech qanday ahamiyat
kasb etmasligi hamda. misralaming turlicha turoqlanishi, qofiyalanishdagi erkinlik shoirga o'z
fikrini izchil ifodalash imkonini berishi bilan ko’p ishlatishlidir. Bundan tashqari verlibr
she’rlarda («verlibr» fransuzcha vers she'r, libres - erkin so'zlaridan) ohangdorlik va ifodalilik
talabi, she'r g'oyasi va shoir maqsadini ochib beruvchi har bir so'z ijodkor xohlagan tartibda
alohida satrlarga chiqarilishi uning qulaylik darajasini oshiradi
2
.
Ho’sh, Erkin she’r o’zbek adabiyotiga qachon kirib keldi? Qaysi xalq adabiyoti orqali
kirib keldi? Kimlarning ijodida bu janr ko’zga tashlanadi? Bu savollar javobiga hamin qadar
maqolamiz davomida javob izlaymiz.
Izlanishlar shuni ko’rsatmoqdaki, erkin she’r 20-30 -yillarda, o’zbek adabiyoti tubdan
o’zgarish va yangiliklarga yuz tutgan bir davrda turk, tatar va rus she’riyati ta’sirida o’zbek
adabiyotiga kirib keldi. Uning o’zbek adabiyotidagi poydevorini Hamza,Fitrat,Cho'lpon
qo’ydi
3
H.Olimjon, G'.G'ulom, M. Shayxzoda, Usmon Nosir, Mirtemir, Oybek, Rauf Parfi,
Shavkat Rahmon, Usmon Azimlar va boshqa bir qator so’z mohirlari ijodi negizida esa
o’zbek she’riyatida palak yoydi.
1
.Belinskiy V.G. Adabiy orzular.- Toshkent. G’.G’ulom nomida Adabiyot va san’at nashriyoti,1977.
2
O’zbekiston milliy ensiklopediyasining (2000-2005) ma’lumotlaridan foydalanildi
3
Адабий тур ва жанрлар.Тошкент.Ўзбекитон Республикаси фанлар академиясининг “Фан” нашриёти
2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
326
Barcha xalqlar tarixiga nazar solsangiz so’zni muqaddas kalom sifatida ko’rishgan.
Bu ularning janrlarni nomlashida (yapon xokkularining “qisqa oyatlar” deyilishi) yoki
bo’lmasa, daslabki she’riy janrlarning diniy adabiyot negizida paydo bo’lganligi ham fikrimiz
dalilidir.
O’rta asrlardagi diniy adabiyotga xos bo’lgan ozod she’r shakli dastlab nemis
romantiklari, U. Uitmen va fransuz simvolistlari tomonidan qayta tiklanib, 20-asr jahon
she’riyatida ommaviy tus olgan. Fransuz she’riyatida "verlibr", rus she’riyatida "svobodniy
stix" deb atalgan bu she’r shakliga o’zbek shoirlari "Sarbast" deb nom berdilar
4
.
Erkin she’rni chin ma’noda she’riyat olamidagi eng hayratlanarli hodisa hisoblashimiz
mumkin. Erkin she’rni kuzatsangiz uni o’z nomiga mos va xos ekanligini ko’rasiz. Chunki
unda vazn va qofiya yo’q. Lekin bu she’r shakli, huddiki, sehrli kristal kabi "ishlaydi": u
o’zida kundalik mavzularda ham ajoyib rasmlardan kam go'zallik va donolik yo'qligini so’z
chizgilarida akslantiradi. Unda so’zlar o’z-o’zidan quyulib keladi. O’quvchi tutilmasdan
erkin va ozod holatda she’rni so’ngiga yetkazadi. Miraziz A’zamning quyidagi “Meros”
5
sarlavhali she’riga nazar solaylik.
Otam ketganiga uch bola edik,
onam 24 yoshida qoldi,
shubhasiz,
qarovsiz qizini,
bobom o’z yoniga oldi.
Hovlini 20 ming sotgan yilimiz
o’lkada ayirbosh bo’ldi pulimiz,
ikki ming so’mni ham qarz olib bir odam
qaytib berolmasdan o’tdi olamdan,
shunday qilib,otamdan,
meros bizga faqat
qoraxat.
Sarbast she'r imkoniyatlaridan eng muhimi bu ijodkor diqqatni qaratmoqchi bo'lgan
holatni, hissiyotni, dard-u og'riqni, she'rning asosiy g'oyasini ifoda etuvchi so'z yoki so'zlar
tizimini alohida satrga chiqarish mumkinligidir. M. A'zam ham ushbu sochmasida "qarovsiz
qizini", "qoraxat" misralarini alohida bo'rttirish orqali voqea mohiyatini o'quvchiga chuqurroq
anglata olgan.
4
Mamatova A. N., O’zbek she’riyatida sarbast, T., 2000.
5
Xurshid Davron electron kutubxonasidan olindi.
2025
MAY
NEW RENAISSANCE
INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE
VOLUME 2
|
ISSUE 5
327
Zamonaviy shoirlarning erkin she'rlarini baliq to'rlariga qiyoslasak bo’ladi. Chunki
bunda baliqchi to’riga hamma narsa tushishi mumkin. Bugungi erkin she’rda ham barcha
mavzuni, so’zni shoirlar erkin tarzda she’rga kiritganligini ko’ramiz. Ayni bu jihat bugun va
kecha verlibr she’rlarining asosiy farqini topishimiz uchun xizmat qiladi. Dastlabki erkin
she’rlar qisqa oyatlar singari bo’lsa, hozirgi zamon verlibrlarida esa, barcha mavzu va holatni
aks ettirish mumkin. Bu o’rinda M. Shayxzodaning “bir tush ko'rdim…” deb boshlanuvchi
she’ri, Cho'lponning "Chiroqlar", "Qilqiz maftunlari"
6
nomli she'rlari ham fikrimizning
isboti uchun yaxshi namuna bo’la oladi. Ushbulardan M. Shayxzodaning ayni dam ilhom
to'riga tush tasviri ilingan va u bu tasvir orqali inson hayotining o’zi bilmagan holda tez o’tib
ketishi, ammo ko’ngil hayotning qaysidir bahorida umurbod yashab qolishi haqidagi falsafani
yoritgan bo'lsa, Cho'lpon tashlagan ilhom to'riga ilingani esa, nozik qiz maftunlarining
hissiyotlari yoki turmushdagi oddiy vosita- chiroqlar bo’ldi. Chiroqlar majoziy ruhda yozilgan
va unda kibr, o’ziga bino qo’yishlikning kasofati, uning oqibatidagi mulzamlik holatlari ayni
“chiroq” detali orqali ochib berilgan.
Yuqorida keltirilgan barcha xulosa-yu faktik misollardan fikr etib anglash mumkinki,
sochma sh’er (erkin she’r,sarbast, verlibr) nafaqat o’zbek adabiyotida balki butun jahon
poetikasida o’zining qo’zg’almas- muqum o’rnini yaratib, barchaga o’quvchilarga manzur
bo’lib kelmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.
Belinskiy V.G. Adabiy orzular.- Toshkent. G’.G’ulom nomida Adabiyot va san’at
nashriyoti,1977.
2.
Cho’lpon.Asarlar 4 jildlik 1-jild.Toshkent.Akademnashr.2016
3.
Адабий
тур
ва
жанрлар.Тошкент.Ўзбекитон
Республикаси
фанлар
академиясининг “Фан” нашриёти
4.
Mamatova A. N., O’zbek she’riyatida sarbast, T., 2000.
5.
O’zbekiston milliy ensiklopediyasining (2000-2005) ma’lumotlaridan foydalanildi
6.
Xurshid Davron elektron kutubxonasi.
6
Cho’lpon.Asarlar 4 jildlik 1-jild.Toshkent.Akademnashr.2016